Mavzu : Sulfat kislotaning olinishi va xossalari.



Download 38,75 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi38,75 Kb.
#89317
Bog'liq
8 - sinf


Mavzu : Sulfat kislotaning olinishi va xossalari.

( 8 – sinflar uchun mustahkamlash darsi.)

Darsning maqsadi :


  • Ta’limiy : o’quvchilarga kislotalarning olinishi, fizik, kimyoviy xossalari haqida ma’lumot berish.

  • Ta’limiy: ko’z bilan ko’rib, qo’l bilan bajarib ishonch hosil qilish tuyg’usini tarbiyalash.

  • Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning bilim darajasini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish, kimyo faniga qiziqishini oshirish, izlanishga undash.

Dars uslubi : “ Kimyoviy diktant ”, “ Baliq skeleti ” metodlari, “ Mosini top ” o’yini.

Dars jihozlari: Mendeleyev davriy jadvali, magnit doska, multimedia vositasi, shtativ, probirkalar va stakan.

Kerakli laboratoriya reaktivlari: sulfat kislota eritmasi, bariy xlorid eritmasi, rux metali va shakar.

Darsning borishi:



  1. Tashkiliy qism: o’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, navbatchi axborotini tinglash.

  2. O’tilgan mavzuni so’rash.

Har bir o’quvchiga kimyoviy diktant matni tarqatiladi. O’quvchilar nuqtalar o’rniga mos javoblarni 2 daqiqa ichida yozadilar. Vaqt tugagach, matn materiali juftliklarda almashtirilib, proyektor orqali ekranda namoyish etilgan kalit so’zlar asosida tekshiriladi.

Kimyoviy diktant matni :

Oltingugurt (IV) oksidining suvdagi eritmasi …. deyiladi….. da sulfit kislota xlorid yoki sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi. …. da oltingugurt (IV) oksidi metal sulfidlarni havoda kuydirib olinadi. …. suv bilan oson reaksiyaga kirishib, sulfat kislota hosil qiladi. Kislotalarni suyultirishda suvga … idish devori bo’ylab oz – ozdan quyiladi.

Kalit so’zlar : sulfit kislota, laboratoriyada, sanoatda , oltingugurt (VI) oksidi, kislota.



  1. Yangi mavzu bayoni.

Videproyektor orqali ekranda sulfat kislota (H2SO4)ning molekulyar, elektron va tuzilish formulalari namoyish etiladi.

Olinishi:

Sulfat kislotani olish uchun quyidagi formula asosida boradigan kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish kerak:

FeS2 → SO2 → SO3 → H2 SO4

Reaksiya tenglamalarini o’quvchilarning o’zlarini daftarlariga mustaqil yozadilar va ekranda namoyish etilgan to’g’ri javob bilan solishtiradilar.


  1. 4 Fe S2 + 11 O2 → Fe 2O3 + 8 SO2

  2. 2 SO2 + O2 → 2 SO3 + Q

  3. SO3 + H 2O → H2SO4 + Q

Fizik xossalari haqida ma’lumot beriladi:

Rangsiz, hidsiz, og’ir moysimon, 96 foizli sulfat kislotaning zichligi 1,84 g / sm3. Suvda eritilganda juda ko’p issiqlik ajralib chiqadi. Sulfat kislotasini suyultirishda uni suvga idish devori bo’ylab oz – ozdan aralashtirib qo’yish kerak. Ammo suvni sulfat kislotasiga quyish mumkin emas. Kislotalar bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidasiga rioya qilish kerak. Agar sulfat kislota teriga tushsa kuydiradi. Kuyish yuz berganda , avval ko’p miqdordagi suv,so’ngra soda yoki ammiak eritmasi bilan ho’llab, yana suv bilan yuvib tashlash kerak.

Kimyoviy xossalari haqida ma’lumot beriladi:

Suyultirilgan sulfat kislota bilan konsetrlangan sulfat kislota xossalari bilan bir – biridan farq qiladi. Suyultirilgan sulfat kislota barcha kislotalarga xos bo’lgan reaksiyalarni beradi.

“ Baliq skeleti ” metodi asosida o’quvchilarga o’rgatiladi va ekranda namoyish etiladi.

H2SO4 Zn CuO NaOH Ca3(PO4)2 BaCl2



  1. Zn + H2SO4 → ZnSO4 + H2 ↑ (tajriba bajarib ko’rsatiladi).

  2. CuO + H2SO4 → CuSO4 + H2O

  3. 2 NaOH + H2SO4 → Na2SO4 + 2 H2O

  4. Ca3(PO4)2 + 3 H2SO4 → 3 CaSO4 + 2 H3PO4

  5. Suvdan sut hosil qilish tajribasi bajarib ko’rsatiladi:

BaCl2 + H2SO4 → BaSO4 + 2 HCl

Bu reaksiya sulfat ioni uchun sifat reaksiyasi hisoblanadi.

Konsetrlangan sulfat kislota qog’oz, yog’och, shakardagi suvni tortib olib, uni ko’mirga aylantiradi.

“ Qora keks ” hosil qilish reaksiyasi ko’rsatib beriladi :

C12H22O11 + H2SO4 → 12 C + H2SO4 ∙ 11 H2O

C 6 H10 O5 + H2SO4 → 6 C + H2SO4 ∙ 5 H2O

Sulfat kislotaning birikmalari va ishlatilish sohalari ekranda namoyish etiladi.


  1. Darsni mustahkamlash.

  1. 13 gramm rux kerakli miqdordagi sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishganda, normal sharoitda necha litr gaz ajralib chiqadi ?

  2. “ Mosini top ” o’yini.

Temir kuporosi

2CaSO4 ∙ H2O

Alebastr

CaSO4 ∙ 2 H2O

Na2SO4 ∙ 10 H2O

Mis kuporosi




Gips

CuSO4 ∙ 5 H2O



Glauber tuzi

FeSO4 ∙ 7 H2O

O’quvchilarning javoblari ekrandagi javoblar bilan solishtiriladi va baholanadi.



  1. Uyga vazifa.

  1. Sulfat kislota mavzusi bo’yicha 15 ta so’zdan iborat anogramma tuzib kelish.

  2. “ Baliq skeleti ” metodi asosida kimyoviy reaksiyalar yozib kelish.

Matluba Mirzaolimova.

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 14 – umumta’lim maktabining kimyo fani o’qituvchisi.



“Umumta’lim fanlari metodikasi ” 2016 – yil fevral/ 2 (62)- son, 16 – 17 – betlar.
Download 38,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish