Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


«Bu aachon bladi» o ‘vini



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/66
Sana12.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#783422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
Bog'liq
Maktabgacha-tarbiya-maxsus-metodikasi.Хамидова-М

«Bu aachon bladi» o ‘vini.
Defektolog doskaga yilning to ‘rt faslini tasvirlovchi rasmni osib 
qo‘yadi. H ar bir fasl tasvirini tagida qog‘ozdan yasalgan cho‘ntakchalar 
boiib, unga u yoki bu faslda boiadigan hodisa va voqealarni tasvirlovchi 
kichik-kichik rasmlarni solib qo‘yish mum kin («Bolalar qorbobo 
yasayapti», « 0 ‘g‘il bolalar qushlar uchun uyalar osishyapti», «Qizlar 
guldastalar tayyorlashyapti», «Sarg‘aygan barglar to ‘kilyapti» va 
boshqalar). Tarqatma materiallarni «Yil fasllari» degan lotodan yoki 
turli jurnallardan, kitoblardan tanlab olish mumkin.
Tarbiyachi bolalarni navbatma-navbat chaqirib bittadan rasm beradi. 
Bola stol oldiga kelib, qoiidagi rasmni bolalarga ko‘rsatadi va defektolog 
tomonidan berilgan savolga javob beradi. Masalan: «Bolalar daryoda 
qachon cho‘miladi?» (Bolalar daryoda yozda cho‘miladi). Bola savolga 
to iiq javob berib boigach, rasmni tegishli yil faslining tagidagi qog‘oz 
cho‘ntakka solib qo‘yadi.
Metodik qo4lanma:
tarbiyachi o ‘yinni boshlashdan aw al bolalarga


shunday deydi, har bir so‘zdan keyin to ‘xtalib, bo‘lib-bo‘lib gapirmaslik 
kerak. Agar bola tarbiyachi bergan savolga to ‘g‘ri javob bera olmasa, 
yoki bo‘lib-bo‘lib gapirsa, tarbiyachi to ‘g‘ri nutq namunasini beradi. 
So‘ngra bola takrorlaydi.
Artikulatsiya va burro gapirishni (ohang, nutq) tarbiyalash.
Artikulatsiya tovushlarni aniq hosil qilish uchun nutq apparatini 
to ‘g‘ri holatda bo‘lishi va ishlatilishi muhimdir. Ohang esa so‘zlashganda 
va ashula aytayotgan so‘zlarni aniq tushunarli talaffuz etishdir. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarda nutqning noaniqligi
labning bo‘shashi, tilning sust erinchoq harakat qilishi, pastki jag‘ning 
kam harakatlanishi natijasida og‘izning yomon ochilishi kabi hollar 
uchrab turadi. Bularning sababi artikulatsiya apparatining lab, til, pastki 
jag‘ning sust va yetarli harakatlanmasligidir.
T o‘g ‘ri artikulatsiya va hammadan aw al unli tovushlarni to ‘g ‘ri 
talaffuz etish so‘zlarni aniq talaffuz etishni ta ’minlaydi.
Defektologning vazifasi aqli zaif bolalarda nutq a ’zolarining harakatini 
rivojlantirish yo‘li bilan diksiyani tarbiyalashdir.
Artikulatsiya va diksiyani tarbiyalashga yordam beradigan asosiy 
vositalardan biri bolalarning tovushlarga taqlid qilib o ‘ynaladigan 
o ‘yinlaridir. Bu o ‘yinlarda faqat artikulatsiya va diksiyagina emas, balki 
umumiy nutq malakasi: sur’at, ritm, ovoz ham tarbiyalanadi. Bu o ‘yinlar 
jarayonida defektolog tovushlami ko‘p talaffuz etishni ko‘rsatadi, bolalar 
unga taqlid qilish orqali o‘z nutq a ’zolarini mashq qildiradilar.
Tovushlarga taqlid qilish o ‘yinlari uchun artikulatsiya harakatlari sekin- 
asta qiyinlashib boradigan tovushlardan foydalanish mumkin: Avtomobil 
«bi-bi-ib», tramvay «din-din», soat «chiq-chiq», bolta urishi «tuq-tuq» 
poyezd «tu-tu» yoki «pish-pish», sigir «mo‘-m o‘», qo‘y «ba-ba», echki 
«be-be», mushuk «miyov-miyov», it «vov-vov», tovuq «qo-qo-qo», jo ‘ja 
«pi-pi-pi», g‘oz «g‘a-g‘a-g‘a», o‘rdak «g‘aq-g‘aq-g‘aq», samolyot «r-r-r», 
asalari «z-z-z», qo‘ng‘iz «j-j-j», qarg‘a «qarr-qarr-qarr».
Artikulatsion apparatlarni tovushlarni taqlid qilish shaklida mashq 
qildirish uchun turli xildagi didaktik o ‘yinlardan foydalanish mumkin. 
Masalan: «Ajoyib xaltacha» o‘yinida tarbiyachi xaltacha ichiga 10—12 
ta hayvonlami tasvirlovchi o ‘yinchoq soladi, chaqirilgan bola xaltacha 
ichida biron-bir o ‘yinchoqni olib uning nomini aytishi va u qanday 
ovoz chiqarishini ovoz bilan ko‘rsatishi lozim.
«Top-chi, bu nima?» didaktik o ‘yinda bolalar tovush taqlidiga qarab 
hayvonning nomini aytishlari кегак. Bu o ‘yinning variantlari juda ko‘p.


Masalan: kichik guruhlarda bunday o ‘tkazish mumkin.
Defektolog: Topinglar-chi, nima shunday m a’raydi. «Mo‘-m o ‘!»
Bolalar: Sigir.
Defektolog: «Miyov-miyov-miyov!»
Bolalar: Mushuk.
Defektolog: Hozir sizlar aytasizlar, men topaman.
Defektolog hayvonlar tasvirlangan suratni o ‘zi qaramay, bolalarga 
ko‘rsatadi. Bolalar esa hayvonning ovozini taqlid qilib aytadilar, 
defektolog uni «topadi» va nomini aytadi.
Bu o‘yinni mana bunday o ‘tkazish ham mumkin. Stol ustiga turli 
buyumlarning suratini teskarisi bilan qo‘yiladi. Bolalar defektologning 
chaqirishi bilan stol oldiga keladilar, xohlagan suratlarini oladilar va 
suratda tasvirlangan hayvonlaming ovozini taqlid qiladilar.
Hamma bolalar shu hayvonning nomini aytadilar va xor b o ‘lib 
takrorlaydilar.
Tovushga taqlid qilishda harakatli o ‘yinlardan ham foydalaniladi. 
Masalan: «Poyezd» o‘yini. Bolalar bu o ‘yinda poyezdning gudok berishga 
(«du-du»), g‘ildiraklarining taqirlab yurishiga («taqir-tuqur», «taq-taq»), 
to ‘xtash va yurish oldidan (pish-pish-sh-sh-sh) ovoz chiqarishiga taqlid 
qilib uni aks ettiradilar. «C hum chuqlar va avtomobil»  yinida 
chumchuqlar yoilarda sakrab-sakrab yurib, «chiriq-chiriq-chiriq» deb 
chirillaydilar, avtomobil esa yurib ketayotib, «bi-bi-bib» deb signal beradi. 
chumchuqlar yo idan uchib ketadilar.
Tovush taqlid qilish hikoya, ertak, she’rlar orqali o ‘tkazilishi ham 
m um kin. D efektolog tovushlarga taqlid qiluvchi qisqa d idaktik 
hikoyalarni tuzishi ham mumkin. Masalan: bog‘da o‘tkazilgan sayr 
haqida hikoya qilish mumkin. Bunda bolalar o‘zlari eshitgan qushlaming 
ovozini, barglaming shitirlashini va boshqalarni aks ettiradilar. Hikoya 
davomida bir necha bor tovushlarga taqlid qilish orqali bolalar ularni 
tez o ‘zlashtirib oladilar.
Tovushlarga taqlid qilish mashqlarini suratlar orqali ham o ‘tkazish 
mumkin.
M ak tab gacha yoshda aqli z a if b o la la r b ilan te z ay tish d a n
foydalanishda quyidagilaiga ahamiyat beriladi. Awalo defektolog bola 
uchun tushunarli, murakkab boim agan tez aytish lozim b o ig an matnni 
tanlaydi. Agar bolalar bir oyda 1—2 ta tez aytishni yodlasalar, u holda 
o ‘quv yili uchun undan 8—10 tasini tanlash lozim (aw alo sodda, so‘ngra 
murakkab beriladi).


Defektolog yengil tez aytishni o ‘zi yoddan, shoshmasdan, aniq, 
ravon, tez uchraydigan tovushlarni ajratgan holda talaffuz etadi. Uni 
bir necha marta, asta-sekin ohangdor qilib o‘qiydi. U bolalar oldiga 
tez aytishni qanday talaffuz etilishini diqqat bilan eshitish va ko‘rib 
turish, uni aniq, ravon ayta olishga o‘rganish kabi vazifalar qo‘yadi. 
So‘ng bolalar uni mustaqil ravishda yarim ovoz bilan aytadilar.
Tez aytishni takrorlash uchun defektolog dastlab xotirasi, ohangi 
yaxshi bolalami chaqiradi. Bolalar javobidan oldin ularga takroran aniq 
va ohista gapirish haqida ko‘rsatma beradi. Shunday so‘ng tez aytishni 
ham ma bolalar birga aytadilar. Bunday mashqlar uzog‘i bilan 3—10 
daqiqa davom etishi lozim. Tanish tez aytishlarni nutq o ‘stirish 
mashg‘ulotlarning ikkinchi qismiga ko‘ngil ochish vaqtiga, adabiy 
ertaklaiga kiritish mumkin.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish