Ma‘naviyat, iqtisod, siyosat, huquq va mafkura munosabatlari. Ma‘naviyat jamiyat tizimidagi o’rni Reja


Ma‘naviyat va mafkura, ularning o’zviy boglikligi. Mafkuraning jamiyat va inson hayotida tutgan o’rni va roli



Download 32,24 Kb.
bet3/5
Sana13.06.2022
Hajmi32,24 Kb.
#665001
1   2   3   4   5
Bog'liq
manaviyat iqtisod siyosat xuquq va mafkura munosabatlari.

Ma‘naviyat va mafkura, ularning o’zviy boglikligi. Mafkuraning jamiyat va inson hayotida tutgan o’rni va roli.
Jamiyat faoliyatida ma‘naviyat va mafkura bir-biri bilan bevosita boglik bo’ladi. Ma‘naviyat insonning ruxiyati, o’zini o’zi anglashi, xar tomonlama yuksaklikka intilishidagi saloxiyatini anglatadi. Mafkura esa ma‘lum bir davlat, jamiyat, muayyan bir ijtimoiy gurux, millat, partiya jamoat tashkilotlarining tub manfaaatlarini, maqsad va vazifalarini nazariy asoslovchi, ximoya kiluvchi va ularni olga karab undovchi falsafiy, siyosiy, huquqiy, axlokiy, diniy, estetik, ijtimoiy-siyosiy karashlarning sistemalashtirilgan ilmiy bilimlar majmuidan kelib chikadigan goyalaridan tashkil topadi.
Kishilik jamiyati tarixida ham, buguni va kelajagida ham mafkurasiz jamiyat, ijtimoiy gurux, millat va davlat bulmagan va bulmaydi. Xar bir davr, jamiyat o’z mafkurasini ishlab chikadi, yaratadi. Shuni aloxida ta‘kidlash lozimki, demokratik, huquqiy davlatda bironta siyosiy partiya yoki sinfning rasmiy zuravon davlat mafkurasi bo’lishi mumkin emas. (Bo’lgan takdirda boshka turli, xurfikrlilikni sikib chikarib, dogmatizmga yul ochish to’g’risida gapirish kerak bo’ladi). Umuman rasmiy zuravon mafkura bor joyda, fikrlarning xilma-xilligi bugiladi va ma‘anaviyat kashshoklashib, rivojlanishi susayib ketadi. Shuni xisobga olib O’zbekiston Konstitutsiyasini 12 moddasida xech kaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida urnatilishi mumkin emasligi kayd etilgan. Odamlar kaysi davr, jamiyatda yashamasin nimagadir ishonishi, e’tiqod qilishi, ma‘lum bir goyaga, ilmiy ta‘limotga mafkuraga asoslanib ish kurishi aniq va lozim.
Demokratik, huquqiy davlat fukarolik jamiyati karor topishi uchun milliy jipslik (milliy konsolidatsiya)ni takazo etadi. Shu asosda maxalliychilik, urug-aymokchilik, turli guruxbozlikni oldini olish uchun umummilliy, umumXalq manfaaatlarini tor sinfiy, tabakaviy, mintakaviy, partiyaviy manfaatlardan ustun kuyadigan jamiyatning hamma a‘zolarini jipslashtiradigan, oliy maqsadlar sari safarbar kiladigan milliy istiqlol mafkurasi zarur bo’ladi. Bu esa o’z navbatida jamiyat ma‘naviyati yuksalishiga xizmat kiladi. Chunki mafkuraning o’zi ham ma‘naviyatning namoyon bo’lish shakllaridan biridir. Shu nuqtai nazardan O’zbekiston siyosiy Mustaqillikka erishgandan boshlab o’zining milliy jamiyatini kurishda, Mustaqillikni mustaxkamlab, O’zbekiston Xalqini unga safarbar etishga, ularni Mustaqillikning milliy, falsafiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, axlokiy, diniy, estetik ahamiyatini tushunib yetishga, milliy istiqlol, milliy tiklanish mafkurasini yaratish obektiv extiyojiga aylanib koldi. Shuni xisobga olib, Prezidentimiz I.Karimov 1998 yilda «Tafakkur» jurnalining 2-sonida jurnal bosh muxaririning savollariga javobida «Jamiyatimiz mafkurasi Xalqni Xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin», mafkura deya uning roliga juda katta baxo beridi. «Mafkura bulmasa odam, jamiyat, davlat o’z yo’lini yo’qotishi mukarrar», deb kayd kildi Prezident. «Odamlar o’zining Mustaqil fikriga, sobit e’tiqodiga, o’zi tayanib yashaydigan hayotiy, milliy qadriyatlariga, shakllangan dunyokarash va mustaxkam irodaga ega bulmasa, xar turli mafkuralarning bosimiga… tazyiklariga bardosh berishi amrimaxol». Shu nuktayi nazardan I. Karimov aloxida ta‘kidlab kayd kiladiki, «Demak bugungi kunda goyani, fikrni takik bilan, mamuriy choralar bilan yengib bulmaydi. Goyaga qarshi faqat goya, fikrga qarshi faqat fikr, jaxolatga qarshi faqat marifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin... Jamiyat axlining mustaxkam va ravshan mafkurasi bulmasa, o’z oldiga kuygan aniq bir maqsad – muddaosi bulmasa, u mukarrar ravishda inkirozga yo’z tutadi». Shu fikrlardan kelib chikib, I. Karimov mafkuraga ta‘rif beradi. «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyokarashiga asoslangan, ayni vaktda shu Xalq va shu millatning kelajagini ko’zlagan, uning dunyodagi o’rnini aniq, ravshan belgilab berishga xizmat kiladigan, kechagi va ertangi kun urtasida o’ziga xos kuprik bo’lishga kodir goyani men jamiyatning mafkurasi deb bilaman», deb ta‘rif berib, xar qanday milliy mafkura, shu jumladan, bizda ham mafkura O’zbekiston Xalqlarining orzu-intilishlarini, jamiyatimiz tayanchi bulmish oddiy fukarolarimiz manfaatlarini ifoda etib, Xalqimizning tinch, farovon turmushiga erishish uchun kuch – gayrat manbai bo’lishi lozimligini ta‘kidlaydi.
Milliy mafkuramiz eng avvalo o’zligimizni, kup asrlik mukaddas an‘analarimizni, jamiyatimiz oldiga bugun kuyilgan oliy maqsad va vazifalarini kamrab olishi, mamlakatimizdagi insonlarning e’tiqodi, dunyokarashidan kat‘iy nazar, ularning barchasini yagona milliy bayrok atrofida birlashtiradigan davlatimizning daxlsizligini asraydigan, Xalqimizning eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona goya mafkura bo’lishi kerak, deb kayd kiladi.
Bizning milliy mafkuramiz xar qanday millatchilikdan xoli bo’lgan goya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadokat ruxida tarbiyalash, ularning kalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini singdirishga xizmat qilishi, shuningdek Vatanimizning shonli utmishi va buyuk kelajagi bilan boglab turadigan goya bo’lishi kerak. Shu asosda milliy mafkura vositasida el-yurtni birlashtiradi va oldimizga kuygan maqsadlarga erishishga da‘vat kiladi, safarbar etadi.
I.Karimov mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham shunga karatilganligini ta‘kidlab «Binobarin ta‘lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bulmaydi. Ongni, tafakko’rni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bulmaydi» deb kayd etadi.
Mamlakatimizda xar qanday «izm» lardan ozod zamonaviy dunyokarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan insonlargina fukarolik jamiyatini barpo etishga va uni yanada takomillashtirishga kodir bo’ladi. I.Karimov Amir Temur bobomizing «Kuch adolatda» degan fikrini bugungi kunga tadbik qilib «Kuch bilim va tafakkurda» degan fikrni olga suradi.
Umuman mafkura umummilliy, umumxalq ahamiyatiga ega bo’lgan goya sifatida kuyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. Davlat rivojining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy-ma‘rifiy soxalaridagi vazifasini o’zida mujassamlashtiradi.

  2. Bir mamlakat ichidagi barcha fukarolarni millati, sinfi, dinidan kat‘iy nazar yagona maqsad va goyaga birlashtiradi.

  3. Davlat olib borayotgan ichki va tashki siyosat goyalarni o’zida mujassamlashtirib, uni fukarolarga targib etadi.

  4. Bir davlat doirasidagi fukarolarni yaratuvchanlik, bunyodkorlikka undab, shu jamiyat maqsadini amalga oshirishga yunaltiradi.

  5. Xalqning orzu-umidlarini o’zida ifodalab, jamiyatdagi muammolarni Xalq qilishda fukarolarni umumsafarbarlik harakatiga keltiradi.

  6. Mafkura jamiyatda ma’lum bir siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy dunyokarashni shakllantiradi.

Ma‘lumki Mustaqillikka erishishga kadar mavjud bo’lgan kommunistik mafkura ta‘sirida barcha millatlar katori o’zbek Xalqi ham o’zining mulkidan, xokimiyatdan, iqtisodiy, madaniy, ma‘naviy axlokiy erkidan, milliy urf-odat, an‘analaridan maxrum qilishga harakat kilindi. Umuman, «Ulug rus» Xalqining ma‘naviyatidan boshka millatlarning ma‘naviyati, madaniyatiga mensimaslik bilin karash siyosati yuritildi. Kupgina bebaxo ma‘naviy, madaniy, diniy, tarixiy merosimizdan ajralib kolishga ham sabab buldi.
O’zbek Xalqini ma‘naviyati milliy istiqlol mafkurasini o’zning tarkibiy kismi sifatida o’z ichiga olib, uni oziklantiradi. O’z navbatida milliy istiqlol mafkurasi jamiyatning ma‘anaviy hayotiga bir butunlik, umumiy maqsad bagishlaydi. Bugungi Mustaqillik sharoitida milliy-istiqlol mafkurasini ma‘naviy-ma‘rifiy qadriyatlarini tiklash bilan birga tafakkur, ruxiyat ozod bo’lgandagina kishi haqikiy erkin bulaoladi. Istiqlol mafkurasi jamiyatimiz rivojini tezlashtirish maqsadida Xalqimizni, millatimiz va barcha fukarolarni umumiy maqsad yo’lida birlashtiradi, bu mafkura Prezidentimiz aytgandiek, O’zbekiston Xalqining ruxini, gurur-iftixori, barcha kudratini, orzu-intilishlarini mujassamlshtiruvchi kuch bulib xizmat kiladi.
O’zbekiton milliy istiqlol mafkurasi Xalqimizning azaliy an‘analari, udumlari, diniga, tiliga, ruxiyatiga asoslanib, kishilarimizda kelajakka ishonch, mexr-oqibat, insof, sabr-tokat, adolat, ma‘rifat, iymon va e’tiqod tuygularini ongimizga singdirishi kerak. Odamlarimizni insofu-diyonatga, xalolllik, poklik, odobu-axlokka, mexnat va tadbirkorlikka da‘vat etadi.Milliy istiqlol mafkurasi o’zbek milliy qadriyatlarimiz bilan bir qatorda umuminsoniy qadriyatlarni ham ko’zda tutib, ularni uygunlashtirgan xolda umumjaxon tsivilizatsiyasidan, uning ijobiy tomonlaridan foydalanadi.
Shunday qilib, milliy istiqlol mafkurasi bum-bush, xech narsa yo’q joyda emas, balki o’zbek Xalqining asrlar davomida yaratilgan ilmiy bilimlari, madaniyati va tafakkuri milliy qadriyatlarimiz yutuqlariga asoslanganligi, Xalqimizning buguni, kelajagidagi manfaatlarini ifodalaydigan fikrlariga tayanadi.
Ma‘lumki, mafkura ijobiy taraqqiyotdan orkada kolsa, jamiyat taraqqiyotiga gov bo’ladi, xaddan tashkari oldinga ketsa, Xalqdan ajralib koladi. Shu sababli barcha siyosiy partiyalarning manfaatlarini inobatga olib, ijtimoiy kuchlarini jamiyat ravnakiga jalb etish, mamlakat rivojiga ijobiy ta‘sir kursatadi. Shu nuqtai nazardan milliy istiqlol mafkurasi insonni eng oliy qadriyat deb xisoblab, insonning mexnat va ijodiy – ma‘naviy imkoniyatlarini yo’zaga chikarish uchun xizmat kiladi. Istiqlol mafkurasining bosh maqsadi – O’zbekiston Mustaqilligi uchun xizmat qilish, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy-madaniy, ma‘naviy zaminlarini yaratish va mustaxkamlashda Xalq ommasini safarbar etishdan iboratdir.
Milliy istiqlol mafkurasi kishilarni o’zaro hamkorlik, hamfikrlikka, dustlik milliy hamdardlik, milliy birdamlikka undaydi. Xar qanday maxalliychilik va urug-aymokchilikka qarshi, milliy birlikka chakiradi. Milliy birlik bulmasa istiqlol va taraqqiyot bulmaydi. Mustaqillikni kulga kiritgan Xalqning siyosiy va ma‘naviy madaniyatining usishi uchun eng avvalo milliy ong rivojlangan bo’lishi kerak. Milliy ong milliy madaniyatning tarkibiy kismi bulib, u milliy madaniyat rivojlanishining eng yo’qori chukkisidir. Milliy madaniyati rivojlanmagan, milliy birlik, milliy hamkorlik tuygulari zaif Xalqlarda milliy ong bulmaydi. Xar bir millatda milliy ong bulsama, ozodlik, erkinlikning kadriga yetishi amrimaxol bo’lishi tabiiy.
Siyosiy madaniyati usgan, milliy o’zligini anglagan, o’z ota-bobolarining, nasl-nasabini tarixini va ular jaxon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga kushgan xissalarini bilishda istiqlol mafkurasining roli benixoya kattadir.
Milliy istiqlol mafkurasi vatanparvarlikni ham o’z ichiga oladi. Vatan kishining ajdod-avlodlari kindik koni tukilgan va ularning xoklari, ruxlari yetgan mukaddas dargox, Xalqi, el-yurti voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari shakllanib boradigan zamin. Vatan Xalqning utmishi, buguni va kelajagidir. Vatanga muxabbat, insonparvarlik ruxida tarbiyalashi, xalollikni, mardlik va sabr bardoshlilikni, adolat tuygusini, bilim va ma‘rifatga intilishini tarbiyalash yo’lida xizmat kilmogi lozim



Download 32,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish