Ma’ruza 02 Yoyli payvandlash ta’minot manbalari Reja: Yoyli payvandlash ta’minot manbalariga qo‘yiladigan talablar. Elektr yoyli payvandlashning elektr ta’minot manbalari.


 Elektr payvandlash turlari. Dastakli va mexanizatsiyalashgan va avtomatik



Download 344,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana28.06.2022
Hajmi344,13 Kb.
#715249
1   2
Bog'liq
Маъруза 02

2. Elektr payvandlash turlari. Dastakli va mexanizatsiyalashgan va avtomatik 
payvandlash qurilmalari. 
Elektr payvandlashning asosiy turlari 
● Qo‘lda yoyli payvandlash;
● Nuqtaviy payvandlash;
● Erimaydigan elektrodli payvandlash;
● Himoya gazlari bilan payvandlash;
● F
lyusli payvandlash; 
● Elektr shlakli payvandlash;
● 
Giperbarik payvandlash 
● «
Stыkli» payvandlash;
● Termitnaya svarka; 
● Elektr yoyli kontakt payvandlash; 
● Gaz alangali payvandlash; 
● Plazmali payvandlash; 
● Termomexanik payvandlash sinfi.
Qo‘lda yoyli payvandlash turi. Ko‘mir elektrodlardan foydalanib payvandlash 
1882 yilda N.N. Benardos tomonidan ixtiro qilingan. U o‘z ixtirosiga Germaniya, 
Fransiya, Rossiya, Italiya, Angliya, AQSHda patentlar olgan. Keyinroq u himoya 
gazida yoy bilan payvandlashni, kontakt payvandlashni ishlab chiqqan. 
Eruvchan metall elektrod bilan payvandlash olim N.G. Slavyanov tomonidan 
1888 yilda ixtiro qilingan. 
Qo‘lda yoyli payvandlash ─ bunda elektr yoyi energiya manbai bo‘lib xizmat 
qiladi. Bu usul odatdagi sifatga ega uglerod tarkibli po‘lat, legirlangan va past 
legirlangan marganetsli, issiqqa chidamli va issiqqa mustahkam po‘latlar, cho‘yan va 
rangli metallarni payvandlash uchun foydalaniladi. 


3─rasm. Qo‘lda yoyli payvandlash. 1 ─ elektrodning qoplamasi, 2 ─ elektrod sterjeni, 3 
─ himoya gazi, 4 ─ payvandlash vannasi, 5 ─ ishlov beriladigan mahsulot, 6 ─ chok; 7 
─ shlak qobig‘i 
Mohiyati. Qo‘lda yoyli payvandlash uchun yoyni yondirish xarakterlidir. YOy 
elektrodlarni metall buyumga tekkazish bilan amalga oshiriladi, payvandlash paytida 
yoy uzunligini bir xil ushlab turishni ta’minlash talab etiladi. Elektrodning tegish joyida 
qisqa tutashuv toki oqqanida yuqori haroratgacha qiziydi, yoy yonadi, bunda elektrod 
yoki sim materialining payvandlash joyiga yoyda olib o‘tilishi bilan va yoyli 
payvandlash amalga oshadi. 
Payvandlash joyini havodagi gazlardan ihotalash maqsadida payvandlash joyi 
gazlar bilan qamrab olinadi (argonli payvandlash). 
Qo‘lda yoyli payvandlash ikki xil ko‘rinishga bo‘linadi: 
● bitta, ikkita va ko‘p elektrodli payvandlash. Bu ishni tezlatish va mehnat 
samaradorligini oshirish uchun; 
● o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarda payvandlash; 
● bir fazali va uch fazali yoy bilan payvandlash. 
Plazmali payvandlash. 
Payvandlashning bu turida 
— 
energiyaning manbai sifatida plazma oqimi 
qo‘llaniladi. Aviatsiya sanoatida, pribor qurilishida zanglamaydigan po‘lat, volfram, 
molibden 
nikel 
qotishmalarini 
payvandlash 
uchun 
foydalaniladi. 
Plazmali 
payvandlashda plazmali gorelka qo‘llaniladi. Bunday gorelka volframli elektrod, suvli 
sovutish trubasidan, gaz uzatgichdan va plazma soplosidan tuzilgan. Plazma yoyida 
harorat 30000
O
S, elektr yoyi plazmasida esa — 5000
O
S ─ 7000
O
S. 


 
4─rasm. Plazmali payvandlash 
Plazmotronda plazma yoyi zonasiga plazma hosil qiladigan gaz kiritiladi. Gaz 
yoy bilan qizdiriladi va ionlashtiriladi. Gaz hajmi qizdirilganida gaz hajmi 50 ─ 100 
baravar ortadi, soplo kanalidan uning tezlik bilan oqib chiqishi kuzatiladi. Gazning 
ionlashgan zarrachalari kinetik energiyasi va issiqlik energiyasi payvandlash uchun 
asosiy energiya hisoblanadi. 
Plazmotronda asosan o‘zgarmas tok gorelkasidan foydalaniladi. 
Plazmali payvandlashda quyidagi turlicha ko‘rinishlar bor: 
● Erimaydigan elektrod va (payvandlanuvchi) buyum o‘rtasidagi plazma bilan 
payvandlash; 
● Erimaydigan elektrod va plazmotron soplosi o‘rtasidagi plazma oqimi bilan 
payvandlash. Plazma gaz oqimi bilan «puflanadi». 
Plazma hosil qiluvchi gaz sifatida azot, kislorod, argon, havo foydalaniladi. 
Plazmadagi tok kattaliklariga bog‘liq holda mikroplazmali (0,1 ─ 50 A), o‘rta 
toklar (50 ─ 150 A), katta toklarda (150 Amperdan yuqori) plazmali payvandlash turlari 
mavjud. 
Mikroplazmali payvandlash metallarni kuydirib yuborishdan saqlaydi. Katta 
toklardagi payvand paytida metallning to‘la erishi bilan amalga oshiriladi. Bir o‘tishda 
qalinligi 8 mm ─ gacha buyum chekkalarini ajratmasdan payvandlash mumkin, bu esa 
bir necha marta o‘tishga sarflangshan ishlab chiqarish vaqtini iqtisod qilish imkonini 
beradi. 

Download 344,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish