Mavzu : amir temur davlatida boshqaruv tizimi. Temur tuzuklari


II BOB . TEMUR TUZUKLARI ASARINING TARIXI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR VA UNING FAKTOLOGIYASI



Download 49,65 Kb.
bet4/6
Sana19.04.2022
Hajmi49,65 Kb.
#563394
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
amir temur

II BOB . TEMUR TUZUKLARI ASARINING TARIXI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR VA UNING FAKTOLOGIYASI
2.1 “Temur tuzuklari” asarining yozilishi tarixi haqidagi qarashlar va asar bilan tanishuv
“Temur tuzuklari” – Amir temurning harbiy va siyosiy faoliyatlaridan habar beruvchi tarixiy asar. “Tuzuki Temur” va “Tuzukoti Temur” nomlari bilan atalgan. Ushbu tarixiy asarni, aynan, Amir Temurning o’zi yozgan deb hisoblaydigan(balki, Temur aytib turgan va uni biror kotib yozib olgandir) olimlar va tadqiqotchilar ko’pchilikni tashkil etarkan. Bular orasida asarning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Jozef Uaytlar, mashhur turk qomusiy olimi Shamsiddin Somiy, qo’lyozmalarning yirik tadqiqotchisi Nikolay Nikolayevich Mikluxo-Maklay(1846-yil 17-iyul – 1888-yil 14-aprel; Rossiya; etnograf va sayohatchi)lar ham bor. Boshqa bir guruh olimlarning fikricha asar XVI –XVII asrlarda Hindistonda yozilgan.
Amir Temur to’g’risida uning zamondoshlari qimmatli yirik asarlar yaratganlar. G’iyosiddin Alining “Ro’znomayi G’azovoti Hindiston”(“Hindistonga qilingan g’azo urushi kundaligi”), Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” va Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma asari shular jumlasidandir. “Tuzukoti Temuriy” asrai esa bular orasida alohida ahamiyat va qiymatga ega.
“Tuzuki Temuriy” yoki “Tuzukoti Temuriy” aslida boshqa katta hajmli asarga ilova tarzida keltirilgan degan fikrlar ham mavjud. Bu mustaqil yirik asar “Malfuzoti Temuriy” yoki “Voqeoti Temuriy”(“Amir Temurning tarjimai holi”) deb atalib, uning yetti yasharligidan boshlab hikoya qiladi. Asar haqida ikki xil qarash mavjud ekan: ba’zilar bu ikki qismdan iborat bir asar deyishsa, boshqalar ikki mustaqil asarning bitta muqovaga jamlangani deb aytishadi.
“Tuzuki Temuriy”, “Malfuzoti Temuriy”, “Voqeoti Temuriy”(“Amir Temurning tarjimai holi”) deb turli nomlarda atalgan ushbu asarning ahamiyati juda kattadir. Biz buni birgina fakt bilan ham isbotlashimiz mumkin. Asarning nusxalari(qo’lyozmalari ham, toshbosmalari ham) bugungi kunda jahonning ko’pgina mamlakatlarida tarqalgan. Ushbu davlatlar sirasiga AQSH, Angliya, Fransiya, Daniya, Finlandiya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr va Yaman davlatlari kiradi. O’z-o’zidan ma’lum bo’ladiki qaysi asar qimmatli hisoblansa, shu asardan ko’proq nusxa ko’chirtirilgan. “Temur Tuzuklari” ham shunday asarlar jumlasiga kirgan. Ayniqsa, hukmdorlar bunday asarlardan o’zlari uchun nusxa k’chirtirib olishgan hamda undan faoliyatlari davomida foydalanishgan. Jumladan, Shohjahon(1628 – 1657), Muhammad Alixon(1821 – 1842) va Buxoro amiri Abdulahadxon(1885 – 1910)lar o’z kotiblariga aytib nusxa ko’chirtirib olganlari ma’lum. “ Hindistonlik muarrix Abdulhamid Lohuriyning(1654-yilda vafot etgan) “Nodshonoma”(mavlaviy Kabiriddin Ahmad va Abdurahimlar amalga oshirgan nashr, Kalkutta, 1866 – 1872-y., I jild 288-sahifa)sida bunday gap bor: hijriy 1047-yil(milodiy 1637 – 1638-yil)da Mir Abu tolib al-Husayniy at-Turbatiy degan shaxs Shohjahonga “Tuzuki Temuriy”ning forsiycha tarjimasini taqdim etgan. Podsho tarjima bilan tanishib chiqib, uni qozikaloni iste’dodli yozuvchi Muhammad Afzal Buxoriy(1651- yo 1652-yilda vafot etgan)ning qo’liga tutqazgan va Sharafiddin Ali Yazdiy(1454-yilda vafot etgan)ning mashhur “Zafarnoma” asariga solishtirib, kamchiliklari bo’lsa, tuzatib hamda xattot va muarrixlari o’zidan qo’shgan ortiqcha joylari bo’lsa, olib tashlashni buyurgan”.12
Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismda Amir temurning yoshlik yillari, ijtimoiy-siyosiy faoliyati, hokimiyatni qo’lga kiritishi, tarqoqlikka barham berishi, To’xtamishxon hamda Yildirim I Boyazidga qarshi olib borgan harbiy harakatlari, jumladan 27 mamlakatni o’ziga itoat ettirgani haqida so’z boradi.
Ikkinchi qism esa buyuk sarkardaning o’z o’g’illari va nabiralariga, bir so’z bilan aytganda, vorislariga pand-nasihat, vasiyat sifatida aytgan so’zlari va maslahatlaridan iborat. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, hukmdorning tutumi va vazifasi, vazir va qo’shin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish taktikalari, sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, amir, vazir yoki davlatning boshqa mansabdorlarini qilgan xizmatlariga yarasha taqdirlash yo’sini va boshqalar xususida gap boradi.
Asar Amir Temur davridagi o’zbek davlatchiligi tarixini o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. “Temur tuzuklari” ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski o’zbek tilida bitilganligi ma’lum. Bu usmoniy turk hokimlaridan biri – Yaman hokimi Ja’far poshsho(hukmronlik yillari 1607 – 1612-yillar ) kutubxonasida turkiy tilda yozilgan asar bilan bog’liq. “Tuzuki Temuriy” ning so’z boshida keltirilishicha, o’rta osiyolik Mir Abu Tolib al-Husayniy at-Turbatiy Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga haj safarini uyushtirgan paytda o’qishga muyassar bo’lgan hamda 1610-yilda Ja’far poshshoning buyrug’i bilan uni fors tiliga o’girgan. Bizgacha esa ana shu forsiy nusxa toshbosmalar, qo’lyozmalar va zamonaviy nashrlar shaklida yetib kelgan. Al-Husayniy at-Turbatiy forscha tarjimani 1637-yilda hukmdor Shohjahon(1628 – 1657-yillar)ga topshiradi. Shohjahon esa uni Dekan viloyatining qozikaloni(yuqorida ham nomi zikr etildi) Muhammad Ashraf Buxoriyga beradi va ishonchli manbalarga solishtirib, kamchiliklarini bartaraf etishni aytadi. Shu zaylda asarning to’ldirilgan, nisbatan mukammal tahriri vujudga keladi va u “Malfuzoti Temuriy” (“Temurning aytganlari”) hamda “Voqeoti Temuriy” (“Temurning boshidan kechirganlari”) nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan ko’plab nusxalar ko’chirilganligi ma’lum. Ma’lum bo’ladiki Boburiylar saltanatida “Tuzuki Temuriy” asari asosida ikki mustaqil asar vujudga keladi va ularning keyingi asrlarda tarqalishi bilan bog’liq o’ziga xos tafsilotlar mavjud. “ “Tuzuki Temuriy” nusxasini, dastlab, Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor Devi 1779-yilda Angliyaga olib kelgan. So’ngra arab tili professori, ingliz mayori Uaytga uni ko’rib chiqish uchun topshirgan. Uayt “Tuzuki Temuriy” ning forscha matnini nashrga tayyorlagan, Devi esa uni inglizchaga o’girgan va ko’rsatkich hamda izohlar bilan ta’minlangan. Asar matni va inglizcha tarjimasi 1783-yilda angliyaning Oksford shahrida nashr etilgan”.13
“Temur tuzuklari” o’z vorislariga Temur tomonidan qoldirilgan pand-nasihat ruhidagi tarixiy asar ekanligini aytdik. Xo’sh, bunday ruhdagi asarlar yozishni Temur boshlab berganmi? Ya’ni tuzuk yozish, faqat, Amir temur davridan boshlandimi degan savol ham tug’ilishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, tuzuk yozish odati Amir Temurdan oldin ham bo’lgan, keyin ham. Bu odat aslida xitoy va turk-mo’g’ul xonlaridan qolgan.
Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiysiyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qoʻlga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni, jumladan, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonni oʻz tasarrufiga kiritishi, Oltin Oʻrda hukmdori Toʻxtamish, turk sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini mustahkamlash uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda boʻlganligi buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan.
Ikkinchi qism mashhur jahongirning farzandlariga atalgan oʻziga xos vasiyat, pandnasihatlari va oʻgitlaridan iborat. Unda davlatni idora etishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qoʻshin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliklarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash yoʻsini va boshqa xususida gap boradi.
Asar Amir Temur davridagi oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganishda asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. "Temur tuzuklari" ("Tuzuki Temuriy")ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski oʻzbek tilda bitilganligi maʼlum. Bu usmoniy turk hokimlaridan biri — Yaman hokimi Jaʼfar Posho (hukmronlik yillari 1607—12) ning kutubxonasidagi turkiy tilda yozilgan asar bilan bogʻliq. "Tuzuki Temuriy"ning suz boshida keltirilishicha, oʻrtaosiyolik Mir Abu Tolib Husayniy alAriziy atTurbatiy Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga haj qilgan vaqtida asarni oʻqishga muyassar boʻlgan va 1610 y. Jaʼfar Poshoning topshirigʻi bilan uni fors tiliga oʻgirgan. Bizgacha ana shu forsiy nusxa tosh bosmalar, zamonaviy nashrlar va qoʻlyozmalar shaklida yetib kelgan. Husayniy Turbatiy forscha tarjimani 1637 y. boburiy hukmdor Shoh Jahonga (1628—57) tortiq qilgan. Shoh Jahon tarjima bilan tanishib chiqib, unda ayrim noanikliklar va kamchiliklar topgan hamda yirik olim, Dekan viloyatining qozikaloni Muhammad Ashraf Buxoriyni (vafoti 1652 y.) huzuriga chaqirtirib, mazkur tarjimani moʻʼtabar asarlar, xususan, Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"si va shunga oʻxshash muhim manbalarga solishtirib chiqish va shu yoʻl bilan tarjimadagi xato va kamchiliklarni bartaraf qilishni topshirgan. Muhammad Ashraf Buxoriy koʻrsatmaga koʻra, Mir Abu Tolib alHusayniy atTurbatiy nusxasini diqqat bilan tahrir qilgan. Shu zaylda asarning yangi, toʻldirilgan tahriri vujudga keladi va u "Malfuzoti Temuriy" ("Temurning aytganlari") va "Voqeoti Temuriy" ("Temurning boshidan kechirganlari") nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan koʻplab nusxalar koʻchirilgani maʼlum.
Maʼlum boʻladiki, Boburiylar saltanatida "Tuzuki Temuriy" asosida ikkita mustaqil asar vujudga kelgan va ularning keyingi asrlarda tarqalishi bilan bogʻliq oʻziga xos tafsilotlar bor.
"Tuzuki Temuriy" nusxasini dastlab Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor Devi 1779 yilda Angliyaga olib kelgan. Soʻngra arab tili prof. ingliz mayori Uaytga uni koʻrib chiqish uchun topshirgan. Uayt "Tuzuki Temuriy" ning forscha matnini nashrga tayyorlagan, mayor Devi esa uni inglizchaga oʻgirgan va koʻrsatkich, izohlar bilan taʼminlagan. Asar matni va inglizcha tarjimasi 1783 y. Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida nashr etilgan.
Aynan shu nashr dunyo mamlakatlariga keng tarkalgan va "Tuzuki Temur" yoki "Tuzukoti Temur" nomi bilan shuxrat topgan. Oksford nashri keyinchalik hech bir oʻzgarishsiz, jahonning koʻplab shaharlarida, mas., 1785 y. Kalkutta, 1868, 1963 va 1992 yillarda Tehron, 1890 y. Bombeyda chop etilgan. Bu nashrlar koʻplab mamlakatlarga, jumladan, Oʻrta Osiyoga ham tarkalgan.
Uayt va Devi nashr etgan forscha matndan taniqli sharqshunos L. Langlening fransuz tiliga oʻgirgan tarjimasi 1787 y. Parijda nashr qilindi.
1892 y. L. Langlening fransuzcha nashridan N. P. Ostroumov rahbarligida Toshkent gimnaziyasining bir guruh talabalari asarni rus tiliga tarjima qiddilar.
1968 va 1992 yillarda I. M. Moʻminov yozgan qisqa soʻz boshi bilan N. P. Ostroumov nashri chop etildi.



Download 49,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish