Ma’naviy qadriyatlar va ularning inson kamolotidagi ahamiyati


Ma’naviy qadriyatlar va ularning inson kamolotidagi ahamiyati



Download 43,83 Kb.
bet3/4
Sana12.06.2022
Hajmi43,83 Kb.
#657339
1   2   3   4
Bog'liq
DSXCGVHJEARSGTDFTVTREDTCTRHGFNB

2.4.Ma’naviy qadriyatlar va ularning inson kamolotidagi ahamiyati 
Qadriyatlar ham ma’naviyatning tarkibiy qisimlaridan birini tashkil etadi. Ular ijtimoiy 
xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanib boradi. 
Qadriyatlar kishilarning turli sohalardagi, avvalo, ishlab chiqarishi, mehnat sohasidagi faoliyati 
uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmui bilan bog‘liq holda yuzaga keladi.Tabiat va 
jamiyat hodisalari insonning moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish, yaratuvchanlik 
faoliyati tufayli, uning ehtiyojlarini qondirish natijasida qadriyatlilik ahamiyatiga ega bo‘ladi. 
Odamlarning manfaatlari, ehtiyojlarini qondira olmagan, ularning orzu-istaklari, intilishlariga 
mos kelmaydigan, tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyatlar sirasiga kiritish noo‘rindir.
56
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 75- бет.
57
Қаранг. Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни миллат қилишга хизмат этсин. 14-
15-бетлар. Миллий истиқлол мафкураси халқ еътиқоди ва буюк келажакка ишончдир.12-19-бетлар.
58
Қаранг. Ж.Тулянов, Б.Қодиров , З.Ғофуров. Маънавий юксалиш сари. Тошкент. “Меҳнат”-2000, 103-бет.

150 
Qadriyat deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy 


guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan 
baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlarini, hodisalari majmuini tushunmog‘imiz 
lozim.
59
Tabiat va jamiyat boyliklari, hodisalarini qadriyatlar sirasiga kiritilishning asosiy 
sababi-kishilar ularni qadrlaydilar, avaylab-asraydilar, chunki, bu qadriyatlar ularning shaxsiy va 
ijtimoiy turmushini, ma’naviy – ruhiy dunyosini boyitadi, yaratuvchanlik faoliyatiga yo‘llaydi.
Ma’naviy qadriyatlar va ularning inson kamolotidagi ahamiyatiga to‘xtashdan avval, 
qadriyatlarning turlari va ko‘rinishlarini bilib olish lozim. Qadriyatlar o‘z mohiyati, xususiyatlari 
va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha turlariga va shakliy ko‘rinishlarga bo‘linadi. Avvalo, 
barcha qadriyatlar orasida inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda 
biron narsaning qadr-qimmati, ahamiyati haqida so‘zlash bema’nilikdir. Insonsiz borliqdagi 
mavjud barcha narsa va hodisalar o‘zining qadriyatlilik ahamiyatini yo‘qotadi. SHuning uchun 
ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq inson qadr–qimmatini e’zozlash, uning manfaatlarini 
har tomonlama himoya qilish, turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, 
sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etib 
kelmoqda. Jahonda e’tirof etilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ning asosiy tamoyillaridan biri 
ham bozor iqtisodiyotiga o‘tishda aholining ijtimoiy himoyasiga qaratilganligida chuqur 
insonparvarlik mohiyati mavjuddir.
Insonning yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha tabiiy boyliklar –er, suv, havo, quyosh, turli 
madanlar, o‘simliklar, hayvonat dunyosi va boshqalar, shuningdek, inson mehnati, hatti – 
harakati, aql-zakovati bilan yaratilgan turli-tuman moddiy boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab 
chiqarish, transport vositalari, asbob-uskunalar, hozirgi zamon axborat texnologiyalari, turar joy, 
mol-mulk, noz-ne’matlar va boshqalar tabiiy va moddiy qadriyatlar hisoblanadi. Bularsiz 
insoniyat yashay olmaydi. Tabiat va uning boyliklari biz uchun moddiy ne’matlarning bosh 
manbai hisoblanadi. Ularni asrab-avaylash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga har 
birimiz ma’naviy va amaliy jihatdan mas’ulmiz.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida: «Er, er osti boyliklari, suv, 
o‘simlik va hayvonat dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan 
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir,»
60
- deb yozilganki, ularni asrab-
avaylash, saqlash, kelgusi avlodlarga sof holda qoldirishimizda har birimizga javobgarlik 
ma’suliyatini yuklaydi.
Muayyan jamiyat, davlat tuzilmasi, uning huquqiy asoslari, shaxs erkinligi va huquqlari, adolat, 
ozodlik, tenglik, tinchlik, birodarlik kabilar ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar sirasiga kiradi. Insoning 
erkinligi, uning qadr-qimmati jamiyatimizning oliy qadriyatidir. Bu haqda asosiy qomusimizda 
shunday so‘zlar yozilgan: «O‘zbekiston Respublikasi demokratiya, umuminsoniy pirinsiplprga 
asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz 
huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. 
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.»
61
Istiqlol tufayli mamlakatimizda barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik, dinlararo 
bag‘rikenglik kabi ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar qaror topdi. «Ko‘p millatli jamiyatimizda, - deydi 
I.Karimov, - ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va millatlararo totuvlik 
saqlanayotganligi mustaqil O‘zbekistoning bunyod bo‘lishi va rivojlanishining birinchi 
boshlang‘ich bosqichida qo‘lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo‘ldi.»
62
Prezidentimiz yuqorida 
qayd etgan qadriyatlar yangidan barpo etilayotgan davlatchiligimizning poydevoridir. 
Xalqimiz va umuminsoniyat tomonidan yaratilgan ilmiy-falsafiy qarashlar, tarixiy, badiiy san’at 
asarlari va diniy amollar; urf-odatlar, an’analar, bayramlar, marosimlar; insonparvarlik
59
Қаранг. Ж.Тулянов, Б.Қодиров , З.Ғофуров. Маънавий юксалиш сари. Тошкент. “Меҳнат”-2000, 103-бет.
60
Ўзбекистон Республикаси Кониституцияси. Тошкент, «Ўзбекистон», 2003. 11-бет.
61
Ўша жойда, 5-бет.
62
Каримов И.А.Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Тошкент, «Ўзбекистон», 
1995. 262-263-бетлар.

151 
vatanparvalik, mehnatsevarlik, yaxshilik, burch, vijdon, to‘g‘rilik, halollik kabi axloqiy 


me’yorlar insonni ma’naviy kamolotga eltuvchi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar sanaladi.
O‘zbek xalqining mehnatsevarlik, erga cheksiz muhabbat, mehmondo‘stlik, katta yoshdagilarni 
hurmat qilish, nonni, suvni e’zozlash bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p qadimiy ma’naviy 
qadriyatlar chuqur hayotiy mazmunga ega bo‘lib bugungi kunda ma’naviy barkamol insonlarni 
tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda milliy ma’naviy meros va qadriyatlarni, diniy axloq 
mezonlarini yoshlarimiz ongiga singdirish, ularning amaliy faoliyatlariga aylantirish muhim 
ahamiyatga egadir. Xususan, IX-XII va XIV-XV asrlarda yashab o‘tgan buyuk 
mutafakkirlarning ilmiy-falsafiy bilimlar va islom ilmi va madaniyati rivojiga qo‘shgan 
hissalarini o‘rganish yoshlarimizda ma’naviy barkamollikning muhim belgilaridan biri milliy 
g‘urur va milliy o‘zlikni anglab etishda muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda mustaqillik 
yillari ma’naviy meros va qadriyatlarning ma’naviy barkamol insonlarni tarbiyalab voyaga 
etkazishdagi muhim o‘rniga ahamiyat berib, o‘tmishda toptalgan ma’naviy qadriyatlarimizni 
tiklashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov bu boradagi asosiy vazifalarni belgilab, quydagi fikrlarni aytgan 
edi: «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar davomida 
yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi. 
Biz ma’naviy qadriyatimizni tiklashni milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning ma’naviy 
sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz.»
63
Istiqlol tufayli xalqimiz boy ma’naviy merosimiz va qadriyatlarimizning ildizlariga nazar 
tashlash, to‘laqonli suratda o‘rganish, ular orqali yoshlarimiz ongi va shuurini, ma’naviyatini 
boyitish imkoniga ega bo‘ldik. Islom Karimov ta’kidlaganidek, ma’naviyat «…Insonga ona suti, 
ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi».
64
Prezidentimizning mazkur so‘zlarida chuqur 
falsafiy fikrlar mujassam. 
Diniy qadriyatlarimiz ham inson ma’naviy kamolotning muhim omillaridan biridir. Asrlar 
mobaynida xalqimizning ma’naviyati, insonparvarlik, adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi 
ezgu fazilatlari SHarq falsafasi va islom diniy ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlanib kelgani 
hozirgi kunda hammamizga ayon. Vazifa esa xalqimizni, xususan yoshlarimizni ma’naviy 
kamolot cho‘qqilariga etkazishda islomiy qadriyatlardan ham bekamu ko‘st foydalanishdan 
iborat.
Islom Karimov doimo qayta –qayta ta’kidlaganidek: «Biz islom dini ota-bobolarimiz dini 
ekanini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanini doimo yuksak 
qadrlaymiz…. Dinga hurmat va e’tiqod biz uchun o‘lmas qadriyatdir».
65
Diniy qadriyatlarimiz inson faoliyatini oqilona boshqarish, jamiyat hayotida tinchlik, adolat, 
insonparvarlik, halollik, diyonatlilik, insoflilik, mehr-shafqatlilik kabi ko‘plab insoniy 
fazilatlarni inson qalbi va ruhiyatida qaror toptirishga yo‘g‘rilgan. Ularning har biri inson qalbida 
chuqur tomir otgan, ruhiyatini harakatga keltiradigan ma’naviyatdir. 
Inson tug‘ilganidan so‘nggi nafasigacha an’analar, urf-odatlar, bayramlar qurshovida hayot 
kechiradi. Ular esa kechagi avlodlordan bugungi, bugungi avlodlardan ertangi avlodlarga 
ma’naviy meros bo‘lib o‘tib ma’naviy kamolot sari eltadi. Urf-odat, an’analar bugungi avlodni 
ajdodlar tajribasi bilan tanishtiradi, ularda o‘z burchi vazifalariga mas’uliyat bilan qarash 
fazilatlarni shakllantiradi va mustahkamlaydi.
SHarq xalqlarining, xususan o‘zbek xalqining qadimiy bayramlaridan biri “Navro‘z” asrlar 
silsilasidan o‘tib kelib, bugungi mustaqillik kunlarida yangicha mazmun kashf etgan holda 
xalqimiz ma’naviyatini boyitishda, yoshlarimizning ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb 
63
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 
кафолотлари. Тошкент, «Ўзбекистон», 1977, 137-бет.
64
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. Тошкент, «Ўзбекистон», 1992, 71-бет.
65
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Тошкент, 
«Ўзбекистон», 2000, 20-21-бетлар.

152 
etib kelmoqda. U xalqimiz tomonidan uyg‘onish va yasharish, go‘zallik va nafosat, muruvvat va 


sahovat ramzi sifatida yuksak qadrlanadi. Navro‘z bayrami kunlari yoshu qari, har qaysi inson 
o‘zini mo‘‘jizakor tabiatining uzviy bir qismi ekanini chuqur anglaydi, tabiiy muhitni asrab-
avaylab, u bilan ham ohang bo‘lib, mustaqilligimizning har bir osuda kunining qadriga etib 
yashash kerakligini yana bir bor idrok etib qalbidan o‘tkazadi. 
Navro‘z ayyomi arafasida mahallalar, ko‘chalar, aholi turar joylari obodonlashtiriladi, ariq-
zovurlar tozalanadi, ziyoratgoh, qabriston hamda tabarruk qadamjolar tartibga keltiriladi, mevali, 
manzarali daraxtlar, gul ko‘chatlari o‘tkaziladi. Bayram kunlari esa etim-esir, beva-bechora, 
xasta va muxtoj kishilarga mehr-muruvvat, sahovat ko‘rsatiladi, qariyalarimizning duosi olinadi. 
Bunday insoniy qadriyatlar yoshlarimizning ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutadi.
Mustaqilligimiz yillari qadimiy an’ana va urf-odatlarimizni tiklash, ularni yangi mazmun bilan 
boyitish bilan birga, Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan uch bosqichli 
uzluksiz sport tizimi-«Umid nihollari», «Barkamol avlod», Unverisiada kabi ommaviy sport 
o‘yinlarini, san’atda SHarq taronalarini muntazam suratda o‘tkazish an’anaga aylanib qoldiki
bular yoshlarimizni jismonan chiniqtirish, sog‘lom o‘sib ulg‘ayishiga yordam berishi bilan birga, 
ular ongi va dunyoqarashida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ma’naviy komillikka 
erishishlarida muhim rol o‘ynamoqda. SHu bilan birga Mustaqillik kuni, Hotira va qadrlash kuni, 
Ustoz va murabbiylar kunlarining xalqimiz tomonidan umumxalq bayrami sifatida qadr topgani 
va nishonlanib kelinayotgani ham yoshlarimizda vatanparvarlik, insonparvarlik kabi xislat va 
fazilatlarni shakllanishida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

8-Mavzu: Madaniy - ma`naviy qadriyatlar, ularni inson va jamiyat 



Download 43,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish