Reja: Munavvarqorining Jadidchilikga qo’shgan hissasi



Download 38,51 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi38,51 Kb.
#562773
Bog'liq
Munavvarqori Abdurashidxonov faoliyati


Mavzu: Munavvarqori Abdurashidxonov faoliyati
Reja:

  1. Munavvarqorining Jadidchilikga qo’shgan hissasi

  2. Munavvarqori Abdurashidxonovining asarlari

  3. Munavvarqori Abdurashidxonovining teatrga qo’shgan hissasi

“Munavvar” – nur olgan, nurli degani. Turkiyada hozir ham bu soʻzni ziyoli oʻrnida qoʻllaydilar. “Qori” deb Qurʼonni maromiga yetkazib oʻqiydiganni aytganlar. U Toshkentning maʼrifatli bir xonadonida tugʻilib, ismiga munosib boʻlib oʻsdi. Hujjatlardan uning Shayxontohur daha, Darxon mahallasida tugʻilib oʻsgani maʼlum boʻladi. Otasi Abdurashidxon mudarris, onasi Xosiyatxon otin boʻlgan. Munavvar onasi qoʻlida savod chiqargan. Dastlab Toshkentda Yunusxon madrasasida, soʻng Buxoroda oʻqigan. Oʻtgan asrning 90-yillari oxirlarida jadidlarga qoʻshilib, 1901 yilda Toshkentda birinchilardan boʻlib “usuli jadid” maktabi ochadi. Bu maktablar uchun “Adibi avval”, “Adibi soniy” kabi alifbo va xrestomatiyalar, “Tavjid al-Qurʼon” (“Qurʼon qiroati”), “Yer yuzi” (“Geografiya”) singari qoʻllanmalar tuzib, nashr etadi. Bu darsliklar 1901–1917 yillar oraligʻida eng kami 2-3, koʻpi 9-10 martagacha alohida-alohida holda nashr etilgan.


Munavvarqori va uning maktabi yuksak nufuzga ega edi. Masalan: shunday bir dalilni keltirish mumkin. “Oyna” jurnalining 1914 yil sonlaridan birida Mahmudxoʻja Behbudiyning Turkistonda oliy milliy taʼlim istiqboli haqida bergan mushtariylarning savoliga javobi bosilgan. Behbudiy unda Toshkentda Munavvarqorining maktabini mana shunday oliy tahsilga zamin boʻla olishi mumkinligini aytgan edi.
Oʻzbek matbuotining maydonga kelishida Munavvarqorining xizmatlari katta boʻldi. U oʻzbek matbuotining dastlabki namunasi 1906 yilda chiqqan “Taraqqiy” gazetasining tashkilotchilaridan va mualliflaridan edi. Oʻsha yili Munavvarqorining oʻzi “Xurshid” gazetasini chiqardi. Gazetaning faol mualliflaridan biri Xudoyorxonning oʻgʻli Fansurullobek edi. Mahmudxoʻja Behbudiyning ishtirokiyun (sotsialistik) partiyasini keskin rad etgan mashhur “Xayrul umuri avsotuxo” maqolasi mana shu gazetada (1906, №6) bosilgan edi. Soʻng Munavvarqori “Sadoyi Turkiston” (1914–15) ni maydonga chiqarishda jonbozlik koʻrsatdi. 1917 yilning martida esa oʻzi muharrirligida “Najot” gazetasini chiqardi. Shu yilning iyunida esa Toshkentda Ahmad Zaki Validiy tomonidan “Kengash” jurnali oʻrtaga chiqdi. Koʻp oʻtmay, uning muharrirligini Munavvarqori olib bora boshladi.
Umuman oʻzbek matbuotining maydonga kelishini ham, tarixiy taraqqiyotini ham Munavvarqorisiz, uning yuzlab ehtirosli maqolalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Munavvarqori XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy harakatchilikning, milliy ozodlik koʻtarilishining eng eʼtiborli namoyandalaridandir. Abdulla Avloniy tarjimai hollaridan maʼlum boʻlishicha, 1901 yillardan boshlab, Toshkentda mahalliy yoshlardan “Jadidlar toʻdasi” tashkil topgan edi. 1914–15 yillarda “Sadoyi Turkiston”da muharrirlik qilgan, 1909 yilda Lev Tolstoy bilan xat yozishgan advokat Ubaydulla Asatillaxoʻjayev, shoir Abdulla Avloniy, Nizomiddin Xoʻjayev kabilar bu guruhning faollari boʻlib taniddilar. Avloniy unga 1904 yilda aʼzo boʻlganini maʼlum qiladi. Munavvarqori uning asoschilaridan edi. 1909 yilda u boshqa maʼrifatparvar jadidlar bilan birga “Jamiyati xayriya” tuzadi. 1913 yilda “Turon” jamiyatini taʼsis etadi. “Maktab”, “Nashriyot” kabi shirkatlar ochadi. Jamiyatning maqsadi yerli musulmon aholisi orasida maorif – madaniyatga ragʻbat uygʻotish, ularga modsiy-maʼnaviy yordam berish, ular uchun sahna asarlari tayyorlash va koʻrsatish edi. Munavvarqori yoshlarni rivojlangan mamlakatlarda oʻqitish, shu orqali Millat va Vatanni farzandlariga tanitish, dunyoni anglatish ishlariga alohida eʼtibor berdi. 1908 yildan 1923 yilga qadar uning gʻayrat va tashabbusi bilan yuzdan ortiq turkistonlik chetda oʻqib keldi. 1920–23 yillarda bu tashabbusni Buxoroda Fitrat va Fayzulla Xoʻjayev qoʻllab-quvvatlab chiqdilar. Maʼlumotlarga qaraganda birgina 1922 yilda Olmoniyada oʻqiyotganlarning soni 60 ga yetgan. Shulardan toʻrttasi (Jabbor Sattor, Saidali Xoʻjayev, Ahmad Shukuriy, Vali Qayumxon) toshkentlik edi.
Munavvarqori garchi teatr asari yozmagan boʻlsa-da, Turkistondagi teatrchilik ishlarining yoʻlga qoʻyilishida Abdulla Avloniy yonida turdi. 1913 yilda tuzilgan “Turon” jamiyati nizomida teatrchilik ishlari alohida taʼkidlangani, uning zaminida “Teatr” havaskorlari truppasi” tashkil topgani bejiz emas. 1914 yilning 27 fevralida Toshkentdagi “Kolizey” (hozirgi Savdo birjasi binosi)da mana shu truppa tomonidan “Padarkush” dramasi birinchi marotaba sahnaga qoʻyiladi. Tomosha oddidan Munavvarqori teatr va uning ahamiyati haqida nutq soʻzlaydi. Matbuot bu kunni “Tarixiy kun” deb eʼlon qiladi. Shoir Tavallo esa shu munosabat bilan sheʼr yozadi. Unda shunday satrlar bor edi:
Choʻh munavvar etti olamni Munavvarqorimiz,
Koʻrdimiz ravshanligʻidin feʼlimiz, atvorimiz.
Ibrat oling, yoshlar, deb toʻqdi koʻzdin yoshlar,
Nutqida tahrir edub, bizlarni yoʻqu borimiz.
Chun qoʻnguldan biz eshitduk, chin-achigʻ aytgan soʻzi,
Shuncha bidʼatlarni bilduk, voy, biz iqrormiz.
Munavvarqori adib sifatida ham maʼlum eʼtibor va nufuzga ega edi. Xususan, uning “Adibi avval”, “Adibi soniy” kitoblari darslik-majmua yoʻsinida yozilgan boʻlib, koʻplab sheʼriy va nasriy hikoyalarni oʻz ichiga olgan. Har birining soʻnggida “hissa” – xulosa chiqarilgan. Ular mavzuiga koʻra har xil. Koʻpchiligi tarixiy mavzuda. Yoʻl yoʻnalishga koʻra ibratomuz pandlardan tashkil topgan. Tili sodda, oʻqilishi qiziqarli. Masalan: “Adibi soniy”dagi ilk hikoyalardan biri “Iskandar ila Arastu” deb nomlangan. “Oʻtgan zamonda Iskandari Rumiy degan bir podshoh bor edi, – deb boshlanadi hikoya. – Oning Arastu otligʻ bir olim va dono otasi bor edi. Iskandar Arastuni oʻz yoniga bosh vazir qilub, barcha mamlakat ishlarini topshurmish edi. Bir ish qilsa, shuning maslahati ila qilur edi. Eshikdan kelsa, oʻrnidan turub, joy berur edi. Oʻzining otasidan ortuq izzat va hurmat qilurdi. Bir kun vazirlardan biri Iskandardan soʻradiki, “Na uchun Arastuni otangizdan ortuq izzat qilursiz?”
Iskandar aytdi:
“Otam goʻyoki meni osmondan yerga tushurdi. Ammo ustozim Arastu meni yerdan osmonga koʻtardi. Yaʼni otam meni dunyoga kelmogʻimga sabab boʻldi. Ustozim ilmu adab oʻrgatub, martaba va izzatimni ortmogʻiga sabab boʻldi. Shuning uchun ustozimni otamdan ortuq izzat qilurman”.
Bu hikoyadan hissa nadur? Bolalarning oʻzlari topsunlar”.
Hikoyalar orasida XX asr boshidagi tarixiy voqealar, ijtimoiy-maishiy turmush manzaralari haqida yozilganlari ham anchagana.
Maʼlum boʻlganidek, Munavvarqori badiiy adabiyot bilan yaqindan shugʻullangan ziyolilarimizdan edi.
U 20-yillarda esa tilshunoslikka oid asarlar yozdi. Uning 1925 yilda eʼlon qilgan Qayum Ramazon va Shorasul Zunnun bilan hamkorlikdagi uch boʻlimlik “Oʻzbekcha til saboqligʻi” kitobi shu yoʻldagi jiddiy ishlardan boʻldi. Mualliflar turkcha tilshunoslik atamalari endigina shakllanayotgan bir paytda shunday murakkab ishni amalga oshirgan edilar.
Lekin Munavvarqori millat tarixida birinchi navbatda jamoat va siyosiy arbob sifatida qoldi. U oʻtgan asrning 90-yillari oxiridan umrining soʻnggigacha Millat va Vatan ravnaqi, ozodligi yoʻlida kurash olib bordi. Uning butun ijodi va faoliyati mana shu ikki masala atrofida kechdi. Ayniqsa uning 17-yillardagi faoliyati qizgʻin boʻldi. U mashhur 1917 yil fevral voqealaridan qoʻp oʻtmay, oʻsha yilning martidayoq “Shoʻroyi islomiya” jamiyatini tuzdi. Milliy, diniy zaminga suyangan, shariatga asoslangan mustaqil Turkiston hukumatini tuzish gʻoyasini ilgari surdi. “Shoʻroyi islomiya”ning 16–23 aprelda Toshkentda boʻlib oʻtgan birinchi qurultoyida “Turkiston musulmon deputatlarining Markaziy Shoʻrosi” tuzilib, Munavvarqori rais boʻlib saylandi. “Markaziy Shoʻro”da Mahmudhoʻja Behbudiy, Mustafo Choʻqayev kabi tanikli maʼrifat va siyosat kishilari bor edi.
1917 yilning yoziga kelib bolsheviklar faollashdilar. Ular mahalliy ziyolilarning bir qismini, ayrim kambagʻal toifalarni oʻz izlaridan ergashtirishga muvaffaq boʻldilar. Munavvarqori bundan qattiq tashvishga tushdi. Oktyabr toʻntarishini tashvish va sarosima bilan kutib oldi. Qoʻqon (Turkiston) muxtoriyatining qizgʻin tarafdorlaridan boʻldi. Muxtoriyat xoinona bostirilgandan keyin xalqni uygʻotish, koʻzini ochish yoʻllarini qidirdi. 1918 yilning bahorida Turkiston xalq dorilfununining musulmon boʻlimini tuzdi. Shu yilning mayidan dekabriga qadar ushbu musulmon xalq universitetining rektori vazifasini bajardi, til bilimidan dars berdi, ulkan tashkiliy ishlar olib bordi. Turkistondagi zamonaviy oliy taʼlimning maydonga kelishida oʻzining munosib hissasini qoʻshdi. 1919 yilda “Turkiston komissiyasi” tuzilib, Maskov nazoratni qoʻlga ola boshlagach, Munavvarqori ishdan boʻshatildi. 1920 yilda Buxoroda xalq jumhuriyati oʻrnatilgach, uni Buxoroga chaqirib oladilar. Buxoroda amir hokimiyati agʻdarilganda u Bokuda Sharq xalqlari qurultoyida edi. Bokudan qaytgach, Buxoro xalq maorifiga ishga yuboriladi. Lekin toʻrt oy oʻtar-oʻtmas, 1921 yilning 20 martida Toshkentga chaqirib olinadi. Ikki oycha ishlagandan soʻng, qamoqqa olinadi. Toʻgʻri, u 1917 yilning oktyabridan keyin oʻzining shoʻrolarga qarshi kurashini yashirin ravishda davom ettirgan. Buni uning qoʻlyozma holida qolgan xotiralari ochiq-oydin koʻrsatadi. Jumladan, Oktyabr arafasida “Ittihod va taraqqiy” jamiyatida qatnashgani, jamiyat sovet davrida ham faoliyat koʻrsatgani maʼlum boʻladi… Biroq koʻp oʻtmay Munavvarqori qamoqdan chiqariladi va yana oʻqituvchilik qila boshlaydi.
20-yilning oʻrtalaridan jadidchilikka munosabat oʻzgara boshlagach, Munavvarqoriga ham hujum boshlanadi. Shunga qaramasdan u oʻz yoʻlidan qaytmaydi. 1917 yilgi Toshkent okrug madaniyatchilarining qurultoyida jadidchilikni himoya qilib chiqadi. Ikkinchi marotaba Munavvarqorini 1929 yilda qamoqqa oddilar. Unga millatchilik aybi qoʻyiladi va 1931 yildaxalq dushmani sifatida otib tashlandi.
Munavvarqorining qatl qilinishi Stalin qatagʻonining birinchi toʻlqinini boshlab bergan edi.
Munavvarqori uzoq yillar davomida dushman sifatida qoralanib kelindi. Uning tariximiz, madaniyatimiz rivojidagi xizmatlarini oʻrganish va taqdirlash ishlarining hammasi oldinda turibdi.
O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining yo‘lboshchisi, XX asr o‘zbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib, shoir, murabbiy, muharrir, ma’rifatparvar, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li 1878 yilda Toshkent shahrining Shayx Xovand Tohur dahasi Darxon mahallasida mudarris oilasida tug‘ildi. Otasi Abdurashidxon Sotiboldixon o‘g‘li mudarris, onasi Xosiyat otin Xonxo‘ja Shorahimxo‘ja mudarris qizi otinoyi bo‘lgan. U oilada uchinchi o‘g‘il bo‘lib, katta akalari A’zamxon (1872—1919) va Muslimxon (1875—1954) muallim bo‘lishgan. Otasidan yosh yetim qolgani tufayli dastlabki ta’lim-tarbiyani onasidan olgan. So‘ng o‘z davrining mashhur o‘qituvchisi Usmon domladan ilmi qiroat va tajvidni o‘rganib, hofizi Qur’on bo‘lgan. 1885—90 yillarda Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil olgan, ammo tahsilni oxiriga yetkazmay, Toshkentga qaytib, Darxon masjidida imomlik vazifasini bajaradi.
Munavvar qori XIX asrning oxiridan boshlab jadidchilik harakatlarida faol ishtirok eta boshladi. 1901 yilda o‘z hovlisida, keyinchalik Toshkentning turli dahalarida jadid maktablarini ochadi.
1904 yildan ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotga aralasha boshlagan. 1906 yildan «O‘rta Osiyoning umrguzorligi, taraqqiy», «Taraqqiy» gazetalarida adabiy xodim. Shu yili noshir va muharrir sifatida «Xurshid» gazetani tashkil etgan. «Shuhrat» (1907), «Tujjor» (1907), «Osiyo» (1908) gazetalarini g‘oyaviy boshqargan va adabiy xodim vazifasini bajargan. So‘ng «Sadoyi Turkiston» (1914—15) gazetasida mas’ul muharrir muovini, «Al-isloh» jurnali (1915—17)da muharrir, «Najot» va «Kengash» (1917) gazetalarida mas’ul muharrir.
U 1909 yili Toshkentda "Jamiyati xayriya" uyushmasini tuzadi va "Turon" nomli jamiyatni ochadi. Munavvar qori 1906-yilda dastlabki o‘zbek matbuoti namunalaridan biri "Xurshid" gazetasini nashr etdi. Keyinchalik "Najot", "Kengash" gazetalarida bosh muharrir, "Sadoyi Turkiston"da esa bo‘lim muharriri bo‘lib xizmat qiladi.
Sho‘ro davrida u o‘zining ochiq ma’rifiy ishlarini va yashirin siyosiy harakatlarini davom ettirdi. 1918 yilning aprelida Turkiston xalq dorilfununining asoschisi va rektori etib saylanadi. Uning sa’y-harakati bilan 1918 yil 2 iyunda dorilmuallimin ish boshlaydi. U 1918 yilda "Turk o‘chog‘i" ilmiy-ma’rifiy jamiyatini tashkil qiladi.
Munavvar qori 20-yillarda o‘zbek yurtining mustaqilligi uchun kurash vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan "Milliy ittihod" va "Milliy istiqlol" yashirin tashkilotlariga rahbarlik qilgan.
Munavvar qori turli jamiyat va uyushmalar tashkilotchisi. U «Jamiyati Imdodiya» (1909), «Turon» (1913), «Turkiston kutubxonasi» (1914), «Umid» (1914), «Maktab» (1914), «Ko‘mak» (1921) jamiyat, tashkilot, shirkat va uyushmalarida muassis, muovin, rais, a’zo. Sho‘rolar hukumati davrida Xalq dorilfununi sho‘rosining raisi, Turkiston Maorif xalq komissarligi turk sho‘‘basining ish yurituvchisi (1918), Toshkent shahar maorif noziri, Sharq xalqlari s’ezdi (1920, Boku) delegati va hay’ati a’zosi. BXSR Maorif nozirligi vaqf bo‘limi boshlig‘i (1920—21), Toshkent shahar ijtimoiy tarbiya bo‘limi mudiri (1921), Akademmarkaz raisi (1922), Navoiy nomidagi maktab, Narimonov nomidagi pedagogika texnikumi, ayollar pedagogika institutida muallim (1923 — 25), Samarqand shahar muzeyida ilmiy xodim, O‘zbekiston osori-atiqalarni saqlash qo‘mitasining Toshkent-Farg‘ona bo‘limida mas’ul kotib (1927-28).
Munavvar qori bir qancha darslik muallifidir. Uning «Adibi avval» (1907), «Adib us-soniy» (1907), «Usuli hisob», «Tarixi qavm turk», «Tajvid» (1911), «Havoyiji diniya», «Tarixi anbiyo», «Tarixi islomiya» (1912), «Yer yuzi» (1916—17), 4 qismdan iborat «O‘zbekcha til saboqligi» (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon bilan birga, 1925—26, 4-qismi musodara qilingan) darsliklari bir necha marta chop etilgan. 1914 yilda taraqqiyparvar o‘zbek shoirlarining she’rlarini jamlab, «Sabzavor» nomi bilan nashr etgan.
Munavvar qori ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shug‘ullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina she’rlari o‘sha davrdagi matbuot va o‘zi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u o‘tkir publitsist adib sifatida tanilgan. Maqolalarida inson va jamiyat, din va dindorlik, axloq, mustamlakachilik va xurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi masalalariga alohida e’tibor qaratgan.
Munavvar qori o‘z faoliyati davomida pedagogik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik bilan cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan, shu sababli mustamlaka hukumati tomonidan bir necha bor hibs qilingan.
Yevropa savdo-sanoat, ilm-fanini o‘rganishga chaqirgan, ma’naviy qoloqlikni qoralagan. U vijdon erkinligini inkor etmagan dunyoviy demokratik davlat tarafdori bo‘lgan. Shu sababli Qo‘qon shahrida tashkil topgan Turkiston muxtoriyatini (1917) qo‘llab-quvvatlagan. Umr bo‘yi o‘z vatanini mustaqil ko‘rishni istagan.
20-yillarning o‘rtalarida milliy ziyolilarni ta’qib qilish kuchayishi natijasida Munavvar qori hamma lavozimlardan chetlashtiriladi. Biroq hatto qatag‘on ham Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘lini istiqlol g‘oyalaridan qaytara olmadi.
U 1929 yil 6 noyabrda qamoqqa olinib, Moskva shahridagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan. 1991 yilda rasman reablitatsiya qilingan.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q T: “Sharq” 1998

  2. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddas. T: “O’zbekiston” 1996

  3. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi T:, 5 T: “O’zbekiston” 1997

  4. Norqulov N.Jo’raev I.O’zbekiston tarixi.T.: «SHarq»2000y.

  5. Ibrat I.Farg’ona tarixi.T.: «Kamalak»1991yil.

  6. Ibroximov A..Bizkim o’zbeklar.T.: «SHarq»1999y.

  7. Ziyoev H. Turkistonda Rossiya tajavuzi va xukmronligiga qarshi kurash. T.: «SHarq»1998y.

Download 38,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish