Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати


§2.1. O’zbekiston – AQSH hamkorligining ustuvor yo’nalishlari 50



Download 425,31 Kb.
bet2/19
Sana31.12.2021
Hajmi425,31 Kb.
#232569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari


§2.1. O’zbekiston – AQSH hamkorligining ustuvor yo’nalishlari 50

§2.2. Ikki davlat munosabatlari kesimida Afg’oniston omilining ahamiyati 63

§2.3. O’zbekiston - AQSH hamkorligining istiqbollari 72

XULOSA 79

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 82

ILOVALAR 84

3

KIRISH


Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. O’zbekiston Republikasining tashqi siyosatida dunyo hamjamiyati bilan xalqaro munosabatlarga kirishishi muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham o’tgan 22 yil davomida o’ziga xos ichki va tashqi siyosatini amalga oshirib kelmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasi tarixan Yevropa va Osiyoni bir-biri bilan bog’lovchi transport ko’prigi hisoblanib, bu mintaqa doimo dunyoning yetakchi davlatlarning diqqat markazida bo’lgan. Bu ahamiyat hozirgi kunga qadar o’z muhimligini saqlab kelmoqda. Bu xususda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’z nutqlarida: “Markaziy Osiyo mintaqasi o’zining geosiyosiy va geostrategik ahamiyati, ulkan mineral - xom ashyo resurslariga ega ekani tufayli keyingi yillarda yirik davlatlarning doimiy diqqat markazidagi ob’ektga, ularning strategik manfaatlari to’qnashadigan hududga aylanmoqda, shu bilan birga, o’ttiz yildan ziyod vaqt mobaynida urush davom etayotgan Afg’onistondagi keskinlik va qarama-qarshilikning hali - beri saqlanib kelayotgan ta’siri ostida qolmoqda”1- deb e’tirof etgan.

O’zbekiston 1991 yilda o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng, jahon hamjamiyatining to’la huquqli a’zosi sifatida dunyoning yetakchi davlatlari bilan hamkorlik munosabatlarini o’rnata boshladi. Xususan, 1991 yilning 25 dekabrida AQSH O’zbekiston mustaqilligini rasmiy tan olgan kun sifatida tarix sahifalariga kirgan bo’lsa, 1992 yil 19 fevralda ikki davlat o’rtasidagi diplomatik munosabatlar o’rnatildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2012 yil Qurolli Kuchlarning 20 yilligida so’zlagan nutqlarida: “Amerika kontingenti va xavfsizlikka ko’maklashadigan xalqaro kuchlarning 2014 yilda Afg’onistondan olib chiqib ketilishining e’lon qilinishi va kelgusida bu qarorning amalga oshirilishi terrorchilik va ekstremistik faoliyatning kengayish xavfining








1 Каримов И.А. “Бизнинг йўлимиз – демократик ислоҳотларни чуқурлаштириш ва модернизация жараёнларини изчил давом эттириш йўлидир” 20-жилд. Т.: “Ўзбекистон”, 2012. Б.104

4

kuchayishiga, mazkur ulkan mintaqada keskinlik va qarama-qarshilikning ortishiga, bu yerda doimiy beqarorlik manbai yaratilishiga olib kelishi mumkin.

Mintaqada joylashgan ayrim mamlakatlardagi ijtimoiy norozilikning kuchayishi, ekstremistik kuchlarning safiga yangi‐yangi a’zolarni jalb etish uchun qulay zamin tug’dirayotgan, yomonlashib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikka qarshi jiddiy tahdid bo’lib qolmoqda.”- deb ta’kidlab o’tgandi.

Ma’lumki, 2001 yil 11 sentyabrь kuni AQSHda yuz bergan terrorchilik xurujlaridan so’ng, butun dunyo hamjamiyatining e’tibori terrorizmga qarshi kurashga qaratildi. Terrorizmga qarshi kurash AQSHning davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Terrorizm markaziga aylangan Afg’onistonda jahon hamjamiyatiga tahdid solayotgan terror guruhlariga qarshi operatsiyalar amalga oshirila boshlandi. Amerikalik ekspertlarning fikricha, O’zbekiston Markaziy Osiyodagi yetakchi mamlakat sifatida mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Amerikalik ekspert F.Starr ta’kidlaganidek, “O’zbekiston 2001 yil 11 sentyabrь voqealaridan ancha oldin dunyo hamjamiyatini Afg’onistondan chiqayotgan mintaqaviy xavfsizlikka bo’layotgan tahdidga e’tibor qaratish hamda terrorizmga qarshi kurashish zarurligi haqida bir necha bor ogohlantirgan edi. Uning fikricha, “6+3” muloqot guruhini tuzish g’oyasi Markaziy Osiyodagi mamlakat-O’zbekistondan chiqqani, tashqaridan tiqishtirilmagani muhimdir”1.

2001 yil 11 sentyabrdagi terrorchilik harakatlarini amalga oshirganlarga qarshi kurash uchun qo’poruvchilik faoliyatini markaziga aylangan Afg’onistonga xavfsizlikka ko’maklashadigan xalqaro kuchlarning kiritilishi AQSHning Markaziy Osiyodagi ustuvor manfaatlarini tez o’zgartirdi. AQSH bilan Markaziy Osiyo davlatlari orasida hamkorlik munosabatlari keng yo’lga qo’yilmoqda. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSH o’rtasidagi munosabatlarning yaxshilanib borishiga davlatning strategik jihatdan qulay joyda joylashganligi, mintaqa davlatlarini bog’lab turuvchi hamda mintaqaviy muammolarni hal etishda



1 AQSH ekspertlarining O‘zbekistonga tashrifiga doir/ http://www.gov.uz/uz/press/politics/3587

5

AQSH bilan bir pozitsiyada ekanligi ikki davlat munosabatlarining mustahkamlanishiga sabab bo’lmoqda.

O’zbekiston Respublikasining AQSHdagi Favqulodda va Muxtor elchisi I.Ne’matov ikki davlat munosabatlariga baho berar ekan: “Albatta, Amerika Qo’shma SHtatlari O’zbekiston bilan aloqalarni har tomonlama rivojlantirishga juda katta ahamiyat beradi. O’zbekiston geografik jihatdan juda muhim joyda, ya’ni G’arb va SHarq manfaatlari kesishgan o’rinda joylashganidir. Mana shu ham O’zbekistonga bo’lgan munosabatning asosiy omillaridan hisoblanadi”1 ikki davlat aloqalarni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatayotganini e’tirof etgan. Ushbu xususda O’zbekistonning AQSH bilan hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorligini bevosita Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilganini ta’kidlaydi. O’zbekiston Respublikasi uchun Afg’oniston juda muhim davlat ekanligini 2 omil bilan bog’lab ko’rsatadi. Bu borada xavfsizlik masalasi dolzarb ahamiyat kasb etishini, O’zbekiston bilan Afg’oniston o’rtasida 160 kilometrdan ortiq umumiy chegaraga ega ekanligi bilan bog’laydi. O’zbekistonga dengiz portlariga chiqish imkonini beruvchi eng yaqin yo’l vazifasini bajaruvchi Afg’oniston hududi juda muhim tranzit yo’li hisoblanishi haqida fikr bildirgan. Bu omillar o’z navbatida, O’zbekiston bilan AQSH o’rtasidagi xavfsizlik sohasidagi hamkorligining mustahkamlanishiga, Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan siyosatini hamkorlikda amalga oshirishiga sabab bo’lmoqda.

Shu jumladan, AQSH o’z qo’shinlarini Afg’onistondan SHimoliy tarmoq orqali bevosita O’zbekiston transport-kommunikatsion tizimi vositasida olib chiqib ketilishi, mazkur hudud orqali noharbiy va gumanitar yuklarni tranzitining amalga oshirilishi va bevosita ushbu yo’lda O’zbekistonning amaliy chora-tadbirlarni ko’rayotganligi ikki tomonlama munosabatlarning yangi bir bosqichga chiqqanligidan dalolat bermoqda.








1 Ўзбекистон Республикасининг АҚШдаги Фавқулодда ва Мухтор элчиси Илхом Неъматовнинг “Vatandosh” газетасига берган интервьюси// “Vatandosh” газетаси, 15 март 2012 йил, Нью-Йорк шаҳри.

6

O’z navbatida, AQSH hukumati tashqi siyosatida Markaziy Osiyoning, shu jumladan, O’zbekistonning o’rni oshib bormoqda. Bunga esa quyidagi omillar asos bo’lib xizmat qilmoqda:

Afg’oniston hududidan AQSH harbiy kontingentini olib chiqilishi va mazkur hududda kam sonli harbiy kontingentni qoldirilishi hamda Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni o’rnatishdan ikki davlatning manfaatdorligi;

Markaziy Osiyo davlatlari hududida aniqlangan ulkan uglevodorod zahiralarining mavjudligi;

Geosiyosiy jihatdan Markaziy Osiyo mintaqasining strategik hududda joylashganligi.

Shu sababdan ham so’nggi o’n yil mobaynida AQSH rasmiy va akademik doiralari miqyosida mintaqa bo’yicha bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, “Ipak Yo’li strategiyasi”, “Kata Markaziy Osiyo” kontseptsiyasi, Pentagon tomonidan ishlab chiqilgan “Osiyo-2020” strategiyasi AQSHning Markaziy Osiyo, shu jumladan, O’zbekistonga nisbatan faol tashqi siyosatni yangi bosqichga chiqarishdan manfaatdorligini ko’rsatmoqda.

Shuningdek, mavjud ikki tomonlama munosabatlardagi bir qator muammolarga qaramay, ikki davlat o’rtasida 2002 yilda imzolangan strategik hamkorlik to’g’risidagi shartnomaning hozirgi kunda ham kuchda ekanligi, kelajakda O’zbekiston-Amerika aloqalarining rivojlanishi uchun asos bo’la oladi.

Yuqorida qayd qilingan fikrlardan kelib chiqib, tadqiqot ishining dolzarbligi quyidagicha belgilanadi:




Download 425,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish