Ma`rifat parvar olimlari M. Behbudiy,M. Abdurashithonov va A. Fitrat asarlari psixologik qarashlari Mahmudxo’ja Behbudiy



Download 30,37 Kb.
bet1/2
Sana11.01.2022
Hajmi30,37 Kb.
#348577
  1   2
Bog'liq
ma`lumot


Ma`rifat parvar olimlari M.Behbudiy,M.Abdurashithonov va A.Fitrat asarlari psixologik qarashlari

Mahmudxo’ja Behbudiy
(1885-1919) – adabiyot, tarix, siyosatshunoslik, drammaturgiyani chuqur egallagan. U ma'rifat, ilm-fan, badiiy ijod sohasidagi butun faoliyatida millatimiz madaniyati, ma'naviyatining ravnaqi uchun kurashib, buyuk siymo sifatida shuhrat qozongan holda ta'lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarni bayon etdi. Ustoz ta'lim-tarbiya haqida fikr bildirar ekan, mustamlakachilik davrida bu ishda muvaffaqiyatga erishishning birdan-bir yo’li o’lkada o’zaro ixtiloflarga barham berib, ahillik bilan ilm-fanni rivojlantirish kerakligini bayon etadi. Kattalar va muallimlarga murojaat qilib, ularni yoshlarni bilimli qilishga, mehnatga jalb etishga da'vat etadi.

M.Behbudiy o’qituvchilarga qarata ta'lim-tarbiya ishlarini ijtimoiy hayot, jahon miqyosida sodir bo’layotgan voqealar bilan bog’liq holda olib borishni talab etadi.

Shunday qilib, O'rta Osiyo mutafakkirlari va o'zbek ma'rifatparvarlari o'qituvchi kuchli xotiraga, iroda va tafakkurga, aql-zakokatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi, ko'zlangan maqsadni amalga oshirish yo'lida jonbozlik, qat'iyatlilik ko'rsatishi, o'quvchilariing ruhiy dunyosiga to'g’ri yo'l topa olishi, ularga ta'sir o'tkazishi, vijdonli, samimiy, odobli, nazokatli, ishchan, mas'ul shaxs sifatida faoliyat ko'rsatishi zarur ekanligini o'z asarlarida ta'kidlab o'tadilar.

Sharq mutafakkirlari o'qituvchi o'zi o'qib tursagina - o'qituvchi bo'la oladi, agar o'qishni to’xtatib qo'yar ekan, unda o'qituvchilik ham o'ladi, deb haqqoniy aytgandir.

Bu haqiqatni yoshi qancha bo'lishidan, Педагогик маҳорат ва техникаidan, qanday dars berishidan qat'iy nazar barcha o'qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim.

Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha bo’lgan pedagogik fikrlarda o’qituvchi-ustoz, shogird va ularning jamiyatdagi o’rni mahorati haqida ko’p fikrlar bayon etilgan. Rim tarixchisi va yozuvchisi Svetoning munosabatni ishontirish, muomalada bo’lish uslublari, rim olimi Mark Fobiy Kvintilian notiqni tarbiyalashda o’z-o’zini boshqara olish notiqlik va so’zamollik mahoratini egallash haqidagi fikrlarini yozib qoldirgan.

Pedagoglarning professional mahorati va ularning notiqlik san'ati Gresiya va Rim filosoflari asarlarida bayon etilgan. Suqrotning ta'lim berish Platon va Deosfenning nutq madaniyati va uni egallash texnikasi, Aristotelning notiqlik san'atiga erishish yo’llari va ritorikasi, Seseron va Kvintilianning nutq madaniyati haqidagi fikrlari. Sharq mutafikkirlari Husayn Vois Kashshofiy, Abu Ali ibn Sino, Burxoniddin Zarnudjiy, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Devoniy, Kaykovus, Yusuf xos Xojib, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, turk olimlari Mustafo Xomiy poshsha munosabat, muomala madaniyati va uni egallash mahorati haqida, notiqlik san'ati, munosabatga kirishish mahorati haqida va uni egallash haqida o’z qo’lyozmalarida fikr bildirganlar.
FITRAT
(taxallusi; asl ismsharifi Abdurauf Abdurahim oʻgʻli) (1886, Buxoro — 1938,4,10, Toshkent) — yozuvchi, tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, sanʼatshunos va siyosatshunos olim, davlat va jamoat arbobi. Birinchi oʻzbek prof. (1926). Mir Arab madrasasipe. tahsil koʻrgan. 1902—03 y. larda haj safari munosabati bilan Turkiya, Hindiston va Arabiston mamlakatlarida, taxm. 1906—08 y. larda esa Markaziy Rossiyaning Moskva, Peterberg singari shaharlarida boʻlgan. Shundan keyin Fitrat oʻqishni davom ettirish istagida Turkiyaga borib, 1909—13 y. larda Istanbulda yashagan. Fitrat oʻsha vaktda Turkiyada kuchaygan Yosh turklar harakati taʼsirida Turkiyadagi buxorolik yoshlar yordamvda «Buxoro taʼlimi maorif jamiyati»ni tuzadi. Jamiyat Buxoro va Turkiston maorifining olgʻa siljishiga doir muhim ishlarni amalga oshiradi.

F. Turkiyada tahsil olish, maʼruzalar oʻqish bilan birga samarali ijod ham qilgan. 1909-y. Istanbulda uning fors tilida yozgan «Munozara», «Sayha» («Naʼra») sheʼriy majmuasi, 1912-y. esa «Sayyohi hindi» («Bayonoti sayyoqi hindi») asarlari nashr etilgan. Keyinchalik Fitratning millatchi, turkparast va islomparast yozuvchi sifatida qoralanishiga sababchi boʻlgan bu asarlar 20-a. boshlarida Turkistondagi milliy uygʻonish harakatining norasmiy dasturi boʻlib xizmat qilgan. Ayniqsa, «Munozara» va «Sayyohi xindi» asarlari yoshlar dunyoqarashining keskin oʻzgarishi va ularning jadidlar safiga kelib qoʻshilishiga sababchi boʻlgan.

Fitrat vataniga qaytgach, Buxoroning turli tumanlarida oʻqituvchilik qilib, jadidchilik gʻoyalarini keng targʻib etdi. Yosh buxoroliklar harakatining mafkurachisi va gʻoyaviy rahbarlaridan biriga aylandi. 1915-y. dan esa Yosh buxoroliklar harakatining soʻl qanotiga boshchilik qildi. 1917-y. Fevral vokealaridan keyin jadidlarning Buxoro amirligidagi ahvoli murakkablashgach, F. Samarqandga koʻchib borib, «Xurriyat» gaz. da muharrir boʻlib ishladi (1917—18). Ayrim maʼlumotlarga karaganda, Fitrat shu yillarda «Ittixrdi taraqqiy» tashkiloti Eski Buxoro boʻlimining raisi xam boʻlgan. Kolesoye vokeasi (1918-y. mart)dan keyin esa Toshkentga koʻchib kelgan. 1919—20 y. larda Afgʻonistonning Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimonlik qilgan, «Chigʻatoy gurungi» maʼrifiyadabiy uyushmasini, shuningdek, «Tong» jur. ini tashkil etib, yosh ziyolilar avlodini millatparvarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga kirishgan. «Tong» jur. ining shiori boʻlgan: «Miya oʻzgarmaguncha boshqa oʻzgarishlar negiz tutmas!» soʻzlari Fitratning shu yillarda olib borgan faoliyatining maqsadmohiyatini toʻla ifodalaydi.

BXSR tashkil topishi bilan Fitrat 1921-y. da maorif, 1922-y. da xorijiyatashqi ishlar noziri, xalq xoʻjaligi kengashi raisi, MIQ va Xalq nozirlari shoʻrosi raisining oʻrinbosari va b. lavozimlarda xizmat qildi. U shu davrda BXSR mablagʻi hisobiga 70 nafar turkistonlik istiqbolli yoshlarning Germaniyaga borib oʻqishi, Buxoroda Sharq musiqa maktabining tashkil etilishi, fan va madaniyat tarixiga doyr xalq qoʻlida sochilib yotgan noyob qoʻlyozmalarni toʻplashda tashabbuskor boʻldi. Fitratning saʼyharakati b-n Buxoro jumhuriyatida turk (uzbek) tili davlat tili deb eʼlon qilindi; davlat teatri tashkil etilib, bu teatrda ishlash uchun Toshkentdan M. Uygʻur va Choʻlpon, vaqf ishlarini boshqarish uchun esa M. Abdurashidxonov taklif etildi (1921). Ammo 1923-y. iyunda Moskvadan Ya. E. Rudzutak boshchiligida kelgan komissiya F. ni ishdan olib, uni Rossiyaga «chaqirib olingan», deb eʼlon qildi va Fitrat 1923—26 y. larda Moskvaga borib, Sharqshunoslik i. t. intida ishladi. 1926-y. ning oxiri — 1927-y. ning boshlarida vataniga kaytgan Fitrat 1937-y. da hibsga olinguniga qadar Samarqanddagi Oliy pedagogika in-ti hamda Toshkentdagi Til va adabiyot intida ilmiy faoliyat olib bordi.

Fitrat ijodini shartli ravishda 3 davrga boʻlish mumkin. Agar Fitrat 1909—16 y. larni tashkil etgan 1davrda jadid maʼrifatparvari sifatida ijod qilgan boʻlsa, 1917-y. Fevral inqilobidan keyin Moskvaga surgun qilinguniga qadar boʻlgan 2davrda hurriyat va mustaqillik gʻoyalari b-n toʻyingan asarlar yozadi (1917—23). Sovet maxfiy xizmatining doimiy nazorati ostida yashagan Fitrat ijodining 3davri (1923 — 37)da asosan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanadi.

Fitratning adabiy merosi boy va rangbarang. U yozuvchi sifatida badiiy ijodning barcha turlarida qalam tebratibgina qolmay, oʻzbek adabiyotining yangi janr va turlar bilan boyishi, sheʼr tuzilishining isloh etilishi, realizmning teranlashishi, davr, jamiyat va xalq hayoti bilan bogʻliq muhim ijtimoiy muammolarning oʻzbek adabiyotida badiiy talqin etilishiga ulkan hissa qoʻshdi.

Sheʼriy ijodi. Fitrat zullisonayn yozuvchi boʻlib, adabiy faoliyatining dastlabki davrida asosan fors tilida ijod qilgan («Sayha»). F. ning bizga yetib kelgan oʻzbek tilidagi sheʼrlari 1917-y. va undan keyingi davrga oid. Maʼlumki, Fevral inqilobidan keyin Turkiston xalkdarining mustaqillikka erishishlari uchun birdanbir tarixiy imkoniyat tugʻilgan. Fitrat shu davrda xalqni mustamlakachilik kishanlarini parchalab, istiklol uchun kurashga daʼvat etuvchi sheʼrlar yozishga kirishgan. Ammo anʼanaviy aruz vazni, uning nazarida, bunday zamonaviy toyani ifodalash, xalkni oyoqqa qalktirish va safarbar etish kuchiga ega emas edi. Shuning uchun ham Fitrat turk va tatar sheʼriyatlarida shakllangan, oʻzbek xalq ogʻzaki sheʼriyatida ayrim unsurlari boʻlgan sochmani milliy adabiyotimizga olib kirdi. Shoir «Yurt qaygʻusi» deb nomlangan bir sheʼr va 4 ta sochma yozib, ularda hurriyat uchun kurash gʻoyasini baralla kuyladi.


Download 30,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish