Mavzu №5. O’zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari va kategoriyalari



Download 30,35 Kb.
bet1/4
Sana30.06.2022
Hajmi30,35 Kb.
#719414
  1   2   3   4
Bog'liq
5-seminar

. Mavzu №5. O’zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari va kategoriyalari Reja:
1.Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari.
2. Umumiy o'zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari.
3. Rivojlanishning umumiy qonunlari.



I. Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari . Talaba birinchi savolga tayyorgarlik jarayonida axborot sivilizatsiyasi davriga qadam qo'yayotgan hozirgi zamon kishisi uchun jadal sur'atlarda o'zgarayotgan dunyo haqidagi tasavvur uning dunyoqarashining ajralmas tarkibiy qismi ekanligidan boshlaydi. Ammo rivojlanayotgan dunyoning yaxlit nazariy obrazini yaratish – og'ir va mashaqqatli vazifa ekanligidan boshlashi zarur. Uni yechishning falsafiy yo'li ikki yarim ming yil muqaddam boshlangan bo'lib, shundan beri o'tgan davr mobaynida rivojlanish falsafasi shakllangan va bosqichma-bosqich atroflicha ishlab chiqilgan. Falsafaning mazkur bo'limi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan o'rganuvchi kontseptsiyalarni o'z ichiga oladi. Ularning orasida dialektika, metafizika va sinergetika alohida o'rin egallaydi. Ularning ayniqsa keng e'tirof etilgani va mufassal ishlab chiqilgani dialektikadir. Shu sababli bu bo'limda unga asosiy e'tibor qaratiladi. Dialektikani bilish, uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalaridan ijodiy foydalanish har qanday soha mutaxassisi aniq dunyoqarashi va metodologik intizomining muhim sharti hisoblanadi. Dialektika nima, uning mazmuni nimadan iborat, rivojlanishning dialektikaga muqobil qanday kontseptsiyalari mavjud?
Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari «Dialektika» (yunon. dialektike – suhbat qurish san'ati) so'zining «dialog» (yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so'zlashuvi) so'zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san'ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga yetish maqsadida muammoni o'zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan. Stixiyali dialektika. Keyinchalik qadimgi mutafakkirlar ziddiyatlilik va o'zgaruvchanlik fikr-mulohazalardagina emas, balki real borliqda ham mavjud ekanligini payqaganlar. Bu faktning tagiga yetgan ilk mutafakkirlardan biri efeslik Geraklit bo'lgan. U dunyoni «jonli olov» yoki «ikki marta kirish» mumkin bo'lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan dunyoda zamon o'tishi bilan hamma narsa o'zining dastlabki shakl-shamoyilini yo'qotadi va asta-sekin o'zining qaramaqarshiligiga o'tadi: ho'l narsa quriydi, quruq narsa esa nam tortadi; bir narsa boshqa narsaga: sovuq issiqqa, tirik o'likka o'tadi. Bu mulohazalarda hozirgi talqindagi dialektikaning asoslari mujassamlashgan. Shu sababli qadimgi faylasuflarning stixiyali dialektikasini dialektikaning tarixan birinchi shakli deb hisoblash odat tusini olgan. Stixiyali dialektika borliq va bilishning jarayonlar mohiyatini anglab yetishga asoslanmagan sodda dialektikadir. O'rta asrlarda metafizika falsafadan dialektikani siqib chiqargan. Natijada dialektika odamlar ongiga diniy dunyoqarashni singdirish va mustahkamlash uchun hukmron sinflar faol foydalangan sofistika va sxolastikaga aylangan. Idealistik dialektika. Metafizika unsurlarini o'z ichga olgan dialektikaga qaytish Yangi davr falsafasi (Rene Dekart, Benedikt Spinoza, Deni Didro va b.)da yuz bergan. Shunga qaramay dialektikaning eng yaxlit kontseptsiyasini klassik nemis falsafasida Georg Gegel` ta'riflagan. Bu kontseptsiya dialektikaning ikkinchi shakli deb ataladi. Gegel` ilk bor dunyoni quyidan oliyga qarab boruvchi umumiy rivojlanish jarayoni sifatida tasvirlagan, rivojlanish manbai - qarama-qarshiliklar kurashini ko'rsatib bergan, dialektikaning asosiy qonunlari va kategoriyalarini ta'riflagan. Ammo Gegel` dialektikasi idealistik xususiyat kasb etgan. Gegel` idealistik dialektikasining andozasi bo'lib ob'ektiv borliq emas, balki uni aks ettiruvchi tafakkur xizmat qilgan. Bu nazariya chuqur dialektika g'oyalari: geologiyaga tatbiqan rivojlanish nazariyasi (CH.Loyel`), Lamarkning evolyutsion g'oyalari, Kant – Laplas kosmologik g'oyalari va boshqalar ilgari surilgan tabiatshunoslik asoslariga zid bo'lgan. Materialistik dialektika. Gegel` dialektikasi materialistik dialektikaning shakllanishiga zamin hozirlagan. Materializm dialektik mantiq bilan bog'langan. Buning natijasi o'laroq dialektikaning uchinchi tarixiy shakli yaratilgan (XIX asrning ikkinchi yarmi). Unga amalda ilmiy bilishning rivojlanishi yo'l ochib bergan. XIX asrning 40-yillarigacha fanning turli sohalarida yangi kashfiyotlar paydo bo'lgan va ular tabiatni tushuntirishga nisbatan dialektik-materialistik yondashuvni tabiatshunoslik nuqtai nazaridan asoslagan. Ularning orasida uch kashfiyot: fizikada – materiya harakati turli shakllarining o'zaro aloqasini asoslab bergan energiyaning saqlanish va o'zgarish qonunining aniqlanishi; biologiyada – butun jonli tabiatning (o'simliklar dunyosining ham, hayvonot dunyosining ham) tarkibiy jihatdan yagonaligini yoritib bergan hujayra nazariyasining yaratilishi; rivojlanish g'oyasini jonli tabiatga tatbiqan ishlab chiqqan Darvinning evolyutsiya nazariyasi alohida o'rin egallaydi. Bu sharoitda materialistik dialektika borliqning o'xshashi, ya'ni borliqni uning o'ziga mos ravishda fikrlash va bilish imkoniyati sifatida falsafiy tafakkurning fanga ayniqsa mos keluvchi shakliga aylangan. Materialistik dialektikaning shakllanishida tarixni materialistik tushunish ayniqsa muhim rol o'ynagan. Bu kashfiyot yordamida dialektikaning nafaqat materializm, balki gumanizm bilan ham sintezi amalga oshirilgan. Dialektika insonga bog'lanmasdan, o'z holicha emas, balki inson hayot faoliyatining konkret-tarixiy muammolari nuqtai nazaridan qarala boshlagan. Klassik dialektika. Klassik dialektikaning o'ziga xos xususiyatlarini qayd etib o'tamiz. Birinchidan, klassik dialektika dunyoni tushunishning shunday bir usuliki, bunda borliq narsalar va hodisalarning umumiy o'zaro aloqasi, ularning bir-birini taqozo etishi va muttasil o'zgarishi nuqtai nazaridan anglab yetiladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, dialektika har qanday o'zgarish, har qanday harakat nazariyasi emas, balki o'zgarishlarning faqat bir shakli – rivojlanish nazariyasi hisoblanadi. Dialektika rivojlanishning teran, to'laqonli va mazmunan boy nazariyasidir. U o'zgarish holatida bo'lmagan biron-bir narsa tabiatda ham, jamiyatda ham, tafakkurda ham mavjud emas, chunki barcha mavjud narsalar o'z ichki ziddiyatlariga ega va ular bu narsalarni o'zgarishga, yangi shakl-shamoyil kasb etishga, rivojlanishga majbur qiladi, deb o'rgatadi. Ikkinchidan, dialektika ob'ektiv va sub'ektiv dialektikaning mavjudligini tan oladi. Ob'ektiv dialektika – bu tabiiy va ijtimoiy hodisalarning o'zaro aloqasi va rivojlanishi. U sub'ektdan, inson va insoniyatdan qat'iy nazar mavjuddir. Sub'ektiv dialektika – bu sub'ektning fikrlash dialektikasi va uning ob'ektiv dunyoni bilishi. Ob'ektiv va sub'ektiv dialektikaning o'zaro nisbati qanday? Materialistik davr nuqtai nazaridan sub'ektiv dialektika ob'ektiv dialektikani aks ettiradi. Ob'ektiv va sub'ektiv dialektika mazmunan bir-biriga mos keladi (ularning umumiy jihati mazmun – borliq rivojlanishining yagona dialektik qonuniyati). Biroq, shu bilan bir vaqtda, ular shaklan birbiridan farq qiladi, chunki tafakkur, borliqning boshqa sohalari bilan taqqoslaganda, rivojlanishning o'z ichki mantiqiga ega. Ob'ektiv dialektika tafakkurda, sub'ektiv va ideal shakllarda aks etadi. Ob'ektiv va sub'ektiv dialektika-qarama-qarshiliklar, lekin bu qarama-qarshilik ijtimoiy-tarixiy amaliyotda «yo'qoladi». Hamonki sub'ektiv dialektika ob'ektiv dialektikani aks ettirar ekan, inson ob'ektiv dialektikani bilish va shunga muvofiq o'zining izchil amaliy faoliyatini tashkil etish, bu faoliyat jarayonida ob'ektiv dunyoni va o'zini o'zi o'zgartirishga qodir. Inson va jamiyat amaliyotida bilimlar in'ikos shaklidan faoliyat shakliga aylanadi. Uchinchidan, fan sifatidagi dialektikaning ichki mazmuni va mantiqiy «sinchi» uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalarini yaratadi. Dialektika jamuljum holda ob'ektiv dunyoni va uni uzluksiz o'zgarish va rivojlanish jarayonida bilishni aks ettiruvchi tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi sifatida tavsiflanadi. Bunda tamoyillar deganda umumiy va universal, asosiy g'oyalar tizimida boshqa barcha elementlarning roli va mazmunini belgilovchi mezonlar tushuniladi. Dialektikaning hozirgi kontseptsiyalarida aloqa tamoyili va rivojlanish tamoyili ayniqsa muhim rol o'ynaydi. Dialektika qonunlari rivojlanish jarayonidagi umumiy muhim aloqalarni aks ettiradi. Ular dialektikaning nazariyasini yaratishda muhim metodologik funktsiyani bajaradi. Dialektikada umumiy qonunlar uchta: dialektik ziddiyatlilik qonuni, miqdor va sifat o'zgarishlarining bir-biriga o'tishi qonuni hamda inkorn iinkor qonuni.
II. Umumiy o'zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari.


Download 30,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish