Ma’ruza -4 Qon tizimning yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Yurak qon-tomir tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi Reja



Download 18,02 Kb.
bet1/4
Sana22.07.2022
Hajmi18,02 Kb.
#835495
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu


Ma’ruza -4
Qon tizimning yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Yurak qon-tomir tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi
Reja
1.Qonning ahamiyati. Qonning tarkibi va vazifalari
2. Katta va kichik qon aylanish doirasi
3. Yurakning yoshga xos xususiyatlari


1.Qonning ahamiyati. Qonning tarkibi va vazifalari
Qonning ahamiyati. Qon tomirlarda uzluksiz oqib, organizm tirikligini saqlashda muhim vazifalarni bajaradi: organizmning ichki muhitini qon, to'qima suyuqligi va limfa tashkil etadi. Bular tomirlarni va to'qimalar orasidagi kanalchalarni to'ldirib turadi. Qon, to‘qima suyuqligi va limfa tarkibi va fizik-kimyoviy xossalarini deyarli o'zgartirmasdan doimo bir xilda saqlaydi. Bu doimiylik organizmning hayot faoliyati normal kechib turishi uchun zarur shartdir. Qon suyuq biriktiruvchi to'qima bo'lib, qizil rangli, yopishqoq, xira, ta ’mi sho'rroq bo'ladi. Organizmni hayot faoliyati uchun zarur oziq moddalar va kislorod bilan ta ’minlaydi, hujayralar va to'qimalarda moddalar va energiya almashinuvi natijasida hosil bo'lgan turli chiqindi moddalarni va karbonat angidridni buyraklar, o'pka, teriga yetkazib beradi. Shuningdek, oq qon tanachalari - leykotsitlar, organizmga tushgan turli mikroblarni zararsizlantirib, organizmda himoya vazifasini bajaradi. Ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqqan gormonlar qon orqali turli organlarga yetib keladi, qon organlar o'rtasida aloqa o‘rnatadi, tana haroratini turg'un saqlashda katta rol o'ynaydi.
Qonning solishtirma og'irligi asosan qizil qon tanachalarining soniga va ulardagi gemoglabin miqdoriga bog‘liq bo'ladi. Qonning solishtirma og‘irligi erkaklarda o'rtacha 1,050-1,0608 ga, ayollarda 1,053 ga teng. Qoning solishtirma og'irligi o'zgaruvchan bo'lib, u muhit haroratiga, iste’mol qilingan suvning miqdoriga ham bog‘liq
Qon katta odamda o‘rta hisobda tana vaznining 7-8% ni tashkil etadi. Shunday qilib, og’irligi har xil boigan kishilarning qoni ham turli miqdorda boiadi. Ogirligi 70 kg bo’lgan odamda 5-6 1 qon bor. Uning 40-45% qon tomirlarda harakatlanadi, qolgan qismi taloq, jigarda, teri osti to'qimasida zaxira holda saqlanadi, bunga depolangan qon deyiladi. Bulardagi qon yo’qotilganda, muskullar ishida, tana harorati ko‘tarilganda, odam bo‘g‘ilganda va boshqa zaruriy holatlarda tomirlarga chiqariladi. Qonning 1/4-1/3 qismi yo'qolishi hayot uchun xavfli hisoblanadi.

Download 18,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish