Mavzu: Arab xalifaligi madaniyati va san’ati. IX-XIII asrlarda Movarounnahrda madaniyat va san’at taraqqiyoti. Reja: O‘rta Osiyo moddiy va ma’naviy madaniyatining yuksalishi (renessans)ni ta’min etgan tarixiy shart sharoitlar


Islom mintaqa madaniyatining paydo bo’lishi va rivojlanishi



Download 161,5 Kb.
bet2/5
Sana08.11.2022
Hajmi161,5 Kb.
#862253
1   2   3   4   5
Bog'liq
Arab xalifaligi madaniyati va san’ati. IX-XIII asrlarda Movarounnahrda madaniyat va san’at taraqqiyoti.

2. Islom mintaqa madaniyatining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
O’rta Osiyo tarixida o’rta asrlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu davrdagi ijtimoiy- madaniy faoliyat o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Hordiqiy muassasalar sifatida musofirxonalar, choyxonalar, shuningdek rabotlar, karvonsaroylar va h.k. larni misol keltirsa bo’ladi. Mazkur davrda islom dini yetakchi mavqeni egallagan edi. Islom diniga xos Ro’za hayiti, Qurbon hayiti kabi bayramlar xalq hayotida munosib o’rin egallagan edi. Qurbon hayiti (arabcha nomi “Iyd al- kubro” yoki “iyd al azxo”) yetti kun, hozir uch kun – hijriy zul-l-xijja oyining 10-13 kunlarida va kichik bayram Ro’za hayiti (arabcha nomi “iyd as-sag’ir”, “iyd al - fitr”) ham uch kun shavval oyining 1-3 kunlarida nishonlangan. Bayramlarni tashkil etish uchun agar masjid kichikroq bo’lgan holatda “Namozgoh”(Namoz o’qiladigan joy), “Iydgoh” (Bayramlar o’tkaziladigan joy), “Musalla - iyd” (Bayram namozi o’qiladigan joy) kabi shahardan tashqari maskanlar barpo etilib, islom bayramlarining mazmuniga alohida e’tibor berilgan. Bu aholi hayotiga kuchli ijtimoiy – ma’rifiy ta’sir ko’rsatgan. Bu bayramlarning asosiy mazmuni ertalab masjidlarda namoz o’qish, marhumlarni yod etib, duoi fotiha qilishdan iboratdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, islom dini bayramlariga mahalliy xalqlarning odatlari ham qo’shilib ketgan. Masalan, arafa kuni qo’shnilarga osh ulashish, “hayitlik” berish, yangi, toza kiyim kiyish, qo’ni-qo’shnilar, qarindoshlar, qariyalar, kasal–nochorlardan xabar olish, o’sha kunlarda dam olish, sayil qilish kabi odatlar islom bayramlarining tarkibiy qismlariga aylangan.
O’rta asrlardagi mavsumiy marosimlar ham diqqatga sazovordir. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, mavsumiy marosimlarni quyidagi turkumlarga ajratish mumkin:

  1. Qishda o’tkaziladigan marosimlar: birinchi qor, qor xat, gap-gashtak va h.k.

  2. Bahorgi marosimlar: Navro’z, lola yoki qizil gul sayli, sust xotin va h.k.

  3. Yozgi marosimlar: qovun sayli, choy momo va h.k.

  4. Kuzgi marosimlar: hosil bayrami, uzum sayli va h.k.

Mazkur marosimlarning har biri o’z tarixiga va xususiyatlariga ega.
IX-XII asr Markaziy Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi eng yorqin bosqichlarda biri hisoblanadi. Bu davrda u jahon madaniyati taraqqiyotining eng yirik va markaziy o’chog’iga aylanib, keyingi davr Sharq va g’arb madaniy taraqqiyoti rivojiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Markaziy Osiyolik olimlar yaragan asarlar jahon ilm-fanining nodir yodgorligiga aylanadi.
IX-XII asrlar madaniy taraqqiyotiga islom dinining ta’siri nihoyatda kuchli bo’lgan. Islomning o’zlashtirishi natijasida yerli aholi o’rtasida arab tilini, islom nazariyasini va shariat axkomlarini, islomning xuquqiy asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqish misli ko’rilmagan darajada kuchayib ketadi. Bu davr madaniyatining rivojlanishi albatta, yerli xalq vakillarining hokimiyat tepasiga chiqishi bilan ham bog’liqdir. Chunki siyosiy hokimiyatning mahalliy hukmdorlar qo’liga o’tishi, birinchidan, mamlakatni iqtisodiy-siyosiy jihatdan mustaxkamlash, ikkinchidan, milliy e’tiqodlar va qadriyatlarni qayta tiklash, uchinchidan, boshqa mamlakatlar hududlari bilan madaniy va savdo-sotiq aloqalarini daslab tiklashi, so’ngra yanada rivojlantirish, to’rtinchidan ilmiy badiiy tafakkur va ijodkorlikning ro’yobga chiqishga imkoniyat yaratib beradi.
VIII asr oxirlariga kelib arab xalifaligida siyosiy tanglik vujudga keladi. O’zaro ichki nizolar, siyosiy mustaqillikkka intilishlar xalifalik hokimiyatini kuchsizlantirib qo’yadi. Natijada xalifalikning Movarounnaxr va Xurosonda davlatni boshqarish ishlariga mahalliy hukmdorlarni jalb qilishi kuchayadi. Xalifa Ma’mun Xurosonlik va Movarounnaxrlik hukmdorlarni ayrim viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Ular esa o’zlariga berilgan viloyatlarni mustaqil boshqara boshlaydilar. Shu boisdan dastlab Toxiriylar, so’ngra, Somoniylar davlati vujudga keladi. Bu davrda sug’orma dehqonchilik kuchayib, sug’orish muxandisligi rivojlanadi. Maxsus mirob - muxandislar qatlami paydo bo’ladi. Davlatning harbiy kuch - qudratini oshirishga bo’lgan intilish esa, chorvachilik, jumladan, yilqichilikning rivojlanishiga olib keladi, qurol - aslaxa tayyorlash uchun qilingan harakat natijasida xunarmandchilik taraqqiy etadi. Shaharlarda qurolsozlar mahallalari paydo bo’ladi. Shuningdek to’qimachilik, kulolchilik, degrezlik, chilamgarlik, misgarlik, zargarlik, shishasozlik va duradgorlik, ot - abzal anjomlarini tayyorlash rivojlanadi. Shaharlarning qiyofasida tub o’zgarishlar ro’y beradi. Ulkan va xashamatli binolar, masjidlar, minoralar, madrasalar, maqbaralar, xonaqoxlar, karvonsaroylar, arklar, ko’shklar quriladi. Xitoy, Hindiston, Eron, Iroq, Kichik Osiyo, Sibir, Volga daryosi bo’ylari va boshqa mamlakatlar hamda hududlar bilan bo’ladigan savdo-sotiq aloqalari yuksaladi.
Yuqori taraqqiyotga ega bo’lgan mamlakatlar darajasiga chiqishga bo’lgan harakat avj oladi. Yuqori madaniy jihatdan yuksalgan xalqlarning tili, tarixi va madaniyatini o’rganishga bo’lgan qiziqish nihoyatda oshib ketadi. Islomni qabul qilgan mamlakatlarda arab tili hukmron tiliga aylanadi. Fan va adabiyot, Qur’oni Karimning arab tilida bo’lganligi, uning sura va oyatlari arab tilidan boshqa tillarga o’girilmaganligi, ularning mazmunini tushunib yetishga bo’lgan intilish, arab tiliga bo’lgan qiziqish va uni o’rganishni yanada kuchaytiradi. Natijada yerli aholining ilm-fanni egallashga, arab tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishi ilmi-toliblarni xalifalikning madaniy jihatdan rivojlangan markazlari hisoblanuvchi Bag’dod, Basra, Damashq, Qoxira, Hamadon, Balx, Mashxad, Nishopur, Marv kabi shaharlariga borib ta’lim ola boshlashga undaydi. Turli xalqlar madaniyatini chuqur o’rgangan ilmi-toliblar o’zlari mansub bo’lgan etnoslar madaniyatini bir-biriga yaqinlashtiradilar. Islom olamida keng yoyilgan tasavvuf, hadisshunoslik, adabiyot, til va boshqa ayrim fanlar rivojiga sezilarli ta’sir ko’rsatadilar. Bu esa milliy-madaniyatlarning milliy qobiqdan chiqib, hududiy-mintaqaviy madaniyat darajasiga ko’tarila boshlaganligining muhim bir belgisi edi. Bunga muayyan hududda tug’ilib, tarbiya topgan allomalar-Imom al-Buxoriy va At-Termiziylarning muxaddislikda, Burxoniddin Marg’inoniyning fiqhshunoslikda, Ahmad Yassaviy va Najmiddin Kubroning tasavvufda, Zamaxshariyning arab tilida, Maxmud Qoshg’ariyning turk tilida, Yusuf Xos Xojib va Ahmad Yugnakiy, Rudakiy va Firdavsiylarning adabiyotda islom mintaqaviy madaniyatlarining rivojiga ta’sir ko’rsata olganliklarini misol qilib olish mumkin. Bu davr madaniyati taraqqiyotining ikkinchi bir muhim belgisi-milliy madaniyatning rivojlanib, mintaqaviy, so’ngra umumjahon madaniyati taraqqiyotiga ko’rsatgan ta’siri bilan harakterlanadi. Bunga misol tariqasida Xorazmiy, Farg’oniy, Forobiy, Ibn Sino va Beruniylarning faoliyatini ko’rsatish mumkin. Demak, ko’pgina Markaziy Osiyolik olimlar jahon madaniyati, fani va falsafiy tafakkurini o’rganish natijasida milliy va mintaqaviy madaniy taraqqiyotdan umumjahon madaniyati taraqqiyoti darajasiga ko’tarila oladilar va keyingi davrlar umumbashariy madaniy taraqqiyot jarayoniga turtki beradilar.
Xulosa qilib aytganda bu davr madaniyati, birinchidan, islomni qabul qilgan o’lkalardagi iqtisodiy rivojlangan shaharlarga borib ilm o’rganish va o’rgatish - ilm soxiblari va ilmi-toliblarning erkin harakatlanishi uchun imkoniyatlarning mavjudligi, ikkinchidan, milliy madaniyatlarning qobig’idan chiqib, boshqa xalqlar madaniyati yutuqlaridan baxramand bo’lish, boshqa xalqlar madaniyatini boyitish hamda undan quvvat olish imkoniyatlarining mavjudligi, uchinchidan, savdo - sotiq bilan shug’ullanuvchi savdogarlar, islom g’oyalarini yoyuvchi mashoyixlar, darveshlar, muridlar, mudarrislar va tolibi-ilmlarning «musulmon madaniyati» ni butun islom olamiga yoyish imkoniyatlariga ega bo’lganliklari, to’rtinchidan, o’sha davr hukmdorlarining fan va madaniyatning rivojlanishiga yordam berish, olimu-fuzalolarga g’amxo’rlik qilib, ularning keng ko’lamda tadqiqot ishlarini olib borishlariga imkoniyat yaratib berganliklari kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Fanda IX-XII asrlar Markaziy Osiyo madaniy taraqqiyotini «Ilk Uyg’onish davri madaniyati» nomi bilan atash qabul qilingan. Uyg’onish davri-bu eng avvalo ijtimoiy taraqqiyotda ishlab chiqarish munosabatlarining ham, ma’naviy taraqqiyotning ham yangi bir bosqichga o’tish davridir, ya’ni eski ishlab chiqarish munosabatlari va ma’naviy hayotdan yangisiga o’tishdir. IX-XII asrlar Movarounnaxr va Xurosonda vujudga kelgan Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatlari eng avvalo iqtisodiy jihatdan yuksalishga erishdilar. So’ngra islom ma’naviyatiga asoslangan madaniy taraqqiyotni vujudga keltirdilar. Ma’naviyat asoslari hisoblangan e’tiqod yakdilligi, siyosiy boshqaruv asoslari, qonun ustunvorligi, axloqiy kamolot, aql-idrok takomili, ma’rifiy barkamollik va fan taraqqiyoti bosqichiga chiqa oldilar.
Sharq uyg’onish davri madaniyatining asosiy xususiyati va mohiyati inson ma’naviyatini yuksaltirishga, uning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga barcha imkoniyatlarning qaratilganligidan iborat bo’lsa, g’arb uyg’onish davri madaniyatida moddiy ehtiyojlar va manfaatlar qondirishga asosiy e’tibor berilganligi bilan farqlanadi. Agar Sharq va G’arb ma’naviyatiga e’tibor berilsa, Sharqda ma’naviy barkamol insonni shakllantirishga e’tibor berilganligini, kishilar o’rtasidagi munosabatlar axloqiy barkamollikka, diyonatlik asosiga qurilganligini ko’rish mumkin. g’arb madaniyatida asosiy e’tibor kishining moddiy jihatdan ta’minlanganligiga qaratiladi. Shu boisdan g’arbda ko’proq shaxsiy manfaat ustunlik qiladi. Ikkinchi tomondan barcha Uyg’onish davrlari madaniyatlari taraqqiyoti boshida o’sha davr hukmdorlarining o’zlari turganlar. Agar g’arb va Sharq Uyg’onish davrlari madaniyatini bir-biriga solishtirsak, g’arb Uyg’onish davri madaniyatining eng gullab-yashnagan markazi-Florentsiya shahrida, shaharning eng boy-badavlat kishisi, bankir Kozima Medichi turganligini ko’ramiz. Sharq Uyg’onish davri madaniyati rivojlangan paytda o’sha davrning eng badavlat kishilari hisoblangan hukmdorlar-xalifa Xorun ar-Rashid, uning o’g’li Ma’mun, somoniylar, qoraxoniylar va boshqa sulolalarning vakillarini ko’ramiz. Ular islomning mustaxkamlanishiga, ma’rifatning tarqalishiga, turli xil fan sohalarining rivojlanishiga boshchilik qilganlar. O’zlarining poytaxtlariga o’sha davrning ko’zga ko’ringan olimlari, fiqhshunoslari, muxaddislari, tarixchilari, shoirlari, me’morlari, san’atkorlarini to’playdilar. Maxsus ilm markazlari, kutubxonalar, madrasalar barpo etadilar. Ularni mablag’ bilan ta’minlab turadilar. Shu boisdan IX asrdan boshlab ilm-fan, adabiyot va san’at, me’morchilik va teologiya yuksak darajada rivojlana boshlaydi. Uyg’onish davri madaniyatining yana bir muhim xususiyati-turli fan sohalarida haqiqiy demokratik jarayonning ro’y berganligidir. o’sha davrning buyuk allomalari - ilm-fan fidoyilari millati, diniy e’tiqodlari qanaqa bo’lishidan qat’iy nazar, yagona maqsad-fanlarni rivojlantirish uchun kurashadilar. Yunon, yaxudiy, arab, fors, turk, xind, xitoy, vizantiya va boshqa xalqlardan yetishib chiqqan olimlar sharqning Bag’dod, Damashq, Kufa, Basra, Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv kabi madaniyat markazlarida to’planishib, fanning turli sohalari bo’yicha tadqiqot ishlari olib borganlar.
Umuman olganda, Uyg’onish davri madaniy taraqqiyotining xususiyati-ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotda muayyan etnik birliklarning milliy madaniyatni, milliy qadriyatlarni qayta tiklash va yuksaltirishga bo’lgan yuqori darajadagi bunyodkorlik intilishlari bilan harakterlanadi.
O’rta Osiyo va Xuroson hududlaridan yetishib chiqqan ko’pgina muxandislar, fiqhshunoslar, islom nazariyotchilari xali shakllanib ulgurmagan islom dininning nazariy jihatdan mustaxkamlanishiga juda katta ulush qo’shdilar. Chunki, IX asr boshlarigacha «Qur’oni Karim»ni taxlil qilish, suralar va oyatlarni nazariy jihatdan asoslash shakllanib ulgurmagan edi. Oyatlardagi kishilar xali tushunib yetolmagan, munozarali jihatlari mavjudligi sababli turli xil mazxablar va xatto, Qur’oni Karimning yaratilganligi yoki Ollox tomonidan Muhammad payg’ambarga vaxiy qilinganligi ustida ayrim tortishuvlar (mutakalimlar va mu’tazililar o’rtasida) bejiz vujudga kelmagan edi. Shu boisdan ham IX asrdan boshlab eng avvalo «Qur’on»ni talqin qilish, «Hadis»larni to’plash, shariat qonunlarini ishlab chiqish va islom olamida uning ustivorligiga erishish, islomning falsafiy asoslarini yaratish kabi dolzarb masalalar xal qilina boshlandi. Bu vazifalarni amalga oshirishda buyuk ajdodlarimiz-Imom Buxoriy, At-Termiziy, Burxoniddin Marg’inoniy va O’rta Osiyodan yetishib chiqqan boshqa ko’plab mashxur so’fiylar, ulamolar, shoirlar, tilshunoslar, faylasuflar ulkan xissa qo’shdilar. Xullas, IX asr islomning nazariy va amaliy jihatdan mustaxkamlanishi va Hadis ilmining «oltin asri» bo’lib qoladi.

Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish