Mavzu: Arab xalifaligi madaniyati va san’ati. IX-XIII asrlarda Movarounnahrda madaniyat va san’at taraqqiyoti. Reja: O‘rta Osiyo moddiy va ma’naviy madaniyatining yuksalishi (renessans)ni ta’min etgan tarixiy shart sharoitlar


IX-XII asrlar O‘rta Osiyo me`morchiligida aholi turar joylarining arxeologik yechimi



Download 161,5 Kb.
bet5/5
Sana08.11.2022
Hajmi161,5 Kb.
#862253
1   2   3   4   5
Bog'liq
Arab xalifaligi madaniyati va san’ati. IX-XIII asrlarda Movarounnahrda madaniyat va san’at taraqqiyoti.

3. IX-XII asrlar O‘rta Osiyo me`morchiligida aholi turar joylarining arxeologik yechimi
Islom dinining yoyilishi Markaziy Osiyo me’morchiligi va xalq amaliy san’at taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Me’morchilik va xalq amaliy san’atida yangicha turlar va ularni yaratishning yangicha uslublari vujudga keladi. Ko’pgina me’morchilik yodgorliklari islom dini xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda qurila boshlangan bo’lsada, o’zida islom dinigacha bo’lgan azaliy an’analarni ham saqlab qoladi. Qurilish (me’morchilik) san’ati ancha takomillashadi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, o’zgan, Marv kabi shaharlarda saroylar, masjidlar, xonoqoxlar, madrasa va minoralar, tim va sardobalar qurilgan. Ayniqsa, naqshinkor mexmonxonalar, ko’rkam va so’lim istiroxat bog’lari qurish avj olgan.
IX-XII asrlar me’morchiligining yana bir xususiyati-shahar markazi-Shaxristonlarning vujudga kelganligidir. Shahar markazida turli saroylar, maqbaralar, madrasa va masjidlar, yirik bozorlar, karvonsaroylar va savdo rastalari barpo etiladi. Islomning Markaziy Osiyoga kirib kelishi an’anaviy tasviriy san’atda tub o’zgarishlar ro’y berishiga olib kelgan bo’lsa, naqqoshlik, ganchkorlik, o’ymakorlik, kandakorlik va boshqa xalq amaliy san’atlarining boyishiga ta’sir ko’rsatadi. Bu davr Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining yuksalishi hududiy chegaradan chiqib, mintaqa, so’ngra umumjahon madaniyati taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatilganligi bilan harakterlanadi. IX-XII asrlar madaniy taraqqiyoti keyingi davr Yevropa uyg’onish davri madaniyatiga kuchli ta’sir ko’rsatib, yevropaliklarning o’tmish madaniy merosiga, yangi davr ijtimoiy-tabiiy taraqqiyotiga bo’lgan munosabatlarning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi. Sharq Uyg’onish davri madaniyatida asosiy e’tibor inson ma’naviy dunyosi takomiliga qaratiladi. Komil inson, xaqqa intilishga chorlash, imon va e’tiqod yakdilligi, falsafiy tafakkur, san’at va adabiyotning barcha ko’rinishlarining asosiy mavzusiga aylanadi.
Sharq Uyg’onish davri madaniyati va ma’naviyati takomilidan xulosa chiqargan Yevropa Uyg’onish davri mutafakkirlari, asosiy e’tiborni nafaqat inson aql-idrokiga qaratadilar, balki uning moddiy manfaatdorligiga va tabiiy taraqqiyot qonuniyatlarini ochishga ham qaratadilar. Ilk uyg’onish davri madaniyati fan, adabiyot, san’at va me’morchilikda insoniyat ijodi maxsulining eng noyob yodgorliklari va asarlarining yaratilishiga, keyingi davrlar mutafakkirlarining ilxom manbaiga aylangan, nafaqat islom dunyosi xalqlari, balki umumbashariyatning abadiy yodgorligiga aylangan asarlarning vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Bu davr madaniyati ko’pgina etnoslarning o’zligini anglab yetishlariga, etnik birlik sifatida shakllanishiga yordam bergan.
Ilk uyg’onish davri, ya’ni IX-XII asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda gurkirab yashnagan madaniy hayot mug’ul bosqinchilari tomonidan yakson qilinadi. Madaniy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan shaharlar, obod qishloqlar, yam-yashil bog’lar harobga aylantiriladi. Ilm-fan maskanlari, ma’naviyat va ma’rifat o’choqlari hisoblanuvchi madrasalar, rasadxonalar, kutubxonalar yo’q qilinib, ularda avaylab asralayotgan nodir asarlar va qo’lyozmalar yondiriladi yoki tashib ketiladi. Ilm-fan, san’at, adabiyot va me’morchilik taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shgan buyuk kishilar o’ldiriladi yoki quvg’in ostiga olinadi. Lekin xalqning mustaxkam irodasi, milliy e’tiqodi va tafakkuri kuchlilik qiladi. Ijtimoiy qonuniyatga asoslangan bosqinchi xalqning tili, diniy e’tiqodlari, maslagi, mafkurasi va hayot tarzining yerli xalq tomonidan qabul qilinishi an’anasi buziladi. Ilk Uyg’onish davrida shakllanib ulgurgan, taraqqiy etgan ma’naviyat va madaniyat bosqinchi xalq e’tiqodidan ustunlik qiladi. Natijada mag’lub xalqning bosqinchi xalq maslagini qabul qilishi qonuniyati buziladi. Yerli xalq ma’naviyatining mustaxkamligi sabab, mug’ul bosqinchilari yerli xalq e’tiqodini, tili va hayot tarzini qabul qilishga majbur bo’ladilar.
Turar joy – bu inson uchun birinchidan, boshpana bo‘lsa, ikkinchidan, oila qo‘nim topgan makon hisoblanadi. Oila esa jamiyatning, davlatning asosidir. Shunday ekan turar joylarni, ayniqsa shahar turar joylarini o‘rganish orqali har bir tarixiy davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy munosobatlar tarixini yaqindan bilish hamda unga aniqlik kiritish mumkin.
XXI asr boshlariga kelib, Samarqand va uning atrof hududlari misolida ilk o‘rta asrlar turar joylarini o‘rganish orqali shahar turar joylarini tadqiq etish metodikasini yaratishga harakat qilindi Ammo, bu shahar hududida mavjud bo‘lgan IX-XIII asr boshlariga oid shahar turar joylari, asosan yo‘l-yo‘lakay va moddiy madaniyat qoldig‘i sifatida qayd etilgan. Ma'lumki, VIII asr davomida yuz bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar shahar turar joylari ko‘rinishini, ichki intererini o‘zgarishiga olib keldi. Ushbu davrda shakllangan turar joylar ko‘rinishlari bazi bir qo‘shimchalar bilan so‘ngi o‘rta asrlargacha davom etdi. Buni Afrosiyobda ochilgan turar joylar misolida ham ko‘rish mumkin. V.L.Vyatkin qazishmalari natijasida o‘rta asrlarga oid turar joylar ham ochilgan bo‘lib, ular paxsa, xom g‘isht va yog‘ochdan qurilgan. Shu bilan birga u uy qurilishida ganch va somon ishlatilganligini yozadi, yani, xonalarning ichi somon qo‘shilgan loy, bazida ganch bilan suvalganligini ta'kidlaydi.
Keyinchalik, 1958 yilda Samarqand arxeologik ekspeditsiyasi tashkil etilib, uning oldiga shaharning paydo bo‘lishi, shakllanish va rivojlanishini aniqlashdek dolzarb muammo qo‘yiladi. Ushbu muammodan kelib chiqqan holda olimlar oldiga shahar fortifikatsiyasi, stratigrafiyasi, suv taminoti, hunarmandchiligi, obodonchiligi va shaharning atrofdagi qishloqlar bilan aloqalarini o‘rganish vazifasi qo‘yiladi Qazishmalar davomida IX-XIII asr boshlariga oid turar joy qoldiqlari ochiladi.
IX-X asrlarda hovlilar uyning yoni yoki old tomonida joylashgan. VIII asr oxiri – IX asr boshlaridan boshlab xo‘jalik maqadlarida, yani, omborxona sifatida yer osti xonalari qurila boshlanadi. X asrdan boshlab o‘tgan asrdan farqli ravishda turar joylar xarakterida ma’lum bir o‘zgarishlar kuzatiladi. Yani, VIII asr oxiri-IX asrda asosan turar joy vazifasini bajargan xonalarlarning aksariyati X asrga kelib ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ajratila boshlaydilar. Xususan, M. Jo‘raqulov va Ya. Krikis tomonidan o‘rganilgan uy birinchi qurilish davrida 6 ta turar joy xonasidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi qurilish davrida (X-XI asrlar) binoning turar joy bilan bog‘liq maydoni qisqarib, faqatgina 3 va 6- xonalar turar joy vazifasini bajarganlar. Qolgan xonalar kulolchilik bilan bog‘liq ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanila boshlaganlar. Birinchi va ikkinchi qurilish davrlarida mahalla, asosan turar joy binolaridan iborat bo‘lsa, uchinchi qurilish davrida (X asr-XI asr 1-choragi) bu yerda 14 ta xo‘jalikdan iborat kulollar mahallasi shakllanadi. Har bir xo‘jalikda faqatgina bir ikkita xona turar joy vazifasini bajarib, qo`lgan xonalar ishlab chiqrish uchun ajratilgan. Bunday holatda ikkita xona bir vaqtning o‘zida oshxona, yotoqxona, mehmonxona kabi vazifalarni bajargan.
X asrdagi turar joylari xarakteridagi bunday o‘zgarish O‘rta Osiyoda markazlashgan davlat Somoniylar davlatining tashkil topishi, shaharlarda hunarmandchilikning yanada rivojlanishi bilan bog‘liq. Shu davrdan boshlab shahar aholisining asosiy qismini tashkil etgan hunarmandlar davlatning iqisodiy va madaniy hayotida muhim o‘rin egallay boshlaydi. Shahriston avvalgidek hunarmandlar makoni sifatida o‘z faoliyatini davom ettiradi. XI-XII asrlarda shahar me'morchiligida, jumladan, turar-joylar qurilish madaniyatida ma'lum o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davrda paxsa va xom g‘isht bilan bir qatorda yog‘och (sinch) keng qo`llanila boshlanadi, yani, sinch uylar paydo bo‘ladi. Sinchning qo`llanilishi xonalarni bo‘lib turuvchi devorlarni qalinligini yupqalashishiga, ya'ni, 25-30 sm bo‘lishiga olib keldi. N.I.Krashenninikova va Sh.Pidaevlarning fikrlaricha, sinchli uylar shaharning janubiy-g‘arbiy qismlarida keng tarqalib, ular asosan aholining kam ta'minlangan qatlamiga tegishli bo‘lgan. Ammo, bu davrda hatto saroylar ham sinch uslubida qurila boshlaganlar. Masalan, Afrosiyob arkining sharqiy qismida Qoraxoniylar hukmdori Usmon saroyi (XII asrning 2-yarmi) sinch uslubida qurilgan. Ayni paytda bu davrda uylar ichki va tashqi hovliga bo‘linib, xonalar ularning atrofida shakllanadilar. O.G.Bolshakov tarixiy manbalar asosida XI-XII asrlar shahrlarida aksariyat uylar ikki qavatli bo‘lib, yog‘ochdan qurilgan, ikkinchi qavati ko‘chaga bo‘rtib chiqqan, bu davrga kelib pandus o‘rnini yog‘och zinalar egallaydi degan fikrni bildiradi. Bunga, asosan, qurilishda yog‘ochning keng qo`llanilishi sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak. Zero, XI asr o‘rtalariga oid vaqf hujjatida uy tarkibiga kiruvchi, yashash va foydalanish uchun kerak bo‘lgan jihozlar ichida zanjir, mix, buyumlar, kul va o‘tin saqlanadigan ombor, tashnovlar bilan bir qatorda zinapoyalarning ham qayd etilishi yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
Yuqorida keltirilgan materiallardan ko‘rinib turibdiki, Afrosiyob hududida IX-XIII asr boshlariga oid shahar turar joylari, asosan, yo‘l-yo‘lakay va moddiy madaniyat qoldig‘i sifatida o‘rganilgan. Turar-joylarning shahar infrastrukturasida tutgan o‘rni, ularning qurilishida mahalliy an'analar, innovatsion yangiliklar va integratsiya muammolari maxsus o‘rganilmagan.
X-XII asrlarda Sharqda ilm-fan va madaniyatning yuksak darajada ravnaq topganligi ayni chog‘da boshqa sohalarda, xususan, me’morchilik hamda tasviriy san’atda ham o‘z ifodasini topdi. Bunda ko‘p jihatdan bu davrda o‘lka hududlarida hukm surgan tinchlik, osoyishtalikning sharofati ham katta bo‘ldi. Shu davrda mahalliy hukmdorlarning sa’y-harakatlari tufayli shaharlarda noyob tarixiy obidalar, hashamatli binolar, ilmiy-madaniy maskanlar, kutubxonalar, masjid-u madrasalar qad ko‘tardi. Ayniqsa, xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar tomonidan yurt dovrug‘ini olamga tanitgan, ajoyib me’morchilik obidalari, tasviriy san’at namunalari yaratildi. Bu davr shaharsozligida xom g‘ishtlar va paxsalardan keng foydalanilgan. Ularni shinamligi va ko‘rinishini yanada ko‘rkamlashtirishda ohakli qorishmalar ishlatilib, gajakdor qilib ishlov berilgan. Qurilgan ayrim masjidlarning mehroblari esa silliqlangan g‘ishtlar, o‘yma ganjlar va hatto tilla suvlari bilan ham bezatilgan. Har bir shahar markazlarida kitob do‘konlari, madaniy mollar bo‘lishiga alohida e’tibor berilgan.
O‘rta Osiyo Uyg‘onish davrining yirik me’moriy obidalari sirasiga Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi (X asr), Samarqand yaqinidagi Tim qishlog‘idagi Arab ota maqbarasi (977-978), Uzun (Surxondaryo) tumanidagi Xo‘ja Naxshron maqbarasi (IX-X asr), Namozgoh, Marvdagi Sulton Sanjar (XI asr), O‘zgandagi Qoraxoniylar maqbarasi, G‘azna yaqinidagi marmar qotishmalardan tiklangan G‘aznaviylar yozgi saroyi, Buxorodagi Minorayi Kalon (1127), Vobkent minorasi (1192), Jarqo‘rg‘on minoralari va boshqa ko‘rkam me’morchilik inshootlarini nisbat berish mumkin. Bu davrda me’moriy binolardan tashqari yo‘nilgan g‘isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli-xil o‘lchamli, g‘oyat puxta ishlangan inshootlar, suv omborlari – bandlar, novlar, ko‘priklar, sardobalar va korizlar qurilgan.
X asrdan boshlab binokorlikda sinchli imoratlar qurilishi keng tarqalgan. Yakkasinch va qo‘shsinchli binolar asosan yog‘ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g‘isht yoki guvalalar bilan urib chiqilib, somon loylar yoki qumli loylar bilan suvalgan. Bunday qurilma imoratlar XII asrda ham shahar me’morchiligida asosiy o‘rinni egallagan hamda zilzila silkinishlariga o‘ta chidamli bo‘lgan. Ajdodlarimizning Uyg‘onish davri me’morchiligi sohasidagi bunyodkorliklari bugunga qadar ham saqlanib qolingan. Ushbu tarixiy ma’lumotlarni olimlarimiz Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro, Poykand va boshqa shaharlar xarobalari misolida ham tadqiq etadilar.
Sharqiy o‘lkalarda ІX-XІІ asrlarda me’morchilik bilan birga tasviriy san’at, naqqoshlik, sopol ishlash va ganch san’ati ham ancha rivoj topib borgan. Imoratlarni o‘ymakor ustun va to‘sinlar bilan, devorlarni esa bo‘yoqli yoki ganchkorlik naqshlari bilan bezash keng tarqalgan. Bunga misol qilib, Zarafshonning yuqori oqimidagi Oburdom degan manzilda X asrda barpo etilgan naqshinkor bino namunasini ko‘rsatish mumkin. Inshootda o‘ziga xos yangilik, go‘zallik, ya’ni mahalliy an’ana, badiiy shakl ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Shuningdek, XІ-XІІ asrlarga tegishli Samarqand bilan Buxoro oralig‘ida bunyod etilgan Roboti Malik karvonsaroyi peshtoqiga ishlangan ganch o‘ymakorligi ham tahsinga loyiqdir. Naqqoshlik san’atining taraqqiyoti o‘z navbatida kulolchilik, miskarlik va zargarlikning rivojlanishiga ham turtki bo‘ldi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlar ushbu sohalarda rivoj topgan markazga aylandi. Bu davrda ishlangan sopol buyumlar nihoyatda chidamli bo‘lib, shahar va qishloq aholisining kundalik hayotiga kirib borgan, shuningdek, bu mahsulotlar chet mamlakatlariga ham chiqarilgan. Kulolchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayoni esa butun boshli ishlab chiqarish jarayonlarini o‘ziga qamrab olgan.
Shu bilan birga, bu davrda kumush, mis, bronzadan naqshinkor badiiy san’at buyumlari, chiroyli va bejirim idish-tovoqlar, qadahlar yasash ham rasm bo‘lgan va ularning ko‘rinishlari san’atkorona tarzda ustamonlik bilan bezatilgan. Bu sohada Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Xorazm, Naxshob, Kesh shaharlarining o‘ziga xos maxsus maktablari faoliyat ko‘rsatgan. Bunday jarayonlarning rivojlanishi xattotlik san’atining ham keng yoyilishiga bois bo‘ldi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo‘lyozma kitoblardan nusxalar hattotlar tomonidan qo‘lda ko‘chirilishi sabab xattotlik san’ati ancha rivoj topdi. Usta xattotlar va husnixat egalari o‘z san’atlarini kitoblar bezash, masjid, madrasa, xonaqolarning peshtoqlari, gumbazlari, eshiklari va devor ustunlariga har xil oyatlar yozish, saroylarda xonlar, amirlar, sultonlar va hokimlar sha’niga madhiyalar bitish kabi ishlarda namoyon etganlar, ularning mehnatlari esa juda qadrlangan.
Shu narsa diqqatga sazovorki, Uyg‘onish davriga xos me’morchilik va unda ishlangan me’moriy naqsh uslublari o‘z navbatida ajdodlarimizning hayotda ijodkor va bunyodkor bo‘lganligini to‘la tasdiq etadi. Ularning yaratgan noyob ishlari san’at asarining durdonalari sifatida hozirga qadar ham ajdod-u avlodlar e’zozu hurmatiga sazovor bo‘lib kelmoqda. IX-XI asrlarda Buxoro, Termiz, Urganch kabi shaharlarda hunarmandchilik san'ati yaxshi rivojlandi. Yirik shaharlarda chilangarlik va misgarlik rivoj topdi. Qozon, g‘alladon, bargash, ko‘za, jom, qadah, obdasta, shamdon, pardozlik buyumlar, zebu-ziynatlar yuksak mahorat bilan ishlandi. Kulolchilik, kashtachilik, shisha idish tayyorlash, sopolga sir berish ixtiro qilindi. Sopol idishlarga gul, barg, sharcha, naqsh, baliq, qush kabilarning tasviri ishlanadigan bo‘ldi. Me’morchilik san'ati yangi an'analar bilan boyidi. Bu davrda ko‘plab masjid, madrasa, maqbara, minoralar qurildi. Me'morchilikda ko‘proq pishgan g‘isht, yo‘nilgan tosh bilan qurildi. Binolarni bezashda o‘yma terrekota, sirlangan g‘isht va koshinlardan foydalanildi. Ichki intererlari ganch o‘ymakorligi, bo‘yama naqshlar, arab-kufiy nasx yozuvlari tasviridan foydalanilgan holda bezatildi.
X asrdan boshlab, saroylar qurilishi shahar ichkarisida olib borildi. IX-XI asrlarda me'morchilik bilan uyg‘unlashgan holda naqqoshlik san'ati avj oldi. Uning turli xillari, uslublari, kompozitsiya va elementlari vujudga keldi. Bu davrda me'morchilikni nazariy asoslari ham rivojlandi. Abu Rayhon Beruniy me'morchilik haqida ilmiy asar yozdi. Bu asar «Kitob al-xiyal ar-ruxoniyya va-l asror at-tabiyya fi daqioq al-ashkal al-xandasiyya» nomi bilan yuritilib, u 10 kitobdan iborat edi. Bu asar Beruniy zamonidan bugungi kungacha me'morchilikni asosiy qonuniyati bo‘lib keladi.
IX-XI asrlarda O‘rta Osiyoda Somoniylar saroyi, «Mirsaid Bahrom maqbarasi», «Qirqqiz saroyi», «Arobata maqbara», «Sulton saodat», memorchilik ansambli, Rabotu Malik kompleksi, Ismoiy Somoniy maqbarasi, Termiz shohlar saroyi, Afrosiyob saroylari, o‘nlab juma masjidlari va madrasalari qurildi. Xullas, O‘rta Osiyo me'morchiligi o‘zining uzoq va katta tarixiga ega bo‘lib, bu IX-XI asrlarda yanada rivoj topdi. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo hududlarida somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, Saljuqiylar va xorazmiylardan iborat feodal davlatlarning vujudga kelishi o’lkada urug’-qabila, ulus-elatlar o’rtasida nisbatan tinchlik osoyishtalik totuvliq yaqinlik va hamjihatlik aloqalarining rivojlanishiga olib keladi. Bu hol esa o’z navbatida o’lkada moddiy madaniyatning, qurilish-me'morchilik san'atining ravnaq topishiga sabab bo’ladi. Arablar bosqini natijasida vujudga kelgan tushkunlikdan so’ng IX asrdan e'tiboran me'morchilik va qurilish sohasida yuksak darajada rivojlanish boshlanadi, shaharlarda hashamatli va go’zal binolar qad ko’taradi. O’lkaning yirik ma'muriy va madaniy markazlari Samarqand, Buxoro, Urganch, Marv, Termiz, O’zgan va boshqa shaharlarda juda ko’plab ko’rkam va hashamatli saroylar, machitlar, madrasalar, minoralar, xonaqolar, maqbaralar, tim va karvonsaroylar quriladi. Jumladan, hali IX asr o’rtalaridayoq Buxoro shahri qalin devorlar bilan o’ralgan bo’lib, uning 11 ta salobatli naqshindor darvozalari bo’lgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmning o’ziga xos moddiy madaniyat uslub va shakllari to’xtovsiz rivoj topib borganligini ko’ramiz. Me'morchilikda paxsa va xom g’ishtdan imoratlar bilan bir qatorda pishiq g’ishtli va sinchkor imoratlar ham ko’plab quriladi. Xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, me'morlar, naqqoshlar, qulollar, zargarlar, misgarlar tomonidan bu yurt dovrug’ini olamga tanitgan ajoyib me'morchilik obidalari, san'at namunalari bunyod etiladi. Bular jumlasiga Buxoroda qad ko’targan mashxur Ismoil Somoniy maqbarasi (X asr), Samarqand yaqinidagi Tim qishlog’ida qurilgan Arab ota maqbarasi (977-78 yy.), XI asrda barpo etilgan Marvdagi Sulton Sanjar, O’zgandagi Qoraxoniylar maqbarasi, G’azna yaqinida marmar koshinlardan barpo etilgan 32 ta kirish eshiklari, 4 ta ayvoni bo’lgan, baland qubbalari lojuvard osmonni eslatuvchi G`aznaviylarning mahobatli yozgi saroyi (1112 yilda qurilgan), yoxud pishiq g’isht taxlamiga jimjimador, g’ajakdor qilib ishlov berilgan Buxorodagi Minomorai kalon maqbarasi (1127 yil) singari noyob me'mochilik inshootlarini kiritish mumkin. Bu davrda Markaziy Osiyoda sopol, ganch o’ymakorligi san'ati ham keng taraqqiy topadi. Bunga misol qilib Zarafshonning yuqori oqimidagi Oburdom degan manzilda X asrda ganch o’ymakorligi asosida barpo etilgan naqshinkor kolonnami ko’rsatish mumkin. Unda umumarab madaniyati uslubiga xos bo’lgan me'morchilik qoidalaridan tashqari mazkur inshootda o’ziga xos yangilik, go’zalli, ya'ni maxalliy an'ana, badiiy shakl mutanosibligi ko’zga tashlanib turadi. Shuningdek, XI-XII asrlarga tegishli Samarqand bilan Buxoro o’rtasida bunyod etilgan Raboti Malik karvonsaroyi peshtoqiga ishlangan ganch o’ymakorligi xususida ham shunday fikr aytish mumkin. Bu davrda Turonzamin xududida moddiy madaniyatning boshqa turlari ham rivojlanib boradi. IX asrdan boshlab Markaziy Osiyo qulolchiligida muxim siljish yuz beradi. IX-XII asrlar badiiy keramikaning butunlay yangi shakllari paydo bo’lishi bilan tavsiflanadi. Endilikda badiiy qulolchilik buyumlari bozor uchun ishlab chiqarila boshlanadi hamda shahar va qishloq axolisining kundalik xayotiga kirib boradi. Qulolchilik maxsulotlari tayyorlash bilan xunarmand qulolsozlarning uyushmalari shug’ullana boshlaydi. Ularning ustaxonalari butun boshli ishlab chiqarish mavzelarini qamrab olgan.
Markaziy Osiyolik kulollar yasagan har xil bezakli tasvirli ko’za-ko’zachalar, chinni idishlar, uy-ro’zgor buyumlarini ko’plab xorijiy ellarda ham uchratish mumkin edi.XI-XII asrlarda kumush, mis, bronzadan qabariq naqshinkor badiiy san'at buyumlari, chiroyli va bejirim xontaxtalar, obdastalar, idishtovoqlar, qadaxlar yasash rasm bo’lgan. Bu soxada Xorazm, Samarqand, Farg’ona, Naxshob, Kesh, Toshkent singari muzofotlarning o’ziga xos maktablari bo’lgan. Xunarmandchilik san'atining naqqoshlik, kulolchiliq misgarlik va zargarlik kabi turlari o`zaro uzviy bog’liqlikda rivojlangan va bir-birini boyitgan. Xunarmandchilik buyumlari turli rang ko’rinishdagi buyoqlarda ustamonlik bilan bezatilgan va ularning sirtqi tomonlari har xil tarbiyaviy ahamiyatga molik maqolalar, hikmatli so’zlar va tilaklar bilan arab imlosida yozilgan. Bu buyumlarda ko’p xollarda mazkur san'at asarlarini ishlagan ustaning ismi, sharifi, shahar-joylarning nomlari va ishlab chiqarilgan yili ko’rsatilgan. Albatta, bu xol xattotlik va xusnixat san'atining ham rivojlanishini talab qilgan. Usta xattotlar va xusnixat egalari qulolchilik, misgarlik zargarlik buyumlaridan tashqari o’z san'atlarini kitoblar yozish, masjid, madrasa, xonaqolarning peshtoqlari, gumbazlari, eshiklari va devor ustunlariga har xil oyatlar yozish, saroylarda xonlar, amirlar, sultonlar va hokimlar sha'niga madxiyalar bitish qabilarda ham namoyish etganlar. Xattotlar va xusnixat egalarining mexnatlari juda qadrlangan. Ular­ning yaratgan buyumlari san'at asarining noyob durdonalari sifatida xurmat bilan e'zozlanib avloddan-avlodga o’tib kelgan.
IX-XII asrlarda o’lkamizda musiqa san'ati ham keng rivoj topadi. Qadim-qadimdan o’yin, kulgi, musiqa va qo’shiq shaydosi bo’lgan ota-bobolarimiz bayramlar, to’ylar xalq sayillari va boshqa bazm-marosimlarni musiqasiz, o’yin-kulgisiz va ashulasiz o’tkazmas edilar. Tarixchi Narshaxiy Buxoro axolisining afsonaviy Siyovush qabri atrofida to’planib o’yinga tushib, qoshiqlar kuylashgani-ni eslatadi. Xususan, «Kini siyovush» («Siyovush o’chi») qo’shigi keng tarqalgan.
Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» kitobida keltirilgan ma'lumotlar bizga bu davrda xususan qo’shikchilik san'ati rivojlangan, deb xulosa chiqarishga asos beradi. Musiqa asboblaridan rud, tanbur, barbat, daf, ko’s, tabl, qo’biz, rubob, taburoq zir, nay, chagona, shaypur, surnay, karnay, arg’unun, qonun kabi turlari keng tarqalgan, yangi so’zlar yaratilgan. Jumladan, Rudakiyning zamondoshlaridan Abuxifa So’g’diy nayga o’xshash shohrud deb ataluvchi musiqa asbobini ixtiro qilgan. Xalq kuylari asosida yangi-yangi kuylar ijod qilindi. Bular: «Rost», «Xusravoniy», «Boda», «Ushshoq», «Zerafkanda», «Bo’slik», «Sipoxon», «Navo»,' «Basta», «Tarona» va boshqalardir. Bu kuylar «Duvozdaxmakom» va uning negizida vujudga kelgan «Shoshmaqom» uchun zamin bo’lgan edi. Bu musiqa asboblari va yaratilgan kuylar shu kunga qadar ham xalqimizning ma'naviy dunyosini boyitishiga va ularni estetik jixatdan oziqlantirishga xizmat qilib kelmoqda. Manbalarning guvoxlik berishicha, bu davrda Abu Bakr Rubobiy, Bunasr, Buamir, changchi Lo’kariy va boshqalar musiqa va xofizlikda nom chiqarganlar.
Musiqa va qo’shiqchilik san'ati odatda poeziya bilan chambarchas bir tarzda rivojlangan. Ko’p xollarda o’z she'riy ijodlari bilan nom qozongan va xalq o’rtasida hurmatga ega bo’lgan shoirlar iste'dodli musiqachilar va xushovoz qo’shiqchilar ham bo’lganlar. Adabiyotshunos olim Natan Mallaevning ma'lumotlariga qaraganda, ulug’ shoir Rudakiy ayni zamonda juda mohir cholg’uvchi va xofiz bo’lgan. U xususan rud va chang asboblarini mohirlik bilan chalgan. Uning sehrlovchi mashxur «Bo’yi jo’yi Mo’liyon...» («Mo’liyon arig’ining isi,..») she'ri «Ushshoq» kuyida aytilgan va nixoyatda shuhrat qozongan.
Xuddi shuningdek, Husravoniy (Abutayib Tohir ibn Muhammad al-Xurosoniy), Munjikiy Termiziy, Farruxiy va boshqa shular kabi shoirlar ham musiqa san'atida mashhur bo’lganlar. Tasavvuf ilmining ulug’ vakillaridan bo’lmish Ahmad Yassaviy va uning shogirdi Sulaymon Boqirg’oniylar ham, yozma manbalarning guvohlik berishicha, xalq kuylariga monand she'r va g’azallar yozib kuyga solganlar va ularni qo’shiqlarda kuylaganlar.
IX-XII asrlarda musiqa san'ati bilan bir qatorda musiqashunoslik ilmi ham rivoj toptan. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Firdavsiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar o’z ijodlarida bu soxaga ham katta e'tibor berganlar. Jumladan, Forobiyning musiqaga oid «Kitob al-musiqiy-ul-kabir» asari o’z davrida katta e'tibor qo­zongan. Ibn Sino esa musiqaga doir xulosalarini «Kitob ush-shifo» asariga kiritgan va ayrim jismoniy va ruhiy kasalliklarni u musiqa vositasi bilan davolash mumkin, deb hisoblagan.
Xulosa shuki, IX-XII asrlarda o’lkamizda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning barcha jabxalarida ijobiy tub o’zgarishlar va taraqqiyotning omilini belgilovchi asosiy vosita bo’ladi.
Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish