Ma’ruza-21: Apparat sistemfsilf jun iplarini yigirish



Download 1,99 Mb.
bet2/3
Sana14.06.2022
Hajmi1,99 Mb.
#668775
1   2   3
Bog'liq
21-mavzu

Karda tarash va apparat piligining shakllanishi: Ishlab chiqarish tizimlarida tayyorlangan aralashma turli o’lShamdagi va tarkibdagi tutamlardan tashkil topgan tolali qatlamdan iborat bo’ladi. Tutamda tolalar bir birlari bilan alkash-Shalkash joylashgan bo’ladi, odatda u bir aralashma komponentiga tegishli bo’ladi va tarkibida hali ham xas-cho’plar qolgan bo’ladi. Tarkibi bo’yisha bir turli tolali qatlam xosil qilish uchu tutamni yakka-yakka tolalarga ajratish va jadal aralashtirish zarur. Tolalarni jadal aralashtirishga valikli karda tarash mashinasida erishish mumkin. Valikli tarash mashinalari karda tarash mashinalari tarkibiga kiradi va uning vazifalari karda tarash, tola oqimini Chiziqiy zishlik va tarkibi bo’yisha ravonlash va aralashtirish, hamda yarim tayyor mahsulot – apparat piligini shakllantirishdan iborat.
Ingichka va yarim ingichka junni va ularning kimyoviy tolalar bilan aralashmasini tarash uchun uShtarandi apparatlari qo’llaniladi, dag’al va yarim dag’al junni va ularning kimyoviy tolalar bilan aralashmasini tarash uchun esa ikkitarandi apparatlari ishlatiladi.
Uchtarandi mashinalari tarkibiga ketma-ket joylashgan quyidagi mashinalar kiradi: ta’minlovShi-tarozi, dastlabki tarandi, birinShi valikli tarash mashinasi, ezuvShi vallar, panjara-piltashakllantiruvShi, pilta taxlagiSh, ikkinShi valikli tarash mashinasi, ikkinShi panjara-piltashakllantiruvchi, ikkinchi pilta taxlagich, uchinchi valikli tarash mashinasi va pilik karetkasi. Bunday apparatning uzunligi panjara osti yo’lagi bilan birshalikda 23 m ni tashkil etadi, ishShi eni esa 1800, 2200, 2500 mm.
Tarash jarayonida aralashmada yo’qotishlar bo’ladi. Ularga pilik lomi, tushimlar, tayoqchalardagi Schiqindi, sdir, chang va namlik ko’rinishidagi qaytmas chiqindilar kiradi. Tarash apparatidan chiqadigan chiqindilar miqdori 5-15 % ni tashkil etadi va ishlatilayotgan aralashma tarkibi va moylash darajasiga bog’liq bo’ladi.

Pilik karetkasi


Apparat sistemasida ip yigirishda ba’zi jarayonlar karda va qayta tarash sistemalaridagi jarayonlardan o‘z mohiyatibilan farq qiladi.


Karda (oddiy) va qayta tarash sistemalarida ip yigirishda pilik pilikmashinalarida olinadi. Buning uchun mahsulot pilik mashinasiga kelguncha avval ikkita yoki uchta pilta mashinasidan o‘tib pilta shaklini oladi,so‘ngra pilik mashinasiga keladi .Pilikmashinasining cho‘zish asbobida mahsulot chuviladi,ingichkalashadi,keyin pishitiladi,pilikka aylanadi va g‘altaklarga o‘raladi. Maxsulotni ingichkalashtirish (cho‘zish) uchuncho‘zish asboblari va cho‘zish jarayoni qo‘llaniladi,uni pishitish uchun esa pishitish mexanizimi va pishitish jarayoni qo‘llaniladi.
Apparat sistemasida cho‘zish jarayoni bo‘lish jarayoni bilan almashtiriladi va bu ishni taramni bo‘luvchigalovkalar bajaradi.Pishitish jarayoni esa yumalatib pishitish jarayoni bilan almashtiriladi va bu ishni pilikni yumalatibpishituvchi mexanizim bajaradi. Mana shu operatsiyani bajarish uchun tolali material tarash apparatining eng oxirgi tarash mashinasidan pilik karetkasi IVgaberiladi.

Uchinchi tarash mashinasining ajiratib olingan taram pilik karetkasining tasmalar yordamida aylanib turgan valiklar 11va 12 orasidan o‘tadi . Buvaliklarni tasmalar galma-galqamraydi; tasmalarning biri taramning ustidan ,ikkinchisi esa ostidan keladi. Pastdan kelgan tasmalar taramni ustka valiklar 13ga siqib,uni yuqoriga olib ketadi,tepadan kelgan tasmalar esa taramni pastki valiklar 13ga siqib uni pastga olib ketadi. Buning natijasida ajiratib oluvchi barabandan ajiratibolingan taxminan mashina eniga teng enli taram ensiz (9-12-14mm li) taramchalarga bo‘linadi .Ayni vaqtda tolali matirial ingichkalanadi. So‘ngra bu ensiz taramchalar tasmalardan iborat yumalatib pishituvchi mexaniim 14 ga o‘tadi. Pilik karetkasining bu mexanizmi ancha murakkab mexanizimlardan bo‘lib ,bir vaqtning o‘zidan ikki harakatni bajaradi; aylanma harakat qilib tolali materialni oldinga suradi va ilgarilanma –qaytma harakat qilib taramchalarni yumalatib pishitadi, ya’ni taramchalarni pishitib pilikka aylntiradi.Pishitilgan pilik pilik o‘tkazgich15 dan o‘tib,valiklar 16 ustida aylanib turgan metall yoki yog‘och vallikka ayqash shakilda bobina bo‘lib o‘raladi.


Arrarat sistemasida ip yigirishda foydalaniladigan yigiruv mashinalari karda va qayta tarash sistemasidagi ip yigirish mashinalaridan, asosan, cho‘zish asboblarining konstruksiyasi bilan farq qiladi. CHo‘zish asboblari pishituvchi moslamali va yumoloq taroqli valikli bo‘lib, cho‘zish quvvati ancha kichik, chunki bu sistemada yo‘g‘on (past nomerli) iplar olinadi. Bundan tashqari, yigiruv mashinalarining ta’minlovchi qism  apparati ham boshqacha konstruksiyali bo‘ladi. Pishitish va o‘rash mexanizmlari konstruksiyasi jihatidan karda va qayta tarash sistemalaridagi yigiruv mashinalariga o‘xshash.
Shunday qilib, apparatdan olingan pilikdan yigiruv mashinalarida ip yigiriladi.
Uncha sifatli bo‘lmagan, tolarning uchlari to‘g‘irlanmagan, notekis tolali materialni cho‘zadigan cho‘zish asboblari yaratilgadan keyin qo‘llaniladiuzluksiz ishlaydigan yigiruv mashinalari apparat sistemasida ham qo‘llanila boshlandi. Bunday cho‘zish asbobi o‘rnatilgan yigiruv mashina rasmda ko‘rsatilgan. Tarash apparatidan olingan pilikli bobinalar 1 yo‘naltiruvchi valik 2 orqali cho‘zish juftlari 4 va 6 dan iborat cho‘zish asbobi 3 ga beriladi. CHo‘zish juftlarining orasiga tez aylanuvchi trubacha (vyurok) 5 o‘rnatilgan. Bu trubachaning pastki qismi ikki bo‘lak plastinka 7 va 8 dan iborat, ulardan biri 7 qo‘zg‘almasdir, ikkinchisi 8 esa o‘z o‘qida tebranishi mumkin; vyurok aylanganda yuk 9 hosil qilgan qochirma kuch ta’sirida plastinka 8 plastinka 7 ga yaqinlashib uni qisadi.
Vyurok pilikning cho‘zish jufti 4 dan vyurok bo‘laklarigacha bo‘lgan qismini pishitadi. Vyurokdan o‘tgan pilik teskari yo‘nalishda buraladi, shuning uchun pilik iglari olgan buramlarini yo‘qotib, xom holatga qaytadi. SHunday qilib, vyurok pilikni “yolg‘ondakam” pishitadi, shuning uchun ham old juft 6 ga pishitilmagan tolalar tutami beriladi. Bunday cho‘zish asbobi pilikni faqat 1,1-1,6 marta cho‘zib ingichkalashtirishi mumkin, xolos.
Urchuqsiz yigirish mashinalarida apparat ipi ishlab Shiqarishda ta’minlovShi mahsulot sifatida tazdagi lenta ishlatiladi.
Yigirish – apparat ipining tayyorlanishi: Apparat ipini halqali yigirish mashinalarida, kamerali pnevmomexanik yoki rotorli yigirish mashinalarida ishlab chiqarish mumkin.
Halqali yigirish mashinalari (3-rasm) har xil urchuqlar orasidagi masofalarda ishlab chiqariladi, u chiqarilayotgan ipning chiziqiy zichlikga bog’liq bo’ladi.






3-rasm. Halqali yigirish mashinasining texnologik sxemasi


1-pilikli bobina; 2-echuvchi barabanlar; 3-ip olib yuruvchi; 4-ta’minlovchi juftlik; 5-silindrik ignali taroq; 6-cho’zuvchi juftlik; 7-ip o’tkazgiSh; 8-tishli voronka; 9-pochatka.



PPM-240-SH pnevmomexanik yigirish mashinasi jun (50% gacha) va uzunligi 70 mm bo’lgan kimyoviy tolalar aralashmasidan 72-330 teksli yarim jun apparat ipi ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan. Uning ishlash prinsipi paxta uchun ishlatiladigan pnevmomexanik yigirish mashinalari bilan bir xil. Apparat yigirish sistemasida ishlatiladigan tolalarning xususiyati o’zgacha bo’lganligi sababli mashina ishchi organlari konstruksiyasi o’zgartirilgan. Ta’minlash va diskretizatsiya zonasida garnitura diametri 40 mm bo’lgan ignali ta’minlovchi valik o’rnatilgan. Tishli diskretizirlovShi barabanSha diametri kattalashtirilgan (140 mm), uning aylanish chastotasi 4000-6000 min-1. 120 mm li yigirish kamerasi 10000-14000 min-1 chastotali tezlikda aylanadi, natijada ip 28-50 m/min tezlikda ishlab chiqariladi.


Ip 8-15 kteksli piltadan ishlab chiqariladi, mashinadagi umumiy Cho’zish 40-150, ip buramining hisobiy qiymati 200-500 bur/m ni tashkil etadi.
PPM-240-SH mashinasida tayyorlangan ip tuzilishi bo’yisha halqali yigirish mashinalarida olingan ipdan farq qiladi, u kamroq pishiqlikka ega va yuqori zapravka burami ostida ishlab chiqariladi.

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish