Massiv turlari; Massiv o‘lchamlar



Download 0,75 Mb.
bet1/21
Sana14.01.2022
Hajmi0,75 Mb.
#360920
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2) 6- ma'ruza matni (1)


6- MA’RUZA
MAVZU: MASSIVLAR. BIR O’LCHOVLI VA KO’P O’LCHOVLI MASSIVLAR. MASSIV ELEMENTLARINI SARALASH USULLARI
Reja:

  1. Massiv tuShunchasi;

  2. Massiv turlari;

  3. Massiv o‘lchamlar.


Annotatsiya: Ushbu mavzuda massiv tuShunchasi, uning turlari, elementlari, o‘lchamlari, elementlarga qiymat o‘zlashtirish va ularni qayat qanday ishlash usullari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Massiv, index, manzil, element.


  1. Massiv tushunchasi

Biz bu bobni massiv ma’lumotlar turini tanishtirishdan boshlaymiz. Massivlar bir necha qiymatlarni yigʻish uchun C++ da asosiy mexanizm hisoblanadi. Quyidagi bo‘limlarda siz massivlarni qanday aniqlashni va massiv elementlaridan qanday foydalanishni o‘rganib olasiz. Vektorlarni aniqlash deylik siz qiymatlar ketma -ketligini o‘quvchi va ketma-ketlikni chop etuvchi dastur yozmoqchisiz, buning uchun siz eng katta qiymatni quyida berilgan ko‘rinishda belgilang:

32

54

67.5

29

34.5

80

115 <= eng katta qiymat

44.5

100

65

Bu qiymatlarni barchasini ko‘rmasdan turib, siz qaysi birini eng katta qiymat deb belgilash kerakligini bilmaysiz. Oxir oqibat, oxirgi qiymat eng kattasi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, dastur chop etishdan oldin birinchi navbatda barcha qiymatlarni saqlab olishi kerak. Har qaysi qiymatni alohida o‘zgaruvchida oddiygina saqlasangiz bo‘lmasmidi? Bilsangiz, o‘nta o‘zgaruvchini ya’ni qiymat 1 (value1), qiymat 2 (value2), qiymat 3 (value3), …, qiymat 10(value10 )larni o‘nta o‘zgaruvchida saqlovchi o‘nta kirituvchi mavjud. Biroq, bunday o‘zgaruvchilarning ketma - ketligi foydalanish uchun noqulay. Siz, har qaysi o‘zgaruvchi uchun oddiy kodni o‘n marotaba yozishingizga to‘gʻri keladi. Bu muammoni hal etish uchun massivdan foydalaning: qiymatlar ketma - ketligini saqlovchi struktura (tuzilma).

Xotirada ketma-ket (regulyar) joylashgan bir xil turdagi qiymatlarga massiv deyiladi.


  1. Massiv turlari

Odatda massivlarga zarurat, katta hajmdagi, lekin cheklangan miqdordagi va tartiblangan qiymatlarni qayta ishlash bilan bogʻliq masalalarni echishda yuzaga keladi. Faraz qilaylik, talabalar guruhining reyting ballari bilan ishlash masalasi qo‘yilgan. Unda guruhning o‘rtacha reytingini aniqlash, reytinglarni kamayishi bo‘yicha tartiblash, aniq bir talabaning reytingi haqida ma’lumot berish va boshqa masala ostilarini echish zarur bo‘lsin. Qayd etilgan masalalarni echish uchun berilganlarning (reytinglarning) tartib-langan ketma-ketligi zarur bo‘ladi. Bu yerda tartiblanganlik ma’nosi Shundaki, ketma-ketlikning har bir qiymati o‘z o‘rniga ega bo‘ladi (birinchi talabaning reytingi massivda birinchi o‘rinda, ikkinchi talabaniki - ikkinchi o‘rinda va hakoza). Berilganlar ketma-ket-ligini ikki xil usulda hosil qilish mumkin. Birinchi yo‘l - har bir reyting uchun alohida o‘zgaruvchi aniqlash: Reyting1,…,ReytingN. Lekin, guruhdagi talabalar soni etarlicha katta bo‘lganda, bu o‘zgaruvchilar qatnashgan dasturni tuzish katta qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Ikkinchi yo‘l - berilganlar ketma-ketligini yagona nom bilan aniqlab, uning qiymatlariga murojaatni, shu qiymatlarning ketma-ketlikda joylashgan o‘rnining nomeri (indeksi) orqali amalga oshirishdir. Reytinglar ketma-ketligini Reyting deb nomlab, undagi qiymatlariga Reyting1,…,ReytingN ko‘rinishida murojaat qilish mumkin. Odatda berilganlarning bunday ko‘rinishiga massivlar deyiladi. Massivlarni matematikadagi sonlar vektoriga o‘xshatish mumkin, chunki vektor ham o‘zining individual nomiga ega va u fiksirlangan miqdordagi bir turdagi qiymatlardan - sonlardan iboratdir.

Demak, massiv - bu fiksirlangan miqdordagi ayrim qiymatlarning (massiv elementlarining) tartiblangan majmuasidir. Barcha elementlar bir xil turda bo‘lishi kerak va bu tur element turi yoki massiv uchun tayanch tur deb nomlanadi. Yuqoridagi keltirilgan misolda Reyting - haqiqiy turdagi vektor deb nomlanadi.

Dasturda ishlatiladigan har bir aniq massiv o‘zining individual nomiga ega bo‘lishi kerak. Bu nomni to‘liq o‘zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati massivning o‘zi bo‘ladi. Massivning har bir elementi massiv nomi, hamda kvadrat qavsga olingan va element selektori deb nomlanuvchi indeksni ko‘rsatish orqali oshkor ravishda belgilanadi. Murojaat sintaksisi:

[]

Bu ko‘rinishga xususiy o‘zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati massivning alohida elementidir. Bizning misolda Reyting massivining alohida komponentalariga Reyting[1],…,Reyting[N] xususiy o‘zgaruvchilar orqali murojaat qilish mumkin. Boshqacha bu o‘zgaruvchilar indeksli o‘zgaruvchilar deyiladi.

Massiv indeksi sifatida butun son qo‘llaniladi. Umuman olganda indeks sifatida butun son qiymatini qabul qiladigan ixtiyoriy ifoda ishlatilishi mumkin va uning qiymati massiv elementi nomerini aniqlaydi. Ifoda sifatida o‘zgaruvchi ham olinishi mumkinki, o‘zgaruvchining qiymati o‘zgarishi bilan murojaat qilinayotgan massiv elementini aniqlovchi indeks ham o‘zgaradi. Shunday qilib, dasturdagi bitta indeksli o‘zgaruvchi orqali massivning barcha elementlarini belgilash (aniqlash) mumkin bo‘ladi. Masalan, Reyting[I] o‘zgaruvchisi orqali I o‘zgaruvchining qiymatiga bogʻliq ravishda Reyting massivining ixtiyoriy elementiga murojaat qilish mavjud.

Haqiqiy turdagi (float, double) qiymatlar to‘plami cheksiz bo‘lganligi sababli ular indeks sifatida ishlatilmaydi.

С++ tilida indeks doimo 0 dan boshlanadi va uning eng katta qiymati massiv e’lonidagi uzunlikdan bittaga kam bo‘ladi.

Massiv e’loni quyidagicha bo‘ladi:



[]={boshlangʻich qiymatlar}.

Bu erda - o‘zgarmas ifoda. Misollar:




Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish