Mavjudotlarning modda va issiqlikning aylanma harakatdagi oʻrni va ahamiyati


Ozuqa zanjiri. Organik moddalar muvozanati



Download 14,1 Kb.
bet2/3
Sana22.06.2022
Hajmi14,1 Kb.
#690399
1   2   3
Bog'liq
Biologik va biokimyoviy harakatlar

Ozuqa zanjiri. Organik moddalar muvozanati

Fotosintez — biologik o'rin almashishni asosini tashkil etadi. Modda va energiyani kelgusi harakati ozuqa zanjiri bilan bog'liq. Har bir zanjir bo'g'ini organizmlar guruhidan iborat bo'lib, o'z o'rnida ular kelgusi bo'g'in uchun ozuqa manbai hisoblanadi.


Ozuqa zanjiriga har xil organizm turlari kiradi. Sodda, noorganik birikmalarni iste’mol qilish hisobiga birlamchi organik mahsulotni yaratuvchi organizmlar avtotrof organizmlar, produtsentlar deyiladi. Yashil o'simliklar va bir qator bakteriyalar fotosintetik avtotrof organizmlar bo'lib ular faoliyati Quyosh energiyasini o'zlashtirish hisobiga amalga oshadi. Boshqa bir qator bakteriyalar xemosintetik avtotrof organizmlar hisoblanib, ular o'zlariga kerakli energiyani noorganik birikmalarni oksidlanishi natijasida ajragan energiyadan oladilar.
Organizmlarning boshqa yirik guruhi — geterotrof organizmlar bo'lib, ular tayyor organik moddalarni iste’mol qilish hisobiga yashaydilar. Bunday organizmlar konsumentlar deyiladi. Bu guruhga bakteriyalarning asosiy qismi, zamburug‘lar va hayvonot dunyosi kiradi. Hayvonlar o ‘z o'rnida о‘txo'rlar va yirtqichlar guruhiga ajratiladi. Hayvonlaming ko‘pchiligi ham
o‘txo‘rlar, ham yirtqichlar guruhiga kiradi.
Zamburug‘lar va ba’zi bir bakteriyalar saprofitlar bo'lib, ular organik qoldiqlar va organizm chiqindilarini iste’mol qiladi. Ular redutsentlar hisoblanib organik birikmalami sodda mineral holatga keltiradilar. Geterotrof organizmlarning yana bir qismi parazitlar guruhi bo'lib unga bir qator o'simlik va hayvonlar kiradi.
Ozuqa zanjiri har doim avtonom emas, boshqa ozuqa zanjirlari bilan bog'lanib ketgan. Ozuqa zanjirini bir bo'g'inidan ikkinchi bug'iniga borgan sari energiya miqdori kamayib boradi. Lekin faqat o'simliklargina emas, balki hayvonlar va mikroorganizmlar ham organik moddani vujudga keltiradilar. Vujudga kelgan bunday organik mahsulot ikkilamchi mahsulot bo'lib o'simliklar vujudga keltirgan biomassaga nisbatan bir necha bor kam. Shunday bo'lishiga qaramasdan, vujudga kelgan ikkilamchi organik mahsulotning ahamiyati juda katta, chunki u biotsenozdagi muhim zanjirlardan biri va odam uchun ozuqani vujudga keltiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Vujudga kelgan organik mahsulot o'simliklarni bir qismi qurigan paytdan boshlab parchalana boshlasa, qolgan qismi o'simlik butunlay qurigan va organizmlar o'lgandan keyin astasekin redutsentlar faoliyati natijasida minerallasha boradi yoki ko'milib ketib ko'mir, torf va boshqa yonuvchi foydali qazilmalarga aylanadilar. Umuman olganda organik moddaning muvozanati quyidagilar bilan belgilanadi:
1. Biomassa — tabiiy kompleksdagi hamma tirik organizmlarning umumiy massasi.
2. O'lik organik mahsulot — qurigan o'simliklar va o'lgan hayvonlaming yeryuzidagi, torf gorizonti, o'rmon to'shagidagi massasi.
3. Organik mahsulot — m a’lum vaqtda vujudga kelgan organik mahsulot massasi.
4. Xazon — ma’lum vaqtda qurib yerga tushgan organik mahsulot.
5. Toza mahsulot — organik mahsulot bilan xazon tafovuti.
Organik modda balansi va ular orasidagi nisbat tabiiy muhit xususiyatlariga qarab har joyda har xil boiadi. Eng katta tafovut okean va quruklik orasidagi biomassada ko‘zga tashlanadi. Okean biomassasi quruqliknikiga nisbatan 200 barobar kam, lekin yillik mahsuldorlik orasidagi tafovut uncha katta emas, quruklikdagi yillik biomassa okeandagiga nisbatan 2,25 barobar ko‘p. quruqlikda yillik organik mahsulot 1,8° 10" t, okeanda esa 0,8°10"t. Quruqlikdagi yillik biomassani umumiy biomassaga nisbati 0,069, okeanda esa 11,4 ga teng. Boshqacha qilib aytganda quruqlikda yiliga umumiy biomassaning 7% ga yaqini vujudga kelsa okeanda yillik biomassa bir vaqtda mavjud boigan biomassaga nisbatan 11 barobar ko‘p. Okeanning maydoni quruqlikka nisbatan 2,43 barobar ko‘p bo‘lgani uchun ma’lum maydondagi mahsuldorlik quruqliknikiga nisbatan 5,5 barobar kam.
Quruqlikdagi organik mahsulotni taqsimlanishida bir qator qonuniyatlar ko'zga tashlanadi. Eng ko‘p biomassa o'rmonlarda to'plangan bo'lib, uning miqdori 1 m2da nam tropik o‘rmonlarda 70 kg, nam subtropik o'rmonlarda 45 kg, igna bargli o‘rmonlarda 35 kg ni, dashtlarda esa 1,3—2,5 kg ni tashkil etadi. Savannalarda biomassa miqdori kamayib 2 — 4 kg ni, dashtlarda esa 1,3 — 2,5 kg ni tashkil etadi. Cho‘l va tundrada esa bu ko'rsatkich yanada kam. Tundra, ch o ‘l va dasht zonalarida umumiy biomassani 80% gacha qismi yer ostiga to ‘g‘ri kelishini esda tutish lozim, sababi muhitning noqulayligi hisoblanadi. Eng ko‘p yillik biomahsulot nam tropik o'rmonlarda (2,5—3,5 kg/m2) bo'lsada, bu ko'rsatkich savanna va dashtlarda ham undan uncha kam emas.
Organik moddaning minerallashish tezligini qurigan organik mahsulotni xazonga nisbatidan ko'rish mumkin. Bu ko'rsatkich butali tundrada 92 ga, Taygada 10—20 ga, keng bargli o'rmonlarda 3—4 ga, dashtda 1—1,5ga, subtropik o'rmonlarda 0,7, nam tropik o'rmonlarda 0,1 ga teng. Ko'rinib turibdiki tundra va Taygada qurigan organik mahsulotni minerallanishi juda sekin ro'y beradi, chunki past harorat hukmronlik qilgani sababli mikroorganizmlarning faoliyati juda sust. Minerallanish jarayoni dasht va savannalarda ancha shiddatli bo'ladi. Bu jarayon nam va issiq tropik o'rmonlarda juda tez amalga oshadi. Yuqorida ko'rsatilgan organik mahsulotni hududiy umumiy muvozanati, asosan har bir joyning issiqlik-namlik rejimi bilanchambarchas bog'liq. Demak, issiqlik va namlik fotosintez jarayonining tezligiga, biotsenozlarning tarkibi va turiga minerallanish darajasining tezligiga katta ta’sir ko'rsatadi. Okeandagi biomassa va mahsuldorlik darajasiga boshqa murakkabroq omillar ta’sir ko'rsatadi. Okean biomassasining asosiy qismi (74%) zooplantonlardan iborat. Ammo yillik biomassaning asosiy qismini (96%) fitoplangton beradi. Okeandagi biomassani asosiy qismi shelf zonasida va boshqa ozuqaga boy joylarda to'plangan.

Download 14,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish