Asosiy funksiya va huquqlari
Farg'ona viloyat hokimligi moliya boshqarmasi davlat boshqaruvi organi hisoblandi va yagona soliq-byudjet siyosatini tashkil etish faoliyatini amalga oshiradi. Farg'ona viloyat hokimligi moliya boshqarmasi tizimiga: shahar va tuman hokimliklarining moliya bo’limlari kiradi.
Moliya boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Sirdaryo viloyat mahalliy byudjeti loyhasini tayyorlash, tasdiqlash, uning bajarilishini ta’minlash, mahalliy byudjetning bajarilganligi haqidagi hisobotni tayyorlash va moliya vazirligiga taqdim etish;
Moliya boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Iqtisodiyotni rivojlanishi hamda aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida soliq siyosati va soliqqa tortish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Moliya vazirligiga taqdim etish;
Byudjetga soliq va boshqa tushumlarni, shuningdek davlat mulkini xususiylashtirishdan hamda davlat ulushiga hisoblangan dividendlar tushishi ustidan nazorat olib boradi;
Berilgan vakolati doirasida byudjet mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanishi hamda davlat ulushi bo’lgan xo’jalik sub’ktlarda moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |