Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 9-4mtms-18 guruh talaba si Raxmatova Malika



Download 36,84 Kb.
bet5/13
Sana30.12.2021
Hajmi36,84 Kb.
#192892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
mustaqil talim...

Ochko’zlik – ofat

Inson doimo do’stiga sadoqatli bo’lishi, xiyonat qilmaslgi lozim. Ayniqsa o’rtalarida katta boylik turgan paytlarda nafs yo’liga kirib, do’stining ishonchini suiste’mol qilmasligi shart. Bilaks uni Alloh kechirmay, og’ir jazolarga mubtalo etadi. Bu holat bir kattakon xum to’la oltin topib olgan ikki do’stning qilmishlari haqidagi rivoyatda juda aniq bayon qilingan.



Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda bir qishloqda ikki do’st yashagan ekan. Ular shunchalik qadrdon, bir – birlariga mehribon ekanlarki, hatto bir mayiz topsalar ham eng ikkiga bo’lib yeyisharkan.

Ular bir kuni toqqa kaklik ovlagani borishibdi. Qoyama – qoya, cho’qqima – cho’qqi yurib kattakon g’oya yonidan chiqib qolishibdi. Bir kaklik esa uchib borib g’orga kirib ketibdi. Ikki do’st ham uning ketidan kirishibdi. Qarashsa kaklik bir chetda turgan toshlar ostiga yo’rg’alab ketibdi. Yigitlar asta – sekin toshlarni olib tashlab kakliklarni qidira boshlabdi. Ular o’n – o’n beshta yirik toshni olishgan ekan, bir katakon xum ko’rinibdi. Xumni olib qarashsa, ichi to’la oltin ekan!

Ikki do’st quvonganidan do’ppilarini osmonga otishibdi. Endi yaqin oradagi qishloqlarga bizdan boy, baxtli odam yo’q, deb shodlanganlaridan bir – birlarini quchoqlashibdi. Ammo xum shu qadar oxir ekanki, uni ikkovlon zo’rg’a o’rnidan siljitishibdi. Sababi ov ishqida cho’qqima – cho’qqi, qoyama – qoya yuraverib charchashgan, boz ustiga qorinlari ham juda och ekan. Shunda do’stlardan biri:

- Og’ayni bu holatda xumni ko’tarib qishloqqacha olib ketishimiz amri mahol. Yaxshisi biror yemak topib, qorinni to’yg’azaylik. Keyin baquvvat bo’lib xumni ko’taramiz, - debdi.

Ikkinchi do’stga ham bu taklif ma’qul kelibdi. Ular maslahatlashib birlari g’orda qolib, oltinga soqchilik qiladigan, ikkinchilari qishloqqa borib biror yegulik olib keladigan bo’lishibdi.

Do’stlardan biri qishloqqa yegulik olgani ketarkan, bir xum “Sariq shayton”ning vasvasasiga uchibdi. Do’stlikka sadoqat, insoniylikdan nafs balosi kuchlilik qilibdi. “Agar, - deb o’ylabdi u. – do’stim bo’lmaganida bir xum oltinning hammasi bir o’zimniki bo’lardi. Yaxshisi olib keladigan ovqatga zahar solib kelaman. Do’stim yeydi – yu, til tortmay o’ladi. Oltin esa meniki bo’ladi!”.

G’orda oltinni qo’riqlab o’tirgan anovi sherikning ham feli buzilibdi. “Sariq shayton” uni ham yo’ldan uribdi. “Do’stim ovqatni olib g’or og’ziga kelganida, - deb rejalashtiribdi u, - men yuqoridan kattakon toshni boshiga tashlayman. O’lsa, oltinning hammasi o’zimga qoladi!”.

Oltin poyloqchisi o’z qabih rejasini amalga oshirish niyatida g’or tepasiga chiqib, bekinib turibdi. Do’sti g’or og’ziga kelganida kattakon xarsangni uning tepasiga dumalatibdi. Tosh ostida qolgan do’sti shu zahotiyoq jon taslim qilibdi. “Ana, - debdi u xursand bo’lib, - hamma oltin bir o’zimga qoldi. Avval to’yib olay, keyin oltinni ko’tarib uyimga jo’nayman!”.

Zahar solingan ovqatni yegan hamtovoq ham o’libdi. Bir xum oltin esa yana kimsasiz g’orda qolib ketibdi.


Download 36,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish