Mashg’ulot mavzusi: xor san’ati. Xor ijrosi uchun xalq qo‘shiqlarini moslashtirish tayanch so’zlar



Download 58,48 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi58,48 Kb.
#98919
Bog'liq
Dars ishlanma


MASHG’ULOT MAVZUSI: XOR SAN’ATI. XOR IJROSI UCHUN XALQ QO‘SHIQLARINI MOSLASHTIRISH
TAYANCH SO’ZLAR: cholg’u asboblari, sol kaliti, xavfsizlik qoidalari, jihozlar, nota

Darsning maqsadi:

Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga xаlq cholg’u asboblari haqida ma’lumotlar berish va undan foydalanishni o’rgatish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida xаlq cholg’u asboblari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.

Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

Fanga oid kompetensiya: musiqaning badiiy tavsifini (quvnoq, sho‘x, g‘amgin va boshqalarni) bila oladi. jamoaviy o‘rganilgan qo‘shiqlarni yakka holda kuylay oladi. musiqaning tovush tembridan qaysi cholg‘uda (zarbli, chertma, damlida) ijro etilganligini topa oladi.

Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.

Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.

Darsda jihozi: Nota doskasi, sol kaliti, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

Yangi mavzu bayoni:

Musiqa madaniyatida xor san’ati katta ahamiyatga ega. Musiqada «Хог» so‘zi nimani anglatishini bilib olish zarur. Xor so‘zini ikki xil ma’noda anglash mumkin. Birinchisi — kuylovchi jamoa bo‘lsa, ikkinchisi — xor jamoasining ijro qilishiga moMjallab yozilgan musiqa asari. Cholg‘ular ijrosida ko‘p ovozli musiqani tinglaganimizdek, xor vositasida ham ikki, uch va undan ortiq ovozli asarlarni kuylashga va tinglashga o‘rganganmiz.

Xorda 4 xil ovoz bor: xotin-qizlarga yoki bolalarga xos bo‘lgan — soprano va alt ovozlar, erkaklarga xos bo‘lgan — tenor va bas ovozlardir. Sanab o‘tilgan ovozlardagi har bir kuylovchi o‘z vazifasini tushungan holda to‘g‘ri ijro etgandagina xorning mukammal, yoqimli va badiiy obrazli eshitilishiga imkon yaratiladi.

Professional bastakorlar xor uchun original asarlar yaratish bilan birga xalq qo‘shiqlarini ham ko‘p ovozli qilib xor ijrosiga moslashtirishgan. XX asrning 50-yillaridayoq Mutal Burhonovning jo‘rsiz xorlari namuna darajasida e’tibor qozongan. Bu o‘rinda uning «Yorlarim», «Endi sendek», «Bibigul», «Sari ko‘hi baland» kabi asarlarini sanab o‘tish lozim.

Keyinchalik M. Burhonovga yelkadosh bo‘lib ko‘plab bastakorlar xalq qo‘shiqlarini xor ijrosiga moslashtirdi. Bularga Sobir Boboyevning «Chaman ichra», Ikrom Akbarovning «Qoyilman», Botir Umidjonovning «Qilpillama», Shermat Yormatovning «Boychechak», «Chittigul», «Gullola», Mustafo Bafoyevning «Bahoriya», «Mavrigi» kabi asarlarini misol keltirish mumkin.

Yangi mavzuni mustahkamlash.

Xor deganda nimani tushunasiz va qanday ovoz turlarini bilasiz?

Xor san’ati rivojiga hissa qo‘shgan va qo‘shayotgan qanday jamoalar va bastakorlarni bilasiz?

Botir Umidjonovning «0‘zgancha» asari qanday xor uchun yozilganini tinglab, bilib olgan bo‘lsangiz ohangini kuylab bering.

Ton va yarim tonliklarni qanday ajratish yoki tuzish mumkin?

Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash.



Uyga vazifa: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.

Ko’rildi:_____________Sana_______________MMIBDO’


Download 58,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish