Mavzu: 2- sinf ona tili va o'qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanish metodikasi



Download 49,68 Kb.
bet4/9
Sana11.03.2022
Hajmi49,68 Kb.
#490154
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-sinflarda ona tili va o`qish 2222 (2)

Kurs ishining metodlari: 2-sinf ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanishga doir psixologik va metodik adabiyotlarni o`rganish va ular yuzasidan nazariy mushohada yuritish;

    • dastur va darsliklarni tahlil qilish;

    • 2-sinf ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanish bo`yicha darslarni kuzatish va tahlil qilish;

    • o`quvchilar so`z boyligi va nutqini o`rganish, unga tavsif berish;

    • o`qituvchilar bilan suhbatlar o`tkazish, ilg`or ish tajribalarini o`rganish va umumlashtirish;

    • -o`qituvchilarga mo`ljallangan savolnomalar tuzish va javoblar




olish;



  • -nazorat yozma ishlarini o`tkazish va ularni tahlil qilish;

  • tajriba - sinov materiallarini tayyorlash va uni o`tkazish;

  • tajriba - sinov ishlarining natijalarini tahlil qilish va xulosalar

chiqarish.
Kurs ishining yangiligi: 2-sinf ona tili va o`qish darslarida turli xil tarqatma materiallardan foydalanildi, o`quvchilarga beriladigan zaruriy bilim, malaka va ko`nikmalar tizimi belgilandi, 2 - sinf o`quvchilarini ona tili darslarining, subekti-faol ishlovchisiga aylantirish yo`llari ishlab chiqildi.

I.BOB. 2- sinf ona tili va o'qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanish metodikasi



    1. 2-sinf ona tili va o`qish darslarining maqsad va vazifalari

O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta`lim to`g`risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo`nalishlarini belgilab berdi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta`limni tubdan isloh qilishning asosiy yo`nalishlari ko`rsatib berilgan. Unda: “Uzluksiz ta`lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma`naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratadi”7,- deb ko`rsatilgan. Shuningdek, dasturda qo`yilgan maqsadga erishish yo`llari ham ko`rsatilgan. Ta`lim berish ilg`or pedagogik texnologiyalarining zamonaviy o`quv- uslubiy majmualarini yaratish va o`quv- tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta`minlash umumiy o`rta ta`limning asosiy shartlaridan biri sifatida belgilangan. Darhaqiqat, tarqatma materiallar, ilg`or pedagogik texnologiyalar ta`lim jarayonining ta`sirchanligini oshiradi, o`quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o`quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o`zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko`nikma va malakalarini shakllantiradi. Davlat ta`lim standartlari talabi ham bu sohada katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, davlat ta`lim standartlari Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari asosida tuzilgan bo`lib, unda mutaxassislar tayyorlashda umumjahon talablari asos qilib olingan. Standart talablari asosida ta`lim jarayonida ilg`or pedagogik texnologiya talablariga asoslanish, ta`limni jahon taraqqiyoti darajasida tashkil qilish imkoniyati mavjud. Maktabda bolalarni o`qishga o`rgatishdan maqsad og`zaki nutq yuzasidan o`quvchilarda mustahkam bilim hosil qilish, ishlab chiqarishning, hayotning hamma sohalarida faol ijodiy faoliyat ko`rsata oladigan savodli va madaniyatli kishilarni tarbiyalab yetishtirishdir. Umumiy ta`lim maktablarining asosiy vazifalari yosh avlodga fan asoslaridan chuqur va mustahkam bilim berish, ularni amalda qo`llash malakalarini hosil qilishdir.
Boshlang`ich ta`limda ona tili predmeti bolani mantiqiy fikrlashga o`rgatadi, ularning tilning kommunikativ (aloqa-aralashuvga xizmat qilishi) vazifasini; o`z fikrini mantiqiy izchillikda bayon qilish, o`zgalar nutqini eshitish orqali anglay olishlariga xizmat qiladi.
Mazkur kurs ishida 2-sinf ona tili darslarining maqsad va vazifalari, ona tili darslari o`quvchilar nutqini so`zlar bilan boyitishga mas`ulligini hisobga olgan holda lug`at ustida ishlash, o`quvchilarning savodxonligini oshirishga qaratilgan imloviy mashqlar xususida metodik tavsiyalar berildi. Shuningdek, darsda o`quvchilarning faolligini oshirishga, fikrlash orqali o`zlashtirishlarini ta`minlashga e`tibor berilgan holda dars namunalari ishlab chiqildi. Ularda o`quvchilarni to`g`ri talaffuzga, til ma`nolarini to`g`ri anglashlariga, ham og`zaki, ham yozma nutqlarining savodli bo`lishiga, matndan to`g`ri nusxa ko`chirib yozish, eshitib va yoddan yozishga o`rgatish; tarqatma materiallardan samarali foydalanishga; Vatanimizning istiqloldan keyingi taraqqiyoti, o`tmishi, milliy urf-odatlari, tarixiy siymolari haqida bilim berish, umuman, borliq va jamiyat haqidagi mavjud bilimlarini yanada boyitish maqsad qilib olindi. Bularni amalga oshirishda ona tili ta`limining turli metodlaridan, metodik ish turlaridan foydalanildi. Ular o`quvchini o`ylashga, izlanishga, xulosalar chiqarishga undaydi, ona tiliga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi.
Birinchi sinfda ona tilini o`qitish o`quvchilarning lug`at boyligini oshirish, og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish (ya`ni to`g`ri o`qish va yozish)ga, fonetika, leksika, so`z yasalishi, grammatikaga oid bilimlarni o`rganish uchun zamin yaratishga xizmat qilmog`i lozim. Ona tili darslarida o`quvchilar “Tovushlar va harflar”, “Bo`g`in” “So`z ma`nosi”, (“Shaxs va narsani bildirgan so`zlar”, “Belgini bildirgan so`zlar”, “Harakatni bildirgan so`zlar”, “Sanoq va tartibni bildirgan so`zlar”) “Nutq va gap” kabi bo`limlar asosida tilga oid elementar bilimlarni egallaydilar. Bunda, asosan, grammatik tushunchalarni amaliy o`rgatishga e`tibor qaratilgan. O`quvchi mashq matnini o`qish va yozish jarayonida grammatik tushuncha va qoidalarni amaliy bajarib boradi va keyingi sinflarda bu qoida va tushunchalarni nazariy o`rganishga zamin yaratadi.

Asosiy diqqat bolaning nutqi va lug`at boyligini oshirish, imlo savodxonligini tarkib toptirish, ya`ni to`g`ri o`qish va yozish ko`nikmasini shakllantirish, ona tili darslarini samarali tashkillashtirishga qaratiladi. Shuningdek, ona tili darslarida o`quvchilarning chiroyli yozuviga e`tabor qaratish muhim ahamiyatga ega. Chunki birinchi sinfdan boshlaboq o`quvchilarning chiroyli yozuviga e`tabor qilinsa, yuqori sinflarda va hayoti davomida inson did bilan chiroyli yozish malakasiga ega bo`ladi.9


O`qituvchi o`quvchilarni har qanday vazifani ongli bajarishga maxsus o`rgatadi. Shu maqsadda darslikda birinchi uchragan mashqlarni bajarish uchun shu mashq topshirig`ini nechta qismdan iboratligini va ularni qaysi tartibda bajarish zarurligini o`quvchilarga tushuntiradi. Mashqni sinfda yoki uyda bajarganda avval nima qilish kerakligini, topshiriqlarni bajarish tartibini aniqlab olish va tavsiya qilingan tartibda bajarish zarurligi uqtiriladi; o`quvchilar o`zlari bajargan ishlarning to`g`riligini tekshirishga o`rgatiladi. Mashqlarni ongli bajarish bilan o`quvchilar mashqni nima uchun, qanday maqsadda ishlaganlarini va u nimalarni o`rgatishini tushunadilar.
Bu sinfda o`quvchilar avval grafik shakli talaffuziga mos bo`lgan so`zlarni yozishni bilib oladilar. So`zlarni harflarni tushurib qoldirmay yoki o`rnini almashtirmay yozishga o`rgatish tilni o`qitishda muhim vazifa hisoblanadi. Fonetik bilim va ko`nikma grafik ko`nikma uchun asos bo`ladi.Shunung uchun yozuv malakasini shakllantirishda fonetik material amaliy yo`nalishda o`rgatiladi. Shularni hisobga olib darslikda ko`p mashqlar: 10 so`z yoki gap yozishga tayyorlash (e`tibor bilan o`qish aniq tallaffuz qilish); 2)izohlab yozish; 3)darslikdan tekshirish kabi bosqichlarni o`z ichiga oladi.
O`quvchilarni xatboshini idrok qilishga, xatboshidan yoza olishga o`rgatish, ona tili darslarini birinchi kunidayoq bu ko`nikmani mustahkamlab borish talab qilinadi. O`quvchilar bilimini nazorat qilish maqsadida ta`limiy, keyinroq o`quvchilar saviyasiga mos tekshirish dektantlari o`tkazish rejalashtirilgan. Diktant yozdirilgach, uni, albatta tekshirib, o`quvchilar yo`l qo`ygan kamchilik va xatolar
aniqlanadi, xatolar guruhlarga ajratiladi va yo`l qo`yilgan xatolarni to`g`irlashga, ayrim xatolarning oldini olishga yordam beradigan mashqlar tayyorlanadi;keyini ona-tili darsining ikkinchi qismidan 20 daqiqa vaqt (ayrim hollarda bir dars) ajratib, diktant tahlili va xatolar ustida ishlash mashg`uloti o`tkaziladi. Dasturga ko`ra 1-2-sinflarda o`quvchilar yozgan mashqlarning barchasi tekshirilishi zarur. Aks holda darslarning samarasi bo`lmaydi.
Kichik yoshdagi o`quvchilarga ona tilini samarali o`rgatish uchun ularni tilni o`rgatishga qiziqtirish,ularning o`quv faoliyatini faollashtirish va aqliy faoliyatlariga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish, xususan o`quvchilarga materialni o`zlashtirish ussullarini o`rgatish zarur.
Yangi pedagogik texnalogiyalarni qo`llash bugungi kun talabi.
Shu maqsadda bir necha yaxlitlashtirilgan (integralashtirilgan) dars turlaridan namunalar berildi.
Darslarda test savollari.tarqatma materiallarni qo`llash taxminiy berildi. Har bir o`qituvchi o`z imkoniyati, maqsadidan kelib chiqqan holda ularni qo`llash o`rinlarini o`zgartirishi mumkin.

Download 49,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish