1. Fanning maqsad va vazifalari



Download 348,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana03.03.2022
Hajmi348,13 Kb.
#480584
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 лек узб Химия п



1-mavzu. “Kimyo” faniga kirish 
Kimyo tushunchasi. Tarixiy yondashuv va kimyoning zamonaviy rivoji. Materiya va 
harakat. Materiya va harakatning bog’liqligi. Kimyo – moddalar va ularni turli holatlarga 
aylanishini tushuntiruvchi fan. 
Reja:
1.
 
Fanning maqsad va vazifalari
2.
 
Kimyo fanining paydo bo'lish tarixi.
3.
 
Modda va materiya tushinchalari
Tayanch so’zlar: 
modda, atom, molekula, daltonidlar, bertoloidlar, materiya, proton, elektron, 
neytron, ion, allotropiya, valentlik, agregat holatlar, atom massa, ekvivalent, ekvivalent hajm, 
molyar massa, zichlik. 
O’quv mashgulotining maqsadi: 
Talabalarga elementlarning atom massalari haqida 
tushuncha berish, absolyut va nisbiy atom massalarni tushintirish. 
Kimyo fanining maqsad va vazifalari. 
Hozirgi vaqtda kimyo xalq xo„jaligida g„oyat muhim rol o„ynaydi. Tabiatdan faqat xom ashyo, 
ruda, toshko„mir, neft va boshqalargina olinmoqda. Tabiiy xom ashyoni kimyoviy yo„l bilan qayta 
ishlab xalq xo„jaligi uchun zarur mineral o„g„itlar, pestitsidlar, metallar, plastmassalar, bo„yoqlar, 
dorivor moddalar va boshqalar tayyorlanadi. 
Kimyo fani tabiiy materiallarni tejab ishlatish, ishlab chiqarishning qo„shimcha mahsulotlari va 
chiqindilaridan foydalanish masalalari bilan ham shug„ullanadi. Turli moddalar hosil qilishning 
birmuncha yangi samarali usullarini topadi va hokazo. Bunda dastlabki ilmiy tekshirish institutlari va 
laboratoriyalari tashkil etildi, ular kimyo fani va kimyo sanoatining rivojlanishida muhim rol o„ynadi. 
Ikkinchi jahon urushidan oldingi besh yilliklar mobaynida sobiq ittifoqda qudratli kimyo sanoati 
barpo etildi. Vatanimizda topilgan fosforli va kaliyli tuz konlari asosida tog„-kimyo kombinatlari, 
mineral o„g„itlar, sintetik kauchuk, kalsiy karbid, plastmassalar, texnika maqsadlarida ishlatiladigan 
rezina buyumlar ishlab chiqariladigan korxonalar qurildi. Sun‟iy tola, bo„yoq, dorivor moddalar va 
kinoplyonkalarning yangi xillarini ishlab chiqarish o„zlashtirildi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda kimyo sanoatining azotli o„g„itlar, kaliyli o„g„itlar, 
plastik massalar, xlor va uning hosilalari ishlab chiqariladigan organik sintez tarmoqlari ancha 
kengaydi. Kimyoviy tolalar, sintetik etil spirt, qishloq xo„jalik zararkunandalariga qarshi 
ishlatiladigan organik preparatlar va boshqalar ishlab chiqarish yo„lga qo„yildi. Buning uchun bir 
qancha yangi korxonalar qurildi hamda borlarining ko„pi takomillashtirildi. Radiotexnika
elektrotexnika, aviatsiya, avtomobil sanoatlarida va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladigan 
sintetik materiallaming turi hamda ularni ishlab chiqarish ko„paytirildi. Yangi sintetik materiallar 
tabiiy materiallaming o„rnini bosibgina qolmay, ularni ishlatish natijasida sanoatning ko„pgina 
tarmoqlarida ishlab chiqarishning texnika darajasini yuksaltirish uchun keng yo„l ochiladi. 
Mamlakatimiz kimyo sanoatini yuksaltirish viskoza, kapron, atsetat tolalar, shuningdek, lavsan, 
nitron, xlorin va boshqa sintetik tolalar ishlab chiqarishni ko„paytirishga imkoniyat yaratib berdi. 
Ulardan texnikaviy buyumlar va xalq iste‟mol mollari, gazlamalar, trikotaj, poyafzal tayyorlash 
mumkin bo„lib qoldi va hokazo. 
Mamlakatimiz xalq xo„jaligini kimyolashtirish sanoat va qishloq xo„jaligining hamma sohalarida 
ishdab chiqarishning kimyoviy usullaridan keng ko„lamda foydalanishni ta‟minlabberdi. Qishloq 
xo„jaligini kimyolashtirish har xil agrotexnika tadbirlari bilan birga amalga oshirilganda paxtachilik 
hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligi yuqori darajada ortadi. 
Hozirgi zamon kimyosi xalqimiz hayotining farovonligini yuksaltirishga har taraflama yordam 
bermoqda. Sobiq ittifoqning boshqa respublikalari kabi O„zbekistonda ham kimyo fani va kimyo 
sanoati rivoj topdi. Bizning respublikamizda bir necha ilmiy tadqiqot institutlari, Fanlar 
Akademiyasining kimyo, bioorganika, o„simlik moddalari kimyosi, neft va gaz hamda boshqa 
institutlarida, o„nlab oliy o„quv yurtlarining kafedralarida, muammoli laboratoriyalarida kimyo 
fanining tarmoqlari taraqqiy etdi. Respublikamizda bu sohada yirik olimlar (O.S. Sodiqov, S.Yu. 
Yunusov, K.S. Ahmedov, M.N. Nabiev, X.U. Usmonov, Yo.Yu. Aliev, Sh.T. Tolipov, X. R. 
Rustamov, M.A. Asqarov, A.S. Sultonov va boshqalar) yetishib chiqdi. 
Mustaqillik yillarida O„zbekistonning bir qancha shahar va hududlarida kimyo korxonalari, 


zavodlari qurildi. Sho„rtan gaz kimyo kompleksi, Ustyurt gaz kimyo kompleksi, Chirchiq 
elektrokimyo kombinati, Navoiy azot korxonasi, Samarkand chinni zavodi, Farg„ona azot korxonasi, 
Olmaliq, Qo„qon kimyo zavodlari, Muborak Neftni qayta ishlash zavodi, Qo„ng„irot soda zavodi, 
Dehqonobod kaliy zavodi va boshqalar, xalq xo„jaligini kerakli mahsulotlar bilan ta‟minlab 
kelmoqda. 

Download 348,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish