Mashg’ulot №11. Mavzu: Shoshilinch holatlar (infektsion toksik va gipovolemikkaraxtlik, O’JE, miya shishi, krup, tirishish va gipertermiya). Gemorragik sindrom b-n kechuvchi kasalliklar taqqoslash tashxisi Mavzu bayoni



Download 73,65 Kb.
bet5/9
Sana20.02.2023
Hajmi73,65 Kb.
#913248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11 Мавзу Баёни

Bosh miya shishuvi
Bunday holat meningit, enstefalitlar, bosh miyaga qon quyilishi, intoksikatsiya va boshqa hollarda kuzatiladi. Bosh miya shishganda bemor boshi aylanib, og’riydi. ko’ngli ayrib, qayta-qayta qusadi.
Bunday holda qon tomirlar membranalari o’tkazuvchanligini kamaytirish, qon harakatini tuzatish va miya qon tomirlari tonusini yaxshilash uchun venaga bosim ostida har 6-8 soatda 8 mg dan deksazon va har 3-4 soat oralab 90-120 mg dan prednnzolon yuborib turish tayinlanadi.
Meningeal simptomoqompleks (ensa muskullarining tarang bo’lib tortishib qolishi, Kernig, Brudzinskiy simptomlari va o’ta sezuvchanlik - giperesteziya) paydo bo’lganda venaga bosim ostida 12 soatda 125 mg dan gidrokortizon va 10 ml 2,4%li eufillin eritmasini 40 %li glyukoza bilan birga yuboriladi.
Miya suyuqlig’i bosimini kamaytirish uchun venaga yoki muskul orasiga har 4-6 soatda 40%li glyu kozadan 100-200 ml quyilgach, 4 ml/kg hisobidan 1 %li laziks yuboriladi. Nafas og’irlashganida (o’tkir nafas yetishmovchiligi mahalida) nafasni yaxshilash va bosh miyani kislorod bilan yetarli ta’minlash uchun bemorning og’zi bilan tomog`ini yaxshilab tozalab, bemorga sun’iy nafas oldiriladi.
Bemorda enstefalitga xos simptomlar paydo bo’lganda (stupor, sopor, koma holatlari, deliriy va amentsiya alomatlari, psixomotor qo’zg’alish belgilari, tutqanoq tutish hollari kuzatilganda) qon plazmasi osmotik bosimini ko’paytirish, bosh miya to’qimalari degidratatsiyasi va bosh miya suyuqlig’i bosimini kamaytirish maqsadida mannitolni (15-20%li eritmasidan 1-2 g izotonik eritma yoki glyukoza eritmasiga qo’shib, har 4-8 soatda venaga tomchilab yuborib turiladi. Izotonik eritmada tomchilab sorbitol yuborish ham tavsiya etiladi (15-20%li eritmasidan 1-2 g/kg hisobida).
Bosh miyaning turli joylari zararlanganidan darak beradigan simptomlar (anizorefleksiya, psevdobulbar sindrom, muskullar tonusining o’zgarishi, patologik reflekslar, bosh miya nerv larining zararlanishi, nafas va yurak faoliyati ritmining buzilishi) paydo bo’lgan hollarda miya suyuqligi bosimini kamaytirish va uzoq davom etadigan degidratatsiya uchun me’da zond orqali 0, 5-1,5 g/kg hisobidan 30-60 ml glitserin yuboriladi yoki 30 g glisterinni 30-60 g askorbinat kislota bilan (20%eritmasida) venaga tomchi yo’li bilan qo`yiladi.
Zaharlar kuchini kesish va degidratatsiyani ozgina davom ettirish, bosh miyada metabolizmni yaxshilash uchun sutkasiga 100-1500 ml miqdorida 20%li glyukoza tomchilab qo`yiladi. So’ng siydik haydaydigan dorilar beriladi.
Qonning kolloidosmotik holatini asliga keltirish va bosh miya shishini, qon yopishqoqligini kamaytirish, mikrotsirkulyatsiyani, bosh miyada qon aylanishini yaxshilash uchun albumin (20%li, eritmasidan 100-200 ml),qon tsentrlangan plazma (10-1 mg/kg),reopoliglyukin (200-400 ml),gemodez (400-800 ml) tomchi usuli bilan (daqiqasiga 60 tomchidan) venaga qo`yiladi.
Tarqoq holda tomirlarda qon ivib qolishi (TQI)ning oldini olish uchun 2-3 kun davomida 12 soat oralab venaga yoki muskul orasiga geparin (12000-15000 birlik yoki 200 birlik hisobidan) yuborib turiladi.
Qon tomirlarini kengaytirib, bosh miyaning kislorod bilan ta’minlashni yaxshilash, qon yopishqoqligini kamaytirish uchun trental tayinlanadi (2%li eritmasidan 5 mlni 250 ml NaClning izotonik eritmasida suyultirib, venaga yuboriladi).
Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash, bosh miyada qon harakatinn tuzatish maqsadida komplominni (15%li eritmasidan 10-20 mlni) 500 ml izotonik eritma bilan birga venaga yoki muskul orasiga qo`yiladi.
Metabolik atsidozni bartaraf qilish uchun venaga natriy bikarbonat (4%li eritmasidan 100-200 ml) yuboriladi. Gipoksiyani bartaraf etish va hujayralar membranasining o’tkazuvchanligini kamaytirish uchun oksigenoterapiya tayinlanadi (burun kateteri orqali 60% havo va 40% kisloroddan iborat gaz aralashmasi nafasga oldiriladi).
Orqa miya suyuqligi bosimini kamaytirish uchun orqa miya punktsiya qilinib, likvorning ortiqchasi chiqariladi. Bosh miya shishini kamaytirish uchun kontrikal tomchi usulida yuborish uchun (10-30000 TB) NaClning izotonik eritmasida tayinlanadi, kontrikalni orada 12 soat o’tgach takror yuborish mumkin.
Nerv hujayralarida metabolizmni tartibga solish uchun pirastetam tayinlanadi (20%li eritmasidan kuniga 10-20 ml dan 7-10 kun bosim venaga tomchilash usuli bilan qo`yiladi).
Bosh miya hujayralarida kislorod sarflanishini tartibga solish uchun natriy oksibutirat (50-70 mg/kg hisobida -20% eritmasidan 10-20 ml) venaga yoki muskul orasiga qo`yiladi.
ATF sintezini tezlatish va miya to’qimasida oqsil, yog’ va uglevodlar almashinuvini yaxshilash uchun glyo’tamin kislota (1%li eritmasidan 5-10 ml) yoki kaltsiy glyukonatning 10%li eritmasidan 10 ml venaga yuboriladi.

Download 73,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish