Masharipova Nigoraning 5-sinflar uchun “ Daryolar



Download 155 Kb.
bet2/2
Sana26.11.2019
Hajmi155 Kb.
#27184
1   2
Bog'liq
5-sinf feografiya dars ishlanma


Taqrizchi: K.Yo’ldasheva -Pop tumani 70-sonli umumta’lim maktabining fizika fani o’qituvcisi

Ushbu dars ishlanmasi Pop tuman XTB bo’limi 70-sonli umumta’lim maktabining metod kengashning 201___ yil _______________dagi №___-sonli qarori bilan tasdiqlanib foydalanishga tavsiya etildi.


Mavzu: Daryolar.

Darsning maqsadi:

Umumiy maqsad: Turli qiziqarli o’yin va savol –javoblar orqali o’quvchilar tomonida darsning to’liq o’zlashtirilishiga erishish.

a)Ta`limiy maqsad: O’quvchilarga o’zan, suvayirg’ich, manba, daryo havzasi, daryoning to’yinishi, sharshara haqida yangi bilimlar berib, daryolar mavzusiga oid ko’nikma va malakalarini shakllantirish.

b)Tarbiyaviy maqsad:Vatanimiz xaritasida aks etgan tabiiy ne’atlar haqida so’zlash asnosida Vatanparvarlik, suvdan oqilona foydalanish haqida tushuncha berish asnosida tejamkorlik va ekologik, bir-birini baholashga undash asnosida do’stga hurmat va sadoqat tuyg’ularini shakllantirib, ma’naviy tarbiya berish:

c) Rivojlantiruvchi maqsad: tezkor savol-javob, turli o’yinlar o’tkazish asnosida o’quvchining fikrlash qobiliyatini, nutqi va dunyoqarashini rivojlantirish.

Dars tipi: yangi materialni o’rganuvchi dars (o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish va mustahkamlash darsi).

Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;

Dars usuli: Noan`anaviy (savol-javob, didaktik oyinlar, klaster, geografik domino, “Ortiqchasini top”, she’riy topishmoqlar, krossvord)

Dars jihozi: a) 5-sinf Tabiiy geografiya (boshlang’ich kursi) darsligi, O`zbekiston va O’rta Osiyoning tabiiy xaritasi, o`quv qurollari, A-4 formatdagi qog`ozlar, bukletlar, tarqatmalar;

  1. Texnik vositalar: Kompyuter, vidyeoproyektor, ekran yoki interaktiv (elektron) doska.

Darsning blok sxemasi



Darning bosqichlari

Vaqt (daqiqa)



Tashkiliy qism

3



Guruhlarga topshiriqlar berish orqali o`tilgan mavzuni takrorlash(mustahkamlash).

10



Yangi mavzuni tushuntirish.

11



Interfaol usullardan foydalangan holda yangi mavzuni mustahkamlash.

15



O`quvchilarni baholash.

4

6.

Uyga vazifa berish.

2



DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

Darsning maqsadi.

O`quvchilarga daryolar haqidagi barcha bilimlarni batafsil berish.

Darsning vazifasi.

O’quvchilarni ushbu mavzuga va shu asnoda geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.

Darsning tashkil etish texnologiyasi.

Uslub: Ko`rgazmali-amaliy.

Shakl: 4 o’quvchidan iborat kichik guruhlar(6ta)da va individual tartibda ishlash.

Usul: Noan`anaviy Nazorat: Og`zaki, yozma va o`z-o`zini baholash.

Vosita: Darslik, xaritalar, o`quv qurollari, Axborot

kommunikatsion texnologiyalar.



Baholash: rag`batlantirish va besh ball tizim asosida.

Kutiladigan natija.

O`qituvchi:Bir darsda hamma o`quvchini baholaydi. Mavzu haqida batafsil ma`lumot to`playdi. Qisqa vaqt ichida yuksak natijaga erishadi.O`quvchilarda bilim, ko`nikma va malaka hosil qiladi.

O`quvchi:O`z fikriga ega boladi. Qisqa vaqtda ko`p ma`lumotga ega bo`ladi. Fikrlash, esda saqlash va nutq qobiliyati oshadi. Guruh bilan ishlash malakasi shakllanadi.

Kelgusi rejalar.

O`qituvchi: O`z darsini tahlil qiladi. Ilg`or pedagogik texnologiyani, yangi qo`shimcha adabiyotlarni o`rganadi. O`quvchiga har tomonlama ibrat bo`lishga harakat qiladi.

O`quvchi:O`z ustida ishlaydi. Bilim darajasi oshadi. O`z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir xulosaga kelish malakasi oshadi. Yangi qo`shimcha adabiyotlarni o`rganadi.

Darsning shiori: “Geografiyam, mening suyuk geografiyam, senga obyekt erur asli butun olam!”.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism. (3 daqiqa)

a) Psixologik iqlim yaratish (Salomlashish, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini baholash, sana, davomat va ob-havoni aniqlash (1,5 daqiqa)).

b) Darsning mavzusi va masadini e`lon qilish. (0,5 daqiqa)

d) Darsda o`zlashtirilayotgan bilim, ko`nikma va malakalarni e`lon qilish (ekran orqali namoyish etiladi-0,5 daqiqa)

e) O`quvchilarni guruhga bo`lish.(guruhlar joylashuvi va o’rni ekran orqali korsatilib, izohlanadi va darsning oltin qoidalari ishlab chiqiladi.(0,5 daqiqa)

1. O`zaro hamkorlik.

2. Do`stlik.

3. Topqirlik.

4. Tezkorlik.



i) Baholash mezonlari. “ Oltin globus “, “ Kumush globus “, “Bronza globus” so`zlari yozilgan sakkizburchak shakllar.

II. O`tilgan dars(Yer osti suvlari)ni takrorlash (10 daqiqa).

O’quvchilar 4 nafardan 6 guruhga bo’linadi va o’tilgan mavzuga oid tezkor savollar har bir guruhga 5 tadan beriladi va guruhlar rag’batlantirib boriladi.

Savollar monitor orqali ham chiqariladi(6 daqiqa):



1-guruhga savollar

Yer osti suvlari bu-

3-guruhga savollar

Gil bu-

5-guruhga savollar

Yog’inlarning ta’siri-

Grunt suvlar bu-

Artezian buloqlar bu-

Grunt suvlar sathi bahorda-

Artezian suvlar qanday hosil bo’ladi-

Suv o’tkazmaydigan qatlamlar -

Qatlamlararo suv-

Artezian buloqlar bu-

Grunt suvning artesian suvdan farqi

Qumtosh qanday jins

Granit qatlam bu-

Buloq bu-

Grunt suvlar sathi yozda-

2-guruhga savollar

Mineral suvlar bu-

4-guruhga savollar

Quduq bu-

6-guruhga savollar

Yer osti suvlari bu-

Shifobaxsh suvlar -

Artezian suvlari bu-

Grunt suvlar bu-

Granit qanday jins-

G’ovaklik bu-

Shifobaxsh suvlar -

Qumtosh qanday jins

Yer yuzasi suvlari-

Gil bu-

O’zbekistondagi dam olish maskanlari -

Suv o’tkazadigan qatlamlar -

Grunt suvning artesian suvdan farqi

So`ngra guruhlar to`plagan ballar aniqlanib,ra’batlar beriladi. Barcha guruhdan bir nafardan o`quvchilar chiqib, “Charxpalak” asbobidan olingan savolga javob beradi (4 daqiqa).

Savollardan namunalar:

1.Mineral suvlar qanday suvlar?

2.Artezian suvlari qanday chuquqrlikda uchraydi.

III. Yangi mavzu(Daryolar)ni bayoni (11 daqiqa)

Bunda o’qituvchi tomonidan savollar berilib, javoblar izohlanib, yangi atamalarga slayd va rasmlar orqali izoh berib boriladi.



  1. Daryoni ko’rganmisiz, daryo nima?

O’zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. O’zan daryo vodiysining chuqur suv oqadigan qismi hisoblanadi. Daryolar doimo oqib turadi, ammo iqlimi quruq o’lkalarda yog’in kam vaqtlarda vaqtincha qurib qoluvchi daryolar mavjud. Daryoning sersuvligi kattaligi ularning irmoqlariga bog’liq.

  1. Daryoning irmoqlari deganda nimani tushunasiz?

Irmoqlar daryoga yon tomondan quyiluvchi kichik daryolardir. Daryo irmog’I qanchalik ko’p bo’lsa daryo shunchalik kata va sersuv bo’ladi.

  1. Bolalar, aytinglar-chi, daryolar qayerlardan boshlanadi?

Daryolar baland tog’lardab, ba’zilari esa tekislikdagi ko’llardan boshlanadi. Masalan, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolarimiz tog’lardan, qor va muzliklardan boshlanadi, Volga daryosi esa tekislikdan boshlanadi. Daryo boshlanadigan qismi uning manbai, quyiladigan qismi esa mansabi deb ataladi,Bosh daryo o’zining barcha irmoqlari bilan birga daryo sistemasini tashkil etadi. Yerga shimilishga ulgurmagan va bug’lanib ketmagan suvlar daryoga quyiladi. Barcha suvi bir daryoga oqib tushadigan quruqlik maydonidaryo havzasi deb ataladi. (Shu o’rinda O’rta Osiyo tabiiy xaritasidan Sirdaryoning manbai, mansabi, irmoqlari va havzasi ko’rsatiladi.) Qo’shni daryolarning havzasini bir-biridan ajratib turuvchi chegara suvayirg’ich deb ataladi.suvayirg’ich tog’larning qirralarida, tekisliklarda balandroq joylariga to’g’ri keladi.

  1. Barchamiz ommaviy axborot vositalari orqali ko’rsatiladigan ko’rsatuvlarni kuzatib boramiz, Amazonka daryosi haqida qanday ma’lumotga egasizlar?

Amazonka daryosi Janubiy Amerikada joylashgan, havzasi va sersuvligi jihatdan eng kata daryo, uning havzasi 7 mln kv.km.ni tashkil etadi, uzunligi esa 6400 km dir.(slayd)

  1. Daryolar tekislik va tog’ daryolariga bo’linar ekan, ularning farqini bilamizmi?

Tog’ daryolari tekislik daryolariga qaraganda tez oqadi, vodiysi chuqur bo’ladi.daryolar tog’larni yemirib, oqizib kelgan jinslarini tekislikka yoyadi va natijada cho’kindi jinslar hosil bo’ladi.Bu qonuniyatni birinchi bo’lib olimimiz Abu Rayhon Beruniy aniqlagan.

  1. Sahrasharalar haqida ham bilamizmi?

Daryolar suvi baland joylardan otilib tushsa sharsharalar hosil bo’ladi. Eng balanda sharshara-Janubiy Amerikadagi Anxel sharsharasi, balandligi 1054 m. eng sersuv sharshara-Shimoliy Amerikadagi Niagara sharsharasi-balandligi 51 m, eng chiroyli sharshara Viktoriya sharsharasi, kengligi 120m.

  1. Daryolar qanday to’yinishiga qarab ham turlicha bo’ladi. Masalan: Amudaryo va Zarafshon baland tog’lardagi muzliklardan to’yinadi, ular suvi yozda ko’payadi. Nega shunday deb o’ylaysiz?(javoblar izhlanadi) Sirdaryo aralash to’yinuvchi, ya’ni qor, muz , yomg’ir va yer osti suvlaridan to’yinuvchi daryodir.

Xulosa: Suvni iflos qilmasdan, tejab tergab foydalanish muqaddas burchimizdir.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)

Yangi mavzu quyidagi o’yinlar orqali mustahkamlanadi.(Slaydlarda ko’rsatilib boriladi)



  1. “Kaster” ( 3 daqida)

  2. “Ortiqchasini top” bunda o’quvchilar mavzuga mos bo’lmagan atamani belgilaydilar




  1. O’zan deb ataluvchi chuqurlikda o’quvchi suv oqimi

    IRMOQ

    DARYO

    Geografik domino” atamalar va izohi ketma ketlikda teriladi ( 4 daqida)




Kichik daryolar

Eng baland sharshara

ANXEL



  1. Geografik she’riy topishmoqlar” ( 4 daqida)

Bor Oq va Ko’k irmog’i,

Misr uning mahsuli.

Bir marta toshar har yil,

Bu daryoning nomi -(Nil)

Piranye balig’i bor,

Pasttekislik shu nomda.

Havzasi judа katta

Bu daryo -(Amazonka)

*************

Yunonlarda Politimet,

Bizdachi “zar sochuvchi”,

Tog’lardan boshlansada,

Cho’llar ichra singuvchi.

Oqdaryo, Qoradaryo

Irmoqlari oqqan joy.

Aylaydi bog’u-bo’ston,

Bu daryodir-(Zarafshon)


  1. Amaliy ish: bunda darslikning 63-betida keltirilgan topshiriq beriladi, jadval to’ldirilib, ekologik tarbiya beriladi.(2 daqiqa) Agar siz yaxshilab berkitmagan vodoprovod jo’mragidan bir soatda 1 litr suv oqib tushsa, u bir kunda, biro y va bir yilda qancha bo’lishini hisoblang, agar buni bir bola, o’n bola va 100 bola misolida ko’rsak-chi?




1soat

1 kun

1 oy

1 yil

1 bola

1l

24 l

720 l

8640

10 bola

10l

240 l

7200 l

86400

100 bola

100 l

2400 l

72000 l

864000

V. O`quvchilarni baholash va xulosalash (4 daqiqa)

Guruhlar to`plagan “Oltin globus”lar uchun 5 ball, “Kumush globus”lar uchun 4 ball, “Bronza globus”lar uchun 3 ball hisobida rag`bat jamlanmalari hisoblanadi va g`olib guruh aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar ham alohida baholanadi.



VI. Uyga vazifa berish (2 daqiqa)

Mavzu haqida to`liq ma`lumot to`plab kelish. Tabiiy xarita bilan ishlash mahoratini oshirish maqsadida Amudaryo va Sirdaryoning manbai va mansabini topish.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR va internet resurslar :
1. Geografiya 5-sinf darsligi

2. Adilova S. Multimedia vositalari va uni ta’lim jarayonida qo’llash // Pedagogik ta’lim. 2001 yil 2-son

3. ” Maktabda geografiya”, jurnali 2009 yil 5-son, 2010 yil 2-3-sonlar 2012 yil 6-son


4. Daryo.uz 5. Geogrfaiya.uz

6. Uzedu.uz. Pedagoglarga 7. Ziyonet.uz. Kutubxona



Download 155 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish