Mavzu : amir temur davlatida boshqaruv tizimi. Temur tuzuklari


“Temur tuzuklari” asarining xronologiya va faktologiyasi



Download 49,65 Kb.
bet5/6
Sana19.04.2022
Hajmi49,65 Kb.
#563394
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
amir temur

2.2 “Temur tuzuklari” asarining xronologiya va faktologiyasi
Demak, biz bu qismda “Temur Tuzuklari”14 ning, aynan, faktologiya va xronologiyasiga to’xtalib o’tamiz. Shuning uchun yuqorida keltirib o’tilgan ayrim fakt va ma’lumotlar yana takrorlanishi mumkin (lekin bu zarar qilmaydi). Asar qachon birinchi marta e’lon qilingan, qaysi tillarga tarjima qilindi, nima uchun ancha vaqtgacha sir tutilgan va shu kabi bir qancha savollarga imkonimiz boricha javob topishga harakat qilamiz.Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra, asar dastavval Amir Temurning ona tili – eski o`zbek tilida yozilgan. Sharafiddin Ali Yazdiy ham Amir Temur davrida uning hayotidagi muhim voqealarni o`z ichiga olgan turkiy va forsiy asarlar mavjud bo`lganini aytadi. Shu paytga qadar Amir Temur faoliyati haqida uning hayotligida bitilgan turkiy tildagi asar bizgacha yetib kelmaganidan, bu o`rinda so`z “Temur tuzuklari” haqida borayotganini taxmin qilish mumkin.
Bugun bizgacha yetib kelgan xilma-xil qo`lyozmalar hajmi, tarkibi, uslubi nuqtai nazaridan bir-biridan farqlanadi. Bizga yetib kelgan qo`lyozmalarning eng qadimgisi XVII asrga mansub bo`lib, u Boburiylar hukmronligi davrida, Hindistonda ko`chirilgan. Kitob muqaddimasida bitilishicha, Agrada Boburiylar saroyida xizmat qilgan shoir va tarjimon Abu Tolib al-Husayniy al-Oriziy at-Turbatiy Makkai mukarramada haj amallarini bajarib, ortga qaytayotganida, Yaman hukmdori Ja`far poshoning kutubxonasida turkiy tilda bitilgan bir noyob qo`lyozmaga duch keladi. Tarjimonning yozishicha, bu asar Sohibqiron Amir Temurning etti yoshdan etmish yoshgacha bo`lgan davrida boshidan kechirgan sarguzashtlari, davlat boshqaruvi usullari, vazir va amirlari, farzandlariga hukmronlik borasida bergan maslahatlari va yo`l-yo`riqlari o`rin olgan.
At-Turbatiy bu bebaho qo`lyozmani o`zi bilan olib kelgan va uni sekin-astalik bilan forsiy tilga tarjima qila boshlagan. 1637 yilda asar tarjimasini to`la-to`kis bitkazib, uni Boburiyzoda hukmdor Shoh Jahonga (1628-1659) tuhfa etgan. "Tuzuki Temuriy" nusxasini dastlab Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor Devi 1779-yilda Angliyaga olib kelgan. Soʻngra arab tili proffesori, ingliz mayori Jozef Uaytga uni koʻrib chiqish uchun topshirgan.
Uayt "Tuzuki Temuriy"15 ning forscha matnini nashrga tayyorlagan, mayor Devi esa uni inglizchaga oʻgirgan va koʻrsatkich, izohlar bilan taʼminlagan. Asar matni va inglizcha tarjimasi 1783- yilda Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida nashr etilgan.Aynan, shu nashr dunyo mamlakatlariga keng tarqalgan va "Tuzuki Temur" yoki "Tuzukoti Temuriy" nomi bilan shuhrat topgan. Oksford nashri keyinchalik hech bir o’zgarishsiz, jahonning koʻplab shaharlarida, masalan, 1785-yilda Kalkutta; 1868, 1963 va 1992- yillarda Tehron; 1890 yilda Bombeyda chop etilgan. Bu nashrlar koʻplab mamlakatlarga, jumladan, O’rta Osiyoga ham tarqalgan. Jozef Uayt va Devi nashr etgan forscha matndan taniqli sharqshunos L. Langlening fransuz tiliga oʻgirgan tarjimasi 1787-yilda Parijda nashr qilindi.1892-yilda L. Langlening fransuzcha nashridan N. P. Ostroumov rahbarligida Toshkent gimnaziyasining bir guruh talabalari asarni rus tiliga tarjima qildilar.1968- va 1992-yillarda I. M. Moʻminov yozgan qisqa soʻz boshi bilan
N. P. Ostroumov nashri chop etildi.1968 va 1992 yillarda I. M. Moʻminov yozgan qisqa soʻz boshi bilan N. P. Ostroumov nashri chop etildi.“Temur tuzuklari” ning Devi va Uayt nashri asosida chiqarilgan toshbosma va keyingi nashrlaridan biri asosida Alixonto’ra Sog’uniy 1967-yilda Toshkentda “Tuzuki Temuriy” ni o’zbek tiliga tarjima qilgan va “Guliston” jurnalida tarjimaning faqat 30 foizi eʼlon etilgan. Asar toʻliq chop etilmaganligining sababi va 1989-yilda o’zbek tiliga qilingan yana bir tarjima xususida akademik B. Ahmedov quyidagicha fikr bildirgan: “...Oʻsha vaqtda jamiyatimizdagi mavjud ahvol, aniqrog’i rasmiy hokimiyat maʼmurlarining o’tmish tariximizni oʻrganishga boʻlgan yomon munosabati natijasida Alixonto’ra Sog’uniy tarjimasi to’la tarzda bosilib chiqmadi. Yana shuni ham qayd etmoq lozimki, tarjimaning bosilgan qismi baʼzi kamchiliklardan ham xoli emas edi. Unda, masalan, ayrim jumlalarning tashlab ketilgani aniqlangan, asl matndan chetga chiqish hollari mavjud; kishi nomlari, jo’g’rofiy atamalarda va istilohlarda g’alatiliklar bor. Muhim tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, jo’g’rofiy va etnik nomlar, turli atamalar va ularning sharhlari erkin talqin etilgan. 1989-yilda Alixonto’raning o’sha nashrini "Tuzuki Temur"16 ning Bombeyda chop etilgan forscha matniga solishtirgan holda o’zbek tilida yana bir tarjima amalga oshirildi. Uni oʻzbek sharqshunosi Habibulla Karomatov hozirlab, oldin “Sharq yulduzi” jurnalida (Toshkent, 1989-yil, 8-son), soʻngra alohida kitob holida (1991-yil) G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr ettirdi”Mazkur nashrni tayyorlashda Abu Rayqon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanayotgan 1785-yil, Kalkutta; 1868-yil, Tehron va 1890-yil Bombey nashrlari A. Sogʻuniy tarjimasi bilan solishtirilgan. Tarjima matni forsiy asliyatdan ancha farqlangani bois Bombey nashri asosida qaytadan oʻzbek tiliga oʻgirilgan va ogʻir qatagʻon davrida oʻzbek xalqiga Amir Temur toʻgʻrisidagi haqiqatni yetkazishga intilgan Alixontoʻra Sogʻuniy nomlari hurmat yuzasidan yangi tarjimada 1-oʻringa qoʻyilgan. Bu bilan 1967-yilda boshlangan xayrli ishni nihoyasiga yetkazib, marhum domlaning ruhi poklarini shod etish maqsadi koʻzlangan.Asarning "Sharq yulduzi" jurnalida chop etilgan tarjimasi asosida 1991 y. Boku va Olmaotada ham "Temur tuzuklari"ning qozoq va ozarbayjon tillaridagi tarjima kitoblari nashr etildi. 1996 y. asarning yangi tarjimasi qayta oʻzbek tilida chop etildi.1999-yilda sharqshunos Hamidulla Karomatov asarni Bombey nashri asosida 1-marta bevosita fors tilidan rus tiliga tarjima qildi.
"Tuzuki Temuriy"ning Subhon Baxshi (Dexli, 1855) va Muhammad Fazl ul-Haq (Bombey, 1908) taraflaridan amalga oshirilgan urducha tarjimalari ham mavjud."Tuzuki Temuriy" sifatida tanilgan aynan Devi va Uayt nashri dunyoning turli burchaklarida qayta-qayta nashr etilgan va ilmiy doirada ishonchga kirgani bois jahonning koʻplab tillariga tarjima qilingan. "Malfuzoti Temuriy", "Voqeoti Temuriy" va boshqa nomlar bilan tanilgan va koʻpincha adashib "Tuzuki Temuriy"ga nisbat beriladigan asar nusxasining yuzaga kelishi toʻgʻrisida arab olimi Mazhar Shihob "Temur" nomli kitobida "Tuzuki Temuriy" ning yuqorida eslatilgan ingliz va fransuz tilidagi nashrlarining soʻz boshlarini oʻrganish asosida shunday yozgan: "Va nixoyat Amir Temur malfuzotlarining Abu Tolib al-Husayniy tomonidan qilingan ushbu tarjimasidan fors tiliga oʻgirilgan boshqa 2 nusxasi (Hindistonda Shoh Jahon koʻrsatmasiga binoan, Muhammad Afzal Buxoriy tomonidan tayyorlangan nusxalar nazarda tutilmoqda) topilgunga qadar bu hol shu zaylda davom etdi". Ulardan 1nusxani Hindistonda xizmatda boʻlgan ingliz zobitlaridan biri Degʻliga moʻgʻul — musulmon sultonlari nabiralarining biridan olishga muvaffaq boʻladi. Shu boisdan ham mazkur nusxa Sultoniy nusxa (nusxai Imperoturiya) nomi bilan ataladi. Malfuzotning ikkinchi nusxasi ham Dexlidan topilib, uni ham ingliz generallaridan biri Britaniyaga olib ketadi. Yangi topilib, 1830 yilda Angliyaga olib keltirilgan ikkala nusxaning qimmatli tomoni shunda ediki, bu ikki nusxa Amir Temurning malfuzotlarini toʻla toʻkis qamragan bo’lib, ular Sohibqiron hayotini oxirgi yiligacha hikoya qilardi.
1830 y. Charlz Styuart keyin topilgan yangi ikkinchi nusxa Britaniyaga keltirilgach, tanishib chiqib, bir tarjimaning 2 nusxasi ekanligini aniqladi. Bu tarjima muallifi Hindistonda saltanat yuritgan Temuriy sultonlar davlati hokimlaridan biri boʻlgan Shoh Jahon davrida podshoh saroyida xizmatda boʻlgan mansabdor shaxslardan biri Muhammad Afzal alBuxoriy edi. Mutarjimning yozishicha, ushbu tarjimani u 1670 yilda amalga oshirgan Muhammad Afzal alBuxoriy oʻz tarjimasining muqaddimasida ishorat qilib ketgan yangi (sultoniy) nusxaga kiritilgan aksar qoʻshimchalar, Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asaridan olinganligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Shunday qilib, Muhammad Afzal Buxoriy qayta ishlagan va Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"si asosida toʻldirilgan "Malfuzoti Temuriy" deb nomlangan yangi asar vujudga keldi va tarqala boshladi. Hozirda uning nusxalari bir qancha mamlakatlar kutubxonalarida saklanmoqda. Sharq qoʻlyozmalari kataloglarining tuzuvchilaridan baʼzilari ham uni "Tuzuki Temuriy" dan farqli oʻlaroq "Malfuzot" ekanligiga ishora qilganlar. Albatta, nomlanishi "Voqeoti Temuriy", "Tanziymoti Temuriy" va boshqa shakllarda ham uchraydi. Undan tashqari keyingi asrlardagi gohida toʻla, gohida noqis nusxalarida xattotlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan kiritilgan koʻplab toʻqimalar, birinchi nusxalarda boʻlmagan voqealar tafsilotlari ham uchraydi. Bundan tashqari, zikr etilgan 2 har xil asarni "Tuzuki Temuriy" va "Tuzukoti Temuriy" nomlari bilan bir muqova ichida koʻchirib yozishgan. Shu bois hatto Yevropada va baʼzi bir sharq mamlakatlarida sharq qoʻlyozmalarining chop etilgan kataloglarida ham shunday chalkashlik koʻzga tashlanadi. Bunday kamchilik "Temur tuzuklari"ning 1991-y 1996-y. nashrlari soʻz boshida ham bor."Malfuzoti Temuriy"dan qator tarjimalar amalga oshirildi. 1830 y. Angliyada Charlz Styuart uni ingliz tiliga oʻgirdi. Unda Amir Temur hayotining 39 yoshigacha boʻlgan voqealar aks ettirilgan.
XIX asrda Oʻrta Osiyoda "Malfuzoti Temuriy"ning forsiydan eski oʻzbek tiliga qilingan 3 tarjimasi paydo boʻldi. Sharqshunos Stori katalogida keltirilgan maʼlumotga koʻra, ulardan birini 1836-yilda Qoʻqon xoni Muhammad Alixonning buyrugʻiga binoan, Xoʻjand qozisi Nabijon Mahdum Xotif amalga oshirgan. Tarjima fors tilidagi noqis nusxadan qilingan va Amir Temurning 39 yoshgacha voqealari keltirilgan. Hozir bu qoʻlyozma Sankt-Peterburgdagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.
Boshqasi, Xivada Muhammad Yusuf ar-Rojiy tomonidan 1856 – 57-yillarda "Tuzuki Temuriy" nomi bilan tarjima qilingan va yana biri "Qissai Temur" va "Malfuzot" nomlari bilan maʼlum boʻlgan Pahlavon Niyoz Devon tarafidan 1857—58 y. lar Xivada oʻgirilgan asar. Har ikkala nusxa SanktPeterburg shahrida M. Ye. SaltikovShchedrin nomidagi Rossiya davlat milliy kutubxonasida saqlanmoqda.
Nabijon Maxdumning kuplab xatolari bor eski oʻzbek tilidagi tarjimasi asosida rus sharqshunosi N. P. Ostroumov Turkiston generalgubernatori baron A. B. Vrevskiy yordamida "Malfuzot"ning turkiy matnini 1891 y. Toshkentda nashr etdi.
N.P. Ostroumov nashri asosida "Malfuzot" rus sharqshunosi Nil Likoshin tarafidan 1894 y. Toshkentda rus tiliga tarjima qilindi. 1934 y. Moskvada rus olimi V.A. Panov tomonidan Ostroumovning mazkur nashri asosida "Malfuzot"ning yangi tarjimasi nashr etildi.1992 y. Toshkentda tanikli sharqshunos Ashraf Ahmedov N.P.Ostroumov nashriga tayangan holda Sharafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"sining tanqidiy matnidan foydalanib, "Malfuzot"ning oʻzbek tilidagi zamonaviylashtirilgan erkin tabdilini amalga oshirdi. Nihoyat, "Malfuzot"ning Oʻrta Osiyoda amalga oshirilgan eski oʻzbek tilidagi tarjimalari asosida, soʻnggi yillarda, Oʻzbekiston olimlaridan H. Bobobekov, H. Boboyev, A. Quronbekov tomonidan "Tuzuki Temuriy" (ikkinchi qayta nashriga "Zafarnoma" deb nom qoʻyilgan) hamda "Qissai Temur" ("Malfuzoti Temuriy") kitoblari chop etildi.
Asarning ikkinchi qismida Temurning saltanatni boshqarishda qanday tuzuklarga amal qilganligi haqida yozilgan ekan. Temur o’z avlodlariga saltanatni shu tuzuklar asosida boshqarish ma’qul ekanligini uqtirmoqchi bo’lgan. Ammo uning nevaralari-yu avlodlari bunga amal qilganlarmi yoki yo’qmi, amal qilyaptilarmi yo yo’qmi, kim bilsin. Agarda kitobning bu qismida yozilgan tuzuklarga hukmdorlar amal qilganida xalqini va mamlakatini farog’at yo’liga olib chiqa olgan bo’lardi. Bilsangiz, ishimning boshida yozgandim, bu asarni juda ko’plab davlatlar tarjima qilganligini. Vaholanki, bugungi kunda rivojlanib ketgan davlatlarning hukmdorlari aynan shu tuzuklardan ham unumli foydalangandir. Bunga hechkim aniq kafil bo’lolmasa-da, bu ehtimoldan yiroq narsa emas.
Quyida tuzuklar orasida o’zim mohiyatini yaxshiroq tushunganlarim hamda nisbatan menga yoqqanlarini keltirib o’tmoqchiman. Ehtimol, ayrim kamchiliklari bo’lishi mumkin. Buni tajribasizlikdan deb qabul qilishlaringni iltimos qilardim.
Sipoh saqlab turish tuzugi. Amir etdimki, qachonki jang ko’rgan, suyagi qotgan asl o’n sipoh yig’ilsa, ichlaridan eng jasuri, eng botirlarini qolgan to’qqizta sipoh o’zlariga sardor etib saylasinlar va uni o’nboshi deb atasinlar.
O’n nafar o’nboshi jam bo’lsa, ichlaridan eng tajribalisi, bahodirlikda nom chiqarganini o’zlariga bosh etib saylagaylar va uni yuz boshi deb atasinlar.
O’nta yuzboshi to’plansa, ichlaridan eng aqlli, bahodir kishini, bir so’z bilan aytganda, kim o’ta munosib bo’lsa, o’shani ming boshi deb atasinlar va unga amiri hazora deb murojaat etsinlar. Bu yerda yana bir narsani e’tiborga olsak, mingboshilar amirzodalardan bo’lishi kerakligi yozilgan.
Agar qo’shin tarkibidan kimdir o’lsa yoki qochib ketsa, izsiz yo’qolsa, uning o’rniga yangisini qo’yish o’nboshilar ixtiyorida qoldirilsin deyiladi. Shu tartibda yuzboshilar o’nboshilarni, mingboshilar yuzboshilarni tayin qilsin deyiladi. Shu yerda bir ziddiy so’zlar e’tiborga tushadi. Ya’ni tuzukning boshida o’nboshini shu qism tarkibidagilar saylashi, yuzboshini esa o’nboshilar saylashi, mingboshini yuzboshilar saylashi haqida aytilgan edi, ammo tuzuk oxirida buning teskarisi aytildi. Bundan turli mulohazalar keltirib chiqarish mumkin. Balki, biz noto’gri talqin qilayotgandirmiz (lekin shuning uchun ham qandaydir qonun yoki kitob yozayotganda uni noto’g’ri talqin etilishiga yo’l qo’yadigan darchalar qoldirmaslik kerak. Buni afsus bilan qayd etish mumkinki, hozirgi aksariyat ilmiy kitoblarimizda ham, ba’zi qonunchiliklarimizda ham shunday nozik nuqtalar qoldirilgan. Bu esa o’z navbatida ulardan mansabdor shaxslar o’z manfaati yo’lida qonunni suiste’mol qilishlariga qonunan yo’l qo’yib berilishiga olib kelyapti. Har holda bu bizning ishimiz emas, mavzuda davom etamiz), ehtimol, bu yerda faqatgina kimdir o’lib qolsa yoki qochib ketsa, shoshilinch paytlarda shunday qilinishi nazarda tutilgandir.
Yana bir narsaga oydinlik kiritilmagan. Tasavvur qilamiz: o’nta askar o’ziga o’nboshi sayladi. O’nboshi o’zi bilan birga o’n kishiga rahbarlik qiladi degan xulosa kelib chiqdi. Endi o’nta o’nboshi yuzboshini sayladi, ya’ni o’zlarining ichlaridan qaysidir qism o’nboshisi yuzboshi bo’ldi. Bu degani, bitta qism o’nboshisiz qoldi yoki bitta yuzboshi bir paytning o’zida ham qism yuzboshisi, ham ma’lum bir o’ntalikning o’nboshisi bo’lib qoldi. Shu haqida biror aniqroq ma’lumotlar keltirilmagan. Biz esa o’rganib qolganimizdek, doim o’nboshilar yuzboshilar, mingboshilar degan mansablar bo’lgan va shu tartibda saylangan deb yuzaki o’qib ketaveramiz.
Tuzuk oxirida aytilgan: va yana buyurdimki urush paytlarida har bitta lavozim egasi o’zida yuqoridagi lavozim egalari buyruq va ko’rsatmalariga bo’ysunsinlar. Agarda bo’yin egmasalar, jazoga tortilsinlar.Vazirni tanlash tuzugi. Temur vazir bo’ladigan odam uchun to’rtta xislatning xos bo’lishi lozimligini yozadi. Birinchisi asllilik va toza nasllilik; ikkinchisi aql- u farosatlilik; uchinchisi raiyat holidan habardorligi, ya’ni xalq turmush tarzini qanday ekanligini aniq bilish va hushmuomalalik (aslini olganda barcha lavozim egalari hushmuomala bo’lishlari lozim. Hozirgi kunda aytmaysizmi, bir mansab egasi bo’lganidan keyin ba’zilar o’zgarib qoladi.


Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytish lozimki, buyuk sarkarda Amir Temurning davlat boshqaruv sohasida, hamda ichki va tashqi siyosatda amalga oshirgan islohotlari o`z davrida uning saltanatini yanada mustahkam bo`lishiga olib kelgan. Hozirgi kunda kundan-kun gullab-yashnab borayotgan Mustaqil O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar ham davlat boshqaruv sohasida mamlakatimizning ertangi kuniga bo`lgan ishonchni yanada mustahkamlab, buyuk davlat arbobi Amir Temur tajribasini chuqur o`rganib, amalda buyuk bobolarimiz tajribasidan unumli foydalanilayotganining isbotidir. Bu esa xalqimiz kelajagi uchun adolatli turmush tarzi yaratib berish yo`lida qilinayotgan say-harakatlarning samarasidir.
Amir Temurning qanday shaxs va davlat arbobi bo‘lganligi hamda uning sifatlari haqida juda ko‘p mualliflar o‘z fikrlarini aytganlar. Ammo aynan uni ko‘rib, suhbat qilgan kishilar Ibn Xaldun, don Klavixo hamda Temurning maslahatchisi va, ayniqsa, g‘arb mamlakatlariga yuborilgan xristian elchisi Ioann Fransiskning, hozirda Parij milliy kutubxonasida saklanayotgan xotiralari, ayniqsa, qimmatli, ishonchli dalildir. «Amir Temur fors, arab va turk tillarini biladi. Qur’on ilmi va Islom huquqshunosligi ilmida shu qadar kuchli olimki hech bir musulmon olimi u bilan munozara kilishga qodir emas, u olim va shoirlarga katta hurmat ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, uning o‘zi olim va donishmanddir».
Xulosa qilib aytganda, Amir Temur milliy g'urur, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi oliyjanob qobiliyat bilan qurollangan buyuk davlat arbobi edi. Mojar olimi Xerman Vamberi ta'kidlaganidek, O'rta Osiyoda asl turklik davri Temurdan o'rnatish. U turklarning mug'ul-xitoy dunyosining ustidan g'alabasini mujassam etib, milliy davlatga asos solgan, mamlakatning rasmiy tili turk (o'zbek) tili bo'lgan.



Download 49,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish