Mavzu: Asosiy vositalarni amortizatsiyasi ( eskirishi )ning hisobi. Reja



Download 35,03 Kb.
bet3/7
Sana31.12.2021
Hajmi35,03 Kb.
#252376
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Asosiy vositalar eskirishining hisobga olinishi

Likvidatsiya harajatlari – asosiy vositalarni buzish uchun sarflangan moddiy, mehnatga haq to‘lash harajatlari, ijtimoiy sug‘urta organlariga ajratmalar, turli transport va boshqa xizmat harajatlari majmuasi.

Sobiq hisob ta’limoti va amaliyotida asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini aniqlashda likvidatsion qiymat e’tiborga olinmas edi. BXMS № 5 «Asosiy vositalar» respublikada birinchi marta amortizatsiyalanadigan qiymatni aniqlashda asosiy vositalarni ko‘zda tutilishi mumkin bo‘lgan likvidatsion qiymatini hisobga olish tartibini belgiladi. Likvidatsion qiymatni ko‘zda tutish mumkin bo‘lgan miqdorini BXMS ga muvofiq, korxonaning o‘zi mustaqil asosiy vositalarni qabul qilib olish vaqtida belgilashi mumkin. Likvidatsion qiymatni ko‘zda tutish majburiy hisoblanmaydi. Shuning uchun bu qiymat bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday holda asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati bevosita uning boshlang‘ich qiymatidan iborat bo‘ladi.


BXMS № 5 «Asosiy vositalar»ga muvofiq asosiy vositalarni yillik amortizatsiya (eskirish) summasi (As) qo‘yidagicha aniqlanadi:




  • Qoldiq qiymat ko‘zda tutilgan asosiy vositalar bo‘yicha



Boshlang‘ich qiymat – Likvidatsion qiymat

As = ------------------------------------------------------------- (1)

Xizmat muddati


  • Qoldiq qiymat ko‘zda tutilmagan asosiy vositalar bo‘yicha



Boshlang‘ich qiymat

As = ------------------------------ (2)

Xizmat muddati


Barcha asosiy vositalar bo‘yicha likvidatsion qiymatni belgilangan miqdorlari yoki ularni belgilanmaganligi ham korxonalarning buyruq bilan tasdiqlangan hisob siyosatlarida to‘liq o‘z aksini topishi lozim.

Hisob siyosatida asosiy vositalar bo‘yicha foydali xizmat muddati ichida jamlanib boruvchi amortizatsiyani (eskirishni) hisoblash usullari ham belgilab olingan bo‘lishi kerak.

BXMS №5 «Asosiy vositalar» ga muvofiq (p.23,24) jamlangan amortizatsiya (eskirish) ni hisoblash qo‘yidagi usullar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin:




Hisob siyosatida amortizatsiya (eskirish) ni hisoblashning u yoki bu usulini doimiy tarzda tanlab olish yoki har to‘rtta usulni bir vaqtning o‘zida u yoki bu asosiy vositalar bo‘yicha belgilab olish mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu usullarni qo‘llashda amortizatsiya (eskirish) summasi turlicha bo‘lishi va u Soliq Kodeksida ko‘zda tutilgan bir maromda hisoblab chiqildan miqdordan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. Shuning hisob siyosatida kam yoki ko‘p hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasini soliqga tortish jihatlari ham aniq belgilab olingan bo‘lishi lozim.

Amortizatsiya (eskirish) ni hisoblash usullarining moxiyatini, ularning solik solish bazasiga ta’sirini qo‘yidagi misol asosida ko‘rib chiqaylik. Aytaylik, avtomashinaning boshlang‘ich qiymati – 1000000 so‘m, korxona tomonidan ko‘zda tutilgan likvidatsion qiymat – 100000 so‘m, xizmat muddati – 5 yil, yillik eskirish me’yori – 20%. Texnik pasportida xizmat muddati davrida ko‘zda tutilgan ish hajmi (soatlarda) – 10000 soat. Mashinaning haqiqatda ishlagan vaqti hisob ma’lumotlari bo‘yicha 1-yilda – 2000 soat, 2-yilda – 3000 soat, 3-yilda – 2500 soat, 4-yilda – 1500 soat, 5-yilda – 1000 soat.



Download 35,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish