Mavzu: nutq texnikasi va uni egallash yo’llari reja: Kirish



Download 68,69 Kb.
bet1/7
Sana23.06.2022
Hajmi68,69 Kb.
#694742
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nutq texnikasi va uni egallash yo’llari reja



MAVZU: NUTQ TEXNIKASI VA UNI EGALLASH YO’LLARI


Reja:


Kirish



  1. Nutq texnikasi haqida tushuncha.

  2. Nafas texnikasi.

  3. Ovoz texnikasi.

  4. Talaffuz va nutq sur’ati.

  5. Nutq texnikasini takomillashtirish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

Kirish

Pedagogik texnika haqida ma’lumot. Pedagogik texnika - o'qituvchining nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo'lgan umumiy pedagogil bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari - bu awalo, o'qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko'nikmalar hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so'zlay olishi, o'z fikr-mulohazasmi va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuyg'u sini jilovlay olishi, o'zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo'lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so'zning cheksiz qudrati orqali o'quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o'tkazishi, hoziijavoblik psixologik bilimlarga ega bo'lishi kabilardir. O'qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko'nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika vositasida o'qituvchi ta’lirr muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, o'quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko'rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyc olimlarining diqqatini o'ziga jalb etib kelmoqda. Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo'lil o'rganiladi. Birinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxsiy axloqi} fazilatlari va xulqi bilan bog'liq bo'lib, ta’lim-tarbiya jarayonida o'zo'zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo'ladi


• t a ’lim-tarbiya jarayonida o'z xatti-harakatlarini boshqarishi, (miraika, pantomimika);
• t a ’lim-tarbiya jarayonida o'z hissiyolini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo‘yata’sirlarga berilmaslik;
•mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi; •nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish. nutq tempi) bilishi va o‘z o'mida qo‘Ilay olishi. Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko'rsatish malakalari bilan bog'liq bo'lib, bu guruh ta’lim-tarbiya jarayomning texnologik tomonini qamrab oladi:
•o'qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari;
•m a ’lum bir reja asosida o'z oldiga qo'yilgan talablaming bajarilishini nazorat qilishi;
• t a ’lim muassasasida va o'quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog'liq bo'lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
•o'quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi. O'qituvchining tarbiyalanuvchi obyektlar oldida o'z harakatlarini boshqarishida aktyorlik san’atiga xos bo'lgan xususiyatlari, ya’ni mimik va pantomimik qobiliyatlari muhim rol o'ynaydi. Aktyor bir obrazni ma’lum bir muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko'rinishda sahnada namoyish etsa, o'qituvchi butun o'quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzuni o'tilgan mavzular bilan bog'lab. zamonaviy innovatsion usullar vositasida o'quvchilar ongiga yetkazish uchun chuqur tayyorgarlik ko'radi, sinf jamoasidagi o'ziga xos pedagogik va psixologik muhitni, har bir o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olib pedagogik faoliyat ko'rsatishga majbui. Bunday ulkan mas’uliyatni yuqori saviyada bajarish uchun o'qituvchidan yuksak pedagogik texnik tayyorgarlikka ega bo'lish talab etiladi. Hozirgi zamon o'qituvchisi pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning rolini beqiyos deb biladi. Chunki u o'qituvchiga o'z gavdasini tuta bilishi (mimika, pantomimika), his-tuyg‘ulanm (emotsiyasini) boshqara olishi, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ulami o'quv faoliyatida, o'qishdan tashqari ta’lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo'llash yo'llarini tushuntiradi Demak, pedagogik texnika 0 ‘qituvchi kasbiy faoliyatida shunday kasbiy va shaxsiy malakalar yig'indisiki, u o'qituvchining pedagogik faoliyatiga ta’sir ko'rsatishi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqarish ishlarida asosiy yo'l ko‘rsatuvchi boiib xizmat qiladi. Ilg'or va novator o'qituvchilarning texnik mahorati pedagogik faoliyat olib borishiarida mimik va pantomimik harakatlarida, ovozini idora qila olish xususiyatlarida kuzatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, o'qituvchilar pedagogik texnika san’atini mukammal egallaganlar, uning ko'nikma va malakalarini o'zlarida aniq shakllantirishgan va turli pedagogik vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlariga egadirlar. Pedagogikada o'qituvchi chuqur hissiyotga berilishini, shaxsiy hayotidagi turli ruhiy vaziyatlar tufayli kayfiyatining o'zgarib turishini o‘zi qattiq nazorat qilish talab qilinadi. Ushbu nazoratni o'qituvchining o'zi boshqarishi lozim. Bu jarayonning ijobiy natijalari o'qituvchining refleksiv qobiliyatlarida namoyon bo'ladi. Pedagogik texnikaning yana bir muhim xususiyati pedagogik ta’sii ko'rsalishdagi o'qituvchining ma’naviy va estetik qiyofasi. Bu tarbiyalanuvchilarga yaqqol namoyon bo'ladigan xususiyatdir. Agar o'qituvchi ma’naviy qashshoq bo'lsa, nutqi tartibsiz va muloqotda no'noq bo'ladi, didi past, o'z hissiyodarini jilovlay olmaydigan qo'pol bo'lsa, uning ta’lim-tarbiya berishi haqida gap boiishi mumkin emas. Pedagogik texnikaning sirlarini egallash yo'llari o'qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg'ulotlar va mustaqil pedagogik faoliyat jarayonida shakllanib boradi. Pedagogik texnika sirlarini mukammal egallashda va uni takomillashiirishda kasbiy jihatdan o'qituvchi o'z - o‘zini doimiy shakllantirib borishi, ya’ni o'z oldiga qo'yilgan talablar nuqtai nazaridan inohir o'quvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantinshga qaratilgan faoliyati muhim rol o'ynaydi. Pedagogik texnika xususiyatlari Pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri o'qituvchining 0 ‘quvchilar bilan bevosita muloqoti jarayonida shakllanadigan kasbiy texnik ko'nikma va malakalaridir. Bunda pedagogik texnikaning ko'nikma va rnalakalari o'qituvchining pedagogik mahorati bilan aloqadorlikda shakllanib boradi. Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari o'qituvchiga 0 ‘quvchilar bilan muloqot jarayonida zarur so'z va gap ohangi, qarash, imoishorani tez va aniq topish, kutilmagan pedagogik v aziyatlarda bosiqlik va osoyishtalik. aniq fikr yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish kabi qobiliyatiarini namoyish etish bilan ifodalanadi.

Download 68,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish