MashG’ulot №8 mavzu: Jinsiy gormonlar. Reproduktiv funktsiyada gormonlarning axamiyati. Ta’lim berish texnologiyasining modeli


Amaliy Mashg’ulot ning texnologik kartasi



Download 21,67 Kb.
bet2/4
Sana29.11.2022
Hajmi21,67 Kb.
#874659
1   2   3   4
Bog'liq
8-мавзу амалий машғулот (2)

Amaliy Mashg’ulot ning texnologik kartasi

Ish bosqichlari va vaqti.

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorlov bosqichi
(5 daqiqa)

1.Auditoriya tozaligini nazorat qiladi.
2.Talabalarni mashg’ulot ga tayyorgarligini tekshiradi.
3.Davomatni nazorat qiladi.

Mashg’ulotga tayyor bo’lish

1. O’quv Mashg’ulot iga kirish bosqichi
(40 daqiqa)

1. Mavzuga oid bo’lgan boshlangich bilimlar darajasini


aniqlash
2, «Diskuciya» usulni mohiyatini tushuntirish
3, «Diskuciya» usulida mavzu tahlili.



Qatnashadilar.

Tinglaydilar va savollarga javob beradilar.





2 – asosiy bosqich
(45 daqiqa)

1.Mavzuga oid amaliy k o’nikmalarni bajarish.
1.Insulinning qondagi qand miqdoriga tasiri.

Tomosha qiladilar va yozib oladilar.



3-asosiy bosqich
(35 daqiqa)

1.Mavzu bo’yicha vaziyatli masala va testlarni mustaqil
ravishda yechish.



Yechadilar
Yozadilar.

4-yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

1. Yakunlovchi hulosa qiladi.
2. Mustaqil ish beradi.
3. Uyga vazifa beradi.

Tinglaydi.
Yozib oladi.
Yozib oladi.

Jami:3 soat







Integrastiyasi: Gistologiya, anatomiya, biohimiya.
Jinsiy bezlar.
Erkaklar jinsiy bezlari. Erkak jinsiy bezlarida spermatogenez jarayonlari kechadi va erkak jinsiy gormonlari – androgenlar hosil bo’ladi. Spermatogenez urug’ hosil qiluvchi naychalarda joylashgan spermatogen epitelial hujayralarning faoliyati bo’lib hisoblanadi. Androgenlar interstistial hujayralar – glandulostitlarda (Leyding hujayrasida) hosil bo’ladi. Bu hujayralar urug’ hosil qiluvchi naychalar orasida joylashib, urug’don massasini yaqin 20 % ini tashkil qiladi. Uncha ko’p bo’lmagan miqdoda androgenlar buyrak usti bezi po’stlog’ining to’r sohasida ham ishlab chiqariladi. Androgenlarga bir necha steroid gormonlar kiradi, ulardan eng muhimi testosterondir. Bu gormonning qonga o’tishi erkaklarda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarni adekvat rivojlanishini ta’minlaydi.
Testosteron ta’sirida o’g’il bola balog’atga etganida jinsiy a’zo va moyaklar kattalashadi, soqol, past ovoz, qorinning o’rta chizig’i bo’ylab ko’tariluvchi chov junlar paydo bo’ladi. Bundan tashqari, testosteron oqsillar sintezini kuchaytiradi, bu esa o’sish va jismoniy rivojlanishga, muskullar massasining ortishiga olib keladi. Testosteron suyak skeletining shakllanishiga ham ta’sir ko’rsatad, u suyakda oqsil matristalari hosil bo’lishini tezlashtiradi va unda kalstiy tuzlarining to’planishini ta’minlaydi. Buning natijasida suyak eniga va bo’yiga o’sadi va pishiqligi ortadi. Testosteron ko’p ajralganda moddalar almashinuvi tezlashadi va qondagi eritrostitlar soni ham ortib ketadi. Testosteronning ta’sir etish mexanizmi taxminan quyidagicha amalga oshadi: u hujayra ichiga kirib, faollashadi (degidrotestosteron), keyinchalik u hujayra yadrosi va organellari bilan bog’lanadi, bu esa oqsil va nuklein kislotalar sintezining o’zgarishiga olib keladi. Testosteron sekrestiyasi adenogipofizning lyuteinlovchi gormoni orqali idora etiladi, bu gormon esa jinsiy balog’atga etishni tezlashtiradi. Agar qonda testosteron gormoni miqdori ortib ketsa, qaytar bog’lanish mexanizmi bo’yicha lyuteinlovchi gormon sekrestiyasi tormozlanadi. Ikkala gonadotrop gormonlar – follikulostimullovchi va lyuteinlovchi gormonlar konstentrastiyasi qonda pasayib ketganda, spermatogenez jarayonlarining tezlashuviga olib keladi.
O’g’il bolalarda 10-11 yoshgacha urug’donda androgenlar ishlab chiqaruvchi faol glandulostitlar bo’lmaydi. Biroq, bu hujayralardan testosteron gormoni sekrestiyasi, xomiladorlik davrida va bola tug’ilgandan so’ng bir necha xaftagacha davom etadi. Bu sekrestiya yo’ldosh tomonidan ajralib chiqqan gormon gonadotropin ta’sirida yuzaga chiqadi. Erkak jinsiy gormonlarining sekrestiyasi etarlicha bo’lmasa, evnuxoidlik rivojlanishiga olib keladi. Bunda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi kechikadi, suyak skeleti noproporstional bo’lib qoladi, ko’krak va qorinning pastki sohalarida yog’ to’planadi, ba’zida esa sut bezlari ham kattalashadi (ginekomastiya), erkak jinsiy gormonlarining kam ishlab chiqarilishi asab va ruxiy o’zgarishlarga ham olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, qarama-qarshi jinsga bo’lgan qiziqish yo’qoladi va boshqa erkaklarga xos bo’lgan psixofiziologik harakatlar ham yo’qoladi.
Ayollar jinsiy gormonlari. Ayollar jinsiy gormonlari bezlaridan (tuxumdon) estrogenlar va progesteron ishlab chiqariladi. Bu gormonlarning ajralishi stiklik xarakterga egadir, bu qizlarda xayz ko’rish paytida gipofizni gonadotrop gormonlarining sekrestiyasiga bog’liq bo’ladi. Estrogenlar faqat jinsiy bezlardan emas, bu gormonlar, oz miqdorda buyrak usti bezi po’stloq qavatining to’rsimon sohasida ham ishlab chiqariladi. Xomiladorlik paytida estrogenlar sekrestiyasi, yo’ldoshning gormonal faolligi ta’sirida ortadi. Bu guruhda faolligi yuqori bo’lgan gormon β-estradiol bo’lib hisoblanadi. Sariq tananing gormoni progesteron bo’lib, xayz ko’rishning oxirlarida uning sekrestiyasi kuchayadi.
Estrogenlar ta’sirida birlamchi va ikkilamchi ayollar jinsiy belgilarining yuzaga chiqishi tezlashadi. Balog’atga etish davrida tuxumdonlar o’lchami, bachadon, qin va tashqi jinsiy a’zolarning o’lchami kattalashadi. Proliferastiya jarayonlari va endometriyada bezning kattalashuvi kuzatiladi, bu ta’sir osteoblastlar faolligini oshirish orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan bir qatorda, suyakning epifizar tog’ayiga ta’sir etib, uning uzunasiga o’sishini tormozlaydi. Bu gormonlarning ta’siri natijasida oqsillar biosintezi kuchayadi, yog’larning hosil bo’lishi ham ortadi, ortiqcha yog’lar teri ostiga shunday to’planadiki, ayol qomatini xarakterlab beradi. Estrogenlar ta’sirida ayol terisi nozik, silliq va kapillyarlar bilan yaxshi ta’minlanadi, jun bilan qoplanishi ham ayol tipiga mansub bo’ladi.
Progesteronning organizmdagi ahamiyati quyidagilardan iborat: urug’langan tuxum hujayrasini endometriyaga inplantastiyasiga tayyorlaydi. Bu gormon ta’sirida endometriya hujayralarining proliferativ va sekretor faolligi ortadi. Proliferativ va sekretor faollik sut bezlarida ham kuzatiladi, bu esa uning o’lchamining kattalashuviga olib keladi. Bu bezlardan jinsiy gormonlarning oz ishlab chiqarilishi quyidagi holatlarga: xayzning buzilishi, sut bezlari, qin, bachadonning atrofiyasiga olib keladi. Suyak tizimi ham ko’p o’zgarishlarga uchraydi, suyakning epifizar sohasi o’sishdan to’xtaydi, bu esa suyakning uzunasiga o’sishini tormozlaydi. Bunday ayollarning tashqi ko’rinishi, erkaklar tashqi ko’rinishini eslatadi va ovoz tembri past bo’ladi.
Estrogen va progesteron ajralib chiqishining boshqarilishi gipofizning gonadotropin gormoni orqali idora etiladi. Qiz bolalarda bu gormon 9-10 yoshdan ajrala boshlaydi. Gonadotropinlarning sekrestiyasini esa qondagi ayollar jinsiy gormonlarini ko’payib ketishi tormozlaydi.
Ayollar jinsiy stikli. Qizlar balog’atga etgach ovulyastiya vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadi. Jinsiy stikl 27-28 kun davom etadi. Uni 4 davrga ajratishadi: 1) ovulyastiyadan oldingi davr, 2) ovulyastiya, 3) ovulyastiyadan keyingi davr, 4) tinchlik davri.
Ovulyastiyadan oldingi davrda ayol organizmida quyidagi o’zgarishlar kuzatiladi: bachadon kattalashadi va qonga to’lishadi, bachadon shilliq pardasi va bezlari o’sib ketadi, Fallopiy nayralirining va bachadon muskul pardasining peristaltik harakatlari kuchayadi va tezlashadi; qin shilliq pardasi o’sadi va qin shilimshig’ida ko’chib tushgan epiteliy hujayralarining soni ko’payadi. Bu o’zgarishlarning sababi, gipofizdan follikulni stimullovchi gormonni ko’p ishlab chiqarishidir. Ovulyastiyadan oldingi davrga xos bo’lgan barcha o’zgarishlar gipofizdan chiqadigan gormonlarning tuxumdonlar ichki sekrestiyasiga ta’sir qilishi natijasida kelib chiqadi.
Normal organizmda follikulni stimullovchi gonadotropin gormon miqdorini sekin-asta ortishi ko’proq etuk Graaf pufakchasining uzil-kesil etilishini tezlashtiradi. Bu Graaf pufakchasining sirti yorilib, ichidan tuxum hujayra chiqadi, boshqacha aytgandaovulyastiya ro’y beradi. Ovulyastiya davri Graaf pufakchasining yorilib, ichidagi tuxum hujayraning chiqishi va Fallopiy nayi orqali bachadonga siljib borishidan boshlanadi. Tuxum hujayra Fallopiy nayidan o’ta turib uruglanadi. Urug’langan tuxum hujayra bachadonga tushib, uning shilliq pardasiga yopishadi. Jinsiy stikl shu erda uzilib, ayolning bo’yida bo’ladi. Tuxum hujayra nay orqali bachadonga etib borishi uchun qariyib uch sutka kerak. Tuxum urug’lanmasa, ovulyastiyadan keyingi davr boshlanadi. Ayollar bu davrda xayz ko’radi. Urug’lanmagan tuxum hujayra bachadonga tushib, unda bir necha kun tirik turadi, so’ngra xalok bo’ladi. Ayni vaqtda gipofizning oldingi bo’lagidan gonadotrop gormonlar chiqishi progesteron ta’sirida kamayadi.
Gipofizning follikulostimullovchi gormoni kamayishi tufayli tuxumdonlarda estrogenlar kamroq hosil bo’ladi, binobarin, Fallopiy naylar, bachadon va qinda ovulyastiyadan oldingi o’zgarishlarni vujudga keltirgan va ularni quvvatlab turgan omillar yo’qoladi. Bu davrda tuxumdon gormonlarining kamayishi tufayli bachadonning tonik qisqarishlari kuchayadi, natijada uning shilliq pardasi ko’chadi. Shilliq parda parchalari qon bilan birga chiqadi-xayz qoni ketadi. Xayz qoni ketib bo’lgach bachadon shilliq pardasi tez regenarastiyalanadi.
Ovulyastiyadan keyingi davr tugagach, ovulyastiyalararo tinchlik davri boshlanadi, undan so’ng yangi stiklning ovulyastiyadan oldingi davri davom etadi.

Download 21,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish