Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanidan



Download 1,01 Mb.
bet1/2
Sana12.07.2022
Hajmi1,01 Mb.
#778735
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Farg'ona FILIALI

652-20 guruh talabasi Ibrohimov Jamoliddin ning

MA’LUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITMLAR FANIDAN


MUSTAQIL ISHI

BAJARDI: Ibrohimov Jamoliddin


Mavzu: Xotira turlari va xususiyatlari.


Reja:
1. Xotira turlari haqida
2. Operativ xotira haqida
3. Saqlash qurilmalari
4. Foydalanilgan adabiyotlar


Xotira turlari haqida.


Xotira kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari kop: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.
Tezkor xotira turlari kompyuterning muhim qismi bolib, protsessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter ochirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yoq bolib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disklarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan ochirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir.
Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik olchovi sifatida bayt qabul qilingan bolib, 1 bayt 8 bit (ikkilik raqam)ga teng.

Operativ xotira haqida





Hozirgi kunda asosan katta hajmdagi dasturlar, o‘yinlar bilan kompyuterni band qilganda, kompyuterga tushayotgan yuklama asosan operativ hotira (RAM — Random Access Memory, operativnoye zapominayuщyeye ustroystvo, OZU) deb ataluvchi xotira turiga tushadi. Bu xotiraning o‘lchami dastur va o‘yinlarning ishlash tezligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu xotira turi o‘zi nima? Xo‘sh bo‘lmasa kettik..


Bu xotira turi vaqtinchalik axborotni o‘zida saqlaydi. Dastur yuklanganda dastlab operativ xotiraga yuklanadi va u yerdan ishga tushadi. Bundan kelib chiqadiki operativ xotiraning hajmi qancha katta bo‘lsa, bir paytning o‘zida bir necha dasturlarni yuklab, ish olib borishingiz mumkin bo‘ladi (misol uchun ashula eshitib, o‘yin o‘ynash mumkin).


Biror dasturni ishga tushirib (dastlab operativ xotiraga yuklab), so‘ng bu dasturdan chiqib ketib, yana shu dasturni ishga tushirsangiz, dastur yuklanishi biroz tezroq amalga oshiriladi. Chunki kompyuter dastlab operativ xotiraga murojaat qiladi, agar u yerda mavjud bo‘lsa, o‘sha yerdan dasturni yuklaydi, aks holda dasturni izlashni boshlaydi.


Hozirgi zamonaviy o‘yinlar operativ xotiraning katta bo‘lishini talab qiladi. Agar operativ xotira talab darajasida bo‘lmasa o‘yin o‘ynash jarayoni sekinlashadi. Shu sababli diskda sotib olingan o‘yin talablarini bir ko‘zdan kechirish lozim.


Operativ xotira 2 ta asosiy xarakteristikaga ega va bu xotirani sotib olishda shu xarakteristikalarga qaraladi. Operativ xotira hajmi va shu xotira ishlaydigan chastota miqdori. Operativ xotira hajmi megabaytlarda o‘lchanadi(lekin ko‘pchilik gegobaytlarga ham o‘tib ketishdi) 128, 256, 512, 1024, 2048… Dastlab yuklangan dasturlar shu hajmda saqlanadi. Agar hajm to‘lib qolsa, birinchi yuklangan ma’lumotlar o‘chiriladi.


Operativ xotira chastotasi ishlash tezligini aniqlab beradi. Chastota bu vaqt birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers (MGS) chastotali operativ xotira 100MB ma’lumotni 10 sekunda yuklasa, 1000MGS li operativ xotira bu jarayonni 5 sekuntda amalga oshiradi.


ddr


Operativ xotira ko‘rinishi va plataga(materinskiy plata, motherboard) ulanishi bo‘yicha bir necha turlarga bo‘linadi. Hozirgi zamon operativ xotiralar DDR1, DDR2, DDR3 turlarga bo‘linadi. Soni kattasi yangirog‘i hisoblanadi.


DDR1 eskiroq hisoblanadi va bu turi hozirda kamdan kam foydalanuvchilarda mavjud bo‘lib, kam bo‘lgani sababli qimmatroqdir. Maksimal ishlash chastotasi 400 MGS gachadir.


DDR2 keng tarqalgan turi hisoblanadi. Maksimal chastotasi 800 MGS gacha.


DDR3 zamonaviy, yangi chiqgan operativ xotira turi hisoblanadi. Maksimal ishlash chastotasi 1800 MGS gacha.


Har bir operativ xotira turi o‘zining platasiga ega, ya’ni platadagi slot faqat bir turdagi operativ xotirani qabul qiladi. Misol uchun, DDR1 uchun mo‘ljallangan plataga DDR2 ni o‘rnatib bo‘lmaydi. Chunki har bir operativ xotira turi o‘zgacha ulanish tishlariga ega. O‘lchami bir xil bo‘lishi mumkin lekin tishlari o‘rtasida farq bor. Ularni ajrata olmay kuch ishlatib operativ xotirani ham platani ham buzib qo‘ymang.


Muhim ma’lumotlardan biri shuki, plata shinasini ham operativ xotirani ulashda e’tiborga olish, uning chastotasini ham bilib qo‘yish zarur. Bu ma’lumotni siz kompyuter platasi xujjatidan topishingiz mumkin. Misol uchun, agar siz 800 MGS da ishlaydigan DDR2 operativ xotirasini 533 MGS shinada ishlaydigan plataga ulasangiz, operativ xotirangiz ham 533 MGS da ishlaydi. Siz 800 MGS da ishlash shunaqa sekin bo‘lar ekan deb yuraverasiz.


Yana bir muhim ma’lumot. Agar siz har xil chastotada ishlaydigan 2 ta operativ xotirani bir plataga ulasangiz, umumiy ishlash chastotasi kichik bo‘lgan chastota bilan bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun 1000 MGS va 600 MGS chastotada ishlaydigan operativ xotirani bitta plataga uladingiz, shunda operativ xotira 600 MGS chastota bilan ishlaydi.



Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish