Mavzu : Fizika fanidan laboratoriya ishlarini bajarishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va loyihalashtirish Reja Kirish



Download 1,62 Mb.
bet1/9
Sana23.07.2022
Hajmi1,62 Mb.
#842482
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi Umidjon


Mavzu : Fizika fanidan laboratoriya ishlarini bajarishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va loyihalashtirish


Reja
Kirish…………………………………………………………………………........2


  1. Fizika fanidan laboratoriya ishlari…………………………………... .….5




  1. Fizika va kompyuter texnologiyalari……………...……………......……12



  1. Fizikadan virtual laboratriyalarni tashkil etish….…………………......15


Xulosa……………………………………………………………………….........30

Adabiyotlar………………………………………………………………….…... 32
KIRISH
Ta’lim tizimida o’quv jarayonini tashkil qilishning sifat ko’rsatkichlari bo’yich jahon andozalari darajasiga ko’tarish zamonaviy pedagogik va axborot texnolagiyalarni yurtimizda keng joriy etish metodikasini yaratish dolzarb uslubiy masalalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyasining asosini tashkil qilgan kompyuterlar hozirgi kunda jamiyatning barcha soxalarida muxim o’rin egallab bo’lgani hech kimga sir emas. Ayniqsa ilm-fan va texnikaning rivojlanishida axborotlarni to’plash qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni butunlay boshqacha ko’rinishda amalgam oshirish mumkinligini ko’rsatadi. Bunda asosiy o’rinni kompyuter texnikasi va boshqa turdagi vositalar egallaydi. Ishni bunday tashkil etish axborotlar almashinuvni tezlatishdan tashqari kerekli axborotni izlash qayta ishash va foydalanishni osonlashtiradi. Ma’lumki o’qitishning noan’anaviy interfaol uslublari butun dunyoda keng ommalashmoqda. Keyingi 50 yil ichida kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan axborot texnologiyalari ham o’zing yuqori darajasiga o’sib yetmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida o’qitishning axborot texnologiyasidan samarali qo’llash kompyuterning imkoniyatiga moslab tuzilgan o’quv-metodik materiallarning sifatiga bog’liq.
Zamonaviy axborot texnologiyalardan ta’lim tarbiya jarayonida quyidagi shakllarida foydalanish mumkin:
-muayyan predmetlarni o’qitishda kompyuter dasturlari:
-ta’lim oluvchilarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda ayniqsa fizika fanining molekulyar fizika sohasi darsliklarida to’liq yoritib berish qiyin bo’lani uchun o’quvchilar (talabalar) ga sohani tushunish qiyinchiliklar tug’diradi. Molekulyar fiizka mavzularni “kompyuterda modellashtirish” mashg’uloti va “Virtual laboratoriya” ishlari bilan to’ldirilsa fizika darslarida samaradorlik oshadi. Molekulyar fizikaga tegishli laboratoriyalarni kompyuter texnologiyasidan foydalanib online rejimda bajarishlari o’quvchilar (talabalar)ga mavzuni kengroq tushunishiga imkon yaratadi. So’ngi yillarida fizika bo’yicha yozilgan o’quv kitoblarning elektron variantlari tayyorlanmoqda Zamonaviy texnologiyalar fizik jarayonlarni o’quvchilarga (talabalarga) modellashtirish imkoniyatini beradi. Zamonaviy texnologiyalar fizika darslarida qo’llanilsa o’quvchilar (talabalar) ni izlanuvchanlikka ijodiy fikr yuritishga ish natijalarini tahlil qilishga talabalarni bilim olishini faollashtiradi, o’qitishning mazmunini differentsiallashtiradi va bilim olishini individuallashtiradi, talabalarning bilimlarini modellashga va mustaqillikga o’rgatadi, turli o’quv vositalaridan kompleks foydalanishga ko’niktiradi, kompyuter yordamida o’z bilimini tekshirishga, yo’l qo’ygan xatolarni aniqlashga va ularni tuzatishga o’rgatadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan foydalangan holda o’quv jarayonini tashkillashtirilsa o’quvchilar (talabalar) fanga qiziqish bilan yondashadilar.
Mamlakatimizda uzluksiz ta′lim tizimini yanada rivojlantirish, ta′limni barcha bosqichlarini, xususan oily ta′limni sifatini yaxshilash va xalqaro miqyosdagi raqobatbardosh mutaxasislar tayorlash ishlariga gʻoyat katta e′tibor berilmoqda. Bu borada o’quv jarayonini takomillashtirish muhim hisoblanadi. Shular jumlasidan ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan bog’liq qiyin va ko’p qirrali masalalarni yechishni talab etadi. Buning uchun muassasadagi tegishli ilmiy-metodik, tashkiliy va pedagogik imkoniyatlarni tizimli yondashuv asosida ishga solish zaruriyati yuzaga keladi. Ularning tahlili orqali aniq bir maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayoni tashkil etishga erishiladi.
Fikrimizga ko’ra, ushbu yondashuvning metodologiyasi va algortimi quyidagicha bo’lishi mumkin:
Zamonaviy ta’lim mazmuni asosida oliy pedagogik ta’lim muassasasi axborot-ta’lim muhiti maqsadini belgilash, pedagogik faoliyatda ta’lim maqsadi tizimlashtiruvchi vazifani bajaradi. Aynan belgilangan maqsad ta’lim mazmuni, maqsadi va tashkiliy shakllarini tanlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Zamonaviy ta’limning maqsadi mutaxassis modeli talablariga mos ravishda shakllantiriladigan bilim, ko’nikma va malakalar tizimidan tarkib topib, u tegishli ta’lim standartlarida o’z ifodasiga ega bo’ladi. Bundan tashqari respublikamiz kadrlar tayyorlash milliy modeli talablariga ko’ra o’quvchi shaxsi pedagogik jarayon ob’ektigina bo’lib qolmasdan, uning sub’ektiga ham aylanib boradi. Ta’lim muassasida axborot ta’lim muhiti maqsadi tayyorlanayotgan mutaxassisga bo’lajak o’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar bilan bevosita bog’liq holda ishlab chiqiladi. O’z navbatida bo’lajak o’qituvchi shaxsini shakllantirishda oliy pedagogik ta’lim muassasini bitirgandan keyingi butun faoliyati davomida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirib borishiga qaratilgan sifatlarni tarkib toptirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bevosita axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sinf darsliklari laboratoriyalarini virtual jarayonlar asosida tasavvur etishimiz va qo’llashimiz mumkin.



Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish