Mavzu №10 energetik balans va



Download 408,01 Kb.
bet7/14
Sana20.04.2022
Hajmi408,01 Kb.
#564634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Energetik balans va uning turlari

12.1-rasm. ENHAT pog`onalari
ENHATning barcha pog‘onalari oʻzaro aloqa kanallari yordamida bog‘langan. BOʻA, MYTQ yoki ma’lumotlarni yig‘ish markazlari (MYM), pog‘onalari aloqalari uchun standart interfeyslar (RS turdagi, LRPS va boshqalar) boʻyicha toʻg‘ridan-toʻg‘ri bog‘lanish ishlatiladi. Uchinchi pog‘ona ma’lumotlarini yig‘ish markaziy MYTQ lar, uchinchi va toʻrtinchi pog‘onalar ma’lumotlarini yig‘ish markazlari ajratilgan kommutatsiyalanadigan aloqa kanallari boʻyicha yoki lokal tarmoq boʻyicha ulanishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan ish joyiga (AIJ) qoʻyiladigan talablar:
Protsessor Pentium 4
Operativ xotira hajmi 256 Mb
Qattiq disk hajmi 40 Gb CD-ROM ning boʻlishi
Monitorning boʻlishi
Boʻsh COM portning boʻlishi
Operatsion tizim Windows 2000/XP
Ma’lumotlar bazasi dasturi MS SQL 2000
11.2. Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish – energiya ishlab chiqarish samaradorligining zaruriy sharti
Ta’kidlash zarurki, hozirgi kunda ishlatilayotgan energetik koʻrsatkichlarni hisobga olish va tahlil qilish tizimlari bir qator kamchiliklarga ega. Masalan, ishlab chiqarishning koʻp sohalarida energetik koʻrsatkichlarni hisobga olish va tahlil qilish turli vaqtlarda maxsus oʻlchashlar yoʻli bilan davriy ravishda amalga oshirilmoqda.
Tabiiyki, bunday oʻlchashlar har doim ham hisoblash parametrlarining butun oʻzgarishlari dinamikasini toʻliq aks ettirmaydi va ularning oʻzgarishlaridagi qonuniyatlarni aniqlash imkoniyatini bermaydi.
Oʻzbekiston sanoatining turli sohalaridagi bir qator korxonalarida oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, mavjud energiya tashuvchilari va energetik resurslari sarfini hisobga olishning tashkil etilishida ulardan foydalanishning real samaradorligini yetarlicha aniq baholashni amalga oshirish va energiya resurslari sarflarining me’yorlarini asos bilan aniqlash mumkin emas.
Sanoat korxonalarida energiya resurslari sarflarini hisobga olish va nazorat qilish masalasi holatini tahlil qilish shuni koʻrsatdiki, bu masala yetarli darajada oʻz yechimini topa olmay kelmoqda. Masalan, koʻplab sanoat korxonalariga xos boʻlgan energiya ta’minoti tizimining oʻlchov va nazorat asboblari bilan ta’minlanganlik darajasi qoniqarsiz ahvolda qolmoqda. Odatda, barcha korxonalar elektr energiyasini tijorat asosida hisobga olish imkoniga ega. Biroq bu imkoniyatdan har bir korxona samarali foydalana olmayapti.
Alohida ishlab chiqarish sexlarida, energiya yig‘uvchi agregatlar va texnologik jarayonlarda iste’mol qilinadigan energiya resurslarini 91 hisobga olish barcha korxonalarda ham amalga oshirilmaydi. Bundan tashqari, qoidaga koʻra, texnologik jarayonda qoʻllaniladigan siqilgan havo, azot, vodorod, suv va boshqa shu kabi alohida komponentlarini hisobga olish mavjud emas. Bu energiya resurslari maqsadli sarflanmasligiga olib keladi.
Barcha ishlab chiqarish obyektlarida ham energiya resurslarini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari yetarli darajada joriy etilmagan va
samarasiz ishlatilmoqda. Odatda, bu tizimlar iste’mol quvvati, energiya sarfi va energiya tashuvchilarning bir necha koʻrsatkichlarini hisobga oladi va nazorat qiladi. Shunday qilib, bu tizimlar asosan axborot tizimlari sifatida ishlatiladi.
Lekin energiya tejamkorligini boshqarish uchun bu funksiyalar yetarli emas. Chunki barcha energiya resurslari turlarining iste’moli haqida olingan axborotlar asosida energiya iste’moli boʻyicha energiyani tejashni optimal boshqarishning asosiy masalalarini yechib boʻlmaydi.
Hozirgi kunda MDH davlatlaridagi sanoat korxonalarida ham konstruktiv elementlari, ham funksiyalari boʻyicha katta xilmaxillik bilan xarakterlanadigan bir qator avtomatlashtirilgan hisobga olish, nazorat qilish va boshqarish tizimlari ishlab chiqarishga tatbiq qilinmoqda. Bunday tizimlar tarkibiga odatda oʻzgartiruvchi datchiklar (analog va diskret signalli), oʻzgartirgichlardan ma’lumotlarni yig‘ish, axborotlarga ishlov berish, axborotlarni chop etishga yoki tabloga berish qurilmalari va boshqalar kiradi.
Yuqorida aytib oʻtilgan texnik vositalar korxonalarda amaldagi ta’riflar boʻyicha tijorat hisoblarini olib borishga imkon beradigan avtomatlashtirilgan axborot oʻlchov tizimini (ENHAT AAOʻT) qurish, quvvat va energiya, shuningdek, energiya tashuvchilar turlarini nazorat qilishni tashkil etish uchun moʻljallangan.
Oʻzbekiston energetika tizimi elektr energiyani sotib olish va sotish bilan qoʻshni davlatlar energiya tizimlari bilan oʻzaro bog‘lanadi. Shuning uchun energiya tizimi ichida va uning 92 subyektlarida hisobga olish tizimini rivojlantirish zamonaviy xalqaro me’yor, qoidalar va standartlarga mos kelishi zarur.
Yuqoridagi fikrlarga koʻra, elektr energiyasini hisobga olishning yangi usullariga oʻtishda, energiyani hisobga olishning avtomatlashtirilganlik hajmini aniqlashda, energiya resurslarini va elektr energiyani tijorat asosida hisobga olishning avtomatlashtirilgan axborot oʻlchov tizimlarining (ENHAT va ENHAT AAOʻT) texnik va iqtisodiy samaradorliklari masalalarini tahlil qilishda amaldagi hisobga olish tizimini koʻrib chiqish zarurati tug‘iladi.

Download 408,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish