Matnli masalalarni yechishda kasbiyga yo’naltirib o’qitish. Harakat, o’shash almashtirish,gomotetiyaga doir masalalarni yechishda kasbiyga yo’naltirib o’qitish



Download 8,63 Kb.
bet1/3
Sana23.07.2022
Hajmi8,63 Kb.
#841067
  1   2   3
Bog'liq
матнли масалалар амалий 1


Matnli masalalarni yechishda kasbiyga yo’naltirib o’qitish .Harakat, o’shash almashtirish,gomotetiyaga doir masalalarni yechishda kasbiyga yo’naltirib o’qitish
Matematika о‘qitishda alohida e’tibor masalalar tizimiga qaratilishi lozim, chunki fikrlash jarayoni kо‘p hollarda masalani yechish jarayonida amalga oshiriladi. U bir tomondan о‘quvchiga tadqiqot о‘tkazish va matematik tushunchalarni sifatli yoki mantiqiy asosda tashkil etish imkonini berishi kerak, ikkinchi tomondan, matematik tushunchalar tizimi shakllanishini ta’minlashi va nihoyat, о‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadigan jozibaga ega bо‘lishi kerak. Matematik masalani yechganda, inson kо‘plab yangi ma’lumotlarni oladi: masalada tasvirlangan yangi vaziyat bilan tanishadi, matematik nazariyani masalani yechishda qо‘llash orqali masalani yechish uchun zarur bо‘lgan matematikaning yangi nazariy bо‘limlari va yechishning yangi usulini о‘rganadi. Shuningdek masalalarda qо‘llaniladigan mantiqiy vositalardan farqli bо‘lgan vositalarga murojaat qiladi, matematik obyektlar о‘rtasidagi yangi aloqalarni va ularning real voqelik bilan aloqalarini ochadi.
Matnli masalalar mazmunida mamlakat taraqqiyotida о‘z о‘rniga ega bо‘lgan barcha sohalar qamrab olinadi.
Matnli masalalarni tо‘g‘ri, tez va oson yecha bilish о‘quvchidan chuqur bilim va kо‘nikma talab qilish bilan birga, ularni kelgusida mustaqil hayotga tayyor bо‘lishlarida muhim ahamiyat kasb etadi, nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq qila bilishlarida muhim bosqich vazifasini о‘taydi. О‘quvchilarning mantiqfiy fikrlash qobiliyatini о‘stirish, mushohada yuritish doirasini kengaytiradi.
Matnli masalalar matematika о‘qitishda amaliy yо‘naltirilganlikning, matematikaning fizika, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari va boshqa о‘quv fanlari bilan fanlararo aloqadorligini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Matnli masalalar berilishi, mazmuni va mohiyatiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
1)Konsentratsiya va protsent tushunchasi bilan bog‘liq bо‘lgan masalalar;
2)Harakatga bog‘liq masalalar;
3)Tenglama yoki tengsizliklar tuzib yechiladigan masalalar;
4)Butun qiymatli о‘zgaruvchili masalalar.
Matnli masalalarni yechish uchun avvalo masalaning matematik modelini tuzish kerak.
Dastlab, “model” tushunchasining o’zi nimadan iborat ekanligini aniqlashtirishimiz lozim bo’ladi. Sababi, bu tushunchaga turli ma’nolar berish mumkin.
“Model” termini lotincha “modulus”, “modus” dan kelib chiqib, o’lchov, shakl, usul ma’nosini anglatadi. Model keng ma’noda voqelikning biror qismini soddalashtirilgan va ko’rgazmali shaklda tasvirlovchi hayolan yoki amalda yaratilgan tuzulma kabi tushuniladi. Matematik model (modellashtirish) deganda tabiatda, jamiyatda bо‘layotgan turli hodisa, jarayonlarning matematik tushunchalar, formulalar, tenglama va tengsizliklar orqali ifoda etilishini tushunamiz.

Download 8,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish