Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


Daryo suvining gidrokimyoviy rejimini belgilovchi asosiy ionlar



Download 4,44 Mb.
bet56/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

Daryo suvining gidrokimyoviy rejimini belgilovchi asosiy ionlar
Daryolar suvining kimyoviy tarkibi, minerallashuv darajasi va gidrokimyoviy rejimi ularning quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi:
1) daryo o’zanida suv massalarining tez almashinishi va natijada ularning o’zandagi tog’ jinslari bilan qisqa vaqt oralig’ida ta’sirlashuvi;
2) daryo suvlarining yer po’stining yuza qatlamlarida shakllanishi;
3) daryolar suv rejimining ob-havo va iqlim sharoitlari bilan chambarchas bog’liqligi;
4) daryo suvlarining atmosfera bilan uzluksiz ta’sirlashuvda bo’lishi;
5) daryo suvlariga o’simlik va tirik organizmlarning doimiy ta’siri va boshqalar.
Daryolar suvining gid­rokimyoviy rejimi unda erigan asosiy ionlar, jumladan gidrokarbonat (NSO3'), karbonat (CO3''), sulfat (SO4''), xlor (Cl') anionlari hamda kaltsiy (Sa''), natriy (Na'), magniy (Mg''), kaliy (K') kationlari miqdori bilan xarakterlanadi.
Daryolar suvining kimyoviy tarkibi va minerallashuvi, yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, ularning to’yinish manbalari bilan ham chambarchas bog’liqdir. Ko’proq yer osti suvlari hisobiga to’yinadigan daryolar su­vida erigan moddalar ko’p bo’lsa, ya’ni ular yuqori darajada minerallashgan bo’lsa, yomg’ir, qor, muzliklar suvlari hisobiga to’yinadigan daryolar esa, aksincha, kam minerallashgan bo’ladi. Umuman olganda, daryolarda suv almashuvining boshqa suv havzalari, masalan, okeanlar, dengizlar va ko’llarga nisbatan tez borishi, ularning kam darajada minerallashuviga sabab bo’ladi.
Daryolarning to’yinish manbalari va suv rejimi davrlariga bog’liq holda, ularning suvi tarkibidagi asosiy ionlar orasidagi nisbatlar yil davomida o’zgarib turadi. Deyarli barcha daryolarda toshqin va to’linsuv davrlarida NSO3' anionlari va Ca'' kationlari miqdori nisbatan ko’p bo’lsa, kam suvli davrlarda esa SO4'', Cl' anionlari va Na' kationlarining miqdori ortadi.
Ayrim daryolar suvining kimyoviy tarkibi yil fasllariga mos ravishda o’zgarib turadi. Natijada ayni bir daryo, suvining kimyoviy tarkibi bo’yicha, yil davomida turli sinflarga mansub bo’lishi mumkin. Bunday o’zgarish ularning to’yinish manbalarining o’zgarishlari bilan bog’liqdir. Masalan, Amudaryo yozda, ya’ni iyul ­ avgust oylarida asosan muzlik suvlari hisobiga to’yinadi. Shu sababli daryo yozda gidrokarbonatli sinfga mansub bo’lsa, qishda (dekabr ­ fevral) xloridli sinfga, qolgan vaqtlarda esa sulfatli sinfga tegishli bo’ladi. Shunga o’xshash misollarni ko’plab keltirish mumkin: Yer yuzidagi yirik daryolardan biri hisoblangan Lena daryosi to’linsuv davrida gidrokarbonatli sinfga tegishli bo’lsa, qishda esa xloridli sinfga kiradi.



Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish