Maqsad: Talabalar axborot xavfsizligining asosiy tushunchalarini haqida tasavvurga EGA bo’lish. Mavzu



Download 130 Kb.
Sana23.02.2022
Hajmi130 Kb.
#148105
Bog'liq
5-MARUZA

    Bu sahifa navigatsiya:
  • REJA
  • Maqsad: Talabalar axborot xavfsizligining asosiy tushunchalarini haqida tasavvurga ega bo’lish.
  • MAVZU: Asosiy tushunchalar: kriptologiya, kriptografiya, kriptoanaliz. Shifr, kriptogramma, ochiq matn, yopiq matn, kalit, kriptotizim va kriptografik algoritm.

REJA:

  • Kriptologiya, kriptografiya, kriptoanaliz.
  • Shifr, kriptogramma, ochiq matn, yopiq matn, kalit.
  • kriptotizim va kriptografik algoritm

ADABIYOTLAR:

  • Ғаниев С.К., Каримов М.М., Ташев К.А. Ахборот хавфсизлиги. Ахборот- коммуникацион тизимлар хавфсизлиги. Тошкент, 2009,407 б.
  • Гулямов С.С.«Основы информационной безопасности» Ташкент, 2004 г.
  • Арипов М.. Пудовченко Ю. «Основы криптологии», Ташкент. 2003 г.
  • Брюс Шнайер. «Прикладная криптография». Москва. 2012, 610 с.
  • Акбаров Д. Е. Ахборог хавфсизлигини таъминлашнинг криптографик усуллари ва уларнинг қўлланилиши. Тошкент, 2009, 431 бет.
  • Kriptologiya (kryptos- maxfiy, logos- ilm) fani - axborotlarning muhofazasi masalalari bilan shug‘ullanadigan fandir.
  • Kriptologiya maqsadlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ikki yo‘nalishga ega: – kriptografiya va kriptoanaliz.
  • Kriptografiya - ochiq ma’lumotlarni shifrlash masalalarini matematik uslublari bilan shug‘ullanadi.
  • Kriptoanaliz - shifrlash uslubini (kalitini yoki algoritmini) bilmagan holda shifrlangan ma’lumotni asli holatini (mos keluvchi ochiq ma’lumotni) topish masalalarini yechish bilan shug‘ullanadi.
  • Hozirgi zamon kriptografiyasi quyidagi 4 ta bo‘limni o‘z ichiga oladi:
  • Simmetrik kriptotizimlar.
  • Ochiq kalit algoritmiga asoslangan kriptotizimlar.
  • Elektron raqamli imzo kriptotizimlari.
  • Kriptotizimlar uchun kriptobardoshli kalitlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishni boshqarish.
  • Kriptografik uslublardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari:
  • 1. maxfiy ma’lumotlarni ochiq aloqa kanali bo‘yicha muhofaza qilish holda uzatish;
  • 2. ularning xaqiqiyligini ta’minlash,
  • 3. axborotlarni (elektron xujjatlarni, elektron ma’lumotlar jamg‘armasini) kompyuterlar tizimi xotirasida shifrlangan holda saqlash
  • Alifbo - axborotni kodlash uchun foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to‘plami. Misol sifatida:
  • - o‘ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o‘zbek tili alifbosi;
  • - o‘ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfaviti;
  • - yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfaviti;
  • - ikki yuz ellik oltita belgidan iborat ASCII va KOI–8 standart kompyuter kodlarining alifbosi;
  • - binar alfavit, ya’ni 0 va 1 belgilardan iborat alfavit;
  • - sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalari belgilaridan iborat alfavitlarni keltirish mumkin.
  • Matn - alifboning elementlaridan (belgilaridan) tashkil topgan tartiblangan tuzilma.
  • Shifrlash - ochiq matn deb ataluvchi dastlabki ma’lumotni shifrlangan ma’lumot (kriptogramma) holatiga o‘tkazish jarayoni.
  • Deshifrlash - shifrlashga teskari bo‘lgan jarayon, ya’ni kalit yordamida shifrlangan ma’lumotni dastlabki holatga o‘tkazish.
  • Kalit - dastlabki ma’lumotni bevosita shifrlash va deshifrlash uchun zarur manba.
  • Kriptografik tizim - ochiq ma’lumotni shifrlash va deshifrlash jarayonini tashkil etuvchi amallar majmui bo‘lib, alfavit belgilarini almashtirish ketma-ketligidan iborat.
  • Shifrlash tizimlari foydalaniladigan kalitlar soniga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi:
  • 1. simmetrik
  • 2. asimmetrik
  • Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash uchun ham va deshifrlash uchun ham bir xil kalitdan foydalaniladi.
  • Asimmetrik kriptotizimlarda ikkita kalitdan – o‘zaro matematik bog‘liq bo‘lgan ochiq va yopiq kalitlardan foydalaniladi.
  • Asimmetrik kriptotizim (ochiq kalitli) da ma’lumotlar hammaga ma’lum bo‘lgan ma’lumot yuborilayotgan shaxsning ochiq kaliti bilan shifrlanadi va faqat ma’lumot yuborilayotgan shaxsning o‘zigagina ma’lum bo‘lgan yopiq kalit bilan deshifrlanadi.
  • ETIBORINGGIZ UCHUN RAHMAT!

Download 130 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish