Mavzu : Korxonalarda moliyaviy dastaklardan samarali foydalanish yo’llari. Reja kirish



Download 54,77 Kb.
bet2/4
Sana14.07.2022
Hajmi54,77 Kb.
#799381
1   2   3   4
Bog'liq
Eshonqulov Ahmad

Kurs ishining maqsadi : Kurs ishining maqsadi shundan iboratki korxonalarda moliya tizmini qanday ishlashi . Ularni korxonaga tasirini urgansh . Moliya alohida olingan mamlakatiarda ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasini va ularning xo‘jalik hayotidagi makro- iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi.
Kurs ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi o‘ziga xos belgisi shundan iboratki, YalMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan maium maqsadlarga moijallangan turli pul mablagiari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. Davlat va mahalliy o‘z—o‘zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablagiari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xo‘jalik sub’ektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi.
Kurs ishini tuzilishi : Mazkur kurs ishi : Kirish , 2 ta bob , 6 ta reja , xulosa va adabiyotlardan tarkib topgan .


  1. Bob. MOLIYANING MOHIYATIVA FUNKSIYALARI

    1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati .

«Moliya» arabcha so‘z boiib, o‘zbek tilida «pul mablagiari» ma’nosini anglatadi. Bu so’z ona tilimizda quyidagi ko‘rinishlarda ishlatiladi:
maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo boiadigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablagiarini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya tizimi);biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablagiari (masalan, korxona moliyasi);
shunday (moliya) ishlar bilan shug‘ullanuvchi davlat organi. Arab tilidagi «mol», ya’ni «boylik, mulk; pul jamg‘armasi», shuningdek, «moliyat», ya’ni «pul mablagiari; soliq» so‘zlari ham moliyaga daxldordir.
Lug‘aviy ma’nosi jihatidan «moliya» so‘zi fransuzcha «finance», lotincha «financia» va ruscha «finansi» so‘zlarining ekvivalenti yoki maium ma’noda sinonimi hisoblanib, eng awalo, «daromad», «pul mablagiari» yoki «toiov» degan ma’nolarda ham ishlatiladi. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga boigan chtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-pul inunosabatlari sharoitida paydo boidi. Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bo‘yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (sub’ektlari) o‘rtasida maium bir munosabatlarning o‘rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana shu munosabatlar «moliya» tushunchasi orqali ifodalangan.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli ko‘rinishdagi shaxsiy toiovlar ko‘rinishicha ega boigan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining o‘zgarishiga olib keldi — ular ko‘proq ravishda pul xarakteriga ega boidi. Biroq bu munosabatiarning mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan keskin o‘zgarmay qolaverdi.
Zamonaviy tasavvurdagi «moliya» tushunchasi davlat xazinasining shakllanishi va davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichida paydo boidi.
Qayd etish lozimki, moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tasawurlar vaqt o‘tishi bilan o‘z ko‘rinishini o‘zgartirib borgan. Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksionerlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bogiiq holda tovar ishlab
Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi o‘ziga xos belgisi shundan iboratki, YalMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan maium maqsadlarga moijallangan turli pul mablagiari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. Davlat va mahalliy o‘z—o‘zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablagiari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xo‘jalik sub’ektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi.
Xo‘jalik sub’ektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus pul mablagiari fondlari shakllantiriladi. Ularni Mhakllantirish qatiy reglamentatsiya qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa moliyaviy munosabatlarning yana bir iarqlanuvchi o‘ziga xos belgiga ega ekanligini ko‘rsatadi.
YalMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, ladbirkorlik (ishbilarmonlik) daromadi, dividentlar va qayta Liqsimlashning boshqa shakllari ko‘rinishidagi o‘z hissalarini

(ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiy bo‘Igan soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash orqali aholi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bogiiq boigan pul munosabatlari tizimi ham moliyaviy munosabatlarning alohida sohasini tashkil etadi.
Shunday qilib, quyidagilar moliyaning muhim belgilaridir:

  • qiymatning tovar shaklidagi harakatiga emas, aksincha, real pullarning harakatiga bogiiq boigan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarni taqsimlashga qaratilganligi;

  • pul mablagiari harakatining, odatda, bir tomonlama yo‘nalishga ega ekanligi;

  • markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga keltirish).

Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday o‘rinni egallaganligiga bogiiq. Bir vaqtning o‘zida moliya puldan o‘zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bo‘yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalent boiib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari oichansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YalM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumenti, pul mablagiari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yoii bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablagiariga boigan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki moliyaviy resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning asosiy yo‘nalishini belgilab beradi.
Moliya quyidagilar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosa- batlarini ifodalaydi:
Tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
Markazlashtirilgan pul mablagiari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ulaming yuqori organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
Byudjet tizimiga soliqlarni toiash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
Soliqlar va boshqa ixtiyoriy toiovlarni toiash jarayonida davlat va fuqarolar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
Toiovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
Byudjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
Sug‘urta badallarini toiash va zararlarni qoplash, sug‘urta hodisasi ro‘y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosa- batlari;
korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari.
Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai mamlakatning MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat chtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining — iste’mol fondi va jamg‘arish fondining — hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish nisbatlari va tarkibiy luzilmasi aniqlanadi. Xuddi shuning uchun ham barcha mamlakatlarda MD statistikasiga katta ahamiyat berilayotir.
Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab boimaydi. Moliya MDni yaratish va undan foydalanishning ajratib boimaydigan bogiovchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etuvchi, ob’ektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining maium bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir.
Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasisiz faoliyat ko‘rsata- olmaydi. Tarixiy taraqqiyotning maium bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat davlat tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar.
Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, ko‘p jihatdan u hukumat tomonidan amalga oshiriladigan (yurgiziladigan, hayotga tatbiq etiladigan) moliyaviy siyosatga ham bogiiq boiadi.
Moliya — bu, eng avvalo, taqsimiash kategoriyasi. Uning yordamida MDni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi.
Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati «Davlat kimning hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablagiardan foydalanadi?» degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon boiadi.
Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliqva h.k.lar orqali ham amalga oshiriladi.
Tovar qiymatining pulda ifodalanishiga baho deyiladi. MD taqsimlanishidan oldin tovar realizatsiya qilinishi kerak. Baho mulkdorlarga mahsulot realizatsiyasidan kelib tushishi mumkin boigan pul mablagiarining oichamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash jarayonlari uchun boshlangich asos sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga boigan talab va taklifni tartibga soladi va shu orqali takror ishlab chiqarishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pensiya, nafaqa va hatto minimal ish haqini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega boigan ko‘rsatkich hisoblanadi. Agar davlat baholarni tartibga solmasa, ijtimoiy toiovlarni o‘zgartirishga va minimal ish haqini oshirishga majbur bo‘ladi. Hozirgi paytda dunyoningjuda ko‘p mamlakatlarida davlat ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlarning bahosini o‘zgartirayotir. Baho, shuningdek bojxonaviy tartibga solishda va bojxona daromadlarini undirishda davlat tomonidan foydalaniladi. Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari ko‘plab tovar guruhlari bo‘yicha sotib olish bahosi bo‘yicha emas, balki haqiqatdagisidan keskin farq qiluvchi normativ baholar bo‘yicha undiriiadi. Shunga mos ravishda (boshqa sharoitlar teng boigan taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar ortadi.

Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir- biri bilan uzviy bogiiqdir. Ular uzluksiz hamkorlikda korxonalar pul fondlarining keng koiamdagi doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondi harakatini ifodalaydi. Bank krediti sifatida sof ko‘rinishda tushuniladigan kredit davlatga bevosita bogiiq emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli yetarli darajada aniqlangan — bu daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish ehtiyojlarini qoplash usuli va h.k. Biroq, bir vaqtning o‘zida, kredit

  • byudjet defitsiti va byudjet — kassa uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet xarajatlarini qoplash uchun bank xizmatlari zarur boigan paytda) qoplashning muhim shakli. 0‘z navbatida, agarbyudjet mablagiari tijorat banklarining hisob varaqlarida saqlanayotgan boisa, bu banklar uchun muhim ssuda manbaidir.

Kreditmoliya (moliyalashtirish) o‘zining qaytariluvchanligiva haqliligi bilan farqlanadi. Bir vaqtning o‘zida, har ikki holatda ham ular pul mablagiarining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul munosabatlari doirasidan chetga chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar korxonalar va aholining bo‘sh pul mablagiarini akkumulyasiya qiladilar va ularni ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik va muddatlilik asosida ularga ehtiyoj sezgan korxonalarga beradilar. Agar moliya qiymatning bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan (qaytaril- maydigan shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan muddatda oldindan o‘rnatilgan foizlarni toiagan holda qaytarilishi kerak.
Yuqorida keltirib oiilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, pul tabiatiga ega boiib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgiiari xosdir. Masalan, ish haqi yetarli darajada asoslangan tarzda pulli toianma, ya’ni pul deb atalishi mumkin. Biroq, bu oddiy pul boimasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi.

Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xo‘jalikdagi moliyaviy munosabatlar lashkiliy shakllai ining majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘—lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliya tizimini boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni o‘z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi boigan moliya mexanizmi qoianiladi. Bu, eng awalo, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholining byudjet tizimi, byudjetdan tashqari fondlari, mulkiy va shaxsiy sugiirta organlari va boshqalar bilan o‘zaro munosabatlarga tegishlidir.


Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar bir-biridan ishlab chiqarish mnnosabatlari bilan farqlanadi. 0‘z navbatida yangi ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasidan kelib chiqadi. Yangi ishlab chiqarish munosabatlariga davlat Hi/ilmasi ham mos kelishi kerak. Bunda o‘zgarishlar har davlatda vuqoridagidek ketma-ketlikda va uzchil aloqada sodir boimasligi itmmkin. Lekin bujarayondagi umumiy qonuniyat xususiy holatlarga hogiiq boimaydi. Har bir ijtimoiy formatsiya va shunga muvofiq mvishda, shu tuzumdagi davlatga maium bir moliyaviy tuzilma mos keladi. Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliyaning laiqlanishi quyidagi sabablar bilan belgilanadi .



    1. Moliyaning funksiyalari .

Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon boiadi. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi:

  1. Taqsimlash;

  2. Nazorat.

Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi
Har qanday (bir) moliyaviy operatsiya YalM va MDni iaqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlashga yo‘naltirganligidadir. Shunga muvofiq moliyaning bosh yoki asosiy
Bir vaqtning o‘zida moliyaning funksiyalari xususida moliyachi-olimlar o‘rtasida linmon bir to‘xtamga kelingani yo‘q.
Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim boigan taqsimlash jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Moliya YalMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida mintaqalari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimiashning turli ko‘rinishlarini (xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug‘diruvchi ko‘p bosqichlilik xosdir.
Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, «asosiy yoki birlamchi daromadlar» deb nom olgan holatlarni yaratish (tashkil etish) yuzaga kelganda namoyon boiadi. Ularning yigindisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga boiinadi:
moddiy ishlab chiqarish sohasida band boigan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, fermerva h.k.larning daromadlari;
moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari.
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo‘jalik ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bogiangan holda MDni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar daromadlari va jamg‘armalaridan eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablagiarni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan;
ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda ishlab chiqarishdan tashqaridagi sohalarining (maorif, sogiiqni saqlash, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan;
aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan.
Yuqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki «kelib chiquvchi» daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga ishlab cliiqarishdan tashqaridagi sohalar tarmoqlaridan olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va hoshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar MDdan foydalanish horasidagi yakuniy nisbatlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.
MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, moliya MDni birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga transformatsiya o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va moliyaviy resurslar va eng iivvalo, bir tomondan pul fondlarining oichami va ularning tarkibiy (uzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarining hajmi va tuzilmasi o‘rtasidagi muvofiqlikni laininlashi kerak.
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor larmoqlarini (qishloq xo‘jaligi, transport, energetika va h.k.) i ivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta’minlangan qatlamlari (nafaqaxo‘rlar, talabalar, yolgiz va ko‘p bolali onalar va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi.
Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xo‘jalikning ishlab i liiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari sohalari, moddiy ishlab t liiqarish tarmoqlari, mamlakatning maxsus mintaqalari, mulkchilik .
Moliya yordamida amalga oshiriladigan YalM va MDni laqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab i liiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, iqtisodiyotning bozor tarkibiy liizilmasini shakllantirish, davlatni mustahkamlash, aholi keng (|iitImnlari hayotining yuqari sifatli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Hu jarayonlarda moliyaning roli kam xarajat qilib eng yuqori nit ijalarga erishish, moliya—xo‘jalik faoliyatini yanada yaxshilashda m >'jalik yurituvchi sub’ektlardagi har bir xodim va jamoaning moddiy manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga ho‘yKiindirilgan.
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:
xo‘jalik sub’ektlari, aholi, davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini shakllantirishga;
xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, shuningdek ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqaridagi sohalar, aholi ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;
xo‘jalik sub’ekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, fuqarolar jamg‘armalarini amalga oshirishga imkoniyat va shart- sharoit yaratib beradi.
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanish- ning instrumenti sifatida moliya- taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’ektiv ravishda o‘zida aks ettiradi. Uning nazorat fimksiyasi YalMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsad- ga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir.
Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana shu harakat yo‘nalishiga bog‘liq holda u jamiyatning pul mablag‘larini taqsimlashda qanday nisbatlar vujudga kelayotganligi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning o‘z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasa, moliya taqsimlash funksiyasi samaradorligini baholash qiyin kechadi. Bu holat yuqoridagi har ikki funksiya muvofiqlashtirilishi zarurligini ko‘rsatadi.
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-teXnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Moliya nazorat funksiyasiga xos muhim vazifalardan biri moliyaviy masalalar bo‘yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, hyudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va toiovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilishi va to‘g‘ri olib borilayotganini tekshirish hisoblanadi.
Moliya organlarining ko‘p qirrali faoliyatlari orqali moliya nazorat funksiyasi namoyon boiadi. Moliya tizimi va soliq xizmati xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismi bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yo‘nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari keskin o'zgaradi.
Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xo‘jalikdagi moliyaviy munosabatlar lashkiliy shakllai ining majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘—lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliya tizimini boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni o‘z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi boigan moliya mexanizmi qoianiladi. Bu, eng awalo, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholining byudjet tizimi, byudjetdan tashqari fondlari, mulkiy va shaxsiy sugiirta organlari va boshqalar bilan o‘zaro munosabatlarga tegishlidir.

    1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari .

Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlat moliyaviy siyosa- tiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqamv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi •tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lab qo‘yish maqsadga muvofiq emas.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to‘g‘risida gapiriladi.
Moliyaviy siyosat o‘z-o‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega boiib, bir vaqtning o‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar boiishi jiddiy ahamiyatga ega emas.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
Bosh maqsadni aniqlash va qo‘yish hamda jamiyat hayotining maium bir davriga xos qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechi- lishi zarur boigan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniq- lashtirish;
Qo‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal i lilmadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va aniq shakllarini i lilab chiqish;
Qo‘yilgan vazifalami yechishga qodir bo‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning bajarilishini tashkil etish.
Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, ia<|simlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo‘na!Tiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish nuimkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmuiga (yig‘indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi.
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o‘z funksiyalarini bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat organlarining maium bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o‘zida bir necha xavfni mujassam etadi. Ikining boisi shundaki, milliy xo‘jalik taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi jamiyatda hukmron tasawurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham o‘zgaradi, transformat- iyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o‘xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqabir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari bilan moliya lizimining boshqa sub’ektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari manfaatlari oitasida qarama-qar- shiliklarni keltirib chiqadi.
Masalan, ko‘plab mutaxassislar, shujumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining samarasiz ekanligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliyjihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida o‘zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini o‘zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanib qoladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi:
Birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o‘z manfaatlarini ko‘zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishi vositasi emas, balkijamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi boiishi kerak;
Ikkinchidan, daviatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organiarining emas, balki moliya tizimi barcha sub’ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
Uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosatini farqlash zarur.
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha bo‘g‘inlarida moliyaviy resurslar o‘sishini mutanosiblashtirilgan holda ta’minlash bo‘yicha davlat ijtimoiy- iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajriba- larning koisatishicha, moliyaviy resurslarning mutanosiblashtirilgan holda o‘sishi zarurligini inkor etish mamlakat moliya tizimining degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron boii- shiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning o‘ziga xos boigan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir koisatib turishgayo‘naltirilgan boiishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligini ta’minlab va davlat daromadlari manbaini ko‘paytirib, moliyaviy xo‘jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosat ana shunga yo‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushi darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning asosiy maqsadidir.
Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan bolsa, bu narsa korxona moliyaviy menejerlarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat boiishi mumkin:
Raqobat kurashi sharoitida korxonaning sogiom faoliyat koisatishiga erishish;
Yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib qutilish;
Raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka erishish;
Korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;
Korxona iqtisodiy salohiyatining o‘sish sur’atlarini barqaror stirish;
Ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish;
Foydani maksimallashtirish;
Xarajatlarni minimallashtirish;
Rentabelli faoliyatni ta’minlash va boshqalar.
Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng awalo, biznes yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi.
Moliyaviy siyosat moliyaning o‘zida bevosita mujassam boigan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq metodlari, moliyatizimi (boshqaruv sub’ektlari) organlarini tashkil qilish bilan bir joyga bogiashga imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakat- larida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning 1'aoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi:
Moliya tizimi bo‘g‘inlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;
Barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi;
Barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish.
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:Oxirgi maqsadga bogiiqlik;
Xo‘jalikdagi barcha tarmoqlarning makroiqtisodiymutanosibligi;
Jamiyat a’zolarining manfaatlariga muvofiqligi;
Haqiqiy imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoit- larni hisobga olish.
Moliyaviy siyosat dasturlarini (uzoq, o‘rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularni taqsimlash .


  1. Download 54,77 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish