Mamlakatimizda



Download 152,53 Kb.
bet9/23
Sana01.07.2022
Hajmi152,53 Kb.
#728342
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Кириш Иктисодиёт

Hududiy ehtiyoj bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Inson muayyan hududda istiqomat qilganligi sababli, uning ba’zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, har bir mahalla o‘zining guzari, unda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bolalar bog‘chasi, dam olish joylari, istirohat bog‘lari va boshqa inshootlarga ehtiyoj sezadi.
Umumjamiyat ehtiyojlari bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar uchun umumiy bo‘lgan ehtiyoj. Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha uchun umumiy bo‘lgan ne’matlarga ehtiyoj sezadilar. Masalan, mamlakat chegarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt farovonligi, ekologik toza muhit, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, huquq-tartibot ishlarining yuqori darajada amalga oshirilishi va boshqalar.
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:

    1. jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;

    2. jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;

v) tabiiy-geografik sharoitlar;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar;

  1. aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;

  2. xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar.

Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar mavjud bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, keng reklamaning
ta’siri va savdoning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va o‘sib borishi tabiiy bo‘lib, uni o‘ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin. Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va yetkazib berishga nisbatan miqdoran o‘sib, tarkib va sifat jihatidan takomillashib borishi ehtiyojlarning ustuvor darajada o‘sib borish qonuni deyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi.
Ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, unga xizmat ko‘rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi. Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi.
Iqtisodiy resurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  1. tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon va biologik resurslar);

  2. ishchi kuchi resurslari (kishilarning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari majmui);

  3. kapital (yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, hom-ashyo va materiallar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag‘lari va boshqalar);

  4. tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).

Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab
chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul zaxiralari ham kiradi.
Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo‘li bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo‘lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin (1.2-rasm):

Iqtisodiy rеsurslar, imkoniyatlar

Ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish darajasi

Ehtiyojlarning qondirilish darajasi



Download 152,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish