Mavzu 11. Ilmiy tadqiqot va sinergetika



Download 16,57 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi16,57 Kb.
#398244
Bog'liq
11-MAVZU


MAVZU 11. ILMIY TADQIQOT VA SINERGETIKA

Bilish jarayoni murakkab, xilma-xil olamni bilish jarayonida yangi usullar va yondashuvlarni tinmay izlashdan iborat. Zamonaviy bilish apparatining rivojlanish vektori murakkablashib borayotgan, o'zaro bog'liq, o'zaro shartlangan olamni bilishga, yangi usullar, metodologik ustanovkalarni shakllantirishga qaratilgan. Bizni qurshab turgan dunyoning yanada murakkablashib borishi murakkab tizimlar harakati nimaga bog'liq degan muammoni kun tartibiga qo'ymoqda. Tabiatdagi nochiziqli jarayonlarni o'rganish davomida zamonaviy bilish apparatiga murakkab tizimlar nazariyasi (sinergetika) qo'shildi, u nochiziqli olamning o'rganilmagan tomonlarini tadqiq qilish imkonini beradi. Chiziqli olam jarayonlarini aks ettiruvchi qonunlar, qonuniyatlarga nochiziqli olamning ilmiy usullari, yondashuvlari qo'shildi. Olamni faqat dissiplinar yondashuv orqali o'rganish unumli bo'lmasdan, bunga murakkablikni o'rganish imkonini beradigan yondashuvlar zarur. Bilish apparatiga fanlararo yondashuv qo'shildi.

Ma'lum bo'lishicha, har bir dissiplinar fan, o'z bilish yondashuvlari, usullaridan foydalangan holda voqelikning muayyan bir qismini o'rganadi, bu aniq fanning tamoyillari, farazlari, nazariyalari, qonunlarida aks etadi. Fanlar tutashishi tufayli shakllanadigan fanlararo yondashuv, bir fanning usullaridan o'z tadqiqot predmeti va usullariga ega bo'lgan boshqa fanlardan foydalanishda namoyon bo'ladi (biofizika, matematik iqtisod va h.k.), masalan, biologik jarayonlar fizik yondashuvlar orqali o'rganiladi. Fanlar aro yondashuvning boshqa shakli – aynan bir ob'ektni turli fanlar usullaridan foydalangan holda o'rganishdan iborat.

Hozirgi zamon insoniyat oldiga kompleks, majmuaviy tarzda hal qilinishi kerak bo'lgan ko'plab muammolar qo'ymoqda. Masalan, ekologik muammolar, inson muammosi va h.k. Fanlararolik muammosi "bu – muammoli tafakkur, "ofset ko'rish"dir. Bu bilimlarni dissiplinar tarzda egallashdan voz kechishni bildirmaydi, balki uni fanlararo tafakkurni shakllantiruvchi materialni fanlararo tarzda uzatish usullari bilan to'ldirishni bildiradi". Fanlararo tafakkur - birlashayotgan (integrasiyalashayotgan) dissiplinar fanlar uchun umumiy muammolarni hal qilishda bilish makonini shakllantirish asosini tashkil qiladi. Mazkur muammolarni o'rganish muayyan turdagi tafakkurning shakllanishi uchun asos bo'lib xizmat qilishi kerak. Bir fanning nazariy tasavvurlari boshqa dissiplinar fan tomonidan ishlatiladi, bu jarayon umumiy muammolarni halqilishda yordam beradi, ya'ni fanlararo tadqiqotlarda umumiy metodologik, bilish yondashuvlarini yaratish to'g'risida so'z yuritilmoqda. Uzoq vaqt davomida fizika va kimyo fanlari fanlararo mavqega ega bo'lib kelgan. Keyinchalik kibernetika va tizimli yondashuv g'oyalari fanlararo maqega ega bo'lgan. Hozirgi vaqtda sinergetika oldingi tadqiqotlarning murakkab va boy bilish xazinasidan foydalangan holda, o'z g'oyalari va usullarini boshqa dissiplinar fanlarga faol transformasiya qilmoqda.

Sinergetikaning mazmuni va uning amaliy ahamiyati

Sinergetika ham jonli, ham jonsiz tabiatda yangining shakllanish jarayonini o'rganadi. Mazkur jarayon uchun zarur sharoitlarga quyidagilar kiradi: tizim muvozanasiz xolatda bo'lishi kerak, tizim orqali uzluksiz materiya va energiya oqimi o'tib turishi zarur, qaytuvchi aloqa halqasi (ilmog'i) amal qilishi bilan tavsiflanuvchi tizim elementlari o'rtasida nochiziqli aloqa bo'lishi kerak. Mazkur shart-sharoitlar bo'lganda ham jonli tabiatda, ham jonsiz tabiatda, ham mental sohada tuzilishning o'zgarishi, yangi strukturalarning vujudga kelishi umumiy qonuniyatga aylanadi. Masalan, sinergetika nuqtai nazaridan ijodiy jarayonning shakllanishi va amal qilishi quyidagicha kechadi: "miyada o'ziga xos fazali o'tish sodir bo'ladi, ilgari birbiri bilan hech qanday bog'lanmagan detallar to'satdan tartibga solingan va chuqur ma'noga ega birliknining qismlariga aylanadi ... bu holda sinergetikaning boshqa sohalaridan bizga ma'lum bo'lgan o'xshash jarayonlar to'g'risida so'z ketayapti. U yoki bu fluktuasiya ("yorishish" yoki birdan yonish) natijasida tartibning yangi parametri yuzaga keladi (yangi g'oya), u tufayli alohida detallar o'rtasidagi bog'liqlikni topish va ularni tartibga solish, bo'ysundirish imkoni paydo bo'ladi.

Biroq bularning hammasi o'z-o'zini tashkil qilish – mazkur holda fikrlarimizning o'z-o'zini tashkil qilishi tufayli sodir bo'ladi" [8: 232]. Fanlararo yondashuv, noklassik fan metodologiyasi sifatida sinergetika falsafiy g'oyalar va holatlarga asoslanadi, bizni qurshab turgan olamni o'rganishda qo'llaniladigan tartibga soluvchi (regulyativ) tamoyillar, usullar va bilish shakllarini shakllantiradi. Tabiat qonuniyatlarini o'rganish davomida klassik fan tartibsiz hodisalarni e'tiborsiz qoldirgan: turbulentlik, o'simlik va hayvonlar populyasisi sonining tebranishi, yurak mushaklari qisqarishining nodavriyligi va h.k. klassik fan tadqiqot ob'ektlari turg'unlik va tartiblilik jihatdan ko'rilgan, va barcha bilish klassik modeliga to'g'ri kelmagan narsa va hodisalar ilmiy tadqiqotdan tashqarida qoldirilgan, tadqiqotchining sub'ektiv hatosi hisoblangan.

XX asrning boshida insoniyat murakkablik muammosi bilan to'qnashdi. Rivojlanishining ushbu bosqichda fan determinizmga, reduksiya, superpozisiya tamoyiliga asoslangan bilish jarayoni ilmiy apparatini ishlab chiqqan edi. XX asrning ikkinchi yarmi tartibsizlik (xaos) nazariyasi va nochiziqli fanning shakllanishi bilan tavsiflanadi. Fan, eng yangi texnologiyalar, metodologiya, bilish apparatining rivojlanishi sezilarli darajada u yoki fanning yutuqlari bilan belgilanadi. Fan rivojlanishining mazkur bosqichida ehtimollik, tasodif, noaniqlik kabi tushunchalar olamning jiddiy, ob'ektiv xarakteristikalari ekanligi anglandi. Zamonaviy fan ularning ontologik mohiyatini isbotlab berdi. Murakkablik muammolari insoniyatni doim qiziqtirib kelgan. Masalan, Leybnis hujayralar, mevalar, o'simliklar u yoki bu darajada murakkab avtomatlar degan fikr bildirgan. U klassik mexanika tushunchalari, tamoyillari, determinasiya va reduksionizm va h.k. imkoniyatlariga asoslanib murakkab tizimlar nazariyasini yaratdi. Yuqorida ta'kidlangandek, hodisalarni alohida fan usullari bilan bilish mumkin emas, muayyan shart-sharoitlarga rioya qilinganda fanlararo yondashuv shakllanadi. Va fanlararo yondashuvning shakllanishida falsafa katta rol o'ynaydi. U nafaqat inson dunyoqarashining shakllanishida tartibga soluvchi rol o'ynaydi, balki bilish metodologiyasini tanlashda bilish jarayonining regulyativi (tartibga soluvchisi) sifatida xizmat qiladi. Falsafiy tamoyillar, g'oyalar va holatlarga asoslangan metodologiya bilishning tartibga soluvchi tamoyillari, usullari va shakllarini shakllantiradi. Bizni qurshab turgan o'rganish uchun tadqiqotchi zarur metodologiyani tanlashi kerak. "Hozirgi zamon ilmiy bilish metodologiyasi bo'yicha ishlarda falsafiy metodologiya umumfalsafiy tamoyillar va qonunlarga asoslanadi, gnoseologiya, epistemologiya va mantiq asosida yuzaga kelgan va rivojlanadi deyiladi". Fan rivojlanishi tarixi o'zga bilish tamoyillariga asoslangan metodologiyaning qabul qilinmasligini, ya'ni ilmiy jamoa qaror topgan metodologiyaga adekvat bo'lmagan narsalarni qabul qilmasligidan dalolat beradi. Bunga A. Puankarening nochiziqli jarayonlar bo'yicha tadqiqotlarini misol qilib keltirish mumkin. Ilmiy fanlararo yondashuvning shakllanishi faqatgina fanlar integrasiyasini taqozo etmaydi. V. Budanov ta'kidlaganidek, "sinergetika hozir so'zlashuv doirasida bo'lib, shakllanish falsafasi, evolyusion epistemologiya, kognitivistika, refleksiv boshqarish, sun'iy intellekt nazariyasi, integral psixologiya, tibbiyot va h.k. kabi boshqa zamonaviy ssenariylarni assosiasiyalashga urinmoqda. Sinergetikaning Mega loyihasining yakunlanishiga hali ancha vaqt bor, u hozir konstruktiv etuklik fazasiga kirib bormoqda. Aynan ana shu bosqichda sinergetika va falsafalarning bir-biriga ehtiyoji har qaysi vaqtdan kshho'ra katta"

Dissiplinar fanlar va falsafaning fanlararo o'zaro ta'siri shakllanib kelayotgan fanlar tutashgan joyida qator metodologik yondashuvlar va dasturlarni shakllantiradi. Bu epistemologiya rivojlanish imkoniyatlarini kengaytiradi, yangi istiqbollar ochib beradi. Biroq shu bilan birga boshqa yo'l ham bor, I.T.Kasavin ta'kidlaganidek, "fanlararolik hodisasi epistemologiyaning zamonaviy da'vatlaridan biridir, ham uning navbatdagi inqirozi, ham yangi parvozidir". "Fanlararolik ko'p hollarda nazariy bilim va texnologiyalar, bilim va ko'nikmalar sintezi sifatida qo'llaniladi, bunda ikki tomon ham muayyan kognitiv strategiyalarga qurilgan, ya'nifanlararo tadqiqotlarning epistemologik konteksti ularning ajralmas tarkibiy qismidir". Epistemologik yondashuv murakkab hodisalarni bilishni belgilab beradi, chunki yangi tomonlarning aniqlanishi o'rganilayotgan hodisalarni adekvat aks etirishi lozim bo'lgan yangi yondashuvlar, yangi metodologik ustanovkalarni talab qiladi.

II. Ilmiy tadkikotlarda sinergetika bo'g'inining muhimligi



Ilmiy tadqiqotlar rivojlanishida tadqiq qilinayotgan ob'ektning mumkin bo'lgan ssenariylari bilan tanishish virtual imkonini beruvchi axborot texnologiyalari, komp'yuter modellari va sinov-tajribalar alohida o'rin egallayd. Ma'lum bo'lishicha, komp'yuterda modellashtirishni o'tkazish imkoniyatlari va shartlari modellashtirishning boshqa turlaridan farq qiladi. Ular natijalari inson amaliy faoliyatida foydalaniladigan zamonaviy fanning juda murakkab muammolarini tadqiq qilishda qo'llaniladi. Komp'yuterda modellashtirish bir necha fanlar to'qnashuvida bo'lgan sohalarni ilmiy tahlil va muhokama qilish imkonini beradi. Zamonaviy fanning aksariyat tarmoqlari murakkab muammolarni hal qilishda komp'yuterda modellashtirishga murojaat qiladilar. Masalan, "aql - miya" singari murakkab tizimni qanday qilib tadqiq qilish mumkin. "Aql - miya" murakkab tizimini tadqiq qilish uchun komp'yuter neyrobiologiyasi, fizika, injenenriya, molekulyar biologiya, tibbiyot va epistemologiyalar bo'yicha fanlararo dastur zarur. XX asrda komp'yuter axborot texnologiyalari tabiiy fanlar rivojlanishi uchun qudratli poydevor sifatida xizmat qiladi.
Download 16,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish