Matnli masalalar ustida ishlash metodikasi. Masalalar ustida ishlash metodikasining umumiy vazifalari


Ikkinchi sinfdagi masalalarning turlari



Download 1,05 Mb.
bet5/16
Sana23.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#405496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Matnli masalalar ustida ishlash

Ikkinchi sinfdagi masalalarning turlari.

Ikkinchi sinfda yechiladigan masalalarning bir qismi o’quvchilarga oldindan ma’lum bo’lgan turli xildagi masalalarni takrorlashdan iborat. Bir qismi esa yangi tushunchalarni solishtirishga ya’ni necha marta orttirish va necha martta kamaytirish, karrali solishtirish tushunchalari bilan murakkablashtiriladi. Bu murakkablashtirish bilan bog’liq bo’lgan shakl almashtirishlar o’rganiladi. Bu yangi shakl almashtirishlardan ba’zilariga tipik masalalar deyiladi. Masalan vaqtga tegishli bo’lgan masalalar alohida guruppa tashkil etadi. Ular maxsus metodik yo’l bilan yechishni talab etadigan xususiyatga ega.

Bundan tashqari 1) shuncha ortiq va kam, shuncha marta ortiq va kam ifodalari bilan qo’llaniladigan masalalar 2) tipik masalalar 3) vaqt masalalari.


  1. Shuncha ortiq va shuncha kam, shuncha marta ortiq va kam ifodali masalalar.

100 ichida qo’shish va ayirishni o’rgatishda o’quvchilar shunday masalalar yechadiki, bu masalalarda shuncha ortiq va kam ifodalari uchraydi. Masalan, fermerda 95 ta sigir bo’lib, oldingi yildagiga qaraganda 37 ta sigir ortiq. Oldingi yili fermerda qancha sigir bo’lgan?

O’qituvchi yo’naltiruvchi savollar bilan o’quvchilarga bu masalani yechishga yordam beradi.

Bu yil fermerda qancha sigir bor?

95 ta


Oldingi yilgi sigirlarning soni haqida nima bilasiz.

Sigirlarning soni bu yilga qaraganda kam?

Qancha kam?

37 ta kam.

Bundan keyin o’quvchilar maslani yangi formada takrorlaydilar. Bu yil fermerda 95 sigir bor, o’tgan yili bundan 37 sigir kam bo’lgan. O’tgan yil fermerda qancha sigir bo’lgan? Ayirishga doir taqqoslash masalalarida masalan, qancha ortiq va qancha kam tushunchasining o’rniga qancha uzun qancha qisqa, qancha baland qancha past, qancha og’ir qancha yengil va shunga o’xshash savollar kiritilishi mumkin.

Ikki va uch amalli masalalarni yechishda ayirmali taqqoslash oxirgi o’rinlarda ishlatiladi.

Ayirmali taqqoslashga doir quyidagi namunalarni keltirish mumkin.


  1. Ikkita qo’shish va ayirishga doir taqqoslash masalalari. Bir yashikda 37 kg, ikkinchi yashikda 49 kg konfet bor edi. Birinchi yashikka yana 34 kg ikkinchisiga 19 kg konfet soldilar. Qaysi yashikdagi konfetlar og’ir, og’ir bo’lsa qancha ortiq

1) 37 kg+34 kg=71 kg

2) 49 kg+19 kg=68 kg

3) 71 kg-68 kg=3 kg


  1. Ikkita ayirish bilan ayirishli taqqoslash. Masala: Bir idishda 38 l, ikkinchi idishda 48 l sut bor edi. Birinchi idishdan 12 l ikkinchi idishdan 29 l sut oldilar. Qaysi idishdagi sut oz qoldi va qancha ozaydi?

1) 38 l-12 l=26 l

2) 48 l-29 l=19 l

3) 26 l-19 l=7 l


  1. Ikkita ko’paytirish bilan ayirmali taqqoslashga doir masalalar.

Kitob 9000 so’m, bir pochka qog’oz 4000 so’m turadi. 2 ta kitobmi yoki 4 pochka qog’oz qimmatmi va qancha qimmat?

  1. 9000·2=18000 so’m

  2. 4000·4=16000 so’m

  3. 18000-1600=2000 so’m

Javob: 4 ta kitob qimmat va 2000 so’m qimmat.

Sonni bir necha marta ko’paytirishga tegishli masalalar jadvalli ko’paytirishni o’rganish vaqtida beriladi. Ularning orasida, bir necha birlik orttirishga doir masalalarni o’rganish ham lozim bo’ladi. Bunday masalalarga na’munalar quyidagilar:

O’quvchilar 8 ta yashil bayroqcha yasadilar. Yashil bayroqchalarga qaraganda 4 ta ortiq qizil bayroqchalar yasadilar. Yashil bayroqchalarga qaraganda 4 marta ortiq sariq bayroqchalar yasadilar. Bolalar hammasi bo’lib qancha bayroqcha yasadilar.

Yashil bayroqcha _______ 8 ta

Qizil bayroqcha _______ 4 ta ortiq

Sariq bayroqcha _______ 4 marta ortiq


  1. 8+4=12 qizil bayroqcha

  2. 8·4=320 ta sariq

  3. 8+12+32=54 ta

Sonni bir necha kamaytirishga doir masalalar, teng bo’laklarga bo’lish bilan bog’liq holda beriladi. Bunga: shuncha kam va shuncha marta kam ifodalariga tegishli masalalar bilan berilishi maqsadga muvofiq. Masalan:

21 pochka yaltiroq qog’oz, undan 3 pochka kam albom qog’oz, yaltiroq qog’ozga qaraganda 3 marta kam oq qog’oz sotib oldilar. Hammasi bo’lib necha pochka qog’oz sotib olganlar?

Karrali taqqoslashga tegishli uch amalli masalalarga quyidagi namunalarni keltiramiz:


  1. Ikkita karrali bilan karrali taqqoslashga doir masalalar.

2400 so’mdan 4 ta daftarmi yoki 600 so’mdan 8 ta daftar qimmat?

  1. Ikkita bo’lish bilan karrali taqqoslashga doir masalalar. Masala: kir yuvuvchi 8 soatda 24 kg ko’ylak mayka yuva oladi. Kir yuvuvchi mashinasi esa 2 soatda 96 kg ko’ylak - mayka yuva oladi. Mashina bir soatda, kir yuvuvchiga qaraganda necha marta ortiq yuvadi.

Karrali taqqoslash bilan birga qancha ortiq yoki qancha kam ifodali masalalarni ham yechish maqsadga muvofiq. Masalan: 6 qop kartoshka ekdilar. Bir uchastkadan 36 qop, ikkinchi uchaskadan esa 12 qop kam kartoshka oldilar. Ekilganiga qaraganda qancha marta ortiq kartoshka olganlar?

  1. 36-12=24 qop

  2. 36+24=60 qop

  3. 60:6=10 marta ortiq kartoshka olganlar.


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish