MashG’ulot №8 mavzu: Jinsiy gormonlar. Reproduktiv funktsiyada gormonlarning axamiyati. Ta’lim berish texnologiyasining modeli



Download 21,67 Kb.
bet3/4
Sana29.11.2022
Hajmi21,67 Kb.
#874659
1   2   3   4
Bog'liq
8-мавзу амалий машғулот (2)

Yo’ldosh gormonlari. Xomiladorlikning ichki sekrestiya bezlari tomonidan boshqarilishida yo’ldosh ham ishtirok etadi. Yo’ldoshdan estrogen, progesteron va xorion gonadotropini chiqadi. Hayvon bo’g’ozligining ikkinchi yarmida, ya’ni yo’ldosh yaxshi rivojlangan va yuqorida aytilgan gormonlarni etarlicha hosil qilayotgan davrda gipofiz va tuxumdon olib tashlansa, xayvon bola tashlamaydi; bu sharoitda yo’ldosh gormonlari gipofiz va tuxumdonlardan chiqadigan gormonlarning o’rnini bosa oladi.
Gormon gonadotropini gipofizning lyuteinlovchi gormoniga o’xshash ta’sir etadi. Bu gormonlar bo’g’ozlar siydigi bilan ko’plab chiqib turadi. Bu fakt xomiladorlikni g’oyat oddiy yo’l bilan tekshirib aniqlashga yordam beradi. Bu tekshirishda erkak baqaning orqa terisi ostiga 5 dan 10 ml gacha siydik yuborilsa, siydikda gonadotropin bo’lsa, hayvon kloakasida 2 soatga qolmay spermatozoidlar paydo bo’ladi.
Epifizning ichki sekrestiyasi. Epifiz bosh miya markazida, uchinchi qorincha tubida joylashgan. Odam epifizining diametri 3-4 mm. Bu bezning borligini 4 ming yildan beri odamlar bilsa ham uning faoliyati oxirgi 20-30 yillar davomida aniqlandi. XVII asrda R.Dekart epifizni «jon egari» deb faraz qilgan. Asrimizning boshlarida ovqatga maydalangan epifiz qo’shib berilganda itbaliqlarning rangi oqarganligi aniqlangan edi. Shunga asolanib, o’tgan asrning 50-yillarida amerikalik olim A.Lerner epifizda pigment almashinuviga ta’sir qiladigan modda bo’lsa kerak, deb taxmin qildi va bir necha 10 ming qora mol epifizidan bir-ikki gramm modda ajratib oladi va baqaning organizmiga yuborilganda, uning terisi oqarib ketdi. Shunday qilib, yangi gormon melatonin kashf qilindi. Olimlar o’tkazgan tajribalarda melatoninning ko’p qirrali samaraga ega gormonligi aniqlandi. U boshqa bir biogen aminseratonindan hosil bo’lib, pigment almashinuvini, jinsiy faoliyatni, kecha-kunduzlik va fasllik ritmlarini, xujayralar bo’linishini va rivojlanishini boshqarilishida ishtirok etadi. Epifizdan tashqari, melatonin hazm tizimidagi apudostitlarda, tomirlar endoteliyida, buyrak usti bezi po’stloq qismida, miyachaning Purkine hujayralarida, simpatik tugunlarda sintezlanadi. Melatonin ko’z to’r pardasida ham topilgan. Gormonning to’r pardasidagi miqdori kamayib ketsa, odamning ranglarni ajratish qobiliyati buziladi. Melatonin uyqu keltirish qobiliyatiga ham ega. Bir necha tomchi gormon eritmasi mushuk burniga tomizilganda 70-100 daqiqa davom etuvchi chuqur uyqu kuzatiladi.
Oxirgi vaqtda melatoninning yana bir juda muhim xossasi aniqlandi. U hujayralar bo’linishini sekinlashtirib, o’smaga qarshi ta’sir ko’rsatar ekan.
Melatonin gipofizdan gonadotrop gormonlarning qonga o’tishini kamaytiradi. Demak, uning qondagi miqdori ko’payib ketsa balog’atga etish chuzilib ketadi. Gormonning etishmovchiligida esa jinsiy rivojlanish tezlashadi.
Ayrisimon bez (timus). Ayrisimon bez immun tizimning markaziy a’zosi bo’lib, endokrin faoliyatni ham ko’rsatadi. Bu bez to’qimasidan ta’sir ko’rsatishi va ajratilishida farqi bo’lgan talay peptid va oqsil tabiatli fiziologik moddalar olingan. Ular qatoriga limfostitlarni rag’batlantiruvchi gormon, timozin, timin, tomotoksin va boshqalar kiradi. Bu moddalar immunitetning turli omillariga, limfopoezga, nerv-muskul o’tkazilishiga ta’sir qiladi. Ammo ular chin gormon hisoblanmaydi.
Mavjud ma’lumotlar ayrisimon bezning immun tizimi va ichki sekrestiya bezlari faoliyatini monandlashtirib turuvchi a’zo, deyishga asos bo’ladi.
To’qima gormonlari. Biologik faol moddalar, faqat maxsus endokrin bezlarda emas, balki organizmda to’qima va a’zolarda sintezlanishi ham mumkin. Hozirda to’qima va a’zolarda 50 xilga yaqin sintezlash qobiliyatiga ega hujayralar topilgan. Bu hujayralarning ko’p qismi hazm tizimi a’zolarida, o’pka buyrak, yurak va boshqa endokrin tizimiga kirmaydigan a’zolarda uchraydi. Gormon sintezlovchi hujayralarni maxsus imunogistokimyoviy usullar yordamida aniqlash mumkin.
Bu hujayralarning modda almashinuvi o’ziga xos bo’lib, biogen aminlarning o’tmishdoshlarini karboksilsizlashtirish va ular qoldig’idan peptid gormonlarni sintezlash qobiliyatiga ega. Bu hujayralar APUD- tizimni tashkil qiladi.
Apudostitlar sintezlaydigan gormonlar juda ko’p. Ular serotonin va melatonin, katexolaminlar va gistamin, gastrin, sekretin, motilin va boshqa moddalarni ishlab chiqaradi.
Bu borada hazm tizimining faolligi yuqori, undagi apudostitlar 20 xil gormon ishlab chiqaradi. Bu gormonlar asosan ingichka ichak shilliq pardasidagi hujayralarda sintezlanadi, shu tufayli ularni maxsus bir guruxga-enterin tizimi gormonlari guruhiga birlashtiradilar. Ularni yana gastrointestinal gormonlari deb atashadi, bu gormonlari sekretin, xolestistokinin–pankreozimin, gastrin, bembezin, motilin, somatostatin, enkefalin va boshqalar kiradi. Ulardan eng muhimlari xususida to’xtalib o’tamiz. Sekretin birinchi kashf etilgan gastrointestinal gormon. Sekretinni o’n ikki barmoqli ichakning shilliq pardasidagi maxsus hujayralar sintezlaydi. Molekulasi 27 aminokislota qoldig’idan tashkil topgan.
Molekulyar massasi 3035. Sekretin ta’sirida me’da osti bezidan shira ajralishi keskin ko’payadi, shira tarkibidagi bikarbonatlar ortadi. Bundan tashqari bu gormon o’t-safro va ingichka ichak shirasi bilan suv hamda tuzlar ajralishini ko’paytiradi. Sekretin ta’sirida oshqozon bezlarida fermentlar ajralishi ko’paysa, ayni vaqtda xlorid kislota sekrestiyasi to’xtaydi. U hazm tizimi a’zolarining silliq muskullarini ham tormozlaydi.

Download 21,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish