Matniyazov Rustamboy Xudayarovich 10 sinf "Geometriya" fanidan elektron resurs ishlab chiqish


Elektron resurs yaratishga qo‘yiladigan talablar



Download 2,97 Mb.
bet6/9
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#822478
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mundarija Rustam

1.3. Elektron resurs yaratishga qo‘yiladigan talablar
Elektron ta’lim resurslari o’z-o’zini nazorat qilishning mukammal tizimini o’zida mujassamlashtirgan va kursni o’rganish modulini ta’minlashi lozim. Bundan tashqari, elektron ko’rslarni ishlab chiqishda talabalarda anglashga bo’lgan ratsional harakatlarni shakllantirish bo’yicha maxsus mashqlarni nazarda tutish lozim.
Elektron ta’lim resurslari zarur hollarda OTM tomonidan ma’lumotnoma va lug’atlar, davriy, sohaga oid va ijtimoiy-siyosiy resurslar, ilmiy adabiyotlar, xrestomatiyalar, ma’lumotlar bazasi, saytlar, ma’lumotlar tizimi, elektron ma’lumotnoma va tarmoq resurslaridagi manbalarga havolalar bilan to’ldirib borilishi mumkin.
Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan elektron ta’lim resurslari talabaning qiziqishini, imkon qadar qisqa vaqt ichida o’quv materiallarini imkon qadar mustaqil o’zlashtirishini va o’quvchining mantiqiy fikrlash va eslab qolish kabi salohiyatli imkoniyatlaridan foydalanishini ta’minlashi lozim.
Elektron ta’lim resurslari tarkibiga kiruvchi elektron darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’tilgan mashg’ulotlarni o’zlashtirish sifatini nazorat qilish uchun test materiallari, fan yoki o’quv ko’rsini o’rganish hamda nazorat va ko’rs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy tavsiyalar, o’quv (didaktik) qo’llanma va masalalar to’plamlari modullik prinsipi asosida ishlab chiqiladi.



2-rasm.O’quv modulining turlari

Barcha modullarning to’liq bayonidan so’ng nazorat ishlarining variantlari beriladi.


Har bir nazariy modul muayyan fan sohasining yakdil konseptual matnini (an’anaviy ta’lim usuli mavzusi bilan mos kelishi mumkin) o’zida mujassamlashtiradi.

3- rasm. Nazariy modul turlari.
Amaliy modul mazmuni bir tarafdan mashqli amaliy topshiriqlar qo’yishning yagona usul talablariga mos kelishi, masalalarning o’zini yaratishni ishlab chiqishning muayyan usullari asosida shakllantirilishi lozim.

4- rasm. Amaliy modul turlari.
Elektron ta’lim resurslarining amaliy moduli tadqiqot ob’ektiga bevosita muloqotga chiqmagan holda tajriba-sinov o’tkazish imkonini beruvchi virtual laboratoriyalar va hisoblash-modellashtirish vositalarini o’zida mujassamlashtiradi.

5 - rasm. Testdan o’tkazish moduli klassifikatsiyasi.
Test majmuasi o’quvchilarning bilimini mustaqil tekshirish uchun testlar hamda joriy, oraliq va yakuniy nazorat uchun testlarni inobatga olishi kerak. Yakuniy nazorat uchun test topshiriqlari tasodifiy tarzda kompyuter dasturi asosida shakllantirishga alohida e’tibor berish lozim. Shuning bilan birgalikda, test majmuasi talabaning identifiqatori, testdan o’tkazish sanasi va vaqti, test turi (joriy, oraliq yakuniy va h.) va o’quv fani (moduli) kabi maxsus, test jarayoni idenitfikasiyalovchi ma’lumotlarni qayd etuvchi test bayonnomasini shakllantirishni ta’minlashi lozim.
Elektron ta’lim resursining har bir mantiqiy elementi (moduli) va umuman resursning o’zi ro’yhat ko’rinishida yaqqol berilgan maqsadli ko’rsatmalarni mujassamlashtirgan bo’lishi lozim.
Elektron ta’lim resursi interfeysini tashkil etish va uning kompyuterda qo’llanilish samaradorligini ta’minlashga qo’yiladigan asosiy talablar: uslubning lo’nda va ilmiyligi (akademizm); elektron ta’lim resursining virtual axborot muhitida navigasiyani boshqarish vositalarining qulay bo’lishi; resursning istalgan sahifasiga chiqishning kamida ikkita usuli bo’lishi; nazariy mavzularni yoritish, amaliy topshiriqlarni bajarish hamda test savollarini shakllantirishda grafik va multimedia vositalaridan samarali foydalanish; elektron ta’lim resursi mazmuni o’rganilayotganda interaktiv (kvaziinteraktiv) va motivasiya elementlarining bo’lishi; rang tanlashning asoslanishi.
Kursga yoki amaliy ishlar topshiriqlariga oid uslubiy tavsiyalarda o’qituvchi va o’quvchining virtual muloqoti uchun tarmoq texnologiyalaridan foydalanish qoida va tartiblari yozilgan bo’lishi kerak.
Elektron ta’lim resurslarining asosiy fayllari *.html formatida yaratiladi. Qo’shimcha, yordamchi fayllar istalgan formatda bajarilishi mumkin – hujjatlar *.doc, *.pdf, *.djvu, *.rtf, *.xls, audio- va videofayllar va h. formatlarda. Rasmlar *.jpg yoki *.gif formatlarda bajariladi. Formulalar rasm ko’rinishida *.gif formatida bajariladi.
Barcha ma’lumotlar ta’lim muassasasi serveriga joylashtiriladi yoki elektron tashuvchilar (CD, DVD)ga yoziladi. Joylashtirilgan elektron-o’quv resurslarga mulkiy mualliflik huquqi ta’lim muassasasiga, mualliflik huquqi – muallif-yaratuvchilarga ta’lluqli bo’ladi.
Elektron ta’lim resurslari Internet Explorer va Netscape kabi brauzerlarining asosiy turlari bilan mos ravishda ishlashi lozim. Elektron ta’lim resurslari o’rnatilgan tartibda ekspertizadan o’tkazilishi hamda ta’lim muassasasining uslubiy kengashi tomonidan o’quv jarayonida foydalanish uchun qabul qilinishi va tavsiya etilishi lozim.


Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish