Ma’ruza Avtomobil transportining huquqiy asoslari. Reja


«Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni



Download 20,7 Kb.
bet4/4
Sana03.12.2022
Hajmi20,7 Kb.
#878259
1   2   3   4
Bog'liq
Ma’ruza Avtomobil transportining huquqiy asoslari. Reja

3. «Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
Ushbu qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, qonun 1997-yil 25-aprelda kuchga kirgan hamda 27 ta moddadan iborat.
Qonunda Toshkent shahrida, viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarda, Shuningdek, shaharchalarda shahar yo‘lovchilar transporti subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida shahar yo‘lovchilar transporti sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinishi belgilab qo‘yilgan (2-modda).
Qonunda shahar transporti tushunchasiga ta’rif berilib, «Shahar yo‘lovchilar transporti deganda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olingan, shahar doirasida yo‘lovchilar hamda bagaj tashishga mo‘ljallangan avtomobil va elektr transporti tuShuniladi» deb ta’kidlangan hamda shahar yo‘lovchilar transporti ommaviy va xususiy mulk asosida ishlashi mumkinligi belgilangan (3,4-moddalar). Shahar yo‘lovchilar transporti jumlasiga avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar kiradi. Idoralarga qarashli yo‘lovchilar transporti jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning o‘z xodimlarini muayyan yo‘nalish va harakat jadvali bo‘yicha mazkur korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan belgilangan tartibda yoxud tashish shartnomasi bo‘yicha tashish xizmatlari ko‘rsatuvchi avtobuslar va mikroavtobuslar kiradi (5,6-moddalar).
Qonunda yo‘lovchi tashish shartnomasi, yo‘lovchi tashishda tashuvchining vazifalari va majburiyatlari, yo‘lovchining huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilgan (7,8,23–25-moddalar).
Qonunda shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash, soliq solish, kreditlash, moliyalash va narx belgilash, investitsiya, yagona ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish, Shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan Davlat tomonidan tartibga solinishi belgilab qo‘yilgan.
Shahar yo‘lovchilar transportining davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat organlari, Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi maxsus vakolat bergan shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi tomonidan amalga oshiriladi (10-modda).
Qonunda shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari (11-modda), Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari hamda shahar yo‘lovchilar transportini
boshqarish organlarining vakolatlari (12,13-moddalar) belgilab berilgan.
Qonunda shahar yo‘lovchilar transporti ishini tashkil etishdagi bir qator huquqiy masalalarga e’tibor qaratilgan. Jumladan:

  • shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash; shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini moliyalash;

  • yo‘l haqi to‘lash; soliq va imtiyozlar;

  • shahar yo‘lovchilar transporti vositalarini boshqarish huquqi;

  • yo‘nalishlarni tashkil etish;

  • shahar yo‘lovchilar transporti vositalariga qo‘yiladigan talablar hamda ushbu qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik.

Download 20,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish