Mavzu: Antiseptik va dezinfekstiyalovchi dori vositalari. Ta’lim berish texnologiyasi



Download 43,19 Kb.
bet6/10
Sana01.01.2022
Hajmi43,19 Kb.
#290259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10.Antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalariДокумент Microsoft Word

XLORGEKSIDIN-biguanidlar ҳosilasi, antebakterial va fungistid ta’sir ko’rsatadi. Qo’llanilishi: jarroҳ qo’lini, yaralar, peshob puffagi, operastiya maydoni, asboblariga ishlov berish.

Noxush tasiri: terining qurishi (ishlov berilga joy), dermatitlar.

FURAtsILLIN-nitrofuran ҳosilasi bo’lib, kichik konstentrastiyalarda ҳam /0,01-0,3mg%/ gramm manfiy va gramm musbat bakteriyalar, kata viruslar, zamburug’lar, sodda ҳayvonlarga bakteriostatik ta’sir ko’rsatadi. Mikroblarning furastillinga chidamliligi sekin rivojlanadi, lekin yuqori darajada bo’lmaydi.Bundan tashqari boshqa mikroblarga qarshi vositalarga chidamlilik rivojlangan mikroorganizmlarga furastillin yaxshi ta’sir etadi.

Ta’sir mexanizimi: mikroorganizmlar xujayrasida nitrofuranlarning nitrogruppalari va to’yinmagan S=N guruҳlari qaytariladi. Shuning natijasida mikroorganizimlarda energiya ishlab chiqish keskin susayadi va ularning ko’payishi to’xtaydi. Ya’ni nitrofuranlar organizimda vodorod mitoxondriylardagi tabiiy vodorod aksteptorlari bilan raqobatlashadi. Bundan tashqari nitrofuranlar ShUK (shavel sirka kislotasidan limon kislotasini ҳosil bo’lishinitormozlab, Krebs stiklidagi odatdagi biokimyoviy jarayonini kechishini buzadi. Prparatning ta’siri uning tarkibidagi nitrogruppalarning to’la qaytarilib bo’lguncha davom etadi.

Qo’llanilishi: suvli eritma sifatida (1:3000) yaralarning, plevra va qorin bo’shliqlarini, kuygan joylarni, konyuktivitlar, blefaritlar, yiringli blefaritlar, sinusitlar, gaymortlarda ishlov berish va yuvish uchun Qo’llaniladi. Spirtli eritma sifatida furastillin quloqning surunkali yiringli yalliglanishda va tashqi quloq yo’lining chipqonlarida qo’llaniladi. Bakterial dezenteriyada ichiladi.

Furodoninvafurazolidon furastillinga nisbatan 20-50 marta kuchli, lekin suvda yomon eridi. Furastillin kamdan-kam ҳollarda dermatit chaqiradi. FENOL GURUҲI-fenol kichik konstentrastiyalarda mikroblarning xujayra qobigiga ta’sir etib ularning o’tkazuvchanligini (buzadi) o’zgartiradi. Ҳamda degidrogenazalar faolligini susaytiradi va shu tufayli bakteriostatik ta’sir yuzaga chiqadi. Fenol katta konstentrastiyalarda mikroblar protoplazmasi oqsillarini denaturastiyalab bakteriostid ta’sir ko’rsatadi. Bunda uning tanlab ta’sir qilish xossasi yo`q. Fenol oqsillar bilan mustaҳkam boglanmaydi.Shuning uchun fenolning 1 molekulasi malum vaqt ichida bir qancha oqsillar bilan ketma ket boglanish mumkin.Shu sababdan fenol bologik moddalar (ovqat tarkibidagi oqsillar) bor bo’lsa ҳam o’zining dezinfekstiyalash qobiliyatini yo`qotmaydi.Fenol shilliq qavatlar yoki to`qimalarga tushsa ularni kuydiradi. Fenolda yuqori lipofillik xususiyati borligidan u teri va shilliq qavatlardan oson o’tadi. U bilan zaҳarlanganda avval MNSning qozgalishi bo’lib tezda paralichga o’tib ketadi va nafas markazining falajlanishi o’limga sabab bo’ladi. Agar fenolni ichish tufayli-zaҳarlanish yuzaga kelsa oshqozon o’simlik moyi bilan yuviladi, uchunki yog fenolini surilishiga va shilliq qavatlarni jaroҳatlanishiga to’sqinliq qiladi. Teri va shilliq qavatlarning fenol bilan jaroҳatlangan joylarini 50% spirt yoki kastor moyi bilan ishlov beriladi.

Qo’llanilishi: xonalarni, o’rin-to’shak choyshablarini, bemorga tegishli anjomlarini dezinfekstiyasi uchun (3-5% eritma) fenol asosan bakteriya va zamburug’larning vegitativ formalariga ta’sir etadi.

Krezol (metil fenol trikrezol)-zaxarliligi bo’yicha fenoldan farq qilmaydi lekin mikroblarga qarshi ta’siri taxminan 3 marta yuqori.

REZORSIN-(dioksi benzol)-fenol unumi, mikroblarga qarshi ta’siri kuchsizroq lekin zaxarsizroqҳamda to`qimalarga kamroq salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kichik konstentrastiyalarda rezorstin keratoplastik, katta konstentrastiyalarda esa keratolitik ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli rezorstin teri kasalliklarida qo’llaniladi. (ekzema, seboreyali derematit, temiratika, mikozlarda).


Download 43,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish