Mashinasozlik sanoatini rivojlantirish omillari



Download 38,34 Kb.
bet2/2
Sana04.06.2022
Hajmi38,34 Kb.
#636981
1   2
Bog'liq
mustaqil ish

JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari o'rtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan[1][2][3][4][5]. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishi-xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009-2012-yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi[6]. 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi[7]. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi[8][9]. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinadi[10].

Avtobus ishlab chiqarish


1995- yilda Oʻzbekistonning Autosanoat kompaniyasi va Turkiyaning Kochxolding kompaniyasi bilan hamkorligda Samarqand viloyatida autobuslarni ishlab chiqarish boshlandi . Samkochauto davlat royhatiga olindi va 1999-yilda Otayoʻl rusumli autobuslarni tayyorlash boshlandi, shu yilning oʻziga 163 ta autobus, 302 ta yuk automobili ishlab chqarildi. 2000- yilda esa bu koʻrsatkichlar 483 va 102 tani tashkil etdi.2001 -yilda Oʻzbekistonda automobil sanoatida band bolgan ishchilar soni 14 mingga yetdi.

O’zbekiston mashinasozlik sanoati istiqbollari.
3.1 O‘zbekiston mashinasozlik sanoatini rivojlanish istiqbollari va 
muammolari. 
Samarqanddagi ―SamAvto‖ zavodida tayyorlanayotgan ―Isuzu‖ rusumli 
avtobuslar, 
yuk 
avtomobillari, 
ixtisoslashtirilgan 
transport vositalari 
– 
avtofurgonlar, suv tashish, sut tashish, chiqindi tashish mashinalari, avtominoralar, 
evakuatorlar ishonchliligi va foydalanishda qulayligi bilan xaridorlarga manzur 
bo‗lmoqda. ―JV MAN Auto – Uzbekistan‖ qo‗shma korxonasida esa zamonaviy 
yuk tashish avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. 
2009 yili ―General Motors‖ korporatsiyasi bilan hamkorlikda dvigatellar 
ishlab chiqaradigan yangi qo‗shma korxona tashkil etildi.Dunyoning atigi 18 
mamlakatida yengil avtomobillar uchun dvigatellar tayyorlanadi.Toshkent 
viloyatida barpo etilayotgan ―General Motors Powertrain Uzbekistan‖ deb 
nomlangan ushbu yangi zavod joriy yilning noyabr oyida ishga tushishi bilan 
O‗zbekiston ham bu davlatlar qatoridan mustahkam o‗rin oldi. Shuningdek, 
Samarqand viloyatining Jomboy tumanida ―O‗zavtosanoat‖ aksiyadorlik 
kompaniyasi va Germaniyaning ―MAN Truck & Bus AG‖ kompaniyasi 
hamkorligida ―JV MAN Auto – Uzbekistan‖ qo‗shma korxonasi uchun og‗ir yuk 
ko‗taradigan avtomobillar ishlab chiqaradigan yangi zavod qurilishi davom 
etmoqda. 
MAN yuk avtomobillari Samarqandda ishlab chiqarilmoqda. U 2009 yil 
avgustida tashkil etilgan "JV MAN Auto-Uzbekistan" qo'shma korxonasining 
birinchi mahsulotidir. Qo'shma korxona "O'zavtosanoat" AJ va Gеrmaniyaning 
MAN Nutzfahrzeuge AG" kontsеrni hamkorligida tashkil etilgan bo'lib, bunda 
o'zbеk tomoniga 51foizli, nеmislar tomoniga esa 49 foizli ulush to'g'ri kеladi. 
Mazkur qo'shma korxona "MAN SE" kompaniyalar guruhining MDH dav-
latlari hududida tashkil etilgan birinchi zavodidir. 

46 
"O'zbеkiston Markaziy Osiyoda stratеgik pozitsiyalarni egallashi bilan MAN 


uchun muhim ahamiyat kasb etgan.Bizning munosabatlarimiz 18 yildan ziyod 
vaqtdan bеri davom etib kеlmoqda va u muqim asosga ega", – dеdi "MAN SE" 
kompaniyalar guruhi boshqaruv raisi Xokan Samuelson. 
Aytish kеrakki, "MAN Nutzfahrzeuge AG" MAN kompaniyalar guruhining 
jahon bozorida rеlssiz transport vositalari ishlab chiqaruvchi va transport 
muammolarini hal etish yo'llarini ishlab chiquvchi еtakchi korxonalardan biri 
hisoblanadi. U turli maqsadlarga xizmat qiladigan yuk avtomobillari, yo'lovchi va 
sayyohlarni tashishga mo'ljallangan avtobuslar, shuningdеk, og'irligi 250 
tonnagacha bo'lgan maxsus transport vositalarini ishlab chiqaradi. 
Umuman olganda, "MAN Nutzfahrzeuge AG" ning dunyo bo'ylab 30 ga 
yaqin asosiy sho'ba korxonalari mavjud. Avstriya, Polsha, Turkiya, Janubiy Afrika, 
Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda "MAN Nutzfahrzeuge AG" kompaniyasining 
sho'ba korxonalari ishlab turibdi.
MDH davlatlarida kompaniya Rossiya, Ukraina, Qozog'iston, Ozarbayjon va 
Turkmanistonni hamrab olgan kеng distribyutorlik va sеrvis tarmog'iga ega.
Kompaniya korxonalarida hammasi bo'lib 36 ming kishi mеhnat qiladi. 2008 
xo'jalik yilida kompaniyaning sotuv hajmi 10,6 mlrd. еvroni tashkil qildi. 96,4 
mingga yaqin yuk avtomobili va MAN va NEOPLAN markali 7,2 ming avtobus va 
avtobus shassilari sotildi.(3-rasm). 
Sohada yuqori malakali muhandis va ishchi-xodimlar tayyorlash masalasiga 
alohida e‘tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2009 yil 27 aprelda qabul qilingan 
qaroriga binoan tashkil etilgan Toshkentdagi Turin politexnika universitetida 
yoshlar mashinasozlik texnologiyalari, avtomobilsozlik, sanoat va xo‗jalik 
qurilishi, arxitektura va sanoat dizayni, sanoatda axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, energetika fakultetlarida 
tahsil olmoqda. 

47 


48 
Matbuot 
anjumanida 
avtomobilsozlik 
mamlakatimizning 
iqtisodiy 
salohiyatini yuksaltirish, sanoatning yuqori texnologiyali boshqa tarmoqlarini 
rivojlantirishga ham xizmat qilayotgani ta‘kidlandi.[14] 
Joriy yilning 24-28 aprel kunlari o'tkazilayotgan «Toshkent Xalqaro 
Investitsion-Moliya Forumi» doirasida «Mashinasozlik, elektro texnika sanoati, 
informatsion texnologiyava telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlik istiqbollari» 
mavzusiga bag'ishlangan seksiya majlisi bo'lib o'tdi. 
Mazkur anjumanda ―O'zavtosanoat‖, «GM Power Train», «JV MAN Auto-
Uzbekistan», 
«UzMinda», 
«Huawei 
Technologies», 
«O‘zeltexsanoat», 
«UzClaasAgro», «Doychekabel», «Iskratel» hamda nufuzli xorijiy kompaniyalar 
vakillari ishtirok etdilar. Seksiya majlisida mazkur kompaniyalar faoliyatlariga 
bag'ishlangan taqdimotlari namoyishi bo'lib o'tdi.Seksiya majlisi «Uzavtosanoat» 
aksiyadorlik kompaniyasi vakil o'rinbosari Umid Salimovning maruzasi bilan 
boshlandi.O'zbekistonda ishlab chiqaruvchilarni xususiy tadbirkorlikka hamda 
kichik va o'rta biznes sub'ektlarini jalb etish avtomobilsozlikni rivojlantirish va 
ishlab chiqarish salohiyatini oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan biridir. 
Ushbu yo'nalishda ―O'zavtosanoat‖ aksiyadorlik kompaniyasi 3,5 mingdan 
ortiq ishchi mehnat qilayotgan 200 dan ziyod kichik va o'rta ishlab chiqarish 
korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini yo'lga qo'ygan. Ta'kidlash joizki, ayni 
paytda mahsulot yetkazib beruvchi ushbu korxonalar qatoridan joy olishni istovchi, 
mamlakat ichki bozorida faoliyat ko'rsatayotgan qator korxona, xususiy 
tadbirkorlar soni tobra ortib bormoqda. 
Yuqori malakali kadrlar - avtomobilsozlik sohasini rivojlantirishning ustuvor 
yo'nalishlaridan hisoblanadi. Oliy o'quv yurtlari va bo'lg'usi ish beruvchilar 
o'rtasidagi hamkorlikda mutaxassislar bugungi kadrlar va kasb-hunar kollejlari 
bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash masalasini hal etishning zarur yo'nalishi deb 
baholashmoqda. 

49 
Ayni paytda ―O'zavtosanoat‖ AK tarkibiga kiruvchi 54 ishlab chiqarish 


korxonasiga 76 mashinasozlik va sanoat kollejlari, ―Agrotexservis‖ MCHJ ning 
155 korxonasiga 245 qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan kollejlar biriktirilgan.Shu 
asnoda 50 mingdan oshiqroq talaba yoshlar ishlab chiqarish amaliyotini mazkur 
korxonalarda o'tash imkoniga ega bo'ldilar. 
Korxonalarga biriktirilgan o'quv yurtlariga ishlab chiqarish uskunalari, 
maxsus kiyim-boshlar, ehtiyot qismlar, turli adabiyotlar, o'quvchilarni issiq ovqat 
bilan ta'minlash va boshqa ehtiyojlar uchun zarur mablag' ajratildi. 
Mazkur forumda «O‘zeltexsanoat» kompaniyasining ham taqdimoti 
namoyish qilindi. 
Bugungi kunda mamlakatimiz elektrotexnika sanoati iqtisodiyotning deyarli 
barcha tarmoqlariga o'z mahsulotlarini yetkazib bermoqda. Yangi yakka tartibdagi 
modellar ishlab chiqishdan tortib uskunalarni montaj qilish va ularga texnik xizmat 
ko'rsatishgacha bo'lgan turli xizmatlarni ko'rsatmoqda. 
Kabel-o'tkazgichli mahsulotlar, past voltli apparatura, shchit qurilmalari, 
liftlar, transformatorlar, elektrotermik uskunalar, shuningdek, turli elektron texnika 
buyumlari, asboblar, aloqa jihozlari va maishiy texnika – fan-texnika yutuqlari 
asosida hammasi bo'lib 2000 dan ortiq nomdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda. 
―O'zeltexsanoat‖ uyushmasi tizimida 35 korxona faoliyat yuritmoqda. 2013-
yil yakunlariga ko'ra, mazkur korxonalar tomonidan 988,1 milliard so'mlik 
mahsulot ishlab chiqarildi va xizmatlar ko'rsatildi, 2012-yilga nisbatan o'sish 126 
foizni tashkil etdi. 254 milliard so'mlik iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi. 
Uyushmaning marketing, ishlab chiqarish, eksport salohiyatini va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Xurshid 
Yusupovning aytishicha, ishlab chiqarish hajmlarining ortishi bilan ichki bozorda 
import mahsulotlar o'rnini bosish va eksport ko'rsatkichlari ham yaxshilanmoqda. 

50 
Xususan, 2013-yilda ―O'zeltexsanoat‖ korxonalari tomonidan ishlab 


chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti hajmi 2012-yilga nisbatan 126 foizni tashkil 
etdi. 
Prezident Islom Karimovning 2011 yil 29 iyulda qabul qilingan ―Sanoat 
kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar 
ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish bo'yicha 2011-
2013-yillarga mo'ljallangan chora-tadbirlar to'g'risida‖gi qaroriga muvofiq 
uyushmaning deyarli barcha korxonalarida yangi turdagi import o'rnini bosuvchi 
raqobatbardosh 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqarishni 
o'zlashtirish 
maqsadida 
modernizatsiya ishlari davom ettirilmoqda.
"O'zavtosanoat" AK VI Xalqaro sanoat 
yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining birinchi bosqichi doirasida berilgan 
ma'lumotlariga ko'ra, kompaniyaning barcha modellari bo'yicha mahalliylashtirish 
darajasi 50% dan oshdi. 20 ta qo'shma korxonalar bamperlar, o'rindiqlar, lok-
bo'yoq mahsulotlari, yoqilg'i baklari, jgutlar, oynalar va boshqalarni ishlab 
chiqarishni mahalliylashtirilgan. Asakadagi bosh avtozavodiga 98 ta butlovchi 
qismlar hamda detallarni yetkazib beruvchidan 76 nafari kichik biznes hamda 
xususiy tadbirkorlik subyektlaridir.[15] 
Korxonaning dastlabki quvvati yiliga 2000 ta avtotransport vositalari ishlab 
chiqarishga imkon bеradi.Avtomobillar dastlabki bosqichda Samarqand avtomobil 
zavodi hududida yig'iladi. 
""MAN Nutzfahrzeuge" kompaniyasi ilg'or Еvropa tеxnologiyalari va 
tеgishli tеxnik xizmat ko'rsatishni tatbiq etishdan tashqari, "JV MAN Auto-
Uzbekistan" mahsulotlarini o'zining distribyutorlik tarmoqlari orqali MDH 
davlatlariga eksportga chiqarishga ham ko'mak bеradi. O‘zbekiston iqtisodiyoti 
uchun an‘anaviy ixtisosli soha hisoblangan Qishloq xo‘jaligi mashinasozli: ―TTZ" 
OAJ 2012 yilda umumiy ishlab chiqarish hajmi 98 mlrd. so'm bo'lgan 15 ta 
mahalliylashtirish loyihasini amalga oshirildi. 2011 yilga nisbatan kutilayotgan 
o'sish sur'ati 189%ni tashkil qiladi. Bu haqda VI Xalqaro sanoat yarmarkasi 

51 
vaKooperatsion birjaning birinchi bosqichi doirasida "Toshkent traktor 


zavodi"OAJ boshqarma boshlig'i Marat Jumaev e'lon qildi. 
Mahalliylashtirish dasturi O'zbekistonning qishloq xo'jaligi mashinasozligi 
sohasidagi yetakchi korxonasining rivojlanishida muhim o'ringa ega. Zavod TTZ-
80.11, TTZ-80.10 paxtachilikka oid universal chopiq traktorlarini, PTS-4793A-
03A traktor pritseplarini, shuningdek ehtiyot qismilarini hamda ishlab 
chiqarayotgan 
texnikasiga 
xizmat 
ko'rsatishga 
ixtisoslashgan.
Qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqarishda sanoat kooperatsiyasi doirasida 
mashinasozlik korxonalari tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 
mahsulotlari, detallari va butlovchi qismlaridan keng foydalaniladi. Yetakchi 
hamkorlar – "O'zavtosanoat" AK korxonalari, "Agregat zavodi" OAJ, "Texnolog" 
OAJ va uning sho''ba korxonalari, "Chirchiqqishmash", elektrotexnika sanoati 
korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari. Traktor zavodi 
po'lat va cho'yan quyma, qoliplaydigan buyumlar, moy, bo'yoq, polietilen va 
boshqalardan foydalanadi. "O'zavtosanoat" AK korxonalari bilan sohalararo 
kooperatsiya bo'yicha zavod akkumulyatorlar, oynalar, radiatorlar, elektr 
uskunalari elemetnlari, sim jgutlari,o'rindiqlar va boshqalrni xarid qiladi.
2013 yilda 2010 yil mart oyida "TTZ" OAJ tarkibida tashkil qilingan "Uz 
Slaas Agro" O'zbekiston-Germaniya qo'shma korxonasi qishloq xo'jaligi 
texnikasini mahalliylashtirish darajasini 50% gacha yetkazishni rejalashtirmoqda. 
U g'allani o'rib-yig'ib oladigan kombayn, press-saralovchilar, pichan yig'uvchi 
texnika va 150 dan ortiq ot kuchiga ega traktortorlarni ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan.Taqdim qilingan axborotga ko'ra, O'zbekiston dalalarida bugungi 
kunda 1000 dan ortiq Dominator-130 g'allani o'rib-yig'ib oladigan kombaynlar 
ishlamoqda, ularning 600 tasi "Uz Slaas Agro" QK tomonidan 2010 dan 2012 yilga 
qadar ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari, O'zbekistonda O'zbekiston-Germaniya 
qo'shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan qariyb 200 ta toyli press-
saralovchilar ishga tushirilgan. 

52 
2013 yilda qo'shma korxona, shuningdek yirik hajmli bog'lamalar – g'alla 


bunkeri, listlangan prokatdan qoplama va panelli detallarni ishalb qiarishni 
mahalliylashtirishnirejalashtirmoqda."Uz 
Slaas 
Agro" 
QK 
da 
amalga 
oshirilayotgan modernizatsiya va texnik qayta jihozlash ishlari doirasida yangi 
bichuv-tayyorlash, payvandlash uskunasi va zarur asboblar xarid qilinmoqda. 
Uning montaji joriy yilning III choragida amalga oshiriladi, oktabr-noyabr oylarida 
esa 2014 yilda ishlab chiqarish dasturi doirasida butlovchi qismlar va detallarni 
ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Ikkinchi bosqichda yanada murakkab 
bog'lamalrni mahalliylashtirish ko'zda tutilgan. 
Qishloq xo'jaligi mashinasozligi sohasidagi yetakchi korxona – "TTZ" 
OAJda 
mahalliylashtirish 
chuqurlashtirilmoqda. 
Bugungi 
kunga 
kelib, 
O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan MAN avtomobillari uchun yarim pritsepli 
texnikani, yengil avtomobillarni tashish uchun avtotashuvchilar va konteynerlarni 
tashish 
uchun 
yarim 
pritseplarni 
tayyorlash 
o'zlashtirildi. 
Ilgari "Toshkent traktor zavodi" OAJ va "O'zavtosanoat" AK 2012-2014 yillarda 
sinov tartibida "Toshkent traktor zavodi" OAJ mahsulotlarini "Avtosanoat 
Agromashsavdo" MCHJ rasmiy distribyutor bilan bitimi imzolash orqali savdoni 
tashkil qilish to'g'risida qaror qabul qilganlar. Distribyutorga "Toshkent traktor 
zavodi" OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi texnikasi savdosini 
tashkil qilish huquqi berilgan. U, shuningdek mintaqalarda faoliyat ko'rsatayotgan 
"Agrotexservis" korxonalari negizida qishloq xo'jaligi texnikasini ularning 
foydalanish tavsiflarini namoyish qilgan va mexanizatorlarni o'qitgan holda sotish, 
servis xizmati ko'rsatish va ta'mirlash, ehtiyot qismlar bilan ta'minlashga doir 
kompleks xizmatlar ko'rsatish bo'yicha "Toshkent traktor zavodi" ochiq 
aksiyadorlik jamiyati talablariga muvofiq zarur texnik va texnologik asbob-
uskunalar bilan jihozlangan tegishli infratuzilmani tashkil etadi. 
Qishloq xo'jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchisining rasmiy distribyutori 
tomonidan avans tarzida moliyalashtirish (qiymatining kamida 70 foizi hajmida) 
ko'zda tutilgan. Shu bilan birga, ritmik ishlab chiqarish va respublikada ishlab 

53 
chiqarilayotgan qishloq xo'jaligi texnikasi zamonaviy marketing metodlarini 


qo'llagan holda sotishni tashkil qilish, sifatli xizmat ko'rsatish uchun qo'shimcha 
sharoitlar yaratilmoqda.Hukumatning 2 maydagi "Qishloq xo'jaligi texnikasi 
yetkazib berish va respublika mintaqalarida ularga servis xizmati ko'rsatish 
samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorida 
qayd qilinishicha, qo'llanilayotgan chora-tadbirlar mahalliy qishloq xo'jaligi 
mashinasozligi 
korxonalarining 
moliyaviy 
ahvolini 
barqarorlashtirishga 
yo'naltirilgan. 
Hozirda MDH mamlakatlarida O'zbekiston avtomobil sanoatining 250 dan 
ortiq dilerlari faoliyat ko'rsatmoqda hamda yuk avtomobillari va maxsus 
mashinalar ishlab chiqarayotgan ―JV MAN Auto – Uzbekistan‖ qo'shma korxonasi 
Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog'iston, Afg'oniston kabi mamlakatlarda 
o'z mahsulotlari sotuvi yo'lga qo'yilgan. 
Avtomobillar uchun zarur ko'plab detallarni ishlab chiqarishni o'zlashtirish 
ustida mashinasozlarimiz muntazam ish olib bormoqda. Avtomobil oynalari va 
o'rindiqlari, bamperlar ,avtomobil salonining ichki qoplash qismlari, lak-bo'yoq 
materiallari, tutunchiqargichlar va zarbaga qarshi balkalar, yonilg'i baklari, tashqi 
yoritish vositalari, jgutlar, avtomobil elektr o'tkazgichlari, akkumulyatorlar, 
g'ildirak disklari va shassi uzellari, yonilg'i nasoslari, generatorlar, kompressorlar 
ishlab chiqaruvchi va boshqa o'nlab korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. 
―O'zavtosanoat‖ aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar mamlaka-
timizdagi ikki yuzdan ziyod korxona bilan kooperatsiya aloqalarini yo'lga qo'ygan. 
Avtomobilsozligimiz rivojida yangi davrni mashinalar uchun kuch 
agregatlari ishlab chiqarayotgan ―General Motors Powertrain Uzbekistan‖ 
korxonasining tashkil qilinishi boshlab berdi. Bunday noyob ishlab chiqarish 
korxonalari dunyoning sanoqli mamlakatidagina mavjud bo'lib, zavodda 1,5 litr va 
1,2 litr sig'imdagi yangi avlod dvigatellari ishlab chiqarilmoqda. ―GM 
O'zbekiston‖ mahsulotlariga ushbu korxonada tayyorlangan dvigatellar o'rnatilishi 

54 
natijasida korxonaning qo'shimcha qiymatida mahalliylashtirish ulushi 82 foizga 


yetgan. 
2012 yil davomida Andijon shahridagi ―O‘zavtoaustyom‖ ―O‘zxanvu‖ 
Farg‘ona 
shahridagi 
―Uzsangvuinjeniring‖, 
Namangan 
shahrida 
―O‘zavtosanoatplast‖ Toshkent shahridagi ―Banner print‖, ―Agregatavto 
komplekt‖ korxonalarda 100 turga yaqin turdagi butlovchi qismlar ishlab chiqarish 
yo‘lga qo‘yildi ―Uzavtosanoat‖ aksiyadorlik kompaniyasi, GMPT Uzbekiston 
avtomobillar ishlab chiqarish 200 korxonalaridan hisoblanadi. 
O‘zbekistonda GMUzbekistan (shevrolet turkumi), MAN Uzbekistan ( yuk 
avtomobillari ishlab chiqarish ), San Avto ( ―Isuzu‖ ) korxonalar muvaffaqiyatli 
faoliyat olib borilmoqda. Bu holat avtotransport vositalariga bilanshaxsiy tijoriy 
talabning ortib boryotganinidan dalolatdir. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotidayuz berayotgan jiddiy sifat o‘zgarishlari alohida 
e‘tiborga sazovordir. 
Yurtimizda qabul qilingan 2011-2015 yillarda sanoatni ustuvor darajada 
rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qolish, texnik va 
texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi 
natijasida sanoat tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan, raqobatdosh 
mahsulotlar ishlab chiqarishi tobora ortib bormoqda. 
2013 yilda yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik sanoati 121 % 
ga o‘sgani misolida buni yaqqol ko‘rish mumkin.
Telekommunikatsiya uskunalari, kompyuter texnikasi va mobil‘ telefonlar, 
keng turdagi mishiy elektronika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi zamonaviy 
korxonalar tashkil etilmoqda. Iqtisodiyotimizning deyarli barcha tarmoqlari 
modernizatsiya qilinib, amalda texnologik jihatdan yangilanmoqda. Ana shunday 
o‘zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi hozirgi 
vaqtda 24,2 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Holbukiy bu ko‘rsatkich 2000 yilda 

55 
14,2 foizdan iborat edi. Hech shubhasiz, bu borada sanoat kooperatsiyasi asosida 


tayor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materialar ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha bajargan ishlarimiz muhim rol‘ 
o‘ynaydi. So‘ngi 3 yilda mamlakatimizda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab 
chiqarish hajmi qariyb ikki barobar oshdi. Faqat o‘tgan yilning o‘zida 450 ta 
korxonada mahalliylashtirish dasturi asosida 1 ming 140 ta loyiha amalga oshirildi. 
Buning natijasida ishlab chiqarish hajmi 1,2 barobar ko‘paydi va import o‘rnini 
bosish bo‘yicha yakuniy samara 5 milliard 300 million AQSH dollarini tashkil 
etdi. Bugungi kunda ―Jizax‖ maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab 
chiqarish va muhandislik-komunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish 
bo‘yicha faolishlar olib borilmoqda. O‘tgan yilning o‘zida mazkur zona hududida 
Xitoy kompaniyalari ishtirokida 100 ming dona mobil‘ telefon ishlab chiqarildi 
Yurtimizdagi oilalarni uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar 
bilan ta‘minlash borasidagi ahvol ham tubdan o‘zgardi. Xonadonlarni xolodil‘nik, 
konditsioner, televizor, mobil telefon va boshqa zamonaviy maishiy texnika 
vositalari bilan ta‘minlash darajasi oshmoqda. Ayniqsa, so‘ngi yillarda aholining 
o‘zimizda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar bilan ta‘minlanish darajasi 
o‘sgani e‘tibolidir. Agar 2000 yilda har yuzta oilaga o‘rtacha 20 ta yengil 
avtomobil to‘gri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 41,4 tag yetdi. 
Korxonalarda modernizatsiya va ishlab chiqarish faoliyatini tiklash 
jarayonlarini amalga oshirish uchun 316 milliard so‘m hajmidagi investitsiya 
kiritildi va buning natijasida 9 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. 
Shu bilan birga, bugungi kunda 140 dan ortiq korxona zarar ko‘rib 
ishlamoqda. Ularning 67 tasi yirik korxonalar bo‘lib, 10 tasi sanoat sohasiga, 
jumladan , Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va elektr texnika sanoatitarmoqlariga 
tegishli. 
Masalan: 
Toshkent 
traktor 
zavodi, 
―Agregat 
zavodi‖, 
―Chirchiqqishloqmash‖, ―O‘zpaxmash‖ ochiq aksiyadorlik jamiyatlari og‘ir 

56 
moliyaviy ahvolga tushib qolgan.Yildan yilga mashinalar rusumi takominlashib 


borib, eksport qilayotgan davlatlar soni ortib bormoqda. 
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mamlakatimizda Sog‘lom bola yili, 
deb e’lon qilingan joriy yilda “GM Uzbekistan” kompaniyasi yana bir yangi 
avtomobil – “Chevrolet Orlando” oilaviy minevenini ishlab chiqarishni yo‘lga 
qo‘ydi. 
“O‘zavtosanoat” 
aksiyadorlik 
kompaniyasi 
mutaxassislarining 
ta’kidlashicha, bu mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati jadal rivojlanib 
borayotganidan dalolat beradi(4-rasm). 
O‘rta o‘lchamdagi yetti o‘rinli yangi avtomobil “Chevrolet Cruze” rusumidagi 
sedan platformasi asosida yaratildi. “General Motors Korea” jamoasi tomonidan 
ishlab chiqilgan ushbu ixcham avtomobil o‘ziga xos ajoyib dizayni bilan ajralib 
turadi.Xorazm viloyatida ishlab chiqarilayotgan ushbu avtomobil 141 ot kuchiga 
ega, 100 kilometrga o‘rtacha 7,9 litr yonilg‘i sarflaydigan tejamkor dvigatel va olti 
pog‘onali avtomatik transmissiya bilan jihozlangan.“Chevrolet Orlando” 
shinamligi, salonining kengligi va yuk tashish imkoni mavjudligi bilan ham 
e’tiborlidir. Buyumlarni qo‘yishga mo‘ljallangan maxsus joylarning ko‘pligi 
haydovchi va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Priborlar paneli esa 
ko‘plab vazifalarni bajara oladi. 
Avtomobil old va yon tomondan xavfsizlik yostiqchalari, boshqaruv rulining 
past-balandligiga qarab tormozning o‘z-o‘zidan blokirovkaga tushib qolishiga 
qarshi tizim, orqa tomonni ko‘rish uchun yon ko‘zgular, old o‘rindiqlarni to‘rt 
tomonga ham moslaydigan funksiyalar bilan ta’minlangan. Shuningdek, yomg‘ir 
datchigi, harorat, tezlikni haydovchi ishtirokisiz nazorat qilish qurilmalari va 
boshqa qulayliklarga ega.“General Motors”ning eng so‘nggi yutuqlarini o‘zida 
mujassam etgan zamonaviy “Chevrolet Orlando” o‘zining ajoyib dizayni va 

57 
xavfsizlik tizimi, yuksak texnik xususiyatlari bilan nafaqat O‘zbekiston, balki xorijlik 


xaridorlarga ham manzur bo‘ladi. 

58 
Avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi shu soha uchun qo’shimcha 


mutaxasislar tayorlash zaruratini tug’dirdi.Bu holat Asakada avtomobilsozlik kolleji 
tashkil etilishi, Andijon muhandislik iqtisodiyot institutining mashinasozlik 
institutiga aylantirilganligi sabab bo’ldi. 
Download 38,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish