Ma’ruza fanning predmeti, maqsadi va vazifasi



Download 1,83 Mb.
bet3/103
Sana22.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#572680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
Arxeologiyaga kirish majmuasi

ARXEOLOGIYa MANBALARI


Arxeologiya manbalari quyidagi ikki turga bo’linadi:

  1. Tabiiy manbalar (paleozoologiya, paleobotanika) - inson va hayvon suyaklari va o’simlik qoldiqlari geologik qatlamlar bo’lib, ularni asosan antropologlar, zoologlar, botaniklar va geologlar o’rganadilar.

  2. Inson tomonidan yaratilgan manbalar: mehnat qurollari, qurol- aslahalar, kulolchilik buyumlari, san’at va zeb-ziynat buyumlari, qoyatosh rasmlari, yozma manbalar va h.k. Yozma manbalarni o’rganish bilan asosan tarixchilar shug’ullansalarda, arxeologlar kishilik o’tmishini o’rganishda moddiy manbalar bilan birgalikda yozma manbalarga ham tayanib ish ko’radilar.



    1. ARXEOLOGIYa FANI TARIXI


Arxeologiya fani dunyodagi boshqa fanlarga Karaganda eng yosh fanlar qatoriga kiradi. Yozma manbalarning xabar berishicha, hatto Vavilon podshosi Nabonid (mil. avv. 555-539 yy.) ibodatxonalar, saroylarni ostki qismlarini qazdirtirib ko’rganligi haqida ma’lumotlar sakdanib qolgan. Yozma manbalarda "arxeologiya" termini miloddan avvalgi V asrlardan boshlab uchray boshlaydi. Jumladan Platon (mil. avv. 427-347 yy.) va Diodor Sitsiliyskiy (mil. avv. 80-29 yy.) larni asarlarida bir necha martadan "arxeologiya" terminini uchratish mumkin. Diodorning zamondoshi Diodor Galikarnasskiy Rimning Puni urushlarigacha bo’lgan davrini "Rim arxeologiyasi" atamasi bilan atagani ma’lum. Yaqin yuz yillar keyinroq yashagan yaxudiylarning mashxur yozuvchisi Iosif Flaviy o’zining yahudiylar tarixiga bag’ishlangan "dunyo yaralgandan Nerongacha" nomli asarini "Yahudiylar arxeologiyasi" deb atadi.
Milodning boshlaridan boshlab "arxeologiya" atamasini o’rniga "antiquitates" - "qadimiyat", "kadimgi" atamalari ishlatilishi bilan birga arxeologiya tushunchasidan ko’ra ham boshka sohalarda qo’llanila boshlandi. Ya’ni, bu davrga kelib "arxeologiya" atamasi biroz differentsiyalashdi va boshqacharok mazmun kasb etdi. Masalan, "badiiy buyumlar kadimiyati", "yuridik ishlar kadimiyati" va h.k.
Rimning imperatorlari davrida «antiquarius» - ya’ni antikvariy, qadimiyat havaskori ma’nosida ishlatildi. O’rta asrlarga kelib "antikvariylar" deb qadimgi qo’lyozmalarni ko’chirib yozadigan hattotlar aytiladi. Uyg’onish davridan boshlab esa, barcha qadimgi davrlarga oid buyumlarni saqlovchilarini "antikvariylar" deb aytiladi.
Yunonlarning "arxeologiya" atamasini yana qayta "tiriltirgan" olim Gettingen universitetining professori Xristian Gottlib Geyne bo’ladi. Ammo, X.G. Geyne arxeologiya tushunchasini ishlatar ekan, uning nazarida butun insoniyat tarixidan qolgan buyumlar emas, balki faqat antik dunyodan qolgan buyumlarni va o’sha buyumlarni klassifikatsiyasini tushungan. U professor sifatida studentlarga dars berar ekan, ma’ruzasini "Gretsiya va Rimning qadimgi san’at arxeologiyasi" deb ataydi.
Arxeologiya fani tarixi odatda buyuk tadqiqotlar; Misrdagi
Tutanxamon qabri, Meksikadagi Maya shahri harobalari, Frantsiyadagi Laskauks g’ori kabi qadimgi tosh davriga oid rangli g’or suratlari yoki Tanzaniyadagi Olduvay darasidan topilgan eng qadimgi odam suyak qoldiqlarining topilishi bilan boshlanadi. Umuman, Arxeologiyaning kelib chiqish tarixi, shakllanishi, uning fan sifatida taraqqiy topishi va taraqqiyot bosqichlari to’g’risida Siz, keyingi ma’ruzalarda batafsil ma’lumot olasiz. (Colin Renfrew, Paul Bahn. Archaeology: Theories, Methods and Practice. London. 2004. P. 22-23)

    1. Download 1,83 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish