Mavzu-4: hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bozori. Ipoteka qimmatli qogʻozlar bozori reja


Opsion va fyuchers birjalarini tashkil qilish



Download 442,97 Kb.
bet8/24
Sana02.06.2022
Hajmi442,97 Kb.
#629878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
4-мавзу

Opsion va fyuchers birjalarini tashkil qilish
Turli muddatli birja maydonchalarida savdoni tashkil qilishda jiddiy tafovutlar mavjud ekanligiga qaramay, hosilaviy moliyaviy vositalar bilan birja savdosini tashkil qilishning negizida yotadigan umumiy tamoyillar mavjud3.
1. Moliyaviy kafolatlar tizimi tashkilotchisi sifatida kliring
palatasining roli markaziy ekanligi.
Kliring palatasi muddatli birjaning (yoki ixtisoslashmagan birjaning muddatli bo‘limi) markaziy bo‘g‘ini sifatida kelajakdagi majburiyatlarni qoplash uchun resurslar bazasini ta’minlash va ziyon to‘planishining oldini olish funksiyalarini bajaradi. Muddatli savdo qatnashchilarida ziyon to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kliring palatalari bazaviy aktivning bozor narxi o‘zgarishi natijasida barcha pozitsiyalar qiymatini qayta hisoblash yo‘li bilan barcha pozitsiyalarni bozorga keltiradi (mark-to-market). Shu qayta hisoblash asosida savdo sessiyasi yakunlari bo‘yicha variatsiya marjasini o‘tkazish yo‘li bilan muddatli bitmlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
2. Birja hosilaviy vositalari yaratish va ularning o‘ziga xos bozor tavsifnomalarini shakllantirida birjalar roli mustaqil ekanligi.
Har bir birja o‘zining savdoga qo‘yiladigan hosilaviy vositalari ro‘yxatini shakllantiradi. Birja savdo aylanmasini oshirishdan manfaatdor ekanligi sababli ularning negizida likvidli bazaviy aktivlar yotadigan vositalar ishlab chiqiladi va savdoda qatnashishga ruxsat etiladi.
Har bir vosita o‘z spesifikatsiyasiga, ya’ni asosiy sifat va son tavsifnomalari to‘plamiga ega bo‘ladi. Masalan, fyuchers spesifikatsiyasi
quyidagi ko‘rsatkichlardan iborat: shartnoma turi (hisoblanadigan yoki
yetkazib beriladigan), lot hajmi (ya’ni bitta shartnomaga mos keladigan
bazaviy aktiv miqdori), murojaat boshlangan va yakun topadigan sana,
shartnomani bajarish tartibi, narx qadami, birja yig‘imlari hajmi,
kafolatli ta’minot hajmini aniqlash tartibi va h.k.
3. Savdo qatnashchilarining munosabatlarini rasmiylashtirish tartibi o‘ziga xosligi.
Birjaning kliring yoki savdo a’zolari sifatida ishtirok etadigan hamda bitimlarni o‘z hisobidan ham, mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha ham amalga oshiradigan professional qatnashchilar muddatli birjada ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Ikkita savdo qatnashchisi o‘rtasida bitim tuzilib, kliring palatasida ro‘yxatdan o‘tkazilgach, markaziy kontragent rolida ishtirok etadigan kliring palatasi xaridor va sotuvchi uchun bitimning ikkinchi tomoniga aylanadi. Shunday qilib, kliring palatasi barcha muddatli birja shartnomalari ijro etilishining kafiliga aylanadi va barcha bozor qatnashchilarining kredit riskini minimallashtiradi.
4. Birja shartnomalari shartlarining bajarilishini ta’minlash imkoniyati uchun marjinal to‘lovlar tizimidan foydalanish.
Muddatli birja kliring palatasi har bir bitimning ikkala tomonidan ham olinadigan boshlang‘ich marja darajasini belgilaydi. Marja miqdori har bir shartnoma turi uchun belgilanadi va qoidaga ko‘ra, bazaviy aktiv narxining o‘zgaruvchanlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Marja miqdori shunday hisoblab chiqiladiki, u maksimal kundalik narx o‘zgarishlarini qoplashi lozim bo‘ladi. Marja sifatida pul mablag‘lari, muddatli birjalarning ko‘pchiligida esa – eng ishonchli moliyaviy vositalar (masalan, davlat obligatsiyalari) qabul qilinadi.
Shartnoma muddatidan oldin tugatilganda (shartnomalarning aksariyati esa ofset, ya’ni qaytuvchan bitim tuzish yo‘li bilan tugatiladi) kliring palatasi boshlang‘ich marjani bitim qatnashchilariga qaytaradi.

Download 442,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish