Mashg’ulot №11. Mavzu: Shoshilinch holatlar (infektsion toksik va gipovolemikkaraxtlik, O’JE, miya shishi, krup, tirishish va gipertermiya). Gemorragik sindrom b-n kechuvchi kasalliklar taqqoslash tashxisi Mavzu bayoni



Download 73,65 Kb.
bet2/9
Sana20.02.2023
Hajmi73,65 Kb.
#913248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11 Мавзу Баёни

Infeksion-toksik shok
Haddan tashqari kuchli omil ta’siri natijasida yuz beradigan, organizmdagi hamma fiziologik sistemalar faoliyati buzilib, tobora ko’proq izdan chiqishi bilan ta’riflanadigan simptomoqompleks shok deb yuritiladi. Shokning quyidagi xillari uchraydi anafilaktik, gipovolemik (degidratatsion),gemorragik (to’g’rirog’i, postgemorragik),infektsion-toksik yoki endotoksik shok. Yuqumli kasalliklarda kuzatiladigan shoklar patogenetik mohiyati va klinik manzarasi jihatidan boshqa shoklardan farq qilmaydi.
Infektsion-toksik shok turli kasalliklarda (septistemiya, o’lat, meningokokkstemiya, difteriya, qorin tifi, ovqat toksikoinfektsiyalari, leptospiroz va boshqa dardlarda) yuz berishi mumkin.
Infektsion-toksik shok birdaniga qonga ko’p miqdorda bakteriyalar va ularning toksini tushishi natijasida sodir bo’ladi.
Infektsion-toksik shokda toksin ta’siri va kislorod etishmasligi natijasida hujayralar halok bo’ladi, hayot uchun. zarur organlar faoliyati buziladi. Nerv sistemasi, qon tomirlar zararlanadi va qonning ivish xususiyati buziladi. Bu o’z navbatida qon quyuqlashishiga, qon tomirlarida tromblar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Mikrotsirkulyatsiya buzilishi natijasida bemor organizmida qator funktsional, metabolik, destruktiv va boshqa o’zgarishlar yuz beradi. Odamda infektsion-toksik shokdan oldin gipertermiya va neyrotoksikoz alomatlari yaqqol ko’rinadi.
Infektsion-toksik shokda gemodinamikaning buzilishi, yurakka qaytadigan vena qoni miqdorining kamayishi, binobarin, harakatdagi qon miqdorining kamayishi va nihoyat, periferik qon aylanishining izdan chiqishi, kapillyar tomirlarida qon harakatining sekinlashishi oqibatida gipoksiya holati yuz berib, metabolik jarayon izdan chiqadi. Buning natijasida organizmda chuqur biokimyoviy o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Infektsion-toksik shok holatida bemorning harorati pasayib ketadi, sovuq ter chiqadi, taxikardiya boshlanib, qon bosimi pasayib ketadi (80 mmdan kam bo’ladi),tomir sust va tez uradi. Bemor badani oqarib, ko’kimtir tus oladi. Oliguriya va anuriya aniqlanadi. Koagulopatiya sindromi yaqqol ko’rinadi. Bunday holatda trombotsitopeniya, gipofibrinogenemiya, protrombin mudatining uzayishi juda xarakterlidir. To’qimalarda kislorod etishmasligi natijasida aerometabolizm anaerob metabolizmga aylanadi, natijada to’qimalarda so`t kislota ko’payib, atsidoz, holati boshlanadi.
Puls soni bilan qon bosimi o’rtasidagi nisbatga qarab shok holati yuz berishini oldindan aniqlash mumkin:
Puls minutiga 60
Normal holat ko’rsatkichi=0,5
Qonbosimi 120 mm
Puls minutiga 100
Shok bo`lishi muqarrar ko’rsatkichi=1.
Qon bosimi 100 mm.
Puls minutiga 120
Shok holati -qon bosimi 80mm ko’rsatkichi= 1,5.
Infektsion-toksik shok mahalida bemorning markaziy vena qon bosimi, kislota-ishqor muvozanati va koagulogramma ko’rsatkichlari doimiy nazoratda bo’lishi kerak.
Bemorga zudlik bilan yordam berish uchun zarur dorilar faqat venaga yuboriladi, dorilar boshqa yo’l bilan yuborilganda mikrotsirkulyatsiya izdan chiqqanligi tufayli yaxshi shimilmaydi. Infektsion-toksik shokniig uch davri ajratnladi va shunga qarab davo choralari amalga oshiriladi. Birinchi boshlang’ich davrida bemor ahvoli og’ir bo’ladi, badai terisi oqargan, labi, barmoqlari ko’kimtir tusli bo’ladi. Taxikardiya aniqlanadi, bemor tez-tez nafas oladi, chiqariladigan siydik miqdori kamayadi. Laboratoriyada tekshirganda gipoksemiya gipovolemiya, atsidoz aniqlanadi.
Bunday ahvolga tushgan bemorga yordam berish uchup uning venasiga antibiotik yuboriladi. buyrakda qon harakatini yaxshilash, kislota-ishqor muvozanatini tuzatish uchun reopoliglyukin (100 ml) venaga tomchilab beriladi. Hujayralar lizosoma membranasi faoliyatini barqaror qilish, qon bosimini ko’tarish, adenoretseptor ta’sirini bartaraf etish va ATF ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun prednizolor (30 mg),gidrokortizon (125 mg) venaga qo`yiladi.
Diurezni yaxshilash maqsadida laziks (1%li eritmasidan 2, 5 mg/kg hisobida) venaga yuboriladi. Gipoksiyani kamaytirish uchun namlangan 40-50%li kislorod burun kateteri orqali ingalyatsiya qildiriladi. Bemorni tinchitish, allergiya holatini kamaytirish va xolikolitik ta’sir ko’rsatish uchun pipolfen (2,5%li eritmasidan 2-4 ml) venaga qo`yiladi. Bemorda kuzatiladigan tajovuzkorlik harakatlarini bartaraf qilish va tomirlarda qon ivib qolishining oldini olish uchun droperedol (0,25%li eritmasidan 1-3 ml),geparin (5-10.000 birlik) glyukozaning 10%li eritmasi bilai birga venaga qo`yiladi.
Energetik balansni to’g’rilash uchun glyukoza 5-10%li eritmadan 500 ml),kaliy xlorid (4,5%li eritmasidan kuniga 1-2 mg/kg), insulin (8-10 birlik) vena orqali beriladi.
Atsidozni tugatish maqsadida natriy bikarbonat (5%li eritmasidan sutkasiga 4-5 mg/kg hisobidan) venaga tomchilab yuboriladi. Intoksikatsiyani bartaraf qilish uchun gemodez (500 ml) venaga tomchilab qo`yiladi.
Infektsion-toksik shokning II davrida bemor juda holdan ketib, atrofga befarq bo’lib yotadi. Uning butun badani ko’kimtir tusda bo’ladi. Yurak tonlari bo’g’iq eshitilib, taxikardiya boshlanadi, tana harorati va qon bosimi pasayadi.
Algover ko’rsatkichi 1, 0-1,5 ni tashkil qiladi. Laboratoriyada tekshirganda gipovolemiya, gipoksemiya, azotemiya, qon laktati ko’paygani aniqlanadi. Bemor bunday ahvolga tushganda bakteriyalarga ta’sir qilish uchun antibiotiklar veiaga yoki muskul orasiga yuboriladi.
Harakatdagi qon hajmini ko’paytirish va reokorrektsiya uchun reopoliglyunin (10 kg/kg) 10%li glyukoza eritmasi bnlan birga oqim holida yoki tomchilab venaga qo`yiladi.
Biologik membranalarni mustahkamlash, qon tomirlar devorining o’tkazuvchanligini kamaytirish va yallig`lanishjarayoni hamda sensibilizastnya holatiga ta’sir ko’rsatish maqsadida gidrokortizon (125-500 mg) venaga yuboriladi. Bemorda atsidoz kuchli bo’lgan hollarda buyrakda qon harakatini yaxshilash maqsadida dopamin (bolalarga 4%li eritmasidan 1-2 mkg/kg hisobida) venaga tomchilab yuboriladi. Dopamin yuqoriroq dozada qon bosimini ko’taradi.
Infektsion-toksik shokning III darajasida bemor ko’kimtir tusda bo’ladi, gipotenziya, anesteziya aniqlanadi. Puls qo’lga zo’rg’a ilinadi. Arterial bosim 50 mmdan past bo’ladi yoki o’lchovga kelmaydi. Bemor behush bo’lib yotadi, anuriya kuzatiladi, Algover ko’rsatkichi 1,5 ni tashkil qiladi. Bunday holatda metabolik atsidozni kamaytirish uchun natriy gidrokarbonat (5% eritmasidan sutkasiga 5 ml/kg hisobida) tayinlanadi. Sutkali dozasini uchga bo’lib, har soatda venaga tomchilab yuboriladi.
Gipokaliyomiya holatini tartibga solish uchun kaliy xlorid: (7,5%li eritmasidan sutkasiga 1-2 ml/kg) 10%li glyukoza bilan tomchilab venaga yuboriladi.
Intoksikatsiyani kamaytirish va buyraklarda qon harakatini yaxshilash maqsadida gemodez (200-400 -ml),albumin (200-490 ml) tomchilab venaga qo`yiladi.
Termodinamikani yaxshilash va yurakdan chiqadigan qon hajmini ko’paytirish uchun korglikon (0, 06%li eritmasidan 0, 5- 0, 75 ml),10%li glyukoza eritmasi bilan birga tomchilab venaga yuboriladi.
Hujayralar membranasini mustahkamlash uchun askorbinat kislota (5% eritmasidan 20-40ml)bosim bilan venaga yuboriladi.
Bemorni tinchitish va allergiya holatiga ta’sir ko’rsatish uchun pipolfen (5% eritmasidan 2-4 ml) venaga yuboriladi. Shuningdek kokarboksilaza (sutkasiga 100-200 sh)glyukoza eritmasi bilan venaga yuboriladi.
Proteolitik fermentlarning aktivligini kamaytirish maqsadida kontrikal (sutkasiga 100 birlik/kg) yoki gordoks (sutkasiga 7000 birlik/kg) glyukoza yoki izotonik natriy xloridning eritmasi bilan birga tomchilab venaga yuboriladi. Geparin (5000 10000 birlik),kaltsiy glyukonat (10%; erntmasidan 10ml) ham tayinlanadi.
Diurez kamaygani tufayli buyrakda qon harakatini yaxshilash va diurezni ko’paytirish va bronxolitik ta’sir ko’rsatish uchun laziks (1% eritmasidan 2-4ml), eufillin (2, 4%li eritmasidan 10 ml) buyuriladi. Yaxshi natija olinmagan hollarda manshtol (10% eritmasidan 500 ml) tomchilab venaga yuboriladi.
Bemorda atsidoz kuchayib, elektrolitlar yetishmovchiligi aniqlanganda atsidozni bartaraf qilish uchun natriy gidrokarbonat (4%li eritmasidan 200 ml tomchilab venaga qo`yiladi) tayinlanadi. Kaliy xlorid (1% eritmasidan 200 ml venaga bosim bilan), atsesol, trisol, kvartasol (tomchilab venaga) buyuriladi.
Bemorda nafas to’xtab qolgan mahalda nafasni tiklash uchun sun’iy o’pka ventilyatsiyasi yo’lga qo’yiladi. Nafas markazini qo’zg’atish maqsadida vegetativ nerv sistemasi galgliyalari faoliyatini kuchaytirish uchun analeptiklar tsititon (0, 15%li eritmasidan 1 ml),lobelin gidroxlorid (1%-1ml),korazol (10% - 1ml) venaga asta-sekin qo`yiladi. Yurak to’xtab qolgan mahalda yurak faoliyatini tiklash uchun noradrenalinning 0, 25%li eritmasidan 1 mlni 10 ml izotonik natriy xlorid eritmasida suyultirib yurak muskuliga yuboriladi. Atropin sulfat (0,1%-1 ml),kaltsiy xlorid (10%-5 ml) eritmalari ham tayinlanadi. Yurak massaj qilinadi. Gemodinamika bir qadar asliga kelib, diurez normallashganidan keyin ham 6 soatgacha intensiv terapiya davom ettiriladi (kaltsiy xlorid eritmasini asta-sekin yuborish kerak).

Download 73,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish