Mavzu: Aholi punktlarida qutqaruv va boshqa kechiktirilmaydigan ishlarni bajarish. Mashg'ulotning maqsadi



Download 24,63 Kb.
bet4/5
Sana12.04.2022
Hajmi24,63 Kb.
#545479
1   2   3   4   5
Bog'liq
mm...

Suv toshqini, sel va yer ko’chkisi oqibatlarini bartaraf etish

Suv toshqini (suv ostida olish) xavfi paydo bo'lgan favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi boshliqrining qarori bilan boshqaruv punktlari tayyorgarlik holatiga keltirib quyiladi. U yerda mutasaddi rahbar xodimlarning kecha-yu kunduz navbatchiligi tashkil etiladi, FVDT tuzilmalarining vazifalari aniqlashtiriladi.
Suv toshqini xavfi paydo bo'lganda:
- suv toshqini xavfi borligi haqidagi ma'lumotni yuqori organlarga va aholiga ma'lum qiladilar;
- razvedka va kuzatuv ishlarini kuchaytiradilar;
- suv toshqini xavfi bor hududlarda FVDT kuch va vositalarining holatini aniqlaydilar, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni o'tkazishga tayyorgarlik ko'radilar;
- xavfli hududlardan aholini evakuatsiya qilishga tayyorgarlik ko'radilar va kerak, deb topilganda aholini va moddiy boyliklarni xavfsiz joyga ko'chiradilar;
- suv toshqini xavfi bor hududlardagi korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonini qisman yoki butunlay to'xtatadilar;
- o'zaro hamkorlik rejasiga binoan yordam berishga ajratilgan qurolli kuchlar bo'linmalari bilan aloqa o'rnatadilar va doimiy aloqada bo'ladilar.
Qutqaruv ishlarini olib borishga rahbariyat tomonidan ajratilgan kuch va vositalar hamda tashkilotlarning tuzuvchi vositalari jalb etiladi.
Suv bosgan hududlarda qutqaruv otryadlari, katerlar, motorli qayiqlar va boshqa suzuvchi vositalar yordamida odamlarni qutqarish va evakuatsiya qilish ishlariga jalb etiladi. Qutqaruv ishlariga jalb etilgan tuzilmalar tarkibi odamlarni qutqarish borasidagi hatti-harakat qoidalarini va qutqarilganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatishni bilishlari kerak. Suvda suzish vositalarida qutqaruv ishlariga jalb etilgan tuzilmalar qutqaruv vositalari bilan, shaxsiy tarkib esa qutaruv nimchalari bilan ta'minlanadilar.
Suv bosgan hududlarda qutqaruv ishlarini olib borishda asosiy e'tibor suv ostida qolgan hududlardagi odamlarni qidirib topishga, ularni suvda suzish vositalariga yoki vertolyotga olish va xavfsiz joylarga olib chiqishga qaratiladi. Zarurati bor bo'lgan hollarda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam va shifokor yordami ko'rsatiladi. So'ng moddiy boyliklarni qutqarish va olib ketish ishlari olib boriladi. Shu o'rinda Farg'ona viloyatining Shohimardon qishlog'ida 1998yil yozida bo'lib o'tgan halokat to'g'risida to'xtalib o'tsak. Havo haroratining birdaniga ko'tarilib ketishi natijasida Qirg'iiziston Respublikasining O'sh viloyati tog'laridagi qorlarning erishi tezlashib ketdi. Buning oqibatida 1998-yilning 7-iyulidan 8-iyuliga o'tar kechasi katta suv oqimi paydo bo'ldi. Bu oqim Shohimardonsoyga qo'shilib uning suv sig'imini 200 m3/s ga ko'paytirib yubordi va kuchli oqim natijasida 52 ta xo'jalik 36 ta dam olish maskanlari, shu jumladan, 4 ta bolalarni sog'lomlashtirish maskanlari jiddiy zarar ko'rdi. 8-9-iyul kunlari odamlarni Shohimardon qishloqlaridan ko'chirish ishlari olib borildi. Bu muddat davomida 14200 kishi, shu jumladan 3150 nafar yosh bolalar xavfsiz joyga ko'chirilgan. Ushbu ishlarni bajarish uchun 250 dan ortiq avtomobil texnikalari jalb qilindi. 1998yilning 18iyuligacha 104 nafar odamning jasadlari topildi. 68 ta har xil hayvonlarning tanalari topilib, ular belgilangan tartibda ko'mib tashlangan. Kuchli sel oqimi natijasida 15 km gaz o'tkazgich, 14 km avtoyo'l, 4 ta yirik avtomobil ko'prigi, 3 km suv o'tkazish tizimlari, 3 km elektr uzatish tarmoqlari yaroqsiz holatga kelgan, 200 dan ziyod mayda savdo nuqtalari butunlay vayron bo'lgan. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha Shohimardon va Vodil qishloqlarida favqulodda vaziyatlar shtabi tashkil qilingan. Avariya-qutqaruv ishlariga 1908 kishi va 438 dona texnika, shu jumladan 156 dona muhandislik texnikalari jalb qilingan. Ishni tashkil qilish uchun 320 tonna benzin, 513 tonna dizel yoqilg'isi sarf qilingan. Bunday halokat yuz berganda eng birinchi navbatda muhandislik texnikalari ishga solinishi kerak. Chunki birinchi vazifa odamlarni xavfsiz joylarga zudlik bilan ko'chirish, jabrlanganlarga moddiy va tibbiy yordam ko'rsatish, oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta'minlash ishlarini olib borishdan iborat. Razvedka ishlarining samarali olib borilishi, FVDT organlari va xizmati sodir bo'lgan muhitni tezlik bilan baholashlari, yetkazilgan talafotning ko'lamini aniqlash, FVDT kuch va vositalarini o'z vaqtida jamlash va yo'naltirish. FVDT tuzilmalari shaxsiy tarkibining faol harakat qilishi va jabrlanganlarga yordam berish haqida aniq topshiriq berilishi, to'satdan suv bosishi sodir bo'lganda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni samarali olib borilishiga bog'liqdir.
Razvedka natijalari, FVDT organlarining axborotlari, harbiy qo'mondonlik qo'shini tuzilmalari va boshqa boshqaruv manbalarining ma'lumotlari, FVDT bo'limlari va fuqaro muhofazasi xizmati xodimlari mutaxassislar bilan birgalikda vaziyatni baholaydilar va favqulodda vaziyatning bundan keyingi rivojlanishini taxmin qiladilar, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni o'tkazish hududida o'z takliflarini ishlab chiqadilar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga axborot beradilar.
Suv bosgan hududga yetib kelgan FVDT tuzilmalari shu zahotiyoq o'z vazifalarini bajarishga kirishadilar. Vaziyat haqidagi muhim ahamiyatga ega bo'lmagan ma'lumotlarning mavjud emasligi yoki ba'zi bir ikkinchi darajali masalalarning hal qilinmaganligi avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni boshlamaslikka sabab bo'la olmaydi.
Qidiruv guruhlari va zvenolari tez harakat qiluvchi suzuvchi vositalar va vertolyotlar yordamida suv bosgan hududlarda odamlar yig'ilgan joylarni aniqlaydilar. Ko'pchilikni tashkil etmagan odamlar guruhlarini qutqaruv guruhlari va zvenolari mustaqil ravishda qutqaradilar. Odamlarni xavfsiz joyga olib chiqish uchun barja, barkas, kater va qayiqlardan foydalaniladi, Suv bosgan hududlarda suvda suzuvchi vositalar odamlarni qidirib topish jarayonida vaqti-vaqti bilan tovush chiqarib signal berib boradilar. Suv bosgan hududlarda asosiy aholini evakuatsiya qilish ishlari tugaganidan so'ng ham hududlarda patrullik ishlari to’xtatilmaydi. Patrullik ishlari tezyurar suvda suzuvchi vositalar, suv bosgan hududning ko'lami katta bo'lsa, vertolyotlar yordamida bajariladi.
Suvdagi odamlarga, hatto suzishni biladiganlarga ham qutaruv halqasi, rezina shar yoki bosha suzuvchi moslamalar tashlanadi. Bunda suv oqimi va shamolninig yo'nalishi hisobga olinadi. Gidrotexnika inshootlarining zarar ko'rishi yoki batamom buzilishi to'satdan suv bosgan hududlarning ko'lamini ko'paytiradi. Shuning uchun ularning holati doimiy statsionar kuzatish ishlari yordamida kuzatib boriladi. Gidrotexnika inshootlarida avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni FVDTning muhandis tuzilmalari hamda avariya-texnik xizmati bajaradi. Ko'pchilik holatlarda bunday ishlar tezkorlik bilan bajarilishini inobatga olsak bunday ishlarga iloji boricha tajribali mutaxassis rahbarlik qilishi kerakligi ma'lum bo'ladi. Sel oqishi bilan asosan oldindan olib borilgan kompleks tashkiliy-xo'jalik agrotexnik meliorativ va gidrotexnik tadbirlarlarni amalga oshirish yordamida kurashish ko'proq samara beradi. Sel kelishi xavfi bor hududlarda yashovchi aholi yerlardan foydalanishda, o'rmon daraxtlarini kesishda, uy hayvonlarini boqishda mutasaddi tashkilotirning tavsiyalariga rioya qilishlari zarurdir. Sel kelishi va yer ko'chkisi xavfi sodir bo'lganda, aholi xavfli hududlardan xavfsiz joyga evakuatsiya qilinadi. Aholi bilan birgalikda moddiy boyliklar ham olib chiqiladi, qishloq xo'jalik mollari esa xavfsiz joyga ko'chiriladi.
Yer ko'chishi natijasida odamlar vayrona uyumlari ostida qolishi, qulayotgan narsalar ta'sirlarida jarohatlanishi mumkin. Shuning uchun jabrlanganlarga iloji boricha tezda yordam berish kerak. 1999- yil 21- noyabrda ko'p miqdorda qor yog'ishi natijasida "QAMCHIQ" dovonining 157-167kilometrlarida qor ko'chishi hodisasi sodir bo'ldi. Favqulodda vaziyat oqibatida 29 odam qurbon bo'ldi, 19 kishi turli jarohatlarni oldi, 73 kishi sovuqda uzoq muddat qolib ketdi. Zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vaziri buyrug'iga ko'ra tezkor guruh voqea yuz bergan joyga etib keldi, vaziyatni aniqlash va oldini olish chora-tadbilari ko'rildi, 5 soat davomida dovonning 152-162 kilometrlarida 8 bor qor ko'chishi oqibatida 34 ta turli rusumdagi avtomobil qor uyumi ostida qolganligi, 6 ta mashinani qor chuqurlik tomon surib tushirgani aniqlandi va zudlik bilan ularni qutqarish ishlari boshlab yuborildi. Bunday vaqtda vaziyatni to'g'ri baholay bilishlik muhim o'rin tutadi. Voqea sodir bo'lgan joyga Toshkent, Farg'ona, Andijon, Namangan viloyatiri avariya-qutqaruv bo'limlari, "Najotkor" respublika qidiruv-qutaruv markazi, Chirchiq shahar "Xaloskor" maxsus harbiylashtirilgan qidiruv-qutqaruv qismi o'z texnik vositalari bilan jalb qilindi. Tezkor guruh a'zolari o'z ishlarini vaziyat vujudga kelgan joyning eng og'ir qismi 167-kilometridagi yo'lni qor uyumidan tozalab, odamlarni xavfsiz joyga olib chiqishdan boshladilar. Jabr ko'rganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi va oziq-ovqat bilan ta'minlandi. Ob-havoning 12° sovuq, buning ustiga 15-20 metr tezlikda esib turgan shamol ta'siriga qaramasdan qor qurshovida qolgan 400 transport vositasi va 1200 dan ziyod yo'lovchi qutqarib olindi. Sodir bo'lgan qor ko'chkisi oqibatini bartaraf etishda 71 ta texnika, 1 ta vertolyot va 3 ta iztopar to'rt oyoqli xaloskorlar ishtirok etdilar.
Qutqaruv ishlarini olib borishda yo'l xizmatidan 150 kishi, Namangandan 9 nafar qutqaruvchi, Toshkentdan 10 kishi, "Xaloskor"dan 12 kishi, DAN xodimlaridan 116 kishi, "Najotkor"dan 10 kishi, Andijondan 5 kishi, Fargonadan 10 nafar qutaruvchi, jami 350 dan ziyod kishi ishtirok etdi.

Download 24,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish