Ma’muriy yakuniy nazorat javoblar 1-Kazus


Holatda sudning harakatlariga baho beramiz



Download 117,16 Kb.
bet37/50
Sana22.06.2022
Hajmi117,16 Kb.
#690912
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
Bog'liq
Ma\'muriy YN-javoblar

Holatda sudning harakatlariga baho beramiz.
Ushbu vaziyatda sudning harakatlari asosli. Buni MSIY Kodeksi orqali isbotlashimiz mumkin. Yer olib qo’yilgach yer egasining huquqlarini himoya qilish uchun murojaat kelib tushgan. Fuqarolar huquqlari himyachisi sud ekanligi PQ 107da aytilganligidan kelib chiqib, sud vaziyatga baho beruvchi organ deyish mumkin. MSIY Kodeksining 4-5-moddalarida keltirilganidek, arizachi shikoyatini bergan va bu asosli. Tegishlilik bo’yicha ma’muriy sudda umumiy prinsiplar asosida ish ko’rib chiqilgan. Ishda MSIY kodeksining 6-bobi 36-moddasiga muvofiq arizachi o’zining huquq va muomala layoqatidan kelib chiqib harakatlarini bajarganligi ko’rinib turibdi. Arizachi izchil ketma ketlikda harakat qilgan.
Yer zaxiraga olingach arizachi bu noqonuniy deb sudga ariza bergan. MSIY Kodeksining 127-moddasiga asosan, manfaatdor shaxsning arizasi bilan ish qo’zg’atilgan. Unga javobgar jalb etilgan. Arizani rad etishga 133-moddada keltirilgan asoslar mavjud emasligi sababli ish yurituvga qabul qilingan. Ariza to’liq tartibda va ilovalar kodeksning 128-130-moddasiga muvofiq bo’lsa, kodeksning 134-moddasidagi asoslar bilan ariza qaytarilmaydi. Demak, sud to’g’ri yo’l tutgan holda arizani ish yurituvga qabul qilgan. Javobgarni MSIY Kodeksining 124-moddasida keltirilgan asoslar bo’yicha Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi. Ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sud ajrimi orqali, zarur hollarda esa chaqiruv qog‘ozlari, telegrammalar, fakslar, teletayplar hamda boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi, sudga chaqiruv yuborganligi sababli javobgar, ma’muriy organ, ishning holatidan xabardordir.
Sudda arizachi dalillarni tekshirishda ekspertiza so’ragan. Bu ham huquqlarni himoya qilishda vositadir. MSIY Kodeksining 65-91-moddalariga ko’ra dalillar tekshiriladi. Shundan 68-moddaga ko’ra, Dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladi. Sud ishni to‘g‘ri hal qilish maqsadida dalillarni ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan talab qilib olishi mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etmayotgan shaxsdagi zarur dalillarni mustaqil olish imkoniga ega bo‘lmasa, o‘sha dalilni talab qilib olish to‘g‘risida sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va u turgan joy ko‘rsatilishi kerak.
Dalilni talab qilib olish to‘g‘risida sud tomonidan ajrim chiqarilib, unda ushbu dalilni taqdim etish muddati va tartibi ko‘rsatiladi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga, shuningdek sud tomonidan talab qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga, yuboriladi.
Sud talab qilayotgan dalilni saqlayotgan shaxs uni bevosita sudga yuboradi yoki sudga topshirish uchun tegishli ajrimni taqdim etgan shaxsga beradi.
Agar shaxs sud talab qilayotgan dalilni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa yoki sud belgilagan muddatda taqdim eta olmasa, u shu muddat ichida bu haqda sudni sabablarni ko‘rsatgan holda xabardor qilishi shart.
Dalilni saqlayotgan shaxs talab qilinayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra bajarmagan taqdirda, uni saqlayotgan shaxsga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda jarima solinadi.
Talab qilinayotgan dalilga ega bo‘lgan shaxsga jarima solinishi uni dalilni sudga taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
70-moddaga ko’ra, Sud faqat ishga aloqador bo‘lgan dalillarni qabul qiladi.
Agar taqdim etilgan dalillar ko‘rilayotgan ishga aloqador bo‘lmasa, ular ish materiallariga qo‘shib qo‘yilmaydi, ularning dalil sifatida rad qilinganligi sud hujjatida aks ettiriladi.
Dalilar ko’rilayotganda ekspertiza o’tkazilishi mumkin. MSIY Kodeksining 79-moddasiga ko’ra, Ishni ko‘rib chiqish vaqtida yuzaga keladigan, fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning roziligi bilan ekspertiza tayinlaydi. Agar ekspertizani tayinlash qonunda belgilab qo‘yilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa yoki taqdim etilgan dalilning qalbakilashtirilganligi to‘g‘risidagi arizani tekshirish uchun yoxud qo‘shimcha ekspertiza tayinlash zarur bo‘lsa, sud ekspertizani o‘z tashabbusi bilan tayinlashi mumkin.
Ekspertiza o‘tkazilishi zarur bo‘lgan masalalarning doirasi va mazmuni sud tomonidan belgilanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspertiza o‘tkazish vaqtida tushuntirib berilishi lozim bo‘lgan savollarni taqdim etishga haqli. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar taqdim etgan savollar rad qilinganligini asoslab berishi shart.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar: o‘zlari ko‘rsatgan shaxslarni ekspert sifatida jalb etish to‘g‘risida yoki ekspertizani muayyan ekspertiza muassasasida o‘tkazish haqida iltimos qilishga, ekspertni rad etish to‘g‘risida arz qilishga; ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimga ekspert oldiga qo‘yilgan masalalarga qo‘shimcha masalalar kiritish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilishga; ekspertga tushuntirishlar berishga; ekspert xulosasi bilan yoki xulosa berishning imkoni bo‘lmaganligi haqidagi xabar bilan tanishishga; qo‘shimcha yoki takroriy ekspertiza o‘tkazish haqida iltimosnoma kiritishga haqli.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risida yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda: ekspertizani tayinlash asoslari; ekspertning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki ekspertiza o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ekspertiza muassasasining nomi; ekspert oldiga qo‘yilgan savollar; ekspert ixtiyoriga taqdim etiladigan materiallar va hujjatlar; ekspertizani o‘tkazish va sudga xulosani taqdim etish kerak bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi.
Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bo‘yin tovlagan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur materiallar va hujjatlarni taqdim etmagan hollarda hamda boshqa hollarda, agar ishdagi mavjud holatlarga ko‘ra va shu tarafning ishtirokisiz ekspertiza o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, sud aynan qaysi taraf ekspertizadan bo‘yin tovlayotganligidan, shuningdek uning uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, qaysi fakt yuzasidan ekspertiza tayinlangan bo‘lsa, o‘sha faktni tasdiqlangan yoki inkor etilgan deb topishga haqli.
Shuningdek, 80-moddaga ko’ra, Ekspertiza sud majlisida yoki, agar tekshirishning xususiyatiga ko‘ra zarur bo‘lsa yoxud tekshirish obyektlarini sud majlisiga olib kelish imkoni bo‘lmasa, sud majlisidan tashqarida o‘tkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lishga haqli, bundan ushbu ishtirok etish ekspertning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.

Download 117,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish