Mavjudotlarning modda va issiqlikning aylanma harakatdagi oʻrni va ahamiyati



Download 14,1 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2022
Hajmi14,1 Kb.
#690399
  1   2   3
Bog'liq
Biologik va biokimyoviy harakatlar



Mundarija

  1. Mavjudotlarning modda va issiqlikning aylanma harakatidagi о ‘rni va ahamiyati...................................................................................................3

  2. Ozuqa zanjiri. Organik moddalar muvozanati........................................4

  3. Biokimyoviy aylanma harakatlar.............................................................6

  4. Xulosa......................................................................................................13

Foydalanilgan adabiyotlar......................................................................14

Mavjudotlarning modda va issiqlikning aylanma
harakatdagi oʻrni va ahamiyati
Organik moddaning vujudga kelishi va uni parchalanish jarayonida biosferadagi mineral moddalar, suv, har xil gazlar va energiya harakatga keladi, birjoydan ikkinchi joyga ko'chadi. Miqdor nuqtayi nazardan bunday harakat uncha katta emas, lekin organizmlar bilan bog'liq holda modda va energiyani joy almashishi geografik qobiq uchun haddan tashqari muhim ahamiyatga ega, chunki bu jarayon geografik qobiqda qaytarib bo'lmaydigan o'zgarishlarni amalga oshiradi.
Tirik organizmlarning faoliyati hamma geosferalami tuzilishiga katta ta’sir ko'rsatdi: atmosfera tarkibidagi karbonat angidridining asosiy qismi organik birikmalar tarkibiga jalb etiladi. Shu jarayon ta’sirida yer yuzasida katta miqdorda kimyoviy energiya to'plandi, atmosferada erkin kislorod miqdori ko'payib ozon ekrani vujudga keldi, hosildorlik hususiyatiga ega bo'lgan, o'ziga xos biokos tizim— tuproq vujudga keldi, yer po'stining yuqori qismida organizmlar qoldig'iga boy cho'kindi tog' jinslari to'plandi.
Bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan organik moddaning vujudga kelishi va parchalanish jarayoni moddalami aylanma biologik o'rin almashishini vujudga keltiradi. Agar bu o'rin almashishga kimyoviy elementlami (uglerod, azot, kislorod, vodorod, kalsiy, fosfor, temir va hokazo) migratsiyasi sifatida qaralsa, bunday o'rin almashishni biokimyoviy o'rin amlashish desak bo'ladi.
Biologik o'rin almashish fotosintez jarayoni bilan chambarchas bog'langan. Natijada energiyaga boy kuchli qaytaruvchi xlorofill organik birikma va kuchli oksidlantiruvchi element — kislorod vujudga keladi. Fotosintez bilan bir vaqtda o'simliklarda qarama-qarshi jarayon — nafas olish amalga oshadi. Yaxshi rivojlanayotgan fitotsenozlarda fotosintezda vujudga kelgan organik moddaning miqdori nafas olish jarayonida parchalanayotgan moddaning miqdoriga nisbatan ko'p bo'lishi kerak. Bu ko'rsatkichlar orasidagi yillik tafovut yillik fotosintez mahsuloti yoki yillik biomassa deyiladi.
Geografik qobiqda modda va energiyaning biologik o'rin almashishidan tashqari geologik o'rin almashish mavjud bo'lib, u quyidagi ko'rinishga ega.
Gidrosfera va atmosferani vujudga keltiruvchi oson harakat qiluvchi gazlar va tabiat suvlari aylanma harakatda faol ishtirok etishlari o ‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Quruqlikni vujudga keltiruvchi elementlar esa sekinroq harakat qiladi. Quruqlikni vujudga keltirgan elem entlar nurash va denudatsiya ta’sirida yer yuzasidan 80—100 mln yil ichida olib ketilishi mumkin.
Hozir quruqlikning hajmi dunyo okeani xajmini 1/12 qismini tashkil etadi. Agar tektonik harakatlar natijasida yer po‘sti koʼtarilib turmaganda bir necha geologik davr mobaynida quruqlik hajmi keskin kamayib ketgan bo‘lar edi. Tektonikkoʼtarilish va yemirilish nisbiy muvozanatining maxsuli deyish mumkin.
Umuman olganda hamma cho'kindi togʼ jinslari biosferada tirik organizmlarning ishtirokida vujudga kelgan, tektonikharakatlar natijasida bu cho'kindi togʼ jinslari metamorfik tog‘ jinslariga, bir qismi esa magma tarkibiga kirgan. Shuni hisobga olgan holda V. I. Vernadskiy yerning granit qobig‘i qadimgi biosferalar mahsuli degan g‘oyani ilgari surgan.
Yer yuzidagi mavjudotlarning issiqlikning aylanma harakatidagi o‘mi ham juda katta. Ma’lumki Quyosh energiyasi biosferaning issiqlik balansi va issiqlik kelishining asosiy manbai hisoblanadi. Kelayotgan Quyosh radioatsiyasini 22% ga yaqini bulutlar, 8% ga yaqini atmosfera tomonidan qaytariladi. 13% ga yaqin energiya ozon qatlamiga, 7% ga yaqini esa atmosferaga singadi. Shunday qilib kelayotgan Quyosh radioatsiyasining yarmiga yaqini Yer yuzasiga yetib keladi va uning issiqlik muvozanatini belgilab beradi.
Fotosintez jarayonida ishtirok etishi mumkin bo'lgan fotosintetik faol radioatsiya (FFR) ko‘k-binafsha (0,38—0,47 mkm) va qizil-sariq (0,58—0,71 mkm) nurlardan iborat bo'lib, umumiy radioatsiyaning 50% ga yaqinini tashkil etadi. Nam, doimo yashil tropik o'rmonlarda FFRning 5% ga yaqini, butun Yer yuzasi bo'yicha esa FFRning 1% ga yaqini o'simliklar tomonidan fotosintez jarayonida o'zlashtiriladi va yiliga organik birikmalarda 504*1019 Dj energiya to'planadi. Bu energiya butun jahon ishlab chiqarilishiga jalb etilgan energiyaga nisbatan 20 barobar ko'p. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan Yer yuzasida mavjudotlarning modda va issiqlikning aylanma harakatida faol ishtirok etishini ko'rish mumkin.

Download 14,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish