Mavzu-4: hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bozori. Ipoteka qimmatli qogʻozlar bozori reja


Hosilaviy moliyaviy vositalarning xususiyatlari



Download 442,97 Kb.
bet4/24
Sana02.06.2022
Hajmi442,97 Kb.
#629878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
4-мавзу

Hosilaviy moliyaviy vositalarning xususiyatlari
Hosilaviy moliyaviy vositalar bozori bir turda emas, hosilaviy vositalarning har xil turlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Biroq barcha turdagi hosilaviy vositalar uchun ularning asosiy xususiyatlari umumiy hisoblanadi: muddatlilik, hosilalilik va moliyaviy dastak samarasidan foydalanish qobiliyati.
Muddatlilik xususiyati bitimni ijro etish vaqtining bitim tuzilgan vaqtdan farq qilishida namoyon bo‘ladi. Masalan, agar 15 yanvarda treyder A kompaniyasi aksiyalariga martdagi fyuchers shartnomasini 20 000 so‘m narxga xarid qiladigan bo‘lsa, bu shuni anglatadiki, 15 yanvarda tuzilgan bitim ikki oydan so‘ng – mart oyida, bitim shartlari bo‘yicha kelishilgan summa – 20 000 so‘m to‘lanishi lozim bo‘lganda ijro etiladi, sotuvchi esa shartnoma shartlari bo‘yicha A kompaniya aksiyalarini yetkazib beradi.
Hosilalilik xususiyati shundan iboratki, bitim yakunlari bo‘yicha
olinadigan moliyaviy natija miqdori bazaviy aktivning (yoki agar gap moddiy buyum holatida bo‘lmagan aktiv, masalan, foiz stavkasi, valyuta kursi yoki yog‘in-sochin miqdori haqida boradigan bo‘lsa, bazaviy ko‘rsatkich miqdorining) o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Muddatli bitimdan daromad shartnomani ijro etish narxi va bazaviy aktivning spot-bozorda ijro mahalidagi joriy narxi o‘rtasida tafovut yuzaga kelishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, agar tomonlar 1 fevralda 1 unsiyasi uchun 25 dollar narxda 1000 unsiya kumush xarid qilish haqida uch oylik forvard shartnoma imzolagan, 30 aprelga kelib esa kumush narxi 22 dollargacha tushib ketgan bo‘lsa, sotuvchi shartnoma shartlari bo‘yicha kumushni sotadi va xaridordan 25 000 dollar oladi. U kumushni shu zahotiyoq spot-bozorda shu narxda sotishi va bu operatsiyadan 3000 dollarga teng bo‘lgan daromad olishi mumkin (1000 unsiya x (25 dollar – 22 dollar) = 3000 dollar).
Moliyaviy dastak samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, hosilaviy moliyaviy vositalar bazaviy bozor aktivlari bilan taqqoslaganda kichikroq
investitsiyalar bilan ko‘proq foyda olishga imkon beradi. Masalan, agar
investor bugungi kunda spot-bozorda 500 so‘mdan sotilayotgan X kompaniya aksiyalarining uch oy davomida o‘sishiga ishonchi komil bo‘lsa, u mazkur aksiyalardan 100 tasini bugun sotib olishi va narx o‘sishini kutishi mumkin.
Faraz qilaylik, uch oydan so‘ng narx 550 so‘mgacha o‘sadi. Investor oladigan foyda 100 x (550 – 500) = 5000 so‘m, yillik foizdagi daromadlilik esa

bo‘ladi. Agarda investor buning o‘rniga ijro etish narxi 500 so‘m bo‘lgan opsion sotib olib, buning uchun mukofot to‘laganda (faraz qilaylik, opsion mukofoti – 3000 so‘m), aksiyalarni xarid qilish xarajatlari (3000 so‘mga qarshi 50000 so‘m) bilan taqqoslab bo‘lmaydigan xarajatlarda investor oladigan foyda 100 x (550 – 500) – 3000 = 2000 so‘m, operatsiyaning yillik foizdagi daromadliligi esa

bo‘lgan bo‘lardi.

Download 442,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish