Maqsad: Estrada vokal ijrochiigi maktablari ijrochilik tomоnlarini puхta o‘zlashtirish. Mashg`ulоt turi: amaliy Mashg`ulоt mеtоdi: «Kirish, axborot, vizual, aqliy hujum»



Download 155,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana30.12.2021
Hajmi155,77 Kb.
#98774
1   2   3
Bog'liq
5-Amaliy mashgulot-

yuzasidan Talabalardan so‘rash -7 daqiqa  « Maktab repertuarini o`rganish» fanidan ma`ruzalar 

qismida  o‘tgan mavzularni takrоrlash) 



III.Yangi mavzuni bayon qilish - 60 minut: Kirish, axborot, vizual, aqliy hujum uslublari 

asоsida    guruhlarning  har  bir  a’zоsini  faоllik,  o‘z  fikrini  ifоda  etish,  guruhdоshlarining 

fikrlarini tinglash va tanlay оlish, o‘rtaga tashlanayotgan bir nеcha fikrni umumlashtira оlish, 

shuningdеk, o‘z fikrini himоya qilishga o‘rgatadi.   

Estrada tushunchasi – lotincha tomosha ko`rsatish uchun maxsus ko`tarilgan, joy ya’ni 

sahna ma’nosini anglatadi. XIX asr oxirlariga kelib bu tushuncha yakka tartibda, kichik shaklda 

ijro qilish ma’nosini anglata boshladi. Dramaturg p’esa, rejissyor spektakl, aktyor obraz yaratadi. 

Uchala  jarayon  bir  kishida  mujassam  bo`lib,  u  kichik  shakldagi  tomosha  yaratsa,  nomer  deb 

ataladi.  Tomosha  –  nomer  yaratish  san’ati  XX  asrdan  boshlab  estrada  deb  atala  boshlandi. 

Nomer  yaratgan  va  uni  san’at  darajasida  namoyish  qilgan  shaxs  estrada  aktyori  deb  nomlana 

boshlandi

1

.  Ma’lumki,  XX  asr  o`zbek  musiqa  san’atida  keskin  yangilanishlar  davri  bo`ldi, 



“noan’anaviy” bastakorlik ijodiyoti hamda yangi konsert shakllari yuzaga keldi. Shu munosabat 

bilan musiqiy madaniyatga ham “estrada” tushunchasi kirib keldi. 

Dastlabki  paytlarda  uning  qo`llanish  doirasi  nihoyatda  keng  bo`lganligi  bilan 

tavsiflanadi.  Bu  xususda  O.Bekovning  quyidagi  fikr-muloxazalari  e’tiborlidir:  “Yorqin  rang-

barang,  keskin  o`zgarishlar  asosida  tuzilgan,  ammo  o`zaro  bog’lanmagan  estrada  konserti 

amalda  barcha  badiiy  ijodiyotning    nazm  va  musiqadan  to  sirkgacha  qariyb  barcha  turlari 

namunalarini o`z domiga torta olishga “qodir” ekanligini namoyish etdi. Va nihoyat filarmonik 

konsert  va  teatr  spektakllaridan  farqli  o`laroq  tomoshabin  va  artistlar  orasidagi  o`ziga  xos 

muloqat,  yengil  bog’liqlik  kabi  estrada  san’ati  ijrochilik  tabiatining  asosiga  aylandi.  Shu 

jumladan, tomosha jarayonida tinglovchi bilan doimiy, bevosita bog’liq bo`lish holati o`ziga xos 

konferans  kabi  estrada  janrining  yuzaga  chiqishiga  ham  sabab  bo`ldi”.  Muallif  “estrada” 

atamasini  sahnaviy  san’at  kesimida  talqin  etarkan,  uning  belgilovchi  fazilatlari  sifatida  “Jonli, 

o`ziga  xos  sodda  musiqiy  shakllar,  gohida  mualliflarning  yorqin,  shuningdek,  jo`nlashtirilgan 

intonasion aylanma hamda “Ommaviy” raqsbop usullarga yondashuvlari”ni alohida ta’kidlaydi. 

Ushbu fikrlar o`zbek musiqa madaniyating,  asosan, 1920-1950 yillariga taalluqlidir. Ta’kidlash 

joizki,  hozirgi  O`zbekiston  voqeyligida  “estrada”  atamasi  nafaqat  sahna  bilan  bog’liq  holda, 

 

1

Умаров М. Эстрада ва оммаввий томошалар  тарихи. Т., “Янги аср авлоди”. 2009й.  185 –бет. 




balki  musiqada  o`ziga  xos  yo`nalishni  tavsif  etishda  ham  qo`llaniladi.  Demak,  musiqa 

madaniyatida  “estrada”  atamasi  “tor”  ma’noda  ma’lum  ijro  va  badiiy  unsurlar  birligiga 

asoslangan musiqa namunalarini ifoda etadi. 

Binobarin, bu o`rinda “estrada” istilohi xususiy tushuncha sifatida namoyon bo`lmoqda. 

Shundan kelib chiqqan holda ushbu kesimdagi “estrada”ga oid “musiqiy estrada” tushunchasini 

qo`llab uning zaminida “jadal usul”ga asoslangan barcha sahnaviy musiqa janrlarining majmuini 

anglash maqsadga muvofiqdir. 

Shunday  qilib,  “estrada”  so`zining  lug’aviy  ma’nosidan  kelib  chiqqan  holda,  ya’ni 

uning  keng  ma’noda,  umumiy  “sahna  san’ati”  tushunchasi  sifatida  va  tor  ma’noda  “musiqiy 

estrada”  ya’ni  maxsus  tayyorgarligi  bo`lmagan  tinglovchi  osongina  tushuna  oladigan,  xordiq 

chiqarish  maqsadlariga  xizmat  qiluvchi  shaklan  va  mazmunan  oddiy,  tez  esda  qolarli  kuy  va, 

asosan,  raqsbop  usullar  (zaminida  ma’lum  qadar  “bit”,  ya’ni  jadal  usul)ni  mujassam  etgan 

musiqa namunalariga qo`llash maqsadga muvofiqdir. 

Nazarimizda,  “musiqiy  estrada”  atamasini  tor  ma’noda  qo`llash  pirovardida  “pop-

myuzik” atamasi bilan teng ma’nolikka va mazkur andazada ijod etilgan asarlarni musiqiy soha 

darajasida  tasniflash  kabi  qulaylikka  erishiladi.  Ayni  paytda  atamalardagi  bir-biri  bilan  uzviy 

bog’liq kesishuv va tafovutlar ham bartaraf etilishi mumkin. 

O`zbek  musiqiy  estradasi  shakllanishi  jarayoni  folklor  namunalari  muhim  zamin 

bo`lganligini  alohida  ta’kidlash  zarur.  Bunda  qo`shiq,  lapar  va  ayniqsa  sho`x  yallalarning 

raqsbopligi,  yengil  ohang  –  usullari  qo`l  kelgandi.  Ayni  paytda  bu  holat  “o`zbek  musiqiy 

estradasi”ning milliylik asosini ham ta’minlovchi vositalardan bo`ldi. 

XX  asr  boshlarida  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatlar  o`laroq  shakllana  boshlagan  o`zbek 

estrada qo`shiqchiligini shartli ikki davrga bo`lish mumkin:  

- birincxisi an’anaviy janrlar – qo`shiq, lapar, yallalar rivojlangan davr

-  ikkinchi  davri  esa  folklor  janrlari  musiqiy  estrada  talablari  asosida  usluban  qayta 

ishlanish boshlangan davrdir. 

O`zbekiston  Mustaqillikka  erishgan  davrdan  boshlab  yaratilayotgan  san’at  asarlari 

orasida Vatan, istiqlol, ozodlik, millat haqidagi qo`shiqlar keng o`rin oldi.Boshqa san’at turlari 

qatorida eng ommaviy san’at turi – musiqiy estrada rivoji uchun yangi sharoit, yangi tizim joriy 

etildi. 

1996 yil 5 apreldagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining (PF-1419-son) Farmoniga 

binoan  “O`zbeknavo”  gastrol-konsert  birlashmasi  tashkil  etildi.  2001  yilda  Vazirlar 

Mahkamasining “Estrada qo`shiqchilik san’atini yanada rivojlantirish to`g’risida”gi (2001 yil 26 

iyundagi 272-sonli) qarori e’lon qilindi. Qarorda Respublika keng musiqiy jamoatchilik vakillari

estrada  san’atining  taniqli  namoyondalari,  “Ma’naviyat  va  ma’rifat”  Kengashi,  Madaniyat  va 

sport  ishlari  vazirligi,  O`zteleradiokompaniya,  Yozuvchilar  uyushmasi,  Bastakorlar  uyushmasi, 

Badiiy  akademiya  va  boshqa  manfaatdor  tashkilotlarning  takliflari  asosida  O`zbekiston 

qahramoni,  O`zbekiston  xalq  shoiri  Erkin  Vohidov  raisligida  Milliy  estrada  san’atini 

rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi tuzildi, uning asosiy vazifasi etib: 

-  estrada  jamoalari,  yakkaxon  ijrochilar  hamda  boshqa  san’atkorlarning  faoliyatini 

muvofiqlashtirish, ularning ijodiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish

-zamonaviy  estrada  san’atining  o`zbek  musiqa  madaniyati  taraqqiyotidagi  o`rni, 

g’oyaviy-badiiy  yo`nalishlari,  uni  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  uyg’unlikda 

rivojlantirish tamoyillarini belgilash

-mamlakat  miqyosida  o`tkaziladigan  bayramlar,  festivallar,  ko`rik-tanlovlar,  tomosha-

shoular, xalq sayllari va boshqa madaniy - ma’rifiy tadbirlarga doir tavsiyalar tayyorlash




-milliy estrada san’atining monitoringini tashkil etish, sohani rivojlantirish masalalariga 

bag’ishlangan turli anjumanlar, ilmiy- ijodiy simpoziumlarni muntazam ravishda o`tkazib borish, 

o`z davriy nashrlarini yo`lga qo`yish; 

-soha  rivojiga  munosib  xissa  qo`shayotgan  san’atkorlarning  nomzodlarini  davlat 

mukofotlariga  tavsiya  qilish,  o`zining  turli  nufuzli  mukofotlarini  ta’sis  qilish,  estrada 

namoyondalari, avvalambor, yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan  

Estrada  san’atini  rivojlantirish  borasidagi  ishlarning  samaradorligini  oshirish  uchun 

“O`zbeknavo”  gastrol-konsert  birlashmasi  tugatilib,  uning  negizida  Milliy  Estrada  san’atini 

rivojlantirish  va  muvofiqlashtirish  Kengashining  asosiy  maqsad  va  vazifalarini  ado  etadigan 

xo`jalik xisobidagi “O`zbeknavo” estrada birlashmasi tashkil etilishi belgilab qo`yildi. Birlashma 

qoshida ijodiy ko`maklashuvchi vakillar guruhi kengashi faoliyat ko`rsata boshladi. 

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori nafaqat estrada qo`shiqchiligi 

sohasida  faoliyat  yurituvchi  sub’ektlar,  balki  umuman  musiqa  san’ati  ijrochiligi  bilan 

shug’ullanuvchi  guruhlar  va  yakka  shaxslar  ijodiy  faoliyati  uchun  keng  yo`l  ochib  berdi  va 

mazkur soha vakillari oldiga tegishli vazifalarni qo`ydi.Ayniqsa, “san’atkorlarning ijodiy nufuzi, 

mahorati, professional malakasi, repertuar saviyasi”ga qarab “O`zbeknavo estrada birlashmasi” 

tomonidan  maxsus  ruxsatnoma  (litsenziya)lar  berilishi  yo`lga  qo`yildi.  Bu  mazmunan  sayoz, 

badiiy  jihatdan  zaif  qo`shiqlarning  ma’naviy  tarbiya  ishiga  salbiy  ta’sir  ko`rsatishini  cheklash 

bilan  birgalikda,  kasbiy  ijrochilik  me’yorini  belgilashda  muhim  omil  bo`ldi.  O`z-o`zidan 

litsenziya  asosida  faoliyat  yuritadigan  san’atkorlarning  maqomi  kasbiy  ijrochilarga 

tenglashtirildi. Oddiy qilib aytganda, haqiqiy ijodga ko`mak beruvchi va rivojlantiruvchi maxsus 

tashkilot ish boshladi. “O`zbeknavo” estrada birlashmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi va 

viloyatlar  hududiy  bo`linmalari  faoliyatlariga  ham  rahbarlik  qilishi,  mazkur  tashkilot  oldiga 

qo`yilgan  vazifalarni  markazlashgan  tarzda  boshqarilishini  ko`zda  tutilganligi  bilan  birgalikda, 

badiiy-g’oyaviy  yaxlitlikni  ta’minlashga  ham  qaratildi.  “O`zbeknavo”  estrada  birlashmasi  bilan 

Anor  Nazarov,  Alisher  Ikromov,  Alisher  Rasulov,  Doni  Ilyosov,  Bahrulla  Lutfullaev,  Dilorom 

Omonullaeva,  Sultonali  Rahmatov  kabi  bastakorlar,  Qodir  Mo`minov,  Shokir  Ahmedov, 

Ma’mura  Ergasheva,  Nasiba  Madrahimova,  Muyassar  Sotvoldieva,  Viloyat  Oqilova  kabi 

baletmeysterlar  ijodiy  hamkorlik  qilmoqda.  Bu  hamkorlik  Ozodbek  Nazarbekov,  G’ulomjon 

Yoqubov,  Zulayho  Boyxonova,  Sobir  Mo`minov,  Ilhom  Farmonov,  Gulsanam  Mamazoitova, 

Avaz  Olimov,  Izzat  Ibragimov,  Abdulla  Shoma’rupov,  Rayhon  G’anieva,  Rashid  Xoliqov, 

Anvar  G’aniev,  G’iyos  Boytoev,  Mahmud  Namozov,  Mavluda  Asalxo`jaeva,  Tohir  Sodiqov, 

Sevara  Nazarxon,  Shuhrat  Qayumov,  Feruza  Jumaniyozova,  Dilnoza  Ismiyaminova,  Samandar 

Hamroqulov,  Yodgor  Mirzajonov,  Jahongir  Otajonov,  Jasur  Mirsagatov,  Sardor  Rahimxon, 

Iroda  Dilroz,  Lola  Ahmedova,  Firdavs  Pazleddinov,  Hulkar  Abdullaeva,  Abduvali  Rajabov, 

Sevinch  Mo`minova,  Shahlo  Rustamova,  Og’abek  Sobirov,  Anvar  Sobirov,  Akmal  Isroilov, 

Hosila Rahimova, Toshpo`lat Matkarimov, Aziz Rajabiy va boshqalar ijodining mavzu jihatdan 

boyishida muhim o`rin tutdi. 

Ular  tomonidan  yaratilgan  asarlar  Mustaqillik,  Navro`z,  “O`zbekiston  -  Vatanim 

manim”,  “Nihol”,  “Sharq  taronalari”  va  shu  kabi  o`nlab  Xalqaro  va  Respublika  ko`rik-

tanlovlarida, festival-forumlarda, bayram va tok-shoularda ijro qilina boshlandi. Ularning orasida 

Ozodbek  Nazarbekov,    Nasiba  Abdullaeva,  G’ulomjon  Yoqubov,  G’iyos  Boytoev,  Mahmud 

Nomozov,  Gulsanam  Mamazoitova  kabi  o`nlab  xonandalar  tomonidan  ijro  qilingan  qo`shiqlar 

milliyligi  hamda  badiiy-g’oyaviy  saviyasining  yuqoriligi  bilan  ajralib  turadi.  Qo`shiqlarda  aks 

etgan  milliylik,  Vatanga  sadoqat,  qolaversa,  xonandalar  qalbida  shakllanayotgan  tafakkur  - 



estrada  qo`shiqchiligida  jiddiy  izlanish,  yangi  yo`nalishlarni  topish  jarayoni  kechayotganidan 

dalolat desak, mubolag’a bo`lmaydi. 




Download 155,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish